Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
79
15-16 YOSHLI FUTBOLCHILARNING TO‘PGA EGALIK
QILISH TEXNIKASINING NAZARIY JIHATLARI
Baxodirov Sarvar Sirojiddinovich
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy fanlar fakulteti jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti
Annotatsiya:
Maqolada futbolchilarning to‘pga egalik qilishning nazariy
jihatlarini texnik mahorat harakatlarni samaradorligi turli-tuman texnik usullar
bo‘yicha mustahkam ko‘nikmani rivojlantirishni taqozo etgani xususida so‘z yuritilib,
futbolchilarga ma’lum bir talabni qo‘yishni: jismoniy sifatlardan o‘yin samaradorligini
oshirish vositasi sifatida foydalana bilish lozimligi tadqiq qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Futbol, musobaqa, chidam, moslashuv, kuchlilik, futbolchi,
jismoniy sifatlar, individual yondashuv.
В статье рассматриваются теоретические аспекты владения мячом
футболистами, эффективность технических навыков и движений, требующих
развития прочных навыков владения различными техническими приёмами, а
также исследуется необходимость предъявления к футболистам определённого
требования: умения использовать физические качества как средство повышения
эффективности игры.
Ключевые слова:
Футбол, соревнования, выносливость, адаптация, сила,
футболист, физические качества, индивидуальный подход.
The article discusses the theoretical aspects of football players' possession of the
ball, the effectiveness of technical skills and movements, which require the
development of solid skills in various technical methods, and examines the need to
impose a certain requirement on football players: the ability to use physical qualities
as a means of increasing the effectiveness of the game.
Key words:
Football, competition, endurance, adaptation, strength, football
player, physical qualities, individual approach.
Futbolchining texnik mahorati u egallab olgan texnik usullarning hajmi va xilma-
xilligi, shuningdek, ularni o‘yin sharoitlarida samarali qo‘llay bilishi bilan
xarakterlanadi. Futbol o‘yini texnikasi juda ko‘p turli usul va usullar yig‘indisidan
iboratdir. Shuning uchun kam vaqt va kuch sarflab o‘rgatish vazifasini hal etish uchun
o‘rganilayotgan materialni tizimga solish va texnikaga o‘rgatishning izchilligini
aniqlash katta ahamiyatga ega.
O‘rgatish ishini boshlash va uni optimallashtirish muammosi ko‘p jihatdan
tushunarlilik asosi bilan belgilanadi. Ammo bu faqat «oddiydan murakkabga»,
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
80
«osondan qiyinga» uslubiy qoidalaridan foydalanishdan iborat bo‘lib qolmaydi.
Dastlab o‘yin olib borishning asosiy usullarini o‘rganish zarur.
Nihoyat, yangi harakat ko‘nikmalari avval o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar asosida
paydo bo‘ladi. Shuning uchun turli xil texnik usul va usullarning o‘zaro tabiiy
bog‘liqligidan va tuzilishi bo‘yicha umumiyligidan foydalanish kerak.
Texnik usullar bilan tanishish va ularni o‘rganish jarayonida asosan o‘qitishning
mukammal usulidan foydalaniladi. U ko‘p yillik mashg‘ulotning har bir bosqichi
uchun muayyan doiradagi usul va usullar tanlab olinishi bilan xarakterlanadi. Bular
darslar tizimida parallel ravishda: dastlab (texnika asoslari o‘zlashtirib olinguncha) har
bir usul alohida, keyinchalik o‘zlashtirilgan boshqa usullar bilan birgalikda o‘rganiladi.
Shu bilan birga, bir darsda, bir vaqtning o‘zida ikki-uchtadan ortiq yangi usulga
o‘rgatish mumkin emas.
Ko‘p yillik mashg‘ulotlarning har bir bosqichida futbolchilarning texnik
tayyorgarligi yuzasidan muayyan vazifalar qo‘yish ko‘pgina omillar: bolalar va
o‘smirlar rivojlanishining yosh xususiyatlari, jismoniy sifatlarni tarbiyalash
dinamikasi,
harakat
ko‘nikmalarini
shakllantirish
tizimining
xususiyatlari,
bosqichlarning qaysi maqsadga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida futbol o‘yinini yangi o‘rganuvchi
futbolchilarni texnik usullarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish vazifasi qo‘yiladi.
