103
SIMLI TARMOQ YARATISHDA SWITCH
QURILMASINING AHAMIYATI
Kayumova Shahnoza Muhamadjonovna
Fan va texnologiyalar unversiteti
“Aniq fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Xoshimov Ilxom Kenjatoy o‘g‘li
Fan va texnologiyalar unversiteti “Dasturiy injiniring”
yo‘nalishi 5/24 guruh talabasi
Annotatsiya
; Ushbu maqolada Switch texnologiyasining simli tarmoqni
qurishdagi ahamiyatini keltirib o‘tilgan. Switch texnologiyasi yuqori tezlik, keng
qamrov, yuqori sig‘im va mobillilik kabi afzalliklari bilan simli tarmoq
infratuzilmasini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Switch texnologiyasining turli
sohalardagi qo‘llanilishi, jumladan, shahar va qishloq hududlarida internet qamrovini
ta’minlash, M2M aloqlarini o‘rnatish, favqulodda vaziyatlarda aloqa ta’minoti va Fttb
texnologiyalarida qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
Switch, simli tarmoq, yuqori tezlik, internet qamrovi, Fttb, M2M.
Аннотация
: В данной статье рассматривается важность технологии Switch
при построении проводной сети. Технология Switch ведет важную роль в
развиcти инфраструктуры проводной сети благодаря таким ее преимуществам,
как высокая скорость, широкий охват, высокая пропускная способность и
мобильность. В статье подробно описано применение технологии Switch в
различных областях, включая городское и сельское интернет-покрытие, M2M-
связь, экстренную связь и технологии Fttb .
Ключевые слова:
Коммутатор, проводная сеть, высокая скорость, покрытие
интернета, Fttb, M2M.
Abstract
: This article highlights the importance of Switch technology in building
a wired network. Switch technology plays a major role in the development of wired
104
network infrastructure with its advantages such as high speed, wide coverage, high
capacity and mobility. The application of Switch technology in various fields,
including providing Internet coverage in urban and rural areas, establishing M2M
communications, emergency communications and Fttb technologies, will be detailed.
Keywords:
Switch, wired network, high speed, internet coverage, Fttb, M2M.
Kirish
Simli tarmoq qurish jarayoni bu o‘zaro bog‘langan qurilmalar orqali ma'lumotlarni
uzatishni ta'minlaydigan tizimni tashkil etish jarayonidir. Bu tarmoqda ma'lumotlar
kabel orqali uzatiladi. Simli tarmoqni yaratishda bir qancha omillarni hisobga olish
kerak, shu jumladan, tarmoqni rejalashtirish, to‘g‘ri uskunalar tanlash va ularni to‘g‘ri
joylashtirish. Quyida simli tarmoq yaratish jarayonining asosiy bosqichlarini
ifodalaydi.
-
Tarmoqning ehtiyojlarini aniqlash: Tarmoq qanday maqsadda ishlashini aniqlash
zarur (ofis, ishlab chiqarish joyi, uy tarmog‘i va boshqalar). Tarmoqda qancha qurilma
bo‘ladi, qaysi xizmatlar (internet, printerlar, ma'lumotlar bazasi va boshqalar)
ishlatiladi, ulanish tezligi qanday bo‘lishi kerak – bularning barchasi tarmoqni
rejalashtirishda hisobga olinadi.
- Tarmoq qurilmalarini tanlash Router (marshrutizator): Tarmoqni tashqi tarmoq
(internet) bilan ulash uchun ishlatiladi. Router tarmoqdagi ma'lumotlar paketlarini
yo‘naltiradi.
- Switch (kommutator): Tarmoqdagi qurilmalar o‘rtasida ma'lumotlarni uzatish uchun
ishlatiladi. Switch tarmoqning ichki ulanishlarini tashkil etadi va ma'lumotlarni to‘g‘ri
manzilga yo‘naltiradi.
-Hub qurilmasi serverda signal uzatish vazifasini bajaradi, lekin bu oddiy va kam
samarali qurilma hisoblanadi. Hublar butun tarmoq bo‘ylab ma'lumotlarni yuboradi,
shu sababli ular ko‘proq tarmoqning trafigini oshirishda yordam beradi.
