148
MULOQOT SHAKLLANISHIDA OILANING O‘RNI
Мuхamedova Dilbar Gafurdjanovna
O‘zMU, “Psixologiya” kafedrasi mudiri,
Psixol.f.d.prof.
Sayitova Nargiza Xikmatillo qizi
O‘zMU, amaliy psixologiya talabasi
Anotatsiya.
Oila insonning shaxsiy hayoti uchun ham, jamiyatning ijtimoiy,
iqtisodiy, madaniy rivojlanishi uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan eng
muhim maskan. Shu boisdan ham shaxsning rivojlanishi va shaxslararo munosabat
o‘rnatib muloqotga kirishishi uchun oila katta ahamiyatga ega. Shaxsdagi muloqot
xususiyatlarini va kommunikatsiya o‘rnatish jarayoni oiladan shakllanib jamiyatda
qaror topadi. Ushbu maqolada shaxslararo mulqotni shakllanishida oilaning o‘rnini
yoritib beramiz.
Kalit so‘zlar:
muloqot, oila, shaxs, kommunikatsiya, farzand, interaktiv,
perseptiv, verbal, noverbal, imo-ishora, tovush tembri, intonatsiya, tana harakati.
Abstract.
The family is the most important place that is crucial for both the
personal life of a person and the social, economic, and cultural development of society.
Therefore, the family is of great importance for the development of the individual and
the establishment of interpersonal relationships and communication. The
characteristics of communication in a person and the process of establishing
communication are formed in the family and are established in society. In this article,
we will highlight the role of the family in the formation of interpersonal relationships.
Keywords:
communication, family, person, communication, child, interactive,
perceptive, verbal, nonverbal, gesture, timbre of sound, intonation, div movement.
Аннотация.
Семья является важнейшим местом, которое имеет решающее
значение как для личной жизни человека, так и для социального, экономического
и культурного развития общества. Поэтому семья имеет огромное значение для
развития личности и установления межличностных отношений и общения.
Особенности общения у человека и процесс установления общения
149
формируются в семье и закрепляются в обществе. В данной статье мы выделим
роль семьи в формировании межличностных отношений.
Ключевые слова:
общение, семья, личность, коммуникация, ребенок,
интерактивный, перцептивный, вербальный, невербальный, жест, тембр звука,
интонация, движение тела.
Kirish.
Oiladagi sog‘lom va samimiy muloqot madaniyati nafaqat oilaviy
munosabatlarning barqarorligi, balki farzandlar tarbiyasi, o‘sib kelayotgan yosh
avlodda muloqot ko‘nikmlarini shakllantirish, shuningdek, jamiyat barqarorligi va
ma’naviy rivojlanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu jarayonda
ijtimoiy-psixologik omillarning ahamiyati katta. Oiladagi muloqot madaniyatini
rivojlantirish uchun jamiyatdagi qadriyatlar va ijtimoiy munosabatlar katta ahamiyatga
ega.
Bugungi kunda oilaviy munosabatlarning shakllanishiga ko‘plab omillar ta'sir
ko‘rsatadi: ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va axloqiy.
Muhokama.
Oiladagi muloqot madaniyatining shakllanishi, shuningdek, er-
xotin o‘rtasidagi munosabatlar jamiyatning axloqiy, ijtimoiy va pedagogik jihatlariga
bevosita ta’sir etadi. Ushbu jarayonni rivojlantirishda turli ijtimoiy va pedagogik
omillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida oiladagi muloqot madaniyatini rivojlantirishga
ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ko‘rib chiqamiz:[1]
1. Oilaviy muhiting ta’siri – oiladagi munosabatlar, o‘zaro hurmat va mehr-
muhabbat nafqat er va xotin o‘rtasida, balki oilaning boshqa a’zolari (ota-onalar,
qaynona-qaynota, aka-uka, opa-singillar) bilan samimiy muloqot muhitini yaratishga
yordam beradi va o‘z navbatida, oilaviy muloqot madaniyatini shakllantirishga
bevosita ta’sir qiladi. Umuman olganda, oilada ijobiy atmosferaning mavjudligi
muloqot madaniyati rivojlanishiga asos bo‘ladi.
