ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
139
SUN’IY INTELLEKT VA AVTOMATLASHTIRISHNING BANDLIK
TIZIMLARIGA TA’SIRI: ZAMONAVIY IQTISODIY MUAMMOLAR VA
YECHIMLAR
Ismoilova Gulrux Arislon qizi
Qarshi Davlat universiteti
Iqtisodiyot kafedrasi
Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
II-kurs talabasi
Annotatsiya.
Bugungi kunda sun'iy intellekt (SI) va avtomatlashtirish dunyo
iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirayotgan asosiy omillar sifatida yetib kelmoqda. Ushbu
maqolada SI va avtomatlashtirishning bandlik darajasiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.
Buning orqali paydo bo‘layotgan zamonaviy iqtisodiy muammolar aniqlangan hamda
ularni hal etish yo‘llari taklif etilgan. Maqolada ayniqsa kasblar tarkibining o‘zgarishi,
talab va taklif notekisligi, ijtimoiy tengsizlik, shuningdek, ta'lim tizimining kech
qolishi kabi muammolar alohida e’tiborga olingan. Yechim sifatida davlat-dasturlari,
qayta qayta o‘qitish loyihalari, universal asosiy daromad (UBI) g’oyasi hamda
korporativ-o‘quv hamkorliklar taklif etilmoqda. Natijada insonparvar texnologik
rivojlanishga asoslangan barqaror bandlik tizimi yaratish zarurligi asoslangan.
Kalit so‘zlar.
Raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt,
avtomatlashtirish, bandlik, ta'lim, iqtisodiy muammo, texnologik o‘zgarishlar
Abstract.
Nowadays, Artificial Intelligence (AI) and automation are becoming
the main drivers of profound changes in the global economy. This article analyzes the
impact of AI and automation on employment levels. Modern economic challenges
arising from these processes are identified, and possible solutions are proposed.
Particular attention is paid to such issues as the changing structure of professions, the
imbalance between labor demand and supply, social inequality, and the delay in
educational system modernization. As potential solutions, government programs, re-
skilling initiatives, the concept of Universal Basic Income (UBI), and collaboration
between business and education are discussed. The necessity of creating a sustainable
employment system based on a human-centered approach to technological
development is substantiated.
Keywords.
Digital economy, digital transformation, artificial intelligence,
automation, employment, education, economic challenges, technological changes.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
140
Аннотация.
В настоящее время искусственный интеллект (ИИ) и
автоматизация становятся ключевыми факторами глубоких изменений в
мировой экономике. В данной статье проводится анализ влияния ИИ и
автоматизации на уровень занятости. Определены современные экономические
проблемы, возникающие в результате этих процессов, и предложены пути их
решения. Особое внимание уделено таким проблемам, как изменение структуры
профессий, дисбаланс между спросом и предложением на рынке труда,
социальное неравенство, а также запаздывание системы образования. В качестве
решений рассматриваются государственные программы, переподготовка кадров,
концепция универсального базового дохода (UBI) и партнерство между
бизнесом и образовательными учреждениями. Обоснована необходимость
создания устойчивой системы занятости, основанной на гуманистическом
подходе к технологическому развитию.
Ключевые слова.
Цифровая экономика, цифровая трансформация,
искусственный
интеллект,
автоматизация,
занятость,
образование,
экономические проблемы, технологические изменения
Kirish.
Texnologiyalar rivojlanishi insoniyat tarixining har davrida bandlik
darajasini bevosita o‘zgartiruvchi omil bo‘lib kelgan. Bugungi kunda esa sun'iy
intellekt (SI) va avtomatlashtirish yangi sanoat inqilobining markaziy vositalari sifatida
dunyo iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirmoqda. Bu jarayon natijasida ko‘plab sohalarda
ishlab chiqarish unumdorligi keskin oshmoqda, biroq bir tomonlama ravishda
odamlarning bandlik imkoniyatlari cheklangan holda o‘zgarishga duch kelmoqda.