Bu vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi shug‘ullanuvchilarda futbolga nisbatan qat’iy
qiziqish hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Mazkur bosqichda o‘qitish ishi maydonda harakat qilish: yugurish, to‘xtash,
burilish va sakrashning asosiy usullarini o‘rganishdan boshlanadi.
Shular bilan parallel ravishda yosh futbolchilar to‘pni egallash texnikasi va buni
bajarishning quyidagi asosiy usullarini o‘rganadilar:
– to‘p tepish (tovonning ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki va o‘rta qismi
bilan);
– kalla qo‘yish (peshonaning o‘rta qismi bilan);
– to‘pni oyoq bilan to‘xtatish (tovonning ichki tomoni, oyoqning kafti va son
bilan);
– to‘pni oyoq bilan olib yurish (oyoq yuzining o‘rta va tashqi qismi «qochib
qolish» yo‘li bilan aldaydigan harakatlar qilish;
– to‘pni olib qo‘yish (hamla qilib, to‘pni tepib yuborish);
– yon chiziqdan (turgan joydan) turib to‘pni o‘yinga tashlash.
Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichida shug‘ullanuvchilar futbol o‘yini
texnikasi asoslarini egallab oladilar. Yosh futbolchilar avvalgi bosqichda tanishgan
texnik usullarini ancha chuqur o‘rganadilar hamda qolgan usullar va ularning turli
xillarini o‘rganishga kirishadilar. Darvozabonlar to‘pni egallab olish texnikasining
asosiy usullarini: to‘pni ushlab olish, urib yuborish va tashlashni o‘zlashtiradilar.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
81
Asosli
(chuqur)
mashq
qilish
bosqichida
futbolchilar
texnikani
mustahkamlaydilar va uni takomillashtirishda davom etadilar. Turli-tuman texnik
usullar bo‘yicha mustahkam ko‘nikma hosil qilinadi va o‘yin sharoitlarida kompleks
ravishda va maqsadga muvofiq qo‘llanish ko‘nikmalari tarkib toptiriladi.
Butun bosqich davomida shug‘ullanuvchilar quyidagi usullar bo‘yicha kamolotga
erishadilar:
– turli trayektoriya va yo‘nalishda haarkatlanayotgan to‘pni xilma-xil usullar
bilan to‘g‘riga va yo‘nalishini keskin o‘zgartirgan holda tepish;
– to‘pni to‘xtatish va sherigiga oshirish;
– to‘pni turli usullar bilan olib yurish;
– aldash harakatlarini bajarish;
– to‘pni hujum qilib va oyoqning ostiga tashlanib tepib yuborish yoki to‘xtatish;
– raqibni yelka bilan turtib to‘pni olib qo‘yish;
– to‘pni turgan joydan, harakatda, yiqilayotib, yon chiziqdan o‘yinga kiritish.
Darvozabonlar to‘pni ushlab olish, urib yuborish va boshqa tomonga o‘tkazib
yuborishni ham yiqilmasdan, ham yiqilayotib takomillashtiradilar.
Asosli ravishda mashq qilish bosqichida futbolchilar o‘yindagi vazifalariga ko‘ra:
hujumchi, himoyachi va hokazolar bo‘yicha uzil-kesil (ayrim hollarda bir oz vaqtliroq
yoki keyinroq) ixtisoslashadilar. Shuning uchun takomillashish jarayonini
futbolchilarning o‘yindagi vazifalariga nisbatan alohida-alohida olib borish kerak.
Idrok, diqqat, tafakkur, xotira kabi ruhiy jarayonlarning juda yaxshi jismoniy,
axloqiy-irodaviy, nazariy va, ayniqsa, texnik tayyorgarlik bilan birgalikda yuqori
darajada rivojlanganligi taktik tayyorgarlik asosini tashkil etadi.
Futbolchilarning o‘yin faoliyati sharoitlarida yaxshi mo‘ljal (oriyentir) olish va
taktik jihatdan to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati ko‘p jihatdan texnik usullarni
maqsadga muvofiq ravishda qo‘llash, ya’ni ularning texnik qurollanganligi bilan
belgilanadi. Shuning uchun yosh futbolchi texnik usullarni muntazam takomillashtira
borib juda ko‘p miqdordagi harakat ko‘nikmalarini egallab olgandagina, yaxshi taktik
tayyorgarlikka erishishi mumkin. O‘yinchining texnik mahorati yo sheriklari bilan
hamkorlikda, yoki individual ravishda istalgan taktik g‘oyaning amalga oshirilishini
ta’minlashi kerak. Har bir futbolchining taktik jihatdan yuqori individual tayyorgarligi
butun jamoa taktikasining samarali bo‘lishini belgilab beradi.