- Simli tarmoq yaratishda kabel tizimi. Tarmoqni qurishda kabel tanlash muhim
ahamiyatga ega. Simli tarmoq yaratishda ko‘p ishlatiladigan kabel turi UTP
(Unshielded Twisted Pair), ya'ni twisted pair kabelidir. UTP kabellari tarmoqdagi
qurilmalar o‘rtasidagi uzatishlarni amalga oshiradi. Agar uzoq masofalar bo‘lsa, optik
tolalar ham ishlatiladi.
- Tarmoq protokollarini sozlash: Tarmoqda ishlatiladigan protokollar (TCP/IP, DHCP,
DNS va boshqalar) to‘g‘ri sozlanishi kerak. DHCP orqali tarmoqdagi qurilmalarga
avtomatik IP manzillar jo‘natiladi.
105
- Tarmoq xavfsizligini ta'minlash tarmoqni monitoring qilish, ma'lumotlar shifrlash va
boshqa xavfsizlik choralarini ko‘rish zarur. Tarmoqda xavfsiz ulanishni ta'minlash
uchun kerakli antivirus va monitoring tizimlarini o‘rnatish kerak.
-Test va diagnostika tarmoqni o‘rnatib bo‘lgach, uning to‘g‘ri ishlashini tekshirish
zarur. Ping, spit test, yoki boshqa tarmoq diagnostika vositalarini ishlatish orqali
tarmoqdagi muammolarni aniqlash mumkin. [1]
Adabiyotni o‘rganish
Tarmoqni boshqarish va texnik xizmat. Tarmoq monitoringi: Tarmoqda trafikni
kuzatish va tarmoq resurslaridan samarali foydalanish uchun monitoring tizimlarini
o‘rnatish muhim. Tarmoqni kengaytirish va optimallashtirish Tarmoqning o‘sishini
nazorat qilish va kerak bo‘lganda yangilanishlar kiritish zarur.
-Ma'lumotlarni simli tarmoqda samarali yo‘naltirish Switch qurilmasi tarmoqdagi har
bir qurilma (kompyuter, sip no‘mer, Ip tv, Smart tv) o‘rtasida ma'lumot uzatishni
yo‘naltiradi. Bu qurilma ma'lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli qurilmaga yetkazib
berishga yordam beradi, bu esa tarmoqdagi ma'lumotlar uzatish tezligini oshiradi va
samaradorlikni yaxshilaydi. Tarmoqni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatishda
tarmoqning doimiy ishlashini ta'minlash, uning samaradorligini oshirish va
xavfsizligini saqlash uchun amalga oshiriladigan turli xil faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.
Tarmoqni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish, ayniqsa, kompaniyalarda, ofis
tarmoqlarida yoki katta tarmoqlarda muhim ahamiyatga ega. Quyida tarmoqni
boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonining asosiy jihatlari haqida
ko‘rsatmalar keltiriladi. Tarmoqni boshqarish jarayoni tarmoqning ishlashini samarali
va xavfsiz saqlashni ta'minlash uchun turli vositalar va texnikalar yordamida amalga
oshiriladi. Tarmoq holatini kuzatish tarmoqni boshqarishda eng muhim jihatlardan biri
uning holatini doimiy ravishda kuzatib borishdir. Tarmoq monitoringi orqali
tarmoqning ishlash tezligi, ulanish holati, foydalanuvchi faoliyati, trafigi va boshqa
ko‘rsatkichlar tekshiriladi. Tarmoq trafigini tahlil qilish: Tarmoq trafigini tahlil qilish,
tarmoqda ortiqcha yuklanish, yomon ishlash yoki noto‘g‘ri yo‘naltirilgan
ma'lumotlarni aniqlashga yordam beradi. Tarmoqdagi ma'lumotlarni shifrlash, ayniqsa,
internet orqali yuboriladigan ma'lumotlar xavfsizligini oshiradi. SSL/TLS protokollari
va VPN texnologiyalari bu borada yordam beradi. Tarmoqda yangi qurilmalar
qo‘shilishi, yangi serverlar o‘rnatilishi yoki mavjud tarmoq segmentlarining
optimallashtirilishi mumkin. [2]
106
Tahliliy qism
Tarmoqni optimallashtirish: Tarmoqda ko‘p ishlatiladigan resurslar (masalan,
internet yoki serverlar) bo‘yicha bo‘sh joylarni va tezlikni optimallashtirish zarur.
