Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
103
O
‘
SMIRLARNING IJTIMOIYLASHUVIDA SHAXSIY
XUSUSIYATLAR VA PSIXOLOGIK OMILLAR
Ahmadjonova Nargizaxon Adiljanovna
Alfraganus Universiteti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti
Turg’unova Sarvinoz Fazliddin qizi
Alfraganus Universiteti Pedagogika va psixologiya
yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘smirlarning ijtimoiylashuvida shaxsiy
xususiyatlar va psixologik omillar tahlil qilinadi. O'smirlarda shaxslararo
munosabatlari,ijtimoiylashuvi hamda bu jarayonga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar
keng yoritilgan. Shuningdek, Erik Erikson, Lev Vygotsky va Jean Piage kabi mashhur
psixologlarning nazaryialariga tayanilgan. O'smirlarda do'stlari bilan munosabatlari,
guruhga mansublik hissi, ota-onalari bilan bo'lgan ziddiyatlar ko'rib chiqilgan.
Maqolada o'smirlarning ijtimoiylashuv jarayonida oilaviy muhit, ta'lim muassasalari.
shaxsiy xususiyatlar, psixologik omillar va axborot vositalari muhim o'rin tutishi
ta'kidlanadi.
Kalit so’zlar:
O'smirlik davri, ijtimoiylashuv, oilaviy tarbiya, pedagogik
yondashuv, shaxslararo munosabatlar, motivatsiya, tengdoshlar bosimi, emotsional
barqarorlik, ijtimoiy tarmoqlar, temperament, muloqot, mustaqil.
Аннотация:
В данной статье анализируются личностные особенности и
психологические факторы социализации подростков. Широко освещаются
межличностные отношения, социализация, а также внутренние и внешние
факторы, влияющие на этот процесс. В статье также опираются на теории таких
известных психологов, как Эрик Эриксон, Лев Выготский и Жан Пиаже.
Рассматриваются отношения подростков с друзьями, чувство принадлежности к
группе и конфликты с родителями. В статье подчёркивается, что семейная среда,
образовательные учреждения, личностные особенности, психологические
факторы и средства массовой информации играют важную роль в социализации
подростков.
Ключевые слова:
Подростковый возраст, социализация, семейное
воспитание, педагогический подход, межличностные отношения, мотивация,
давление со стороны сверстников, эмоциональная устойчивость, социальные
сети, темперамент, общение, самостоятельность.
Annotation:
This article analyzes the personality characteristics and
psychological factors in the socialization of adolescents. The interpersonal
relationships, socialization, and internal and external factors affecting this process are
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
104
widely covered. It also relies on the theories of such famous psychologists as Erik
Erikson, Lev Vygotsky, and Jean Piaget. Adolescents' relationships with friends, sense
of belonging to a group, and conflicts with their parents are considered. The article
emphasizes that the family environment, educational institutions, personal
characteristics, psychological factors, and media play an important role in the
socialization of adolescents.
Keywords:
Adolescence, socialization, family upbringing, pedagogical
approach, interpersonal relationships, motivation, peer pressure, emotional stability,
social networks, temperament, communication, independence.
O‘smirlik davri - inson hayotining juda muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bu
davrda shaxsiylik, mustaqillik, va o‘zini anglash kuchayadi. O‘smirlarning shaxslararo
munosabatlarida quyidagi o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi. Do‘stlik va tengdoshlar bilan
munosabatlar ustuvorligi o‘smirlar uchun tengdoshlar (yoshdoshlar) bilan aloqa qilish
nihoyatda muhim bo‘ladi va do‘stlar fikri ota-onanikidan ko‘ra ko‘proq ahamiyat kasb
etishi mumkin, guruhga mansublik hissi kuchayadi - bu o‘zini jamiyatda topish va
ijtimoiy rol o‘rnatish istagidan kelib chiqadi.
O‘smirlarning ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgangan ko‘plab
psixolog, sotsiolog va pedagog olimlar mavjud. Quyida shu sohada muhim nazariyalar
yaratgan va tadqiqotlar olib borgan ayrim mashhur olimlar keltirib o’tamiz. Erik
Erikson psixoijtimoiy rivojlanish nazariyasida o‘smirlikni "identifikatsiya inqirozi"
bosqichi deb atagan. Bu davrda inson o‘zini kim deb bilishini aniqlaydi. Uning
fikricha, o‘smirning ijtimoiylashuvi uchun shaxsiy identitet shakllanishi juda muhim.
