Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
84
O’SIMLIKLAR CHIDAMLILIGI VA HIMOYALANISH FIZIOLOGIYASI
Rajabboyeva Shahlo
Navoiy innovatsiyalar Universititeti
Biologiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs 4-guruh talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola barcha tirik organizmlar muhitning biotik va abiotik
omillariga moslashuv va noqulayliklaridan esa himoyalanish xususiyati haqida
o’rganiladi.Bundan tashqari qo’zg’alish fiziologiyasi, fizik omillar,kimyoviy omillar,
biologik omillar, hujayraning qo’zg’alish mexanizmi kabi ma’lumotlar ko’rib
chiqiladi. Hujayraga kuchsiz ta’sirlar bo’lganda
ham Masalan, unga bo’yoq
moddalarning yutilishi sitoplazmaning yorug’lik o’tkazishi va uning yopishqoqligi
o’zgarisi hamda ta’sir kuchli bo’lgnda esa yuqoridagi hollarning teskari bo’lishi kabi
jarayonlar tahlil qilinadi.
Kalit so’z:
fizik omillar,kimyoviy omillar, biologik omillar, qo’zg’alish
fiziologiyasi, biokimyoviy himoya vositalari.
ФИЗИОЛОГИЯ УСТОЙЧИВОСТИ И ЗАЩИТЫ РАСТЕНИЙ.
Аннотация:
В данной статье рассматривается свойство всех живых
организмов адаптироваться к биотическим и абиотическим факторам
окружающей среды и защищаться от неблагоприятных условий. Кроме того,
рассматриваются данные о физиологии возбуждения, физических факторах,
химических факторах, биологических факторах, механизмах возбуждения
клетки. Анализируются процессы, такие как поглощение красителей клеткой при
слабом воздействии на неё, изменение светопроницаемости цитоплазмы и её
вязкости, а также обратные процессы, когда воздействие сильное.
Ключевые
слова
:
физические
факторы,
химические
факторы,
биологические факторы, физиология раздражения, биохимические защитные
средства.
PHYSIOLOGY OF PLANT TOLERANCE AND PROTECTION
Annotation
: This article explores the ability of all living organisms to adapt to
and protect themselves from the biotic and abiotic factors of their environment.
Additionally, information on excitation physiology, physical factors, chemical factors,
biological factors, and the mechanism of cell excitation will be discussed. Even when
there are weak influences on the cell, for example, the absorption of dye substances,
changes in the light transmission of the cytoplasm and its viscosity will be analyzed,
as well as the reversal of these processes when the influence is strong.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
85
Keywords:
physical factors, chemical factors, biological factors, excitation
physiology, biochemical protective agents.
Ma’lumki, barcha tirik organizmlar muhitning biotik va abiotik omillariga
moslashuv va noqulaylaridan esa himoyalanish xususiyatlariga ega. Bu hol tirik
organizmlarning shakllanishidan boshlanib evolutsiya davomida rivojlanib va
takomillashib borgan. Organizmlarga zarar yetkazadigan va ulami halokatga olib
boradigan omillar juda ko‘p bolganligi sababli ulardan himoyalanish mexanizmlari
faqatgina metobolitik o'zgarishlar bilan cheklanib qolmasdan, balki morfologik
o‘zgarishlar ham vujudga kelgan. Masalan, tikonlarning shakllanishi. 0 ‘simliklar
fiziologiyasida o‘simliklarning muqobil va noqulay sharoitlarda o‘sib rivojlanishi
«mustahkamlilik» tushunchasi bilan ifodalanadi. «Mustahkamlilik» o‘z ishiga
turg‘unlanish va qayta tiklanish jarayonlarini oladi. Biologik rivojlanishning har bir
bosqichi o‘z mexanizmlariga ega. Masalan, molekulyar darajada, poliploidiya
ko‘rinishida, organizm darajasida ko‘plab gameta va urug‘laming hosil bo‘lishi va
boshqalar. Qayta tiklanish jarayonlariga esa zararlangan DNKning fermentlar
yordamida tiklanishi, o‘sish kurtaklarining hosil bo‘lishi, regeneratsiya va hokazolar
misol bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘alish flziologiyasi. «Qo‘zg‘alish» organizmning
noqulay omilga javobi sifatida ush bosqichdan iborat bo‘ladi. Bular «jonlanish»,
moslashish va holsizlanish bosqichlaridir. Agar qo‘zg‘alishning oxirgi Uchinchi
bosqichi tez rivojlansa, organizm halok bo‘lishi mumkin.0 ‘simlik organizmi hayvon
organizmidan farqli o‘laroq qo‘zg‘alishga modda almashinuvining faollanishi bilan
emas, balki pasayishi bilan javob beradi. Bu qo‘zg‘aIish holatida organizmda
moddalar almashinuvini to‘xtatuvchi etilen va ABK gormonlarining ko'payishi tufayli
boladi. 0 ‘simliklarda qo‘zg‘alish holatini chaqiruvshi omillami ush guruhga bo‘lib
qarash mumkin.
