Authors

  • CHoriyev Ravshan Mamarasulovich,
    Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.127705

Keywords:

somonli dala somon o‘rish balandligini qayta o‘rgich yassi rotor kesuvchi qirra pichoq uzunligi soni.

Abstract

Maqolada somonli dalalarda, somon o‘rish balandligini qayta   rotorli o‘rgichning sxemasi ishlab chiqildi, shuningdek ishchi  organ  pichog‘i tig‘ini qiyalik burchagini aniqlashga  doir nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan


background image

47

SOMONNI O‘RIB VA XASKASHLASH MASHINASI.

CHoriyev

Ravshan Mamarasulovich,

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti

.

Tel:+998993565663

Annotatsiya:

Maqolada somonli dalalarda, somon o‘rish balandligini qayta

rotorli

o‘rgichning sxemasi ishlab chiqildi, shuningdek ishchi organ pichog‘i tig‘ini qiyalik

burchagini aniqlashga doir nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan

Kalit so‘zlar

: somonli dala, somon o‘rish balandligini qayta o‘rgich, yassi rotor,

kesuvchi qirra, pichoq uzunligi soni.

KIRISH.

Bugungi kunda O‘zbekistonda eng ko‘p chorva mollari uchun asosiy dag‘al

ozuqa sifatida somon ishlatilmoqda, chunki u juda mazzali va chaynash hamda hissiy

funksiyalar uchun ozuqaviy ehtiyojni qondiradi. Xozir kunda somondan dunyo

miqyosida ko‘p davlatlarda dag’al ozuqa sifatida chorvachilik tarmog‘ida

foydalanmoqdalar. Sug‘oriladigan maydonlarda bug‘doy va arpa hosili g‘alla o‘rish

kobaynlarida o‘rib yig‘ishtiriladi, bunda kombayn g‘alla poyasini yerdan 15-18 cm

balandlikda o‘radi natijada dag‘al ozuqa sifatida ishlatiladigan somonni 25-30 foiz

hosili dalada qolib ketadi. Bug‘doydan bo‘shagan dalalarga qolgan somonni qayta

o‘rib somoni yig‘ishtirisa qo‘shimcha chorva mollari uchun oziqa olishda va qishloq

joylarda istiqomat qilayotgan fuqoralarning bandligi, hamda daromatlarini

ko’paytirishda muhim o’rin tutadi.

Adabiyotlar taxlili.

Mavjud bo‘lgan KRN -2.1 rotorli o‘rish mashinasi. Ushbu rotorli o‘rish apparati
brus ko‘rinishida bo‘lib, uning ustiga rotor o‘rnatilgan,ularning har biriga ikkita pichoq
o‘rnatilada.O‘rish apparati gorizontal tekislikda ishlaydi. Ushbu o‘rish apparati
hosildorligi yuqori, yotib qolgan o‘tlarni hamda somonni

o‘rish balandligidagi poyani


background image

48

qayta o‘rish uchun ishlatiladi. [1] Bu o‘rish apparati somonni o‘rib oladi, lekin
sug‘oriladigan sharoitdagi somonni etarli darajada o‘ralmaydi, ya’ni o‘rgichlarga
qo‘yilayotgan agrotexnik talablarga javob bermaydi.

Texnik ko‘rsatkichlari va erishilgan natijasi bo‘yicha taklif etilayotgan ixtiroga eng

yaqini. O‘rib xaskashlash mashinasi o‘rigan o‘tlarni ag‘darish va uyumlash hamda

g‘aramlash uchun xizmat qiladi.

Ushbu o‘rish va xaskashlash mashinasini rotorlari V

shaklida joylashtirilgan. Bu o‘rish va xaskashlash mashinasini tekis relefli dala ishlash

muljallangan.

Bundan tashqari, uni don ekinlarining doni bo‘lmagan qismini yig‘ish

uchun ishlatish mumkin emas.[3]

O‘rish

va xaskashlash mashinasini kamchiligi shundaki , u yerlari notekis bo‘lgan dallarda

donli ekinlarining doni bo‘lmagan qismini o‘rish va uyumlashda agrotexnik talablarga

javob bermaydi.

Material va uslublar.

