Vol. 3 No. 6 (2025)
Articles
IQTISОDIYОT TАRMОQLАRINI INNОVАTSIОN RIVОJLАNTIRISHGА TО‘G‘RIDАN-TО‘G‘RI ХОRIJIY INVESTITSIYАLАRNI JАLB QILISH MEХАNIZMLАRI SАMАRАDОRLIGINI BАHОLАSH
Mazkur maqolada iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TXI)ning ahamiyati va ularni jalb qilish mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilinadi.
POLIMERLANISH REAKSIYALARI: TURLI POLIMERLAR VA ULARNING HAYOTIMIZDAGI O’RNI
Ushbu maqolada polimerlanish reaksiyalarining mohiyati, polimerlarning turlari va ular inson hayotidagi amaliy qo‘llanilish sohalari haqida so‘z yuritilgan. Ayniqsa, turli xil polimerlarning kundalik turmushdagi, sanoat va tibbiyotdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, sintetik polimerlar bilan bog‘liq ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham qisqacha tahlil qilingan. Maqola o‘quvchilarda polimerlar haqida umumiy tushuncha hosil qilish va ularning zamonaviy jamiyatdagi o‘rnini anglashga xizmat qiladi.
YARIM O'TKAZUVCHI POLIMERLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Yarim o'tkazuvchi polimerlar (YOP) zamonaviy materialshunoslik va nanoelektronika sohalarida keng qo‘llanilayotgan innovatsion materiallar sirasiga kiradi. Ushbu maqolada yarim o'tkazuvchi polimerlarning fizik-kimyoviy xossalari, ularning elektron strukturalari, sintetik usullari hamda amaliy qo‘llanish sohasi atroflicha tahlil etiladi.
OLIY O‘QUV YURTLARIDA YANGI PEDAGOGIK MAHORAT USULLARINI QO‘LLASH.
Mazkur maqolada oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish va talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik mahorat usullarining ahamiyati yoritilgan. Unda interfaol o‘qitish metodlari, talaba markazli yondashuv, raqamli texnologiyalar va innovatsion o‘qitish vositalaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilingan.
Cu(II) IONI BILAN NAFTALINDISULFONATNING KOMPLEKS BIRIKMASI SINTEZI
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalaridan ma’lumki, bugungi kunda kompleks birikmalarni sintez qilishda tarkibida ikki yoki undan ortiq donor markazlari bo‘lgan organik ligandlar katta amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki ular markaziy atom bilan halqa hosil qilib, barqaror kompleks birikmalar hosil qiladi. Markaziy atomga muvofiqlashtirilgan metall atomlari ishtirokida besh va olti a’zoli halqa hosil bo‘lishi, kompleks birikmalarning barqarorligini oshiradi
SUN’IY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISHNING BANDLIK TIZIMLARIGA TA’SIRI: ZAMONAVIY IQTISODIY MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Bugungi kunda sun'iy intellekt (SI) va avtomatlashtirish dunyo iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirayotgan asosiy omillar sifatida yetib kelmoqda. Ushbu maqolada SI va avtomatlashtirishning bandlik darajasiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Buning orqali paydo bo‘layotgan zamonaviy iqtisodiy muammolar aniqlangan hamda ularni hal etish yo‘llari taklif etilgan
OʻZBEK MILLIY KURASHINING JAHON SPORT MAYDONIDAGI OʻRNI VA ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada o‘zbek milliy kurashining jahon sport maydonidagi o‘rni, uning tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda xalqaro sport tizimidagi mavqei pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ayniqsa, kurash sporti orqali yosh avlodni vatanparvarlik, jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, maktab va oliy ta’lim muassasalarida uni o‘qitish va ommalashtirishning dolzarb jihatlari yoritiladi. Kurashning ta’lim jarayonidagi o‘rni va uni sport pedagogikasi asosida rivojlantirish istiqbollari haqida ilmiy mulohazalar beriladi.
ЦИФРОВЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В МЕХАНИКЕ И МАТЕМАТИКЕ: БОЛЕЕ ПРИСТАЛЬНЫЙ ВЗГЛЯД
Raqamli texnologiyalar mexanika va matematika sohalarida inqilob qildi, muammolarga yondashuvni, ularni tahlil qilish va echishni o'zgartirdi. Ushbu maqola raqamli texnologiyalarning ushbu fanlarga ta'sirini, xususan, cheklangan elementlarni tahlil qilish va hisoblash suyuqlik dinamikasi kabi hisoblash usullarini integratsiyalashuvini, raqamli vositalar ilg'or algoritmlar va ma'lumotlarni tahlil qilish usullari orqali yangi nazariyalar va teoremalarni o'rganishni osonlashtirish orqali matematik tadqiqotlarni qanday yaxshilaganini ko'rib chiqadi. Umuman olganda, ushbu maqola raqamli asrda mexanika va matematikaning o'zgaruvchan landshaftini har tomonlama ko'rib chiqishni taklif qiladi.
KANOP O‘SIMLIGI VA UNING SANOATDAGI QO‘LLANISHI: EKOLOGIK, IQTISODIY VA TEXNOLOGIK YONDASHUVLAR TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Ushbu maqolada kanop (Cannabis sativa L.) o‘simligining sanoatdagi o‘rni, ekologik va iqtisodiy ahamiyati, qayta ishlash texnologiyalari hamda xalqaro tajribalardagi qo‘llanilishi yoritilgan. Kanop tolasining tabiiy, ekologik tozaligi va mustahkamligi sababli to‘qimachilik, qurilish, avtomobil sanoati kabi sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda kanop yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan dala tajribalari va texnologik ishlov jarayonlari tahlil qilinadi.
THE ROLE OF MATHEMATICS IN SHAPING YOUTH INTELLECTUALITY AND ITS IMPORTANCE IN SCIENTIFIC AND TECHNOLOGICAL PROGRESS IN THE WORKS OF ISLAM KARIMOV
This article explores the emphasis placed by the First President of the Republic of Uzbekistan, Islam Karimov, on mathematics as a key tool for fostering intellectual development among the youth. His works reflect the vital importance of science and mathematics education in advancing national progress and sustainable development. Through analysis of selected quotes and ideas from his books, the paper reveals how mathematical thinking is promoted as an essential element in preparing young generations for future challenges. The article also discusses how mathematical competence contributes to scientific and technological growth, forming a foundation for innovation and independence.
DORIVOR ISSOP (HYSSOPUS) O‘SIMLIGINI URUG‘CHILIGI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Issop o’simligini yetishtirish texnalogiyasi va uning yer ustki qismidan zamonaviy tibbiyot va tabobatda,farmasevtika sanoatida ming dardga davo dori vositasi sifatida ishlatilishi.Bu maqola aynan shu o’simlikning shifobaxshlik xususiyatlari va qaysi kassaliklarda foydali ekanligi to’g’risida.
RENIY OLISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada reniy olish texnologiyasining asosiy bosqichlari, ishlatiladigan kimyoviy va fizik usullar, shuningdek, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlaridagi ekologik va iqtisodiy jihatlar yoritilgan. Reniyning noyob xususiyatlari, qazib olinishi, metall reniyga aylantirilishi va sanoatdagi ahamiyati batafsil tahlil qilingan. Maqolada reniy olishda yangi texnologiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadqiqotlar ham ko‘rib chiqilgan. Reniyga bo‘lgan talab va uning kelajakdagi ishlab chiqarish istiqbollari ham muhokama qilinadi.
YANGI O‘ZBEKISTONDA BANK-KREDIT SIYOSATINI LIBERALLASHTIRISH VA UNING TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA TA’SIRI
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan bank-kredit siyosatini liberallashtirish jarayonlari va bu islohotlarning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Rivojlanayotgan iqtisodiy sharoitda bank tizimining ochiqligi, kredit resurslarining erkinligi va kredit infratuzilmasining isloh qilinishi biznes subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ushbu maqolada davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish mexanizmlari, ularning amaliyotdagi ahamiyati hamda samarali joriy etilishi bo‘yicha ilmiy tahlil o‘tkazilgan. Bugungi global iqtisodiy muhitda davlat byudjeti va moliyaviy resurslaridan oqilona foyd
Ushbu maqolada davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish mexanizmlari, ularning amaliyotdagi ahamiyati hamda samarali joriy etilishi bo‘yicha ilmiy tahlil o‘tkazilgan. Bugungi global iqtisodiy muhitda davlat byudjeti va moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish zaruriyati moliyaviy nazoratning institutsional asoslarini mustahkamlashni talab etadi.
LEKSIKOLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARIDAN BIRI BOʻLGAN LEKSEMA, SEMEMA VA NOMEMALAR MUNOSABATI
Maqolada sema tushunchasi va uning talqinlari, bu borada jahon va o’zbek tilshunoshlarining qarashlari to’g’risida so’z yuritilgan. Shuningdek, sema so’zining terminologik ma’nosi o’rganilgan. Sema va semema va nomema oʻrtasidagi munosabatlar tahlil qilingan
SURXONDARYO SHAROITIDA OCHIQ DALALARDA YETISHTIRILAYOTGAN POMIDOR NAVLARI VA ULARNING HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARI
Ushbu ilmiy maqolada Surxondaryo viloyatining agroiqlimiy sharoitida ochiq dalalarda yetishtiriladigan bir nechta pomidor navlarining o‘sish muddati, biologik xususiyatlari, hosildorligi, zararkunandalarga chidamliligi va mahsulot sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Ushbu tadqiqot Surxondaryo sharoitida pomidor yetishtirish bo‘yicha samarali agrotexnik yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
OLMA CHIQINDISIDAN OZIQ OVQAT MAHSULOTLARI UCHUN QADOQ ISHLAB CHIQARISH
Mazkur maqolada olma chiqindilaridan oziq-ovqat mahsulotlari uchun biologik parchalanuvchi qadoq (biopaket) ishlab chiqarish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu chiqindilarni qayta ishlash orqali ekologik xavfsiz, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan qadoqlash materiallarini yaratish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
NEUROEDUCATION: HOW THE STUDENT’S BRAIN WORKS AND HOW TO USE IT IN TEACHING
Neuroeducation is an interdisciplinary field combining neuroscience, psychology, and pedagogy to better understand how students learn and how educators can adapt their methods to align with brain function. This paper investigates the neural mechanisms underlying learning and memory, focusing on brain plasticity, attention, emotional regulation, and sleep.
YALPI TALABNI BOSHQARISH VA IQTISODIYOTNI BARQARORLASHTIRISHDA FISKAL SIYOSATNING ROLI
This article analyzes the role of fiscal policy in managing aggregate demand and stabilizing the economy. The article explains how fiscal policy affects economic growth and inflation, and the impact of government spending and taxes on aggregate demand using graphs. The effectiveness of current fiscal mechanisms and their future prospects are also discussed.
IQTISODIY O‘SISH: MAMLAKATLAR RIVOJLANISHINING ASOSIY OMILLARI VA ULARNING TA’SIRI
This article analyzes the concept of economic growth and its measurements, in particular the expression of economic growth through gross domestic product (GDP). The differences in economic growth and development, their main factors and impacts are considered. Also, information is provided on the rates of economic growth and its impact on sustainable development on the example of countries.
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI TRENING DASTURINING AHAMIYATI
: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan trening dasturlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda o‘qituvchilarning kasbiy salohiyati, psixologik tayyorgarligi va metodik ko‘nikmalarini rivojlantirishda trening texnologiyalarining ijobiy ta’siri tahlil qilingan.
PISTA OʻSIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI
Respublikamiz hududida 2018-2021-yillarda Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg`ona, Аndijon va Toshkent viloyatlarida 10 ming gektarga yaqin maydonda intensiv tipdagi pista plantatsiyalarini barpo etish rejalashtirilgan. Bunda, ayniqsa, xandon pista plantatsiyalarini barpo etish tizimini soddalashtirish, pista o`rmonlarining xosildorligini oshirish, ularni ko`chatidan ko`paytirish usullarini soddalashtirish, pistachilikda innovatsion usullarni qo`llashga aloxida eʼtibor qaratilmoqda.
INNOVATSION RESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ZAYTUN (OLEA EUROPAEA L) KO‘CHATLARINI YETISHTIRISH
Mazkur maqolada zaytun (Olea europaea L) ko‘chatlarini yetishtirishda innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida suv, o‘g‘it va energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan ilg‘or agrotexnik usullar, tomchilatib sug‘orish, biogumusli substratlarda yetishtirish hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, ko‘chatlarning sifat ko‘rsatkichlari, o‘sish dinamikasi va ekologik barqarorligi aniqlanib, an’anaviy usullar bilan taqqosiy tahlil qilindi.