Shuningdek, Lev Vygotsky madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasi bola rivojida
ijtimoiy muhit va muloqot asosiy omil deb hisoblangan. “Yaqin rivojlanish zonasi”
tushunchasi orqali pedagogik yondashuvni asoslab bergan. Shu bilan birga, Jean Piage
kognitiv rivojlanish nazariyasi o‘smirlikni formal operatsion bosqich deb atagan, bu
davrda inson abstrakt fikrlashni o‘rganadi. Piage fikricha, o‘smirlar do‘stlari va muhit
orqali ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtiradilar.
Shaxsiy identifikatsiya va mustaqillik istagi o‘smir o‘zini alohida shaxs sifatida
ko‘rsatishga intiladi. Ota-ona yoki kattalar nazorati bilan ziddiyatlar kuchayishi
mumkin. Mustaqil fikrlash va o‘z qarorlarini qabul qilishga intilish munosabatlarga
ta’sir qiladi. Hissiy o‘zgaruvchanlik va sezuvchanlik gormonlar ta’sirida kayfiyat tez-
tez o‘zgaradi, bu esa munosabatlarda to‘sqinliklar yoki tushunmovchiliklarga olib
kelishi mumkin. O‘smirlar ko‘pincha o‘zini tushunmayapti deb his qilishadi, bu esa
yakkalanishga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, romantik munosabatlarning paydo
bo‘lishi, qarama-qarshi jins vakillariga qiziqish kuchayadi. O‘smirlar ilk marta
romantik munosabatlarga kirishadi, bu esa yangi hissiy tajriba bo‘ladi va bu davrda
sevgi va muhabbatga bo‘lgan tushunchalar shakllana boshlaydi. Ijtimoiy tarmoq va
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
105
texnologiyalarning ta’siri bu o‘smirlar orasida shaxslararo munosabatlar ko‘pincha
ijtimoiy tarmoqlar orqali yuritiladi va real (yuzma-yuz) muloqot ko‘nikmalarining
sustlashishiga olib kelishi mumkin. Raqobat va o‘zini tasdiqlash ehtiyoji o‘smirlar
o‘zini boshqalardan ustun qo‘yishga harakat qilishi mumkin. Bu esa, raqobat
kayfiyatida bo‘lish, tanqidga sezgirlik, yoki o‘z-o‘zini tanqid qilish shaklida namoyon
bo‘ladi.
O‘smirlarning ijtimoiylashuviga (ijtimoiy muhitga moslashuvi va jamiyat bilan
o‘zaro aloqalarni shakllantirishi) turli ichki va tashqi omillar ta’sir qiladi.
Quyidagilarni asosiy omillar sifatida ko’rib chiqish mumkin. Oilaviy tarbiya –
ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar o‘smirning ijtimoiy qadriyatlarni qabul
qilishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy-iqtisodiy holat – farovonlik darajasi, ota-
onaning bandligi va daromadi o‘smirning imkoniyatlariga va o‘ziga bo‘lgan
ishonchiga ta’sir qiladi. Oilaviy munosabatlar sifati – mehr, tushunish va qo‘llab-
quvvatlash darajasi o‘smirning psixologik holatini belgilaydi. Do‘stlar va tengdoshlar
guruhi tengdoshlar bosimi – do‘stlarning fikri va xatti-harakatlari o‘smirning o‘zini
tutishiga bevosita ta’sir qiladi. Guruhga mansublik hissi – o‘smir o‘zini muayyan
guruhga tegishli his qilsa, ijtimoiy qoidalarni tezroq o‘zlashtiradi. Ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash – do‘stlar orqali hissiy yordam va ma’naviy kuch olish ijtimoiy rivojlanish
uchun muhim. Ta’lim muassasalari maktab muhiti – o‘qituvchilar bilan aloqa,
sinfdoshlar o‘rtasidagi munosabatlar, maktabning madaniy muhiti ijtimoiylashuvda
katta rol o‘ynaydi. Tarbiya va ma’naviy ishlar – maktabda o‘tkaziladigan tadbirlar,
tarbiyaviy suhbatlar va klublar ijtimoiy faoliyatni rivojlantiradi. Ommaviy axborot
vositalari va ijtimoiy tarmoqlar internet va ijtimoiy media – bugungi kunda o‘smirlar
o‘z qarashlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali shakllantirishmoqda. Axborot oqimi – film,
blog, vlog, o‘yinlar orqali berilayotgan qadriyatlar va xatti-harakatlar namunasi
ularning dunyoqarashiga ta’sir qiladi. Shaxsiy omillar temperament va xarakter –
introvert yoki ekstrovert bo‘lishi, hissiy barqarorlik darajasi ijtimoiylashuv jarayoniga
ta’sir ko‘rsatadi. O‘ziga bo‘lgan baho va ishonch – o‘smirning o‘ziga nisbatan ijobiy
fikrda bo‘lishi uni faolroq va ochiqqo‘lroq qiladi. Shuningdek, motivatsiya – maqsadga
intilish va o‘zini jamiyatda ko‘rsatishga bo‘lgan istak ijtimoiylashuvni kuchaytiradi.