Yosh futbolchilar bilan o‘tkaziladigan har bir o‘quv-mashg‘uloti bosqichi
muayyan yo‘nalishga va tegishli o‘quv materiallariga ega bo‘lishi kerak.
Dastlabki tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa o‘yinda fikr yuritish qobiliyatini
tarbiyalash va futbol o‘yini jarayoniga qiziqish uyg‘otishdan iborat. Mashg‘ulotlarda
murakkab reaksiya tezligi, mo‘ljal olish, idrok, mustaqillik jamoada ish ko‘ra bilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlar bajariladi. O‘yinda fikr
yuritish qobilyatini tarbiyalash uchun o‘yin faoliyati xarakteriga ko‘ra futbolga yaqin
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
82
bo‘lgan harakatli o‘yinlardan keng foydalaniladi. Harakatli o‘yinlar raqib “ta’qib”idan
qutilish va bo‘sh joyga chiqish, o‘z vaqtida to‘p oshirish, hujum yoki himoya vaqtida
tezlik bilan qulay vaziyatni egallash ko‘nikmalarini tarbiyalaydi. Taktik tayyorgarlikda
harakatli o‘yinlardan foydalanish to‘pni egallab olishning murakkab texnikasi yo‘qligi
bilan ham belgilangandir. Bu shug‘ullanuvchilarning diqqat-e’tibori o‘yin jarayonini
tushunib olishga qaratiladi, juda ko‘p vaziyatlarda mustaqil qaror chiqarib olish imkoni
yuzaga keladi. O‘yinlarda hujum va himoyadagi individual hamda eng oddiy guruhli
harakatlar tarbiyalanadi. O‘yinchining «ochilishi» va «yopilishi» kabi taktik
harakatlarni, eng yaxshisi, basketbol yoki gandbol o‘yinida o‘rgangan ma’qul.
Murabbiy o‘yin mohiyatini to‘g‘ri tushunish hissini tarbiyalash to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilishi, qabul qilingan har bir noto‘g‘ri qarorni e’tibordan chetda
qoldirmasligi, bajarilgan harakatga baho berishi kerak. Shuning uchun mazkur
bosqichdagi har bir mashg‘ulot mazmunining asosiy yo‘nalishi – o‘yinni olib borish
tajribasini egallash va uni to‘ldirib borishdan iborat.
Boshlang‘ich sport ixtisoslashuvi bosqichi taktik tafakkurni (o‘yinchining taktik
jihatdan fikr yuritish qobiliyatini) rivojlantirishni hamda asosiy individual va guruhli
taktik harakatlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Mashg‘ulotlarda quyidagilar:
– nazariy bilimlar, taktik ko‘nikma va malakalar zahirasini kengaytirish;
– o‘zlashtirilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni doimo o‘zgaruvchan o‘yin
sharoitidagi ijodiy imkoniyati e’tiborga olinish kerak.
Mashg‘ulotlarda sport o‘yinlari taktikasining umumiy asoslarini o‘rganishga,
futbol o‘yini taktikasini, o‘yinchilarning individual va guruhli harakatlarini qarab
chiqishga katta o‘rin beriladi. Shu maqsadda futbolchining mustaqil ish olib borishida
mavjud barcha formalardan, taktik tayyorgarlikning nazariy asosini yaratishga yordam
beruvchi formalardan (adabiy manbalar, kinomateriallar, shaxsiy kuzatishlar va
hokazolardan) foydalaniladi. O‘yin qoidalarini o‘rganish hamda individual va guruhli
harakatlarni tashkil etishda ularni hisobga olish lozim. Tanishish asnosida qoidalarni
rasm, sxema, maketda aks ettirilgan o‘yin vaziyati va hokazolar bilan to‘ldirib
tushuntirish, ularni qo‘llashga oid amaliy misollar keltirish foydalidir.