OʻZBEKISTONNING JANUBIY VILOYATLARIDA RUKOLA OʻSIMLIGINING BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Mazkur maqolada Oʻzbekistonning janubiy viloyatlarida (Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari misolida) Rukola (Eruca sativa) oʻsimligining biologik xususiyatlari va ekologik sharoitlarga moslashuvchanligi oʻrganilgan. Tadqiqot davomida ushbu hududlarda Rukolaning oʻsish davrlari, vegetatsiya bosqichlari, tuproq va iqlim sharoitlariga boʻlgan talablari, hamda uni yetishtirishda kuzatilgan agrotexnik omillar tahlil qilingan.
SOMONNI O‘RIB VA XASKASHLASH MASHINASI.
Maqolada somonli dalalarda, somon o‘rish balandligini qayta rotorli o‘rgichning sxemasi ishlab chiqildi, shuningdek ishchi organ pichog‘i tig‘ini qiyalik burchagini aniqlashga doir nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan
SHAXSGA YO’NALTIRILGAN O’QITISH TEXNALOGIYALARINING MOHIYATI VA TAMOYILLARI
Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarining mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonidagi o‘rni va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv har bir o‘quvchining individualligini, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoji va qobiliyatlarini inobatga olgan holda ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi.
BANKLARDA KREDIT BERISH JARAYONIDA SUG'URTA AMALIYOTI
Ushbu maqolada bank sektorida kredit berish jarayonidagi sug’urta amaliyotini takomillashtirish muammolari, mavjud holati va istiqbollari atroflicha tahlil qilinadi. Kredit berish jarayoni bank faoliyatining eng muhim segmentlaridan biri bo‘lib, u moliyaviy barqarorlik va xavfni boshqarish mexanizmlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
YARIM O'TKAZUVCHI POLIMERLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Yarim o'tkazuvchi polimerlar (YOP) zamonaviy materialshunoslik va nanoelektronika sohalarida keng qo‘llanilayotgan innovatsion materiallar sirasiga kiradi. Ushbu maqolada yarim o'tkazuvchi polimerlarning fizik-kimyoviy xossalari, ularning elektron strukturalari, sintetik usullari hamda amaliy qo‘llanish sohasi atroflicha tahlil etiladi.
OLIY O‘QUV YURTLARIDA YANGI PEDAGOGIK MAHORAT USULLARINI QO‘LLASH.
Mazkur maqolada oliy o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirish va talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik mahorat usullarining ahamiyati yoritilgan. Unda interfaol o‘qitish metodlari, talaba markazli yondashuv, raqamli texnologiyalar va innovatsion o‘qitish vositalaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilingan.
KORXONALARDA ICHKI AUDIT XIZMATINI TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Ushbu maqolada ishlab chiqarish korxonalarida ichki audit xizmatini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonining bosqichlari, texnologik xarajatlar, tannarx shakllanishi, xomashyo va materiallar harakati kabi omillarni hisobga olgan holda ichki audit xizmatining o‘ziga xosliklari yoritilgan. Maqolada ichki auditning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri, nazorat tizimini kuchaytirishdagi roli hamda ushbu xizmatni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
O'ZBEKISTONDA RAQOBATNING RIVOJLANISHI
O'zbekiston iqtisodiyoti bozor tamoyillari asosida rivojlanmoqda va bu jarayonda raqobatning rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Bu maqolada nazariy jihatdan raqobat, uning turlari, mamlakatimizda raqobatning rivojlanishi va raqobatchilikda yuzaga kelayotgan muammolarini tahlil qilindi va mavjud holatlar, qonunchilik va ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar ko'rib chiqildi.
METAN GAZINI YUTUVCHI SORBENTLAR USTIDA OLIB BORILAYOTGAN ZAMONAVIY TADQIQOTLAR VA ULARNING IJTIMOIY AHAMIYATI
: Hozirgi zamonaviy sanoat, transport va energetika tizimlarida yuqori bosimli gazlardan foydalanish keng miqyosda rivojlanib bormoqda. Ushbu tizimlarda gaz bosimini samarali va xavfsiz ravishda boshqarish, uni kerakli darajada pasaytirish muhim muammolardan biri sanaladi