Sun'iy intellekt — bu insonning aql-li faoliyatini emulatsiya qiluvchi dasturiy
vositalar majmui bo‘lib, u matn tushunish, tasvir tanib olish, avtomatik qaror qabul
qilish kabi vazifalarni bajaradi. Avtomatlashtirish esa odamlarning takrorlanuvchi,
mexanik vazifalarini robotlar, mashinalar yoki dasturlar orqali amalga oshirish
jarayonidir. Ikkala hodisa ham zamonaviy iqtisodiyotda katta salbiy hamda musbat
oqibatlarga sabab bo‘lmoqda. [6]
Ushbu maqola doirasida SI va avtomatlashtirishning bandlik tizimlariga ta'siri
chuqur tahlil qilinadi. Buning natijasida paydo bo‘layotgan zamonaviy iqtisodiy
muammolar aniqlanib, ularni hal etish uchun amaliy yechimlar taklif etilmoqda.
Maqolaning asosiy maqsadi — sun'iy intellekt va avtomatlashtirish ta'sirida shakllana
boshlagan yangi iqtisodiy haqiqatlarni insonparvar yondashuv asosida tahlil qilish
hamda barqaror bandlik tizimi yaratish yo‘llarini izlashdan iborat.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Zamonaviy jamiyatda sun'iy intellekt (SI) va
avtomatlashtirishning mehnat bozori hamda bandlik darajasiga ta’siri tobora dolzarb
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
141
masala sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mavjud ilmiy adabiyotlarda bu jarayonlar
iqtisodiy o‘zgarishlar bilan chambarchas bog'liq ekanligi ko‘rsatilmoqda.
Masalan, 2021-yilda nashr etilgan "Образование и наука в XXI веке" nomli
ilmiy maqolalar to‘plamida sun'iy intellekt, avtomatlashtirish hamda iqtisodiy
rivojlanish sohasidagi xalqaro hamda mahalliy tadqiqotlar keng ko‘rib chiqilgan. Bu
to‘plamda iqtisodiy, texnik, filosofiya, huquq fanlari sohasida SI ning turli sohalarga
ta’siri chuqur tahlil qilingan. Ayniqsa, sun'iy intellektning ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishdagi roli, shuningdek, odamlarning ish joyidan voz kechishga
sabab bo‘lishi haqida fikrlar bayon etilgan.
Bu maqola to‘plamining ahamiyati shundaki, u faqatgina SI texnologiyalarining
imkoniyatlari haqida emas, balki ularning ijtimoiy-iktisodiy oqibatlari — masalan,
bandlik darajasining pasayishi, kasblar tarkibining o‘zgarishi, yangi malakalarni talab
qilish kabi muammolarni ham o‘rganadi. Bunda ta'lim tizimi hamda kadrlar tayyorlash
muhim omil sifatida ajratilgan.
Shu bilan birga, keltirilgan manba ichida sun'iy intellektning rivojlanishiga
bog'liq iqtisodiy siyosat hamda davlat dasturlari to‘g'risida yetarli miqdorda amaliy
takliflar yo‘q. Buning o‘rnini to‘ldirish uchun keyingi bo‘limda zamonaviy iqtisodiy
muammolar chuqurroq tahlil qilinadi hamda aniq yechimlar taklif etiladi.
Tadqiqot uslublari va metodlari.
Maqolada tilga olinayotgan mavzuni tadqiq
qilish jarayonida tizimli yondashuv, tadqiqotning mantiqiy va taqqoslash usullari,
kompleks yondashuv, ekspert tahlili, ko‘p variantli prognoz, kuzatishlar hamda
statistik tahlil, sifat tahlili va shu kabi ko‘plab tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va erishilgan natijalar.
O‘tkazilgan tahlillar natijasida sun'iy intellekt
(SI) va avtomatlashtirishning bandlik darajasiga ta’siri bir nechta asosiy yo‘nalishlarda
aniqlandi. Birinchidan, SI texnologiyalari bilan jihozlangan korxonalar mehnat
unumdorligini sezilarli darajada oshirayotgani aniqlangan. Bunda ayniqsa
takrorlanuvchi vazifalarni bajarishda robotlar samarali foydalanilmoqda. Mazkur
jarayon ijtimoiy iqtisodiy hayotda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.
