ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
119
KANOP O‘SIMLIGI VA UNING SANOATDAGI QO‘LLANISHI:
EKOLOGIK, IQTISODIY VA TEXNOLOGIK YONDASHUVLAR
TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR
UNIVERSITETI
t.f.f.d. dotsent SH. Ermatov
tayanch doktorant M.A.Fayziyeva
mustaqil izlanuvchi: U.Barotova
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kanop (Cannabis sativa L.) o‘simligining
sanoatdagi o‘rni, ekologik va iqtisodiy ahamiyati, qayta ishlash texnologiyalari hamda
xalqaro tajribalardagi qo‘llanilishi yoritilgan. Kanop tolasining tabiiy, ekologik
tozaligi va mustahkamligi sababli to‘qimachilik, qurilish, avtomobil sanoati kabi
sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda kanop yetishtirish
bo‘yicha olib borilayotgan dala tajribalari va texnologik ishlov jarayonlari tahlil
qilinadi.
Аннотация.
В данной статье рассматривается промышленная роль
конопли (Cannabis sativa L.), ее экологическое и экономическое значение,
технологии переработки и международный опыт в этой области. Благодаря своей
природной, экологической чистоте и прочности конопляное волокно широко
используется в таких отраслях, как текстильная, строительная и автомобильная.
Также анализируются полевые эксперименты и технологические процессы
переработки, проводимые при выращивании конопли в Узбекистане.
Abstract.
This article discusses the industrial role of hemp (Cannabis sativa L.),
its ecological and economic significance, processing technologies, and international
experience in the field. Due to its natural, ecological purity, and strength, hemp fiber
is widely used in industries such as textile, construction, and automotive. Field
experiments and technological processing processes conducted on hemp cultivation in
Uzbekistan are also analyzed.
Kalit so‘zlar:
kanop, sanoat tolasi, ekologik tozalik, qayta ishlash, nano-
selüloza, to‘qimachilik, bio-kompozit
Ключевые слова:
конопля, промышленное волокно, экологичность,
переработка, наноцеллюлоза, текстиль, биокомпозит
Keywords:
hemp, industrial fiber, environmental friendliness, recycling, nano-
cellulose, textiles, bio-composite
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
120
Kirish.
So‘ngi yillarda ekologik toza va qayta tiklanuvchi resurslarni sanoatda
qo‘llanilishi muhim masalaga aylangan. Texnikaviy jihatdan ahamiyatga ega
o‘simliklar orasida kanop (Cannabis sativa L.) ekologik foydaliligi, boy tolaviy
samaradorligi va qayta ishlash imkoniyatlarining kengligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-son
farmonida “Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi mavjud
bo‘shliqlarni to‘ldirish orqali 2026-yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish,
shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari hajmini 2 baravarga ko‘paytirish” bo‘yicha
qator vazifalar belgilab berilgan.
Kanop o‘simligi asosida tabiiy tolalarni ishlab
chiqarishda qo‘llash ekologik barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik va mahalliy sanoat
rivoji uchun muhimdir. Ushbu jarayon nafaqat mahalliy xom ashyolarni qayta ishlash
muammosini hal qiladi, balki yangi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga ham
zamin yaratadi.
Surxondaryo viloyatini kanop yetishtirish va undan tabiiy tola olish bo‘yicha
yetakchi hududlardan biriga aylantirish oldimizda turgan ahamiyatli masalalardan
biridir. Shu o‘rinda hosilning asosiy qismini qayta ishlash jarayoniga yo‘naltirish
lozim. Ushbu o‘simliklar tolalarini qayta ishlash orqali yangi mahsulot yaratish
ekologik muammolarni kamaