Authors

  • Xo‘jageldiev Chorshanbi Pardaevich
    DTPI “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dosenti,
  • Xo‘jageldiev Chorshanbi Pardaevich
    DTPI “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dosenti,
  • Yusupova Munira
    DTPI 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.127711

Keywords:

raqobat narxli raqobat narxsiz raqobat tamoqlararo raqobat erkin raqobat sub’ektlari monopol raqobat oligopoliya raqobati antimonopol siyosat

Abstract

O'zbekiston iqtisodiyoti bozor tamoyillari asosida rivojlanmoqda va bu jarayonda raqobatning rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Bu maqolada nazariy jihatdan raqobat, uning turlari, mamlakatimizda raqobatning rivojlanishi va raqobatchilikda yuzaga kelayotgan  muammolarini tahlil qilindi va mavjud holatlar, qonunchilik va ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar ko'rib chiqildi.


background image

64

O'ZBEKISTONDA RAQOBATNING RIVOJLANISHI

Xo‘jageldiev Chorshanbi Pardaevich

DTPI “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dosenti,

ilmiy rahbar: Yusupova Munira

DTPI 1-kurs talabasi

Anotatsiya:

O'zbekiston iqtisodiyoti bozor tamoyillari asosida rivojlanmoqda va bu

jarayonda raqobatning rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Bu maqolada nazariy
jihatdan raqobat, uning turlari, mamlakatimizda raqobatning rivojlanishi va
raqobatchilikda yuzaga kelayotgan muammolarini tahlil qilindi va mavjud holatlar,
qonunchilik va ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar ko'rib chiqildi.

Kalit so’zlar:

raqobat, narxli raqobat, narxsiz raqobat, tamoqlararo raqobat, erkin

raqobat sub’ektlari, monopol raqobat, oligopoliya raqobati, antimonopol siyosat


Milliy iqtisodiyotni mikroiqtisodiy darajada rivojlanishida bozor holatini

o‘rganish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Buning asosiy sababi erkin
raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining asosiy
sub’ektlari bo‘lib, turli mulkchilik shakllariga asoslangan firmalar, korxonalar yirik
monopolistik kompaniyalar turlari va xususiy mulkka asoslangan xususiy tadbirkorlik,
kichik tadbirkorlik, oila xo‘jaligi, fermer va dehqon xo‘jaliklari hisoblanadi. Ular bozor
sharoitlarini o‘rganish asosida iste’mol bozoriga zarur bo‘lgan tovarlarni ishlab
chiqaradilar va ularni bozorda joylashtirish mexanizmlarini tashqi iqtisodiy muhitni
o‘rganish orqali amalga oshiradilar.
Raqobat-xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi
bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya
bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda
ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi .
Raqobat bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor mexanizmining zaruriy elementi
bo‘lib:
- ijtimoiy-zaruriy iqtisodga ega bo‘lgan ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
- iqtisodiy resurslarni samarali taqsimotini ta’minlaydi;
- tashkil topayotgan raqobat daromadni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida qilgan
mehnatlari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sifatidan kelib chiqqan holda
taqsimlanishini ta’minlaydi;