Madaniy va ijtimoiy muhit hudud va makon – shaharda yoki qishloqda yashash, atrof-
muhitdagi imkoniyatlar va madaniyat darajasi farq qiladi va urf-dodlar va qadriyatlar
– jamiyatdagi an’analar, milliy qadriyatlar va din ijtimoiy me’yorlarni belgilaydi.
Shaxsiy xususiyatlarning roliga o‘ziga ishonch darajasi o‘smirning yangi odamlar
bilan muloqot qilishga bo‘lgan tayyorligi va faoliyatini belgilaydi. O‘ziga ishonchi
yuqori bo‘lgan o‘smirlar ijtimoiy faolroq va do‘stlar orttirishga intilishadi. Shu bilan
bir qatoeda, ichki motivatsiya o‘smirning ijtimoiy faoliyatga bo‘lgan ichki ehtiyoji,
o‘zini anglash istagi ijtimoiylashuv jarayonini rag‘batlantiradi. Emotsional barqarorlik
stress va qiyinchiliklarga bardosh berish qobiliyati o‘smirning ijtimoiy muhitda o‘zini
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
106
tutishiga ta’sir qiladi. Emotsional barqaror o‘smirlar yangi vaziyatlarga osongina
moslashadi. Empatiya boshqalar his-tuyg‘ularini tushunish qobiliyati ijtimoiy
munosabatlarning sifatini yaxshilaydi va jamoada muvaffaqiyatli integratsiyaga
yordam beradi. Psixologik omillarga esa, o‘zini anglash o‘smir o‘zining kimligini,
qobiliyatlari va chegaralarini anglash orqali ijtimoiy munosabatlarda o‘zini to‘g‘ri
tutishni o‘rganadi. Stress va bezovtalik o‘smirlikda yuzaga keladigan ruhiy bosimlar
(masalan, o‘quvdagi muvaffaqiyatsizlik, do‘stlar bilan muammolar) ijtimoiylashuv
jarayonini qiyinlashtirishi mumkin. Ijtimoiy tashvish: Ba’zi o‘smirlar odamlar orasida
gapirish, guruhda bo‘lishdan qo‘rqishadi, bu esa ularning ijtimoiylashuviga to‘sqinlik
qiladi. Shaxsiy izlanishi o‘smir o‘zini qidirish va ijtimoiy guruhlarga moslashishga
intilish jarayonida ko‘plab psixologik o‘zgarishlar yuz beradi. Shaxsiy xususiyatlar va
psixologik omillarni rivojlantirish yo‘llarida esa, ota-ona va o‘qituvchilarning qo‘llab-
quvvatlashi va rag‘batlantirishi bo’lishi lozim. Psixologik treninglar va ijtimoiy
ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar bo’lishi maqsadga
muvofiq. Stressni boshqarish va emotsiyalarni ifodalash ko‘nikmalarini o‘rgatish
kerak. O‘smirning ijtimoiy faoliyatda qatnashishini rag‘batlantirish zarur xisoblanadi.
Xulosa
qilib
aytganda,
o‘smirlik
davrida shaxslararo munosabatlar
murakkablashadi, yangi shakllar va hissiyotlar paydo bo‘ladi. Bu davrda ota-onalar,
ustozlar va pedagoglarning sabrli, tushunadigan yondashuvi muhim ahamiyatga ega.
O‘smirlarning ijtimoiylashuvi ularning shaxsiy xususiyatlari va psixologik holatlari
bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababli, ushbu omillarni to‘g‘ri tushunish va
rivojlantirishga e’tibor qaratish o‘smirlarni jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishiga
yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. E.G’G’oziyev. Ontogenez psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Noshir.2010 y. 360 b.
2. Jumayev, N.Z. Ontogenez psixologiyasi. o'quv qo'llanma / N.Z. Jumayev .-
Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona, 2022.-252 b.
3. Кулагина, И. Ю. Возрастная психология: развитие ребенка от рождения до 17
лет. / И. Ю. Кулагина. - М.: УРАО,1999. - 175 с.
4. Карабанова О.А. Роль семьи и школы в обеспечении психологического
благополучия младших школьников // Психологическая наука и образование.
2019. Т. 24. № 5. С. 16-26. DOI: 10.17759/pse.2019240502.