2. Milliy qadriyatlar va an’analar – har bir oilaning o‘ziga xos qadriyatlari ham
o‘z o‘rnida muloqot madaniyatini belgilaydi. O‘zbek oilasida er va xotin muloqotining
qadriyatlarga asoslangan muayyan qoliplari mavjud. Masalan, “ayollarning o‘z umr
yo‘ldoshlariga “siz” tarzida murojaat qilishlari belgilangan me’yor bo‘lib, “siz”ning
“sen”ga almashinuvi o‘zbek nutq odatining qo‘pol buzilishidan dalolatdir” .
Shuningdek, o‘zbek oilalarida er va xotin oilada birbiriga “dadasi/onasi” deb murojaat
qilishi ham an’anaga aylanib qolgan bo‘lib, bu ham oilaviy munosabatlar va oilaviy
muloqotga ijobiy ta’sir qiladi.
150
3. Jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning roli – mahalla, maktab va boshqa ijtimoiy
tashkilotlar oilaviy tarbiya va muloqot madaniyatining muhim shakllantiruvchilari
hisoblanadi. Ular oilaviy muloqotning ahamiyatini targ‘ib qilishda va targ‘ibot
ishlarida muhim rol o‘ynaydi.
4. Axloqiy me’yorlar va gender tengligi – jamiyatda erkaklar va ayollar
o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash ham, o‘z navbatida, oila ichidagi muloqot madaniyatini
rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Ota-onalik munosabatining muloqot va emotsional jihati
bolaga nisbatan emotsional-qiymat munosabati va unga bo‘lgan muhabbatni o‘z ichiga
oladi. G.A.Arina, E.B.Ayvazyan va M.V.Maklakova ota-ona va bolaning emotsional
tajribasi va muloqot xususiyatlarini tasvirlashda,[2] boshqa psixologlar T.V.Bragin va
R.V.Ovcharova onaning bolalarga bo‘lgan emotsional munosabatida ota-ona
pozitsiyasini ko‘rib chiqadi[3]. Shuni ta’kidlash kerakki, ota-ona sevgisining muhim
ko‘rsatkichlaridan biri bu g‘amxo‘rlik hisoblanib, psixologiyada g‘amxo‘rlik
tushunchasi ko‘pincha boshqa insonga nisbatan harakat munosabat sifatida qaraladi.
A.A.Baranov va M.V.Belokrylovaning so‘zlariga ko‘ra "g‘amxo‘rlik boshqa
odamning (masalan, bola) ehtiyojlari,maqsadlari, qadriyatlarini anglash, uning
farovonligini oshirish maqsadida rivojlanish tendentsiyalari tajribalarini amalga
oshirish darajasi, shuningdek, sharoit yaratishga qaratilgan harakatlar hisoblanadi[4].
Natija va tahlil.
Hammamizga ma’lumki, oilaning kommunikativ vazifasi oila
a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga
xizmat qiladi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan
shaxslar hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi
munosabatlardir.
Muloqot-shaxslararo munosabatlar va o‘zaro ta’sirning alohida shaklidir[2]. U 3
xil ko‘rinishda bo‘ladi: 1) o‘zaro fikr almashinuv-kommunikativ ko‘rinish.
2) o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi-interaktiv ko‘rinish.
3) o‘zaro bir-birini tushunish-pertseptiv ko‘rinish.
Kommunikativ muloqot 2 xil ko‘rinishda bo‘ladi:[2] 1. Verbal; So‘z va uning
ma’nosi orqali amalga oshiriladi. Verbal muloqot bu nutq hisoblanadi.
151
2. Noverbal muloqot. Noverbal muloqot bu nutqsiz muloqot hisoblanadi.
Bularga: imo-ishoralar, tovush tembri, intonatsiya, tana harakati kabilar kiradi.
Biz asosiy ma’lumotni o‘zga kishilar bilan suhbatda 10-30% gacha verbal
kommunikatsiyadan olamiz, 65-80% ma’lumotni esa noverbal kommunikatsiyadan
olamiz. Noverbal ishoralarning miqdori va sifati insonning yoshiga bog‘liq, masalan,
bolalardagi noverbal ishoralar katta yoshli odamlarnikidan ko‘ra oson tushuniladi.