Qo‘shimcha tarmoqlarni yaratish yoki virtual LAN (VLAN) bo‘limlarini ajratish,
tarmoqni samarali ishlashini ta'minlashga yordam beradi. Tarmoq holatini doimiy
ravishda kuzatib borish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar SNMP monitoring tizimlari
o‘rnatish mumkin. Bu tizimlar tarmoqning ishlash holatini avtomatik ravishda
tekshirib, ogohlantirishlar yuboradi.
Tarmoqni boshqarish platformalari bir nechta tarmoq qurilmalarini
markazlashtirilgan tarzda boshqarish uchun maxsus dasturiy platformalar mavjud.
Bular tarmoqning holatini monitoring qilish, konfiguratsiyani boshqarish, xavfsizlikni
ta'minlash va trafigi tahlil qilishda yordam beradi. Telekommunikatsiya tarmog'i bu
terminallar o'rtasida telekommunikatsiyani ta'minlash uchun ulangan terminal
tugunlari, har qanday oraliq tugunlar va havolalar guruhi. Ular orasidagi bu uzatish
aloqalari turlarni bog'laydi. Tugunlar to'g'ri manzil terminaliga erishish uchun signalni
to'g'ri havolalar va tugunlar orqali o'tkazish uchun kontaktlarning zanglashiga olib
o'tish, xabarlarni almashtirish yoki paketlarni almashtirish kabi turli xil kommutatsiya
turlaridan foydalanadi. Telekommunikatsiya tarmog'idagi har bir terminal odatda
o'ziga xos manzilga ega bo'lib, xabarlar yoki ulanishlar to'g'ri qabul qiluvchilarga
yo'naltiriladi. Tarmoq ichidagi manzillar to'plami manzil maydoni deb nomlanadi.
Hozirgi vaqtda telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalanuvchilar portlaridan biriga
ulangan va har bir foydalanuvchining har bir havolasi aloqa kanali deb ataladi u sim,
optik tolali UTP kabel yoki radioto'lqinlar uzatiladi. Signallar: Analog va raqamli
elektromagnit signallar telekommunikatsiyalar tomonidan ma'lumotlarni uzatish uchun
ishlatiladi. Analog elektromagnit signal aloqa vositasi orqali o'tadigan ovozli aloqa
uchun ishlatiladi. Holbuki, raqamli elektromagnit signallar 1 bit va 0 bit yoki yoqish-
o'chirish elektr impulslari sifatida kodlangan ma'lumotlarni uzatadi.
Kompyuterlar raqamli signallardan foydalangan holda muloqot qilishlari
mumkin. Kompyuter analog liniya orqali aloqa o'rnatishi kerak bo'lganda, signallarni
tarjima qilish uchun modem kerak bo'ladi. Keyin modem analog signallarni raqamli va
aksincha o'zgartiradi.
Aloqa kanallari: telekommunikatsiya qurilmalari orqali ma'lumotlarni uzatish
ham aloqa kanallarini talab qiladi. Ma'lumotni bir qurilmadan boshqasiga uzatish
uchun u turli xil qurilmalardan foydalanadi. Axborot oqimlarining tezligi uzatish
stansiyalariga bog'liq.
107
Yuqori tezlikdagi internetni uzatish ta’riflariga qarab qimmatroq, chunki yuqori
tezlikda uzatishni qo'llab-quvvatlaydigan infratuzilma past tezlikda uzatishni qo'llab-
quvvatlash uchun ishlatiladigan infratuzilmaga qaraganda qimmatroq. Uzatish uchun
ishlatiladigan misollar orasida optik tolali, simsiz, UTP kabel va o'ralgan magistral
kabel mavjud.
