Vol. 3 No. 5 (2025)

Vol. 3 No. 5 (2025)
Published: 02-06-2025

Articles

6-15 17 22

О‘ZBЕKISTОN SHАRОITIDА INNОVАTSIОN LОYIHАLАRNI MОLIYАLАSHTIRISH

Hоlmirzаyеvа Gulruh Аkbаrоvnа, Tоjibоyеv Jаvlоnbеk Rаvshаnbеk о‘g‘li, Shаripоv Bоymurоd Hаtаm оʻgʻli

Ushbu tаdqiqоt ilmiy vа innоvаtsiоn tizimlаrni rivоjlаntirishning muhim jihаtlаrini kо‘rib chiqаdi. Xususаn, ilmiy rеsurslаrni kеngаytirish, xаlqаrо ilmiy hаmkоrlikni rivоjlаntirish, innоvаtsiоn tizimlаrni kuchаytirish, ilmiy jurnаllаrni qо‘llаb-quvvаtlаsh, ilmiy tаdqiqоtlаrni tijоrаtlаshtirish vа ilmiy-tаdqiqоt sоhаsidа shаffоflikni tа’minlаsh kаbi mаsаlаlаr tаhlil qilinаdi. Tаdqiqоtdа tаvsiyа еtilgаn chоrа-tаdbirlаr О‘zbеkistоnning ilmiy sаlоhiyаtini оshirish, xаlqаrо ilmiy jаmiyаtdа о‘z о‘rnini mustаhkаmlаsh vа innоvаtsiоn iqtisоdiyоtning rivоjlаnishigа kаttа hissа qо‘shish uchun zаrur bо‘lgаn qаdаmlаrni bеlgilаydi.

87-90 67 16

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Israilova Shoira Turg'unovna

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot tushunchasi, uning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni va iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining asosiy bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, ularning samarali joriy etilishi natijasida yuzaga keladigan imkoniyatlar va muammolar tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar, istiqbolli loyihalar va ularning amalga oshirilish mexanizmlari haqida ham fikr yuritiladi. 

137-141 10 20

XUSHBO‘Y RUTA (RUTA GRAVEOLENS L.) O‘SIMLIGI URUG‘CHILIGI VA KO‘CHATCHILIGI

Mo‘sinova Muxlisa Tolibjon qizi, Jo‘rayev Erkin

 


O'simlikning yer ustki qismi tarkibidagi 0,25-1,2% efir moyi (sineol, penin, limonen, aldegidlar, kislotalar va boshqa birikmalardan tashkil topib) flavonoidlar (asosan rutin), alkoloidlar 0,5-1% gacha furokumarinlar bo'ladi. Furokumarinlardan bergapten va ksantotoksin olingan. Tibbiyotda ruta o'simligining yer ustki qismi preparatlari qon tomirlarning plazmasi hosil bo'lib chiqqan bosh og'rig'i, pnevmoniya, revmatizm, bolalarda tirishish bilan o'tadigan davolashni davolashda mahsulotlar.
142-147 28 20

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA ICHKI AUDIT XIZMATINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Saitova Dilbar Muxamedqulovna

Mazkur maqola aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmatining samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan. Unda ichki auditning iqtisodiy-ijroiy nazorat vositasi sifatidagi o‘rni, u orqali korxona faoliyatining moliyaviy shaffofligini ta’minlash, ichki tartibni mustahkamlash va xatarlarni minimallashtirish yo‘llari tahlil qilinadi.

148-152 9 54

MULOQOT SHAKLLANISHIDA OILANING O‘RNI

Мuхamedova Dilbar Gafurdjanovna, Sayitova Nargiza Xikmatillo qizi

Oila insonning shaxsiy hayoti uchun ham, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim maskan. Shu boisdan ham shaxsning rivojlanishi va shaxslararo munosabat o‘rnatib muloqotga kirishishi uchun oila katta ahamiyatga ega. Shaxsdagi muloqot xususiyatlarini va kommunikatsiya o‘rnatish jarayoni oiladan shakllanib jamiyatda qaror topadi. Ushbu maqolada shaxslararo mulqotni shakllanishida oilaning o‘rnini yoritib beramiz.