background image

65

- iqtisodiy munosabatlarni raqobatdosh bo‘lmagan firma va korxonalardan bozorni
tozalaydi .
Raqobatning miqyosiga ko‘ra ikki turi, to‘rtta shakli mavjud. Ular: tarmoqlararo
raqobat, tarmoq ichidagi raqobat, oligopoliya, monopolistik, monopoliya, sof raqobat.
Raqobatning rivojlanishi turli davrlarda har xil tushunchalar ostida rivojlangan. Nobel
mukofoti laureati F.A. Hayekning "Raqobatning ma'nosi" maqolasida raqobat haqida
ba'zi tushunchalarni ilgari surgan. Xayek raqobatni faqatgina ideal holat emas, balki
real hayotdagi jarayon sifatida tushunish muhimligini ta'kidlaydi. U raqobatning asosiy
funktsiyasi - bu ma'lumotni tarqatish va resurslarni taqsimlash ekanligini aytadi. Hayek
narxlar tizimi raqobatning natijasi ekanligini va bu tizim orqali tarqaladigan ma'lumot
iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun muhim ekanligini tushuntiradi.
Raqobat iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Raqobatning
mamlakatimizda rivojlanishi mustaqillikka erishganimizdan so‘ng bozor iqtisodiyotiga
o‘tishi bilan chambarchas bog‘liq. O'zbekiston hukumati raqobatni qo'llab-quvvatlash
va monopoliyani cheklash uchun bir qator chora-tadbirlar ko'rmoqda.
Asosiy qonunchilik hujjatlari:
-O‘zbekiston Respublikasining "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonuni
(O‘RQ-850-son) 2023-yil 3-iyul kuni yangi tahrirda qabul qilindi. "Raqobat
to‘g‘risida"gi Qonuni (2012-yil) va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonun
(1999-yil) birlashtirildi. Ushbu qonunlar raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga
soladi, monopolistik faoliyatni cheklash, raqobatni himoya qilish va sog‘lom raqobat
muhitini yaratishga qaratilgan. Qonun raqobatga qarshi kelishuvlar, mavqeni
suiiste’mol qilish va raqobatni cheklovchi harakatlarga qarshi kurashish
mexanizmlarini belgilaydi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi:
Ushbu qo‘mita raqobat siyosatini amalga oshirish, raqobat qonunchiligiga rioya
etilishini nazorat qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli
davlat organi hisoblanadi. Qo‘mita raqobatga qarshi harakatlarni aniqlash, ularning
oldini olish va ularga qarshi choralar ko‘rish bilan shug‘ullanadi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar:

-monopoliyaga qarshi kurashish: raqobatni cheklovchi kelishuvlar va ustun mavqeni
suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash va ularga qarshi choralar ko‘rish, monopoliyaga
qarshi qonunchilikni buzgan sub’ektlarga jarimalar qo‘llash va ularning faoliyatini
cheklash;


background image

66

-davlat xaridlari sohasida raqobatni ta’minlash: davlat xaridlari jarayonida shaffoflikni
oshirish, barcha tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratish va korrupsiyaga qarshi
kurashish;
-tarmoqlarni isloh qilish va xususiylashtirish: monopoliyani kamaytirish va raqobatni
rivojlantirish maqsadida davlat korxonalarini xususiylashtirish, tarmoqlarga xususiy
investitsiyalarni jalb qilish va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish;
-tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, tadbirkorlik
faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va yangi tadbirkorlarni qo‘llab-
quvvatlash;
-iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, iste’molchilarning huquqiy
savodxonligini oshirish va ularning shikoyatlarini ko‘rib chiqish mexanizmlarini
takomillashtirish;
-xalqaro hamkorlik: raqobat sohasida xalqaro tajribani o‘rganish, xalqaro tashkilotlar
bilan

hamkorlik

qilish

va

raqobat

qonunchiligini

xalqaro

standartlarga

muvofiqlashtirish.

Raqobatning bir turini kitoblar savdosi bilan shug‘ullanuvchi “ZIYO” va

“BOOKWORM” kitoblar do‘konlari misolida ko‘rib chiqamiz.
“ZIYO” do‘koni - shahar markazida joylashgan kam sonli kitob do'konlaridan biri
bo'lib, ko‘p sonli xaridorlarga kitoblar, risolalar va o‘quv qurollari sotish orqali 5
yildan buyon xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi. Bir necha oy oldin shu do'kon
qarshisidan "BOOKWORM" kitoblar do'koni ochilib, uning xaridorlari miqdori keskin
kamayishiga olib keldi.