Ikkinchidan, o‘quv dasturlari va kadrlar tayyorlash tizimida ham yangilanish
zaruriyati e'tiborga tortdi. Hozirda talabalarni kelajak kasblariga tayyorlash jarayoni
tezkor rivojlanayotgan texnologiya sohasiga mos kelmayapdi. Masalan, til kurslarida
bo‘lajak tarjimonlarning e'tiborni leksik birliklarga, huquqshunoslarda esa
terminologiyaga qaratish ko‘nikmasini shakllantirish kerakligi aytildi.
Bu esa mutaxassislarning yangi sharoitlarga moslashish qobiliyatini oshirish
uchun muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Pedagogika sohasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘layotgani aniqlangan. Pedagogik
mahoratni oshirishga qaratilgan darsliklarda ham yangi metodlar joriy etilmoqda.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
142
O‘qituvchilarning tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mazmuni, milliy qadriyatlar,
an'analar, milliy madaniyatga e'tibor qaratish orqali zamonaviy talablarga javob berish
kerakligi belgilangan.[1]
Bu esa kelajakdagi mutaxassislarni insonparvarlikka, innovatsion fikrlashga
tayyorlash imkonini beradi.
Shuningdek, psixologiya fanining rivojlanishi ham kuzatildi. Amaliy
psixologiya sohasida o‘quvchilarga taqdim etilayotgan uslublar kengaytirilib, yangi
tadqiqot metodlari joriy etilmoqda. Bu metodlar o‘quvchilarni amaliy faoliyatga
tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
Shu bilan birga, maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi sohasida ham
ilmiy-tadqiqot metodlari tubdan o‘zgardi. Bu soha kengayib borayotgan SI
texnologiyalari bilan ham uzviy bog'liq, chunki kelajak generatsiyasining informatsion
savodxonligi erta yoshdan shakllanadi.
Eri-shilgan natijalardan biri sifatida, sun'iy intellektning mehnat bozoriga ta'siri
ham chuqur tahlil qilingan. Ushbu jarayonda ba'zi sohalarda ishchi kuchining
kamayishi, boshqa sohalarda esa yangi ish o‘rinlarining vujudga kelishi aniqlangan.
Masalan, bank sektori, transport, logistika sohalari avtomatlashtirish tufayli keskin
o‘zgarishlarga duch kelyapti. Biroq, bu o‘zgarishlar bilan birga yangi kasblar —
masalan, AI muhandisi, data scientist, raqamli xavfsizlik mutaxassisi kabi
mutaxassislarning talabi ortayotgani kuzatildi.[3]
Bundan tashqari, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ularni yangi
metodlar bilan qurol-lash ham muhim natija sifatida belgilandi. Pedagogikaning
mohiyati, uning jamiyatdagi ahamiyati hamda shaxsni tarbiyalashning qonun-
qoidalarini o‘rganish orqali zamonaviy ta'lim tizimi yanada mukammallashtirilmoqda.
Bu esa kelajakdagi kadrlar sifatini oshirishda dolzarb rol o‘ynaydi.
Sun'iy intellekt insoniyat hayotiga tez kirib kelyapti va jamiyatning turli sohalari,
jumladan, ta'lim, sog'liqni saqlash, iqtisodiyot hamda madaniyatga bevosita ta'sir
qilmoqda.