Fizik omillar. Bularga namning yetishmasligi yoki ortiqchaligi, yoruglik, harorat,
radioaktiv nurlanish, mexanik ta’sirlar kiradi
Kimyoviy omillar. Bularga tuzlar, gazlar, gerbitsidlar, insektitsidlar, fungitsidlar,
sanoat chiqindilari va boshqalar kiradi.
Biologik omillar. Bularga zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanish,
boshqa o'simliklar bilan raqobat, hayvonlarning ta’siri, gullash, mevalarning pishishi
kabi hollar kiradi.
Hujayraning qo‘zg‘alish mexanizmlari. Hujayraga kuchsiz ta’sirlar
bolganda ham Masalan, unga bo'yoq moddalarning yutilishi sitoplazmaning yoruglik
o‘tkazishi va uning yopishqoqligi o‘zgaradi. Ta’sir kuchli bolganda esa yuqoridagi
holatning teskarisi boladi. Qo‘zg‘atuvchi kuchli bolib, uning ta’siri tez ortib borsa,
hujayrada quyidagi o'zgarishlar boladi:
1. Membrana o‘tkazuvchanligining ortishi va plazmalemma membrana
potensialining qayta qutblanishi.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
86
2. Ca2+ ionining hujayra devoridan, vakuoladan, ET, mito- xondriyadan va
boshqa hujayra ichki komportmentlaridan sitoplazmaga o'tishi.
3. Sitoplazma muhit pH ning nordon tomonga surilishi.
4. Hujayra skeleti to‘rlari va aktin mikrofilamentlari yig‘ilishining faollanishi va
buning natijasida sitoplazmaning yopishqoqlik darajasi va nur o‘tkazuvchaniigining
ortishi.
5. Kislorod yutilishining kuchayishi, ATF sarflanishining ortishi va erkin
radikalii reaksiyalaming rivojlanishi.
6. Gidrolitik jarayonlaming ortishi.
7. Qo‘zg‘alish (stress) oqsiliarining sintezi va faolligining kuchayishi.
8. Plazmolemmadagi H+pompasi faolligining kuchayishi. Bu hoi tonoplastda
ham boMishi mumkin va ionlar gomeostazining maqbul bo‘lmagan tomonga
o‘zgarishiga qarshilik qiladi (XV.2-rasm).
9. Etilen va ABK gormonining sintezi kuchayadi. Hujayralaming bo‘linishi va
o‘sishi to‘xtaydi va normal sharoitda bo‘ladigan fiziologik va metobolitik jarayonlar
tormozlanadi.
Hujayra funksional faolligining to‘xtashi ingibitorlar ta’sirida bo‘iib»
hujayraning energetik qiymati nomaqbul o‘zgarishlarga qarshilik qilish sarflanadi.