Bundan tashqari, bunga jins turi, odam tabiati, ijtimoiy maqomi, millati ta’sir o‘tkazadi.
Masalan, ingliz psixologi ma’lumotiga ko‘ra, bir soatli suhbat davomida finlyandiyalik
- 1 ta, italiyalik - 80 ta, fransuz - 120 ta va meksikalik - 120 imo-ishoradan foydalanar
ekan[5].
Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar tuzilishi turli xil ko‘rinishda bo‘ladi:
1. Buva va buvi hamda oilaning qolgan barcha a’zolari aloqasi.
2. Ota-onaning o‘zaro munosabatlari.
3. Ota-ona va farzandlar orasidagi muloqot.
4. Farzandlarning o‘zaro munosabatlari tartibi.
5. Kelinning barcha oila a’zolari bilan munosabatlari.
6. Kelinlarning (ovsinlar) o‘zaro muloqot qilishlari kabilar.
Oilada
shaxslararo
muloqotni
ikkiga
ajratiladi:
1.
Ijobiy–oilani
mustahkamlovchi muloqot.
2. Salbiy–oilani zil ketishiga olib keluvchi muloqot[5].
Oilaning ijobiy muloqotini ko‘proq rivojlantirish kerak. Buning uchun eng
avvalo ota-onada samarali muloqotni shakllantirish haqidagi bilim darajasi yetarli
bo‘lishi zarur. Shuning uchun ham ota-onaning bilim saviyasi, muloqot madaniyati va
farzandlar bilan oshkora muloqot qilishiga ko‘proq e’tibor qaratish lozim. Odamlar
bilan muomala qilish san’ati ham har bir kishidan katta mahoratni talab qiladi.
Oiladagi muloqotga ta’sir etuvchi to‘siqlar:[3] 1. Ahloqsizlik
2. Bilimsizlik.
3. Huquqni buzilishi.
4. Urf-odatlarni bajarilishdagi kamchiliklar.
152
5. Yoshlarning uquvsizligi.
Biroq hozirgi kunda ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar o‘rtasida muloqotning
kamligi, bir-biriga e’tiborning pasayishi, oila a’zolari o‘rtasida fikr erkinligining
cheklanganligi, holatlari mavjud, hatto oiladagi o‘zaro munosabatlarning
yomonlashuvi natijasida oila a’zolarining ayrimlarida stress, suitsid kabi noxush
holatlarning kelib chiqishi ham ko‘plab kuzatilmoqda. Bunday noxush holatlarni oldini
olish uchun eng avvalo oila a’zolari o‘rtasida oshkora, yaqin, o‘zaro tushunishli,
ishonchli muloqotning amalga oshishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, lozim
bo‘lsa, bu borada, yoshlarga tegishli bilimlarni berish, aholi uchun ota-onalar
psixologik maslahatxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ota-onalar uchun treninglar
tashkil etish borasidagi ishlarni takomillashtirish lozim.
Xulosa.
Oila bir jamiyatning bo‘g‘inini tashkil etadi. Agarda oila barqaror
bo‘lsa, jamiyat gullab-gurkirab yashnaydi. Har qanday jamiyat taraqqiyotida
oilalarning, oilalar mustahkamligining o‘rni beqiyosdir. Shu boisdan ham oiladagi
tarbiya va shaxs shakllanishidagi muloqotning to‘g‘ri olib borilishiga e’tibor qaratish
lozimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Hosilova Z. «Oila – eng katta tarbiyachi» «Xalq ta‟lim» jurnali. T; 200 y, 3-
son.
2.
Karimova V.M. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari
uchun. - T.: “Fan va texnologiya”, 2008.
3.
Lutfullaev N. «Oilaning tarbiyaviy ahamiyati» «Xalq ta‟limi» jurnali.
Toshkent; 2005 y. 2 son.
4.
Maqsudov T. tahriri ostida «Oila etikasi va psixologiyasi» Toshkent;
«O‘qituvchi» 1991 y.
5.
Ro‘zimatov E. E Bolaning hayotga ijtimoiylashuv jarayonlarida oilaning o‘rni
“Oilaning ijtimoiy-demografik muammolari” Respublika ilmiy-amaliy
anjumani maqolalar to‘plami 2018.