"BOOKWORM" kitoblar do'koni yo'lga qo'ygan marketing strategiyalari, sotuv

jarayonida doimiy xaridorlarga chegirmalar, kitoblarni zamonaviy texnologiyalar
yordamida masofadan turib buyurtma qilish imkoniyati berilganligi sog'lom raqobat
kurashida muvaffaqiyatga erishishiga olib keldi. Demak, kitob savdosi jarayonida ham
sog‘lom raqobatni amalga oshirish maqsadga muvofiq

Xulosa

O'zbekistonda raqobatni rivojlantirish bilan bog'liq muammolarni hal qilish

uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda lekin bu jarayonni , ushbu
jarayonlar yanada chuqurroq o‘rganish va tahlillar qilish talab etiladi. Shu o‘rinda
raqobatni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi takliflarni bildiramiz.

Monopoliyaga qarshi qonunchilikni takomillashtirish: Raqobatni cheklovchi

harakatlar, kelishuvlar va monopoliya holatlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish


background image

67

bo‘yicha qonunchilikni yanada kuchaytirish. Monopoliyaga qarshi qonunchilikni
buzgan sub’ektlarga nisbatan jazo choralarini oshirish.

Monopoliyani kamaytirish va raqobatni rivojlantirish maqsadida davlat

korxonalarini xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish. Xususiylashtirish jarayonida
shaffoflikni ta’minlash va barcha tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratish.

Raqobatni kuchaytirish uchun tarmoqlarga yangi kompaniyalarni jalb qilish.

Yangi ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish
va moliyaviy resurslarga erishishni osonlashtirish.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-

quvvatlash va startap ekotizimini rivojlantirish orqali kompaniyalarning innovatsion
faoliyatini rag‘batlantirish.

Xorijiy ilg‘or texnologiyalarni import qilishni rag‘batlantirish, texnologiyalar

transferi markazlarini tashkil etish va kompaniyalar o‘rtasida texnologik hamkorlikni
kuchaytirish.

Innovatsion faoliyat uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash,

texnik va muhandislik yo‘nalishlarida ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, xorijda
ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish.

Bozor Iqtisodiyotini Mustahkamlash:
Tovarlar, xizmatlar va kapital bozorlarini rivojlantirish, raqobatbardosh narxlar

shakllanishini ta’minlash va bozor ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratish.

Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini

yaratish, investorlar huquqlarini himoya qilish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish.

Tadbirkorlik erkinligini ta’minlash, iqtisodiy faoliyatga davlat aralashuvini

kamaytirish va bozor mexanizmlarining samarali ishlashini ta’minlash.

Raqobatning afzalliklari va uning iqtisodiy o‘sishdagi roli haqida tadbirkorlar va

aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish. Raqobatga oid bilim va ko‘nikmalarni
oshirish uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish. Raqobatni rivojlantirish va
monopoliyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat organlarining faoliyatini
takomillashtirish, ularning mustaqilligini ta’minlash va vakolatlarini kengaytirish.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 y.
2. “Raqobat” to‘g‘risidagi qonun 4-modda.
3. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik I qism 223-bet Toshkent, «GRAND KONDOR
PRINT» 2024
4.A.Qodirov,

P.Z.Xashimov,

N.G.Muminov,

N.Y.Ortiqov,

X.X.Rejapov

IQTISODIYOT NAZARIYASI DARSLIK I qism 220-bet


background image

68

5. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi: [www.economy.gov.uz\]
6. O'zbekiston statistika qo'mitasi: [www.stat.uz\]
7. O'zbekiston mustaqil iqtisodiy tahlil markazi: [www.uzbekistan-economy.uz\]

References

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 y.

“Raqobat” to‘g‘risidagi qonun 4-modda.

Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik I qism 223-bet Toshkent, «GRAND KONDOR PRINT» 2024

A.Qodirov, P.Z.Xashimov, N.G.Muminov, N.Y.Ortiqov, X.X.Rejapov IQTISODIYOT NAZARIYASI DARSLIK I qism 220-bet

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi: [www.economy.gov.uz]

O'zbekiston statistika qo'mitasi: [www.stat.uz]

O'zbekiston mustaqil iqtisodiy tahlil markazi: [www.uzbekistan-economy.uz]