Ushbu jarayon natijasida mehnat bozori ham tubdan o‘zgarayotganda, ba'zi
sohalarda ishchi kuchining talabi kamayayotgan, boshqa sohalarda esa yangi kasblar
vujudga kelmoqda. Bunday o‘zgarishlar bilan birga, ta'lim tizimining ham yangilanishi
zarur bo‘lib qolmoqda, chunki zamonaviy kadrlar yangi texnologiyalarga moslashgan
bo‘lishi kerak. O‘zbekiston hamda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu soha hali
yetarli darajada rivojlanmagan bo‘lib, qayta qayta o‘qitish dasturlari, malaka oshirish
kurslari ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan.[2]
Shu bilan birga, psixolingvistika sohasidagi tadqiqotlar til bilishning intellektual
rivojlantirishdagi rolini ham tasdiqlamoqda — ya'ni til bilish faqatgina muloqot
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
143
vositasi emas, balki mantiqiy fikrlash hamda yangiliklarga moslashuvchanlikni
oshiruvchi vosila sifatida ham ishlatilmoqda. Sun'iy intellektning tarbiya, o‘qitish
hamda logopediya sohalarida ham qo‘llanilayotgani to‘g'risida ma'lumotlar bor,
masalan, logopedlarning nutq buzilishini aniqlashda ham SI asosidagi vositalardan
foydalanilmoqda. [4] [5]
Mazkur o‘zgarishlar dunyo iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari, ijtimoiy
hayotning har bir sohasini o‘zgartirish jarayonida ekanligini ko‘rsatadi. Shu sababli
ham biznes, davlat hamda ta'lim sohalari o‘rtasidagi hamkorlik endi yanada dolzarb
bo‘lib qolmoqda. (1-rasm)
Sun’iy intellekt dasturiy ta’mminot bozorining daromadlari 2018-yildan 2025-
yilgacha (proyeksiya) ko‘rsatilgan. Grafiga ko‘ra, foyda miqdori har yilning o‘rtasida
o‘sish jarayonida ekanligi aniqlanadi. 2018-yilda $10 milyard dollar ga yaqin foyda
hisoblandi, lekin 2025-yil proyeksiyasiga ko‘ra, bu miqdor taxminan $120 milyard
dollar gacha yetadi. Bu esa 2018-yilga nisbatan 11 kat o‘sishni anglatadi.[7]
O‘zgarish dinamikasi bosqichli bo‘lib, 2018–2022 yillarda foyda miqdori har
yilning o‘rtasida %30–40 oralig'i o‘sish ko‘rsatildi. 2022–2025 yillarda esa,
proyeksiyalarga ko‘ra, foyda miqdori tezkor tarzda o‘smoqda, har yilning o‘rtasida
%20–30 oralig'i o‘sish tasvirlangan. Bu o‘zgarish sun’iy intellekt texnologiyalarining
rivojlanishi, yangi kasblar yaratilishi, hamda avtomatlashtirishning ishlab chiqarish
unumdorligini oshirishiga sabab bo‘lib kelmoqda.
Bu grafik sun’iy intellekt dasturlarining iqtisodiy samaradosligini tasvirlaydi va
ushbu texnologiyalarning zamonaviy iqtisodiy muammolarni hal etishda o‘z rolini
ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Proyeksiyalarga ko‘ra, sun’iy intellekt dasturlarining foydasi
davom etib o‘smoqda, bu esa dunyo iqtisodiyotining tubiy o‘zgarishlarini anglatadi.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
144
Sun'iy intellekt (AI) sohasidagi rivojlanishlar tobora tez sur'atda o‘sib bormoqda
va 2030-yilga kelib global AI bozori qiymati 1,35 trillion dollarga yetishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, AI texnologiyasining jahon iqtisodiyotiga kutilayotgan hissasi esa 15,7
trillion dollarga yetadi. Ushbu tendentsiya AIning biznes, sog'liqni saqlash, ta'lim
hamda turli xizmat ko‘rsatish sohalarida kengroq joriy etilishidan darak beradi.
Bir paytda inson uchun notenlovchi narsa bo‘lgan AI hozir hayotimizning juda
oddiy va tabiiy qismiga aylandi. ChatGPT kabi dasturlarning ishga tushirish narxi
kuniga kamida 700 ming dollarga yetadi, DALL-E esa har kuni to‘rt milliondan ortiq
tasvir yaratish imkonini beradi. Bu esa sun'iy intellekt vositalarining aynan qanchalik
kuchli ekanligini namoyish etadi.