Telekommunikatsiya qurilmalaridan foydalanib tarmoq yaratishning xar xil turlari
mavjud:
1. SWITCH qurilmasidan yaratilgan WLAN tarmoq mahalliy tarmoq bo'lib,
250-300 metr radiusda ofis, binolar guruhi yoki zavod kabi kichik hududlar uchun
mo'ljallangan. LAN signali keng qo'llaniladi, chunki ularni loyihalash va
muammolarni bartaraf etish oson. Kompyuterlar va ish stantsiyalari ham LAN orqali
chiqish signali va UTP kabeli orqali ulanadi. SWITCH LAN signali turli
topologiyalarga ega, bular Star, Ring, Bus, Tree va boshqalar. LAN oddiy va ikkita
kompyuterni ulashda, fayllar va tarmoqni bir-biri bilan almashish uchun ishlatiladi, shu
bilan birga u butun bino internet xizmatini o'zaro bog'lash kabi murakkab vazifalarni
bajaradi.
-SWITCH qurilmasidan LAN chiqish signali xususiyatlari:
-Resurs almashish
-Dasturiy ta'minot ilovalarini almashish
- 10 mb/s tezlikdan 300 mb/s tezlikgacha internet xizmati
-Markazlashtirilgan ma'lumotlar
- Ma'lumotlar xavfsizligi VPN xizmati
ETHERNET WLAN xususiy bo'lishi mumkin bo'lgan yoki jamoat ijarasi
bo'lishi mumkin bo'lgan keng tarmoqli qurilmadur. Qurilma mamlakatning qamrov
shtatlari kabi katta masofalarni qamrab oladigan tarmoq uchun ishlatiladi. Katta shahar
yoki metropolitenni qamrab oluvchi tarmoqlar ham ushbu Ethernet qurilmasidan
foydalanadi. Ethernet WAN-lar ko'plab turli xil pravayderlar tomonidan turli shaharlar,
viloyatlarga o’z xodimlari bilan mijozlari va boshqa tashkilotlari o'rtasida shartnoma
tuzib ma'lumotlarni uzatish va ma'lumot olish uchun telekommunikatsiya qurilmalari
bilan internet xizmatlaridan foydalanichni ta’minlab beradi.
Ethernet, Fttb, SWITCH stansiyasining xususiyatlari:
250-300 metr radiusda internet signali maydonni egallaydi.
Ma’lumotlar ta’rif rejasi asosida 300mb/s tezlikda ma’lumotlar yuboriladi
Foydalanuvchi Fttb stantsiyasi bilan dasturiy ta'minot tezkor internet xizmatidan
foydalanadi O‘rnatilgan Fttb stansiyasi orqali 1 dona WLAN chiqish port signali orqali
1 dona ZTE modem orqali 1 dona Ip-telefaniya xizmatiga ulanish imkoniyatiga ega
108
bo’ladi. Fttb WLAN ancha katta tarmoq versiyasidir. U Metropolitan Area Network
deb ham ataladi va Ethernet WLAN kabi texnologiyadan foydalanadi. U butun
shaharni qamrab olish uchun mo'ljallangan. Bu Ethernet qurilmasi 48portli WLANni
kattaroq tarmoqqa ulashni anglatadi va UTP bitta kabel orqali tarmoq yaratiladi.
U asosan bitta xususiy kompaniya yoki davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladi.
Xususiyatlari:
-Juda samarali.
-Yuqori tezlikdagi tashuvchilar orqali tezkor aloqa.
-Katta tarmoq uchun yagona magistralni ta'minlaydi va WAN-ga ko'proq kirishni
ta'minlaydi.
-butun bir shaharning bir necha stansiyalarini o'z ichiga oladi.
Ma'lumotlarning ikki yo`nalishda uzatilishidan foydalanildi.1- internet tarmoq , 2-IP
telefaniya yoki PSTING xizmati.