103-109 14 9

SIMLI TARMOQ YARATISHDA SWITCH QURILMASINING AHAMIYATI

Kayumova Shahnoza Muhamadjonovna, Xoshimov Ilxom Kenjatoy o‘g‘li

Ushbu maqolada Switch texnologiyasining simli tarmoqni qurishdagi ahamiyatini keltirib o‘tilgan. Switch  texnologiyasi yuqori tezlik, keng qamrov, yuqori sig‘im va mobillilik kabi afzalliklari bilan simli tarmoq infratuzilmasini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Switch  texnologiyasining turli sohalardagi qo‘llanilishi, jumladan, shahar va qishloq hududlarida internet qamrovini ta’minlash, M2M aloqlarini o‘rnatish, favqulodda vaziyatlarda aloqa ta’minoti va   Fttb texnologiyalarida qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

110-114 6 37

THE ROLE OF VERBS FOR COMMUNICATION

Khamrayeva Nozima Akbar qizi

This article provides an in-depth exploration of English verbs, including their types, grammatical functions, tenses, aspects, and roles in communication. It discusses the importance of verbs in structuring sentences and conveying meaning, offering practical examples to illustrate their use in both written and spoken English. The article also highlights how verb choice varies depending on context and how strong, expressive verbs can enhance clarity and emotional impact.

115-118 82 10

THE IMPORTANCE OF GRAMMAR IN SPEAKING SKILLS

Karimova Iroda Baxtiyor qizi, Khamrayeva Nozima Akbar qizi

This article highlights the crucial role grammar plays in learning and mastering the English language. It discusses how grammar enhances communication, improves speaking and writing skills, and helps language learners sound more fluent and professional. The article emphasizes that regular practice through reading, listening, and speaking is essential for improving grammar. It also explores how grammar affects career prospects and supports better understanding in multilingual contexts.

199-122 11 9

THE ROLE OF GLOBALIZATION FOR LANGUAGE LEARNERS

Karimova Iroda Baxtiyor qizi, Khamrayeva Nozima Akbar qizi

This academic article investigates the multifaceted effects of globalization on language acquisition and educational practices. It provides a critical analysis of the historical dissemination of dominant world languages – primarily English and French – through colonization, and the subsequent marginalization of indigenous and minority languages.

123-136 5 11

INTEGRATION OF PEDAGOGICAL SOFTWARE TOOLS AND DATABASES IN AUTOMATION OF THE LEARNING PROCESS

Mamayusufov Mirkomil Qahramon o’g’li, Suyunov Jamshid Fakhriddin o’g’li

This article analyzes the integration of pedagogical software tools and databases in the automation of the learning process. Based on learning methods and experiences, the effectiveness of integration and its impact on the learning environment are demonstrated.

64-69 357 44

ONLAYN TA'LIM VA UNING SAMARADORLIGI

Jabborova Shahrida, Fayziyeva Umida Asadovna

Ushbu maqolada onlayn taʼlimning zamonaviy taʼlim tizimidagi o‘rni, uning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada pandemiya davrida onlayn taʼlimning rivojlanishi, turli platformalar orqali ta’lim berish tajribalari va bu tizimning o‘quvchilarga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, onlayn taʼlim samarali bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan omillar ham ko‘rib chiqiladi. Muallif bu sohadagi mavjud muammolarni tahlil qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

70-80 54 34

TA’MINLAGICH-TOZALAGICHINI TOZALASH SAMARADORLIGIGA VA JIN ISH UNUMDORLIGIGA TA’SIRINING TADQIQOTLARI

Omonov Z.J, Umarov U.E., Irgashev B.A.

Maxalliy 5DP-130 rusumli jinlardagi ta’minlagichtozalagichlarni tozalash samaradorligini o‘rganish uchun ishlab chiqarishda S-6524
seleksiyali paxtaning I nav va III nav 2-sinfida tadqiqot ishlari o‘tkazildi.

81-86 21 0

SURUNKALI GEPATIT VA JIGAR SIRROZI ETIOLOGIYASI, KLINIKASI, KECHISHI, DAVOSI.