Korxonalarning 83 foizi AI texnologiyalarini biznes jarayonlarida ustuvor deb
bilishini ta’kidlaydi, 48 foizi esa katta ma'lumotlardan foydalanishda AI yechimlarini
qo‘llaydi. Netflix esa avtomatlashtirilgan shaxsiy tavsiyalardan har yili taxminan 1
milliard dollar foyda olishini e'lon qilgan. Tibbiyot provayderlarining ham 38 foizi
kasallik tashxislarini qo‘yishda kompyuterlardan foydalanishni amaliyotga kiritgan.
Bu soha tez rivojlanayotgani sababli, uning hajmi ham yiliga o‘rtacha 120% ga
o‘sayotgan bo‘lib, 2022-yildan 2030-yilgacha bo‘lgan davrda umumiy ravishda 38,1%
ga kengayishi bashorat qilinmoqda. AQSHda ham AI bozori 2026-yilga borib 299,64
milliard dollarga yetishi kutilayotgan bo‘lsa, global bozorning hajmi hozirda 196
milliard dollardan ortiq baholanmoqda. Kelgusi yetti yil ichida esa sun'iy intellekt
sanoatining qiymati 13 baravar oshadi degan bashoratlar bor.
Shuningdek, 2025-yilga kelib AI sohasida 97 million kishi band bo‘lishi
kutilayotgan bo‘lib, bu yangi kasblar vujudga kelishining bevosita dalilidir.
Amerikaliklarning ham 57 foizi uy vazifalarini bajaruvchi AI texnologiyalarini
qo‘llashda katta qiziqish bildirmoqda. Barcha bu ma'lumotlar sun'iy intellektning
zamonaviy dunyoda o‘ynayotgan rolini, uning iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy
hayotga ta'sirini yana bir bor tasdiqlamoqda.
2018-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda sun’iy intellekt (AI) dasturiy
ta’minot bozorining global yillik daromadi izchil va keskin o‘sib bormoqda. 2018-yilda
ushbu bozor daromadi $10,1 milliardni tashkil etgan bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib, ya’ni
2019-yilda daromad $14,69 milliardga yetgan. Bu esa bozorning jadal
rivojlanayotganidan dalolat beradi. 2020-yilda AI dasturiy ta’minotidan tushgan global
daromad $22,59 milliardni tashkil etib, ilgari surilgan texnologiyalar va ularning
amaliyotga keng tatbiq etilishi evaziga bu ko‘rsatkich yanada oshgan.
2021-yilda daromad $34,87 milliardga yetgan bo‘lib, bu AI sohasiga bo‘lgan
ishonch va sarmoya hajmining oshayotganidan darak beradi. 2022-yilda esa ushbu
ko‘rsatkich $51,27 milliardni tashkil etib, bu boradagi texnologik innovatsiyalar va
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
145
avtomatlashtirish jarayonlari asosiy omillardan biri bo‘lgan. 2023-yilda AI dasturiy
ta’minot bozorining global daromadi $70,94 milliardgacha oshgan va bu jarayon
keyingi yillarda ham davom etgan.
2024-yilda daromad $94,41 milliardga yetgan bo‘lib, sun’iy intellektning turli
sohalarga — sanoat, ta’lim, tibbiyot, moliya va boshqalarga chuqur kirib borayotgani
yaqqol seziladi. Nihoyat, 2025-yilga kelib AI dasturiy ta’minot bozorining global yillik
daromadi $126 milliardga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu esa ushbu sohaning global
miqyosdagi iqtisodiy salohiyati yildan-yilga keskin ortib borayotganini anglatadi.
Umuman olganda, mazkur davrda AI dasturiy ta’minot bozoridagi o‘sish sur’atlari juda
yuqori bo‘lib, texnologik taraqqiyotning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanganini
ko‘rsatadi.
Xulosa va takliflar.