Xulosa
Simli tarmoq yaratishda switch qurilmasi juda muhim rol o'ynaydi. U
tarmoqdagi qurilmalar o'rtasidagi ma'lumotlar almashinuvi jarayonini samarali va
tezkor tashkil etishga yordam beradi. Switch qurilmasi yordamida tarmoqdagi har bir
qurilma faqat o‘ziga tegishli ma'lumotni qabul qiladi, bu esa trafigni kamaytiradi va
tarmoqning samaradorligini oshiradi. U, shuningdek, ma'lumotlarni to‘g‘ri
yo‘naltirish, broadcast trafigini kamaytirish, va tarmoq xavfsizligini ta'minlash kabi
funksiyalarni bajaradi.
Switchlar, shuningdek, VLAN (Virtual LAN) kabi ilg‘or imkoniyatlarni qo‘llab-
quvvatlaydi, bu esa tarmoqni mantiqiy bo‘limlarga ajratishga imkon beradi va
xavfsizlikni yaxshilaydi. Ularning yangi texnologiyalar bilan ishlash imkoniyatlari,
masalan, PoE (Power over Ethernet) texnologiyasi, simli tarmoqlarda quvvatni
ta'minlashni osonlashtiradi.
Umuman olganda, switch tarmoqning asosiy qurilmalaridan biri bo'lib, u
tarmoqni tez, samarali va xavfsiz ishlashini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Tarmoqning ishlash tezligi, xavfsizligi va ishonchliligi ko‘p jihatdan switchning to‘g‘ri
tanlanishi va konfiguratsiyasiga bog‘liq.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Holma, H., & Toskala, A. (2011). LTE for UMTS: Evolution to LTE -Advanced.
John Wiley & Sons.
2.Sesia, S., Toufik, I., & Baker, M. (2011). LTE - The UMTS Long Term Evolution:
From Theory to Practice. Wiley.
109
3.Elnashar, A., El-Sayed, M., & Sherif, M. (2014). Design, Deployment and
Performance of 4G-LTE Networks: A Practical Approach. John Wiley & Sons.
4.Dahlman, E., Parkvall, S., & Skold, J. (2016). 4G: LTE /LTE -Advanced for Mobile
Broadband. Academic Press.
5.Rumney, M. (Ed.). (2009). LTE and the Evolution to 4G Wireless: Design and
Measurement Challenges. John Wiley & Sons.
6.Rysavy, P. (2010). Wireless Broadband: WiMAX and LTE . IEEE Communications
Magazine.
7. Maxtumquli, M. (2023, January). Mobil ilovalar yaratish zaruriyati va istiqbollari.
In Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies (Vol. 2, No. 1,
pp. 135-138).
2. Solidjonov, D., & Arzikulov, F. (2021). What is the mobile learning? and how can
we create it in our studying? Интернаука, (22-4), 19- 21.
3. Solidjonov, D. (2021). Ta’limning rivojlanishi uchun digital learning
konspeksiyasining tendentsiyalari. Scienceweb academic papers collection.
4. Solidjonov, D. (2021). Application of information technologies and online platforms
in the educational system. Scienceweb academic papers collection.
5. Solidjonov, D. (2022). Immersive augmented reality and virtual reality technology
for education. Involta Scientific Journal, 1(3), 249-256.
6. Nuriddin ogli, N. M. (2022). Mobil texnologiyalardan muhandislik masalalarini
organishda oydalanish afzalliklari. Journal of new century innovations, 17(3), 100-103.
7. Borodin A., Koucheryavy A. Fifth Generation Networks as a base to the Digital
Economy // Electrosvyaz’. 2017. No. 5. pp. 45–49.
8. Muthanna A., Masek P., Hosek J., Fujdiak R., Hussein O., Paramonov A.,
Koucheryavy A. Analytical Evaluation of D2D Connectivity Potential in 5G Wireless
System // Lecture Notes in Computer Science. 2016. Vol. 9870. pp. 395–403.
9. Kurbanova F., Zalkeprieva A., Ramazanova P. et al. Network Functions
Virtualization (NFV) // XLIII International Scientific and Practical Conference «
Scientific community of students of the XXI century. Technical science». 2016. Iss. 6
(42). URL
10. Muthanna A., Ateya A., Filimonova M.: Study of Cloud Computing in Cellular
Systems // Telecom IT. 2017. Vol. 5. Iss 3. pp. 45–59 (in Russian).