Mirazimova Iroda Bahodirovna, Raxmonova Sayyora Normuradovna, Karimova Nigora Xakimovna, Usmonova Dilfuza Muhiddinjonovna

Ushbu maqolada “Surunkali gepatit va jigar sirrozi etiologiyasi,klinikasi,kechishi,davosi haqida ma’lumotlar berilgan. Jigar organizmning bosh laboratoriyasi deb ataladi. Bu muhim organ qorin bo‘shlig‘ida, o‘ng qovurg‘alar ostida joylashgan

32-37 90 31

MAGNIYNING INSON ORGANIZMIDAGI AHAMIYATI

Ochildiyeva Uljon Ilxomovna, Rasulov Abdusamat Abdujabborovich

Ushbu maqolada Magniyning  inson organizmidagi roli va ahamiyati organizmda ortib yoki kamayib ketishi natijasida kelib chiqishi  mumkin bo‘lgan kasalliklar haqida ma’lumotlar.Yurak qon tomir kasalliklaridagi ahamiyati va bu element qaysi oziqa mahsulotlarida ko‘proq uchrashi haqida malumotlar muhimroqdir.

91-94 55 18

PEDAGOGIK MAHORAT

G.A. Alimjanova, F.Z. Alimova, N.V. Shiltsova

Ushbu maqolada pedagogik mahorat tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, o‘qituvchilik faoliyatidagi o‘rni hamda uni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Pedagogik mahorat – bu nafaqat bilim va ko‘nikmalar majmui, balki didaktik, psixologik va kommunikativ kompetensiyalar uyg‘unligidir. Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida pedagogik mahoratni rivojlantirish metodlari, shuningdek, o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy sifatlarining ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot natijalari pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

95-102 24 22

SUN’IY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: IMKONIYATLAR, XATARLAR VA YECHIMLAR. SIMSIZ TARMOQNI QURISHDA LTE NING AHAMIYATI

Kayumova Shaxnoza Muhamadjonovna, Gofurov Bagdan Vladimirovich.

Ushbu maqolada LTE  texnologiyasining simsiz tarmoqni qurishdagi ahamiyatini keltirib o‘tilgan. LTE  texnologiyasi yuqori tezlik, keng qamrov, yuqori sig‘im va mobillilik kabi afzalliklari bilan simsiz tarmoq infratuzilmasini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. LTE  texnologiyasining turli sohalardagi qo‘llanilishi, jumladan, shahar va qishloq hududlarida internet qamrovini ta’minlash, M2M aloqlarini o‘rnatish, favqulodda vaziyatlarda aloqa ta’minoti va IoT  texnologiyalarida qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

38-42 0 6 0

BOYSUN TOGʻ MINTAQASI DORIVOR OʻSIMLIKLARINING INSON SALOMATLIGIDAGI AHAMIYATI

Boynazarova Sayyora Ro’zikulovna, Jumayeva Gulnora G’ani qizi

Boysun tog‘ mintaqasi o‘zining boy tabiiy resurslari va o‘simlik dunyosi bilan mashhur bo‘lib, bu hududda o‘sadigan dorivor o‘simliklar inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. Maqolada Boysun tog‘laridagi dorivor o‘simliklarning turlari, ularning tibbiyotdagi foydalari, xalq tabobatidagi o‘rni va salomatlikka bo‘lgan ijobiy ta’siri yoritiladi. Ushbu mintaqada o‘sadigan o‘simliklar asrlar davomida xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda, immun tizimini mustahkamlashda va umumiy sog‘liqni saqlashda qo‘llanib kelinmoqda. 

43-46 30 26

VALERIANA OʻSIMLIGINI URUGʻ YETISHTIRISH VA DORIVOR MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI: MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YOʻLLARI

Jo’rayeva Vazira Tuychiyevna, Qulsoatova Munisa Eshmurod qizi

Ushbu maqolada valeriana dorivor oʻsimligining urugʻ yetishtirishdagi xususiyatlari, uchraydigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil qilinadi. Shuningdek, valeriana ildizi asosida dorivor mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi, ularning tarkibi va farmatsevtik ahamiyati yoritiladi. Maqolada ekologik omillar, agrotexnik tadbirlar va saqlash sharoitlari ham koʻrib chiqilib, samarali yetishtirish va sifatli dori vositalarini olish uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar beriladi.