Qo‘zg‘alish reaksiyalari har qanaqa qo‘zg‘atuvchi ta’sirida ham bo'lishi mumkin va u
hujayra ichki kompartmentlarini himoyalashga hamda nomaqbul o‘zgarishlari
bo‘lmasligiga qaratilgandir. Bularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog'liq bo‘lib
birgalikda rivojlanib ro‘y beradi. O'simliklani noqulay omillardan himoyalanishi turli
ko'rinishlarda, Masalan, anatomik tuzilish xususiyatlarining o‘zgarishi-kutikulalar,
qobiqlar va mexanik to‘qimalaming vujudga kelishi, maxsus himoya organlarining
shakllanishi, Masalan, tikonlar, kuydiruvshi gajaklarning vujudga kelishi,
harakatlanish va fiziologik reaksiyalar, xususan, turli himoya vositalari-mumlar,
fitoaleksinlar, toksinlar va himoya oqsillarining sintezlanishi ko‘rinishlarida bo'lishi
mumkin. O'simliklarning mustahkamlilik darajasi ulaming noqulay omillarga
chidamlilik darajasi, ya’ni yuqori va past haroratga, kislorod yetishmasligiga, suv
tanqisiigiga, sho'rlanishga, muhitning ifloslanishiga, ionlashtiruvshi nurlar, infeksiya
va boshqalarga chidamliligi bilan o'lchanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha noqulay
omillami bitta qilib qo‘zg‘atuvchilar deb, organizmning reaksiyasini esa «qo'zg‘alish»
deb atash mumkin. Mana shu qo‘zg‘atuvchilaning ta’sir qilish vaqtiga qarab himoya
mexanizmlari vujudga keladi. Masalan, o'simlikga nisbatan noqulay omilning ta’siri
uzoq davom etsa himoyalanishning maxsus mexanizmlari, qisqa bolsa,
himoyalanishning nomaxsus mexanizmlari vujudga keladi. Biokimyoviy himoya
vositalari. O'simliklar organizmlaridagi biokimyoviy himoya vositalarining asosi
shundan iboratki, bunda o'simlikning, noqulay muhit omiliga javob reaksiyasi
natijasida hosil bolgan, ya’ni yuqori molekulyar moddalarning parchalanishidan
yuzaga kelgan ayrim zaharli birikmalami barglar va boshqa organlar orqali ajralishi
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
87
yuz beradi. Masalan, qurg'oqchilik sharoitida sitoplazmaning suv saqlab qolish
xususiyati uning tarkibida kichik molekulyar gidrofii oqsillaming vujudga kelishi
bilan ta’minlanadi. Bu gidrofii oqsillar esa anchagina suvni gidrat qobiqlar sifatida
bog'lab turadi. Qurg'oqchilik vaqtida sitoplazmada suvning saqlanib turishiga prolin
moddasi ham anchagina yordam beradi. Shuning uchun ham suv tanqisligida
hujayradagi prolinning miqdori; ancha ko'payib ketadi.
Shuningdek, sitoplazmada suvning saqlanishiga undagi monosaxaridlar
miqdorining ko‘payishi ham ijobiy ta’sir qiladi O'simliklarning qurg‘oqchilikdan
so‘ng o‘z holatini tiklashi, suv yetishmasligi va yuqori harorat sharoitida hujayraning
o ‘z genetik tarkibining saqlab qolishiga bog‘liqdir. Masalan, DNK molekulasining
qurg‘oqchilikdan himoyalanishi uning molekulasining yadro oqsillari yordamida
qisman o‘z faolligini yo‘qotish xususiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham DNK
miqdorining o ‘zgarishi faqat uzoq davom etgan kuchli qurg‘oqchilik holatidagina
kuzatilishi mumkin. Qurg‘oqchilik, o'simliklar gormonlar sistemasida ham bir qator
sezilarli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday o'zgarishlarga 0‘simlik o
‘sishini jadallashtiradigan auksin, sitokinin, gibberellin hamda fenol tabiatli o'sishni
tezlashtiradigan moddalar miqdorining kamayishini, ABK va etilen gormonlari
miqdorining oshishini ko‘rsatish mumkin. Bunda ayniqsa qurg‘oqchilikning
boshlang‘ich davrlarida, o‘simliklarda o‘sishni to'xtatuvchi gormonlar miqdorining
oshishimuhim ahamiyatga ega. Chunki o'simlik suv bilan muqobil ta’minlanmaganda
barg og‘izchalarining tezda yopilish xususiyati shu o‘simliklarda bir necha daqiqa
davomida juda ko‘p marta ko‘payib ketadigan ABK gormonining miqdoriga
bog'liqdir. Masalan, o‘simlik uchun suv yetishmasligi juda kam miqdorda-0,2 MPa
bolgandayoq ABK gormonining miqdori bir necha barobar ortib ketadi. Ammo
mezofit o ‘simliklarda ABK miqdorining oshishiga olib keladigan suv potensiali har
xildir. Masalan, makkajo‘xori uchun ABK gormonining oshishiga olib keladigan suv
potensiali 0,8 MPa bo‘lsa, javdar o‘simligi uchun ushbu ko‘rsatkich 1,0 MPa.