Maqolada olib borilgan tadqiqotlar natijasida sun’iy
intellekt (SI) va avtomatlashtirishning bandlik tizimiga kuchli ta’sir ko‘rsatayotgani
aniqlanib, bu texnologik omillar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotda ham tub
o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani ko‘rsatildi. Zamonaviy ishlab chiqarish
korxonalarida takrorlanuvchi funksiyalarni robotlar va dasturiy vositalar
bajarayotgani inson mehnatini cheklashga olib kelmoqda. Shu bilan birga, yangi
kasblar, masalan, sun’iy intellekt muhandisi, ma’lumotlar tahlilchisi, raqamli
xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis kabi sohalarga ehtiyoj ortayotgani kuzatilmoqda. Bu
esa o‘z navbatida, ta’lim tizimi va kasb-hunar tayyorlash dasturlarining texnologik
rivojlanish sur’atlariga moslashuvchanligini taqozo etmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mavjud ta’lim tizimi hali sun’iy intellekt davriga to‘liq
moslasha olmagan. Bu esa mehnat bozori va ta’lim o‘rtasida talab-taklif
nomutanosibligining chuqurlashishiga olib kelmoqda. Natijada, ayrim ijtimoiy
qatlamlar raqamli tengsizlik, kasb egallashda cheklovlar va iqtisodiy
imkoniyatlardan chetda qolish xavfi ostida qolmoqda. Bu holat esa jamiyatda
ijtimoiy adolatsizlikni kuchaytirishi mumkin. Shu sababli qayta tayyorlash, malaka
oshirish dasturlari, qisqa muddatli kasbiy o‘quv kurslari kabi zamonaviy yechimlar
dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, insonparvar texnologik yondashuvga asoslangan bandlik siyosatini
shakllantirish zarur. Bu borada davlat tomonidan universal asosiy daromad (UBI)
kabi iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlovchi mexanizmlarni sinovdan o‘tkazish va
baholash mumkin. Bunda ayniqsa, texnologik inqilob natijasida daromadsiz qolish
xavfi yuqori bo‘lgan qatlamlar ijtimoiy himoya bilan ta’minlanadi. Yana bir muhim
yo‘nalish — bu ta’lim va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdir. Korxonalar
texnologiyalarga mos kadrlar tayyorlash jarayonida faol ishtirok etishlari kerak.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
146
Umuman olganda, sun’iy intellekt va avtomatlashtirish jarayonlari mehnat bozorida
yangi iqtisodiy haqiqatlarni yuzaga chiqarmoqda. Bu o‘zgarishlarga tizimli va
kompleks yondashuv asosida javob berilmasa, mavjud muammolar chuqurlashib
boradi. Shuning uchun davlat siyosati, ta’lim tizimi, korporatsiyalar va jamiyat
birgalikda harakat qilishi, inson salohiyatini ro‘yobga chiqaruvchi barqaror va
inklyuziv bandlik tizimini shakllantirishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. M.Vohidova, N.Nuriddinova, Sun'iy intellektni moliyalashtirishning zamonaviy
tendensiyalari, Iqtisodiy taraqqiyot v ava tahlil ilmiy electron jurnali, 12-son,
dekabr,
2024-yil,
202
–
208
betlar.
Manba:
2. F.HAKIMOV, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig'i, sun'iy intellekt
– to‘rtinchi sanoat inqilobining asosi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rasmiy veb
sayti,
11-yanvar
2021-yil,
Manba:
https://strategy.uz/index.php?news=1198&lang=uz
3. Xaritonova Yu.S., Savina V.S. Sun'iy intellekt texnologiyasi va qonuni:
zamonaviy muammolar ma’ruza kursi, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
universiteti, Samarqand, 2022-yil.
4. huawei.com, Sun’iy intellekt yordamida tarmoqlarni avtomatlashtirish
intellektual 5G-aloqa davrini yaqinlashtirmoqda, 2020.07.03
5. A.Abdurahmonov, Avtomatlashtirish va sun'iy intellektning mehnat bozoriga
ta’siri, Uzbek Scholar Journal, Volume- 17, June, 2023, 111-page
6. Shadmanov Z., Axmedov B., Sun’iy intellektni joriy etishning iqtisodiy samarasi,
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali, 8-son, 381-bet,
7.
infocom.uz
veb
sayti,
Sun’iy
intellekt
statistikasi,
Manba:
https://infocom.uz/articles/suniy-intellekt-statistikasi