47-50 37 34

ZAMONAVIY YUK TASHISH VAGONLARINING KONSTRUKTIV XUSUSIYATLARI VA ENERGOTEJAMKORLIK AFZALLIKLARI

Xasanova Marta Axmedovna

Ushbu maqolada zamonaviy yuk tashish vagonlarining konstruktiv xususiyatlari va ularning energotejamkorlik borasidagi afzalliklari tahlil qilinadi. Vagonlarning zamonaviy materiallar asosida yengil va mustahkam tuzilishda loyihalanganligi, aerodinamik shakllari, tormoz tizimlarining takomillashganligi va avtomatlashtirilgan boshqaruv uskunalari bilan jihozlanganligi ularning umumiy samaradorligini oshirayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.

51-57 31 28

APPLICATION OF STRUCTURAL DEFORMATION MONITORING BASED ON CLOSE-RANGE PHOTOGRAMMETRY TECHNOLOGY

Sobirxonova Sarvinoz Nodirovna

Structural deformation monitoring is crucial for ensuring the safety and longevity of infrastructure. Traditional methods, such as total stations and laser scanning, provide high accuracy but often come with high costs and logistical challenges. Close-range photogrammetry (CRP) offers a cost-effective, non-contact alternative for detecting structural deformations with high precision. This study evaluates the effectiveness of CRP for deformation monitoring by conducting 3D reconstructions, accuracy assessments, and comparative analyses with traditional surveying methods. 

58-63 25 15

KONTEKST-ERKLI GRAMMATIKALAR ASOSIDA O‘ZBEK TILIDA SINONIMLAR ORASIDA BOG‘LANISHLARNI MODELLASHTIRISH IMKONIYATLARI

Azatova Enajon Nematjon qizi

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi sinonimlar orasidagi bog‘lanishlarni kontekst-erkli  grammatikalar (KEG) asosida modellashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Sinonim birliklarning morfologik va sintaktik o‘zaro aloqalari, ularning grammatik struktura orqali ifodalanishi, shuningdek, KEG vositasida sinonimlar to‘plamini shakllantirish va tahlil qilish usullari ko‘rib chiqiladi. 

16-22 108 32

RUKOLA O‘SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYA

Daminov Samandar Iskandar o‘g‘li, Nazarov Sirojiddin Gʻani oʻgʻli, Maxmadaliyeva Muazzam Mansurovna, Izzatova Risolat Bahriddin qizi, Izzatova Risolat Bahriddin qizi, Abdullayev To’lqin Uchqun o’g’li

Ushbu maqolada rukola (Eruca sativa) o‘simligining dorivor xususiyatlari, kimyoviy tarkibi hamda inson salomatligiga ijobiy ta’siri yoritilgan. Rukola tarkibida A, C, K vitaminlari, temir, kaltsiy, foliy kislotasi kabi foydali moddalarning mavjudligi uni nafaqat oziq-ovqat sifatida, balki tabobatda ham keng qo‘llash imkonini beradi. Maqolada rukolaning immunitetni kuchaytirish, ovqat hazm qilishni yaxshilash, yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, rukolani xalq tabobatida ishlatish usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

23-27 17 14

TERMIZ SHAROITIDA ZA’FARON (CROCUS SATIVUS L.) O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIYASI

Boynazarova Sayyora Ro’zikulovna, Shopulatova Xonzodabonu Baxtiyor qizi

Za’faron (Crocus sativus L.) o‘simligi, asosan, janubiy va sharqiy hududlarda o‘sadigan, tibbiyotda va oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladigan qimmatbaho dorivor o‘simliklardan biridir. Termiz sharoitida za’faronning bioekologiyasi, ya'ni uning o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga ta'sir etuvchi ekologik omillarni o‘rganish, o‘simlikning optimal ekish sharoitlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

28-31 28 13

TERMIZ SHAROITIDA ZA’FARON (CROCUS SATIVUS L.) O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Boynazarova Sayyora Ro’zikulovna, Shopulatova Xonzodabonu Baxtiyor qizi

Za’faron (Crocus sativus L.) – qadimdan dorivor xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan o‘simliklardan biridir. U asosan O‘rta Osiyo, jumladan, Termiz viloyatida etishtiriladi. Bu o‘simlikning dorivor xususiyatlari uning tarkibida mavjud bo‘lgan biofaol moddalardan, ayniqsa, safranal, picrocrocin, kumarin, va flavonoidlar kabi bir qator kimyoviy birikmalardan kelib chiqadi.