Umuman qurg'oqchilik sharoitida o‘simlik to‘qimalaridagi ABK gormonining miqdori
uning suvlilik holati 1 gr og‘irligiga nisbatan bir soatda o‘rtasha 0,15
mikrogrammgacha ortishi mumkin. 0‘simlik tuqimalarida ABK gormonining
ko‘payishi natijasida vujudga kelgan barg og‘izchalarining yopilishi holati esa ular
orqali boladigan bug'lanish natijasida sarflanadigan suv miqdorini anchagin?
kamaytiradi. Shuningdek, ABK prolin sintezini tezlashtiradi, bu esa oqsillarning
sersuvlanishiga sabab boladi. Bu holat ham hujayrada suvning ma’lum miqdorda
saqlanib qolishiga sabab boladi. O'simlik ildizlarida ABK gormonining yig‘ilishi RNK
va oqsillar sintezining to‘xtashiga olib keladi, hamda boshqa bir o‘sish gormoni
bo‘lgan sitokininning sintezining sekinlashishiga olib keladi.Xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, suv tanqisligi sharoitida o‘simlik tuqimalarida ABK gormoni miqdorining
ko‘payishi o‘simlikning barg og‘izchalari orqali suv yo‘qolishini kamaytiradi.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
88
Oqsillarga ko‘p miqdorda suv bug'lanishga sabab bo‘lib hujayradagi modda
almashinuvini nisbatan muqobil holatiga o‘tkazadi. 0‘simliklarga suv yetishmagan
sharoitda yuzaga keladigan biokimyoviy o‘zgarishlardan yana biri bu o‘simlik
to‘qimalarida o‘sish ingibitori gormonlaridan biri bo‘lgan etilen (CH2=CH2)
gormonining ma’lum miqdorda ko‘payishidir. Masalan, bug‘doy barglarida suv
miqdorining 9% kamayishi 4 soat davom etsa etilen gormonining barglardagi miqdori
30 marta ko‘payadi. Agarda o‘simlikninng suv bilan ta’minlanishi yaxshilansa,
o‘simlik to‘qimalarida etilenning hosil bo'lishi va uning umumiy miqdori yana
o‘zining avvalgi holatiga qaytadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Алёхина Н.Д., Болнокин Ю.В., Гавриленко В.Ф. Физиология растений
М.: «Академия». 2007. 640 с.
2. Бавтуто Г.А., Еремина В.М., Жигар М.Г1. Атлас по анатомии растений
Учеб.посбие для вузов. Минск. «Ураджай», 2001.-146 с.
3. Бекназаров Б.Д., Валиханов М.Н. Особенности активации
пирофосфатазы хлопчатника ионами магния. Физиология растений. 2006. том
53. №1.54-59 с.
4. Бекназаров Б.О., Валиханов М.Н. Свойства неорганической
пирофосфатазы хлопчатника II М. Прикладная биохимия и микробиология,
2007. том 43, №2. 172-177 с.