Ixtironi maqsadi don ekinlarining don bo‘lmagani, somonni yig‘ish sifatini

yaxshilashdir. Ixtiro qilayotgan mashina bormoq-g‘ildirakli xaskash, rotorli o‘rgich

yunalishiga burchak ostida rostlaniladigan, undan tashqari bormoq - g‘ildirakli

xaskashni g‘ildiragi vertikal tekislikka nisbatan burchak ostida o‘rnatiladi va g‘ildirak-

bormoqli xaskashning xarakat yunalishiga qiyalik burchagiga rostlash mexanizmi

sharnir yordamida o‘rgich ramasiga maxkamlangan .

Harakat yo'nalishiga nisbatan barmoq -g'ildirakli xaskashning qiyalik

burchagiga sozlash, dalaning relyefini hisobga olgan holda xaskashni sozlash imkonini

beradi.

Umuman olganda, rotorli o‘rish mashinasini g'ildirak barmoqli xaskashlar

bilan jihozlash bir vaqtning o'zida o‘rish va uyumlash ishlarini bajarishga imkon

beradi, bu esa mashinaning ish unumdorligini sezilarli darajada oshiradi.


background image

49

1-rasm: O‘rib -xaskashlash mashinasining ishlash jarayoni sxemasi.

O‘rish

apparati rotorli o‘rg‘ich 1 dan va g‘ildirak barmoqli xaskashni 2 o‘z ichiga oladi.

Rama

3 ga o’rgich 1, rotorli kesish apparatlari 4 o'rnatilgan.

Sharnir 6 orqali xaskash ramasi 5 o’rgich ramasi 3 ga ulanadi. xaskashning 2 ramasiga

qiya barmoq g'ildiraklari 7 ko'ndalang-vertikal tekislikda

β

burchak ostida o'rnatiladi.

O‘rgichning ramasi 3 va xaskashning ramasi 4 o‘rtasida α burchak ostida harakat

yo‘nalishiga nisbatan xaskashni o‘rnatish burchagini sozlash uchun sektor 8

o‘rnatilgan.

2-rasm: g'ildirak-barmoqli xaskashni ishchi xolati vertikalga o'rnatish sxemasi

O‘rgich-xaskash quyidagicha ishlaydi. O‘rgich-xaskash harakatlanayotganda,

o‘rgich 1 tomonidan o‘rilgan o‘simliklar kesish apparati 4 dan g‘ildirak-barmoqli


background image

50

xaskashga 2 uzatadi. Xaskash 2 dala notekisligidan o'tganda g'ildirak-barmoq ishchi

elementi 7 ko'ndalang-vertikal tekislikda β burchak ostida qiyaligi tufayli relyefga

yaxshi moslashadi. Barmoqli g'ildirak 7 aylanib, somonni uyumlab ketadi .

Xulosa

.O’rgich -xaskash mashinasini biz taklif qilayotgan qiya rotorli xaskash

somonli dalalarda somonni qayta o’rib-uyumlab yig’ishtirganda nabudgarchiligi

10-15% dan 8-9% gacha kamaytirish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Karpenko A.N., Xalanskiy V.M. Selskoxozyaystvennыe mashinы. - Moskva: VO

"Agropromizdat", 1989 g. S.214-215).

2. Mexanizatsiya rabot v sadovodstve. - Moskva: "Kolos", 1983 g. S.86-89 i Aniferov

F.E., Eroshenko L.I., Teklinskiy I.Z. Mashinы dlya sadovodstva. - Leningrad: VO

"Agropromizdat", Leningradskoe otdelenie, 1990 g. S.127-128).3. 2.

https://abc-

an.blogspot.com/2010/10/blog-post_9761.html

References

Karpenko A.N., Xalanskiy V.M. Selskoxozyaystvennыe mashinы. - Moskva: VO "Agropromizdat", 1989 g. S.214-215).

Mexanizatsiya rabot v sadovodstve. - Moskva: "Kolos", 1983 g. S.86-89 i Aniferov F.E., Eroshenko L.I., Teklinskiy I.Z. Mashinы dlya sadovodstva. - Leningrad: VO "Agropromizdat", Leningradskoe otdelenie, 1990 g. S.127-128).3. 2.https://abc-an.blogspot.com/2010/10/blog-post_9761.html