Asosiy taktik harakatlarni o‘rganish jarayonida taktik tafakkur shakllantirilar
ekan, asosiy e’tibor qabul qilingan taktik rejani amalga oshirish uchun o‘yin olib
borishning shug‘ullanuvchilar qabul qilgan muayyan vositalari va usullarini maqsadga
qanchalik muvofiqligini tahlil qilishga qaratiladi.
Hujum va himoyaning doimo o‘zgaruvchan sharoitlarida konkret individual va
guruhli harakatlarga alohida e’tibor berib bajariladigan mashqlar ham o‘rganiladi.
Ayrim o‘yin vaziyatlarini ijodiy hal etish qobiliyati o‘yinchilarning eng muhim
malakasi hisoblanadi. Bu malakani rivojlantirish boshlang‘ich sport ixtisoslashuvining
asosiy vazifalaridan biridir.
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
45-to’plam_2-qism_Iyul-2025
83
Jiddiy mashq qilish bosqichidagi taktik tayyorgarlik o‘zlashtirib olingan
individual va guruhli harakatlarga alohida e’tibor bergan holda olib boriladi. U
futbolchilarning kombinatsion o‘yin olib borish qobiliyatini takomillashtirishga
qaratilgan bo‘ladi.
Jamoada taktik harakatlarni takomillashtirishga katta e’tibor beriladi. Har bir
o‘yinchi jamoada qanday o‘rin egallashiga qarab o‘z taktik harakatlarini
takomillashtiradi. Mashqlarga ham hujumchi, ham himoyachi harakatlari kiritiladi.
O‘z-o‘zini tahlil qilish qobilyatini, vujudga kelgan o‘yin sharoitida to‘g‘ri yo‘l topa
bilish, o‘yin vaziyatini xarakterlovchi ko‘p sonli momentlardan eng muhimini ajratib
olish ko‘nikmalarini tarbiyalash juda muhimdir.
Adabiyotlar ro‘yhati:
1.
Абдулкадыров А.А. Соотношение физической и технической подготовки
юных футболистов 11-14 лет на этапе начальной спортивной специализации:
Автореф. дисс. канд. пед. наук. - Л., 1985. 18 с.
2.
Андрис Э.Р., Арзуманов Г.Г., Годик М.А. Выбор тренировочных средств в
зависимости от структуры соревновательного упражнения
И
Теория и
практика физической культуры. - 1979. - № 2.
3.
Ано Г. Техника и скорость. (О проблемах футбола)
И
Спортивные игры. -
1956. - № 8 - С. 28-31.
4.
Алешков И.А., Невмянов А.М. О принципах выбора и информативности
показателей, исследуемых в качестве модельных характеристик в
спортивных играх
И
Проблемы моделирования соревновательной
деятельности: Сб. научн. статей. - М., 1985. - С. 126-133.
5. Баходиров, Сарвар Сирожиддинович. "ФУТБОЛ МАШҒУЛОТЛАРИДА
ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН УСЛУБЛАР."
Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS)
2.1 (2022): 406-412.
6. Baxodirov, Sarvar Sirojiddinovich. "TURLI DARAJADAGI VA AMPLUADAGI
FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGI XUSUSIYATLARNI
O‘RGANISH."
Academic research in educational sciences
2.4 (2021): 1694-1701.
7. Xolmaxmatov, Boburjon. "13-15 Yoshli Yosh Futbolchilarning Funktsional
tayyorgarligining Yoshga Bog‘Liq Xususiyatlari."
Miasto Przyszlości
50 (2024):
493-496.
8.
Sirojiddinovich,
Baxodirov
Sarvar.
"SPORTCHILARNI
MUSOBAQA
SHAROITIDA PSIXOLOGIK TAYYORLASH ASOSIY TAMOYILLARI."
1-
SON, 1-JILD IYUL 2022 1-QISM
(2022): 4.
9.
Sitora,
Elova,
and
Maxmirzayev
Xurshid.
"FUTBOL
O‘YINIDA
TAYYORGARLIK TURLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI." Лучшие
интеллектуальные исследования 8.4 (2023): 111-113
10. Sirojiddinovich, Baxodirov Sarvar. "SPORTCHILARNI MUSOBAQA
SHAR5OITIDA
PSIXOLOGIK
TAYYORLASHNING
METODIK
AHAMIYATI."
Conferencea
(2022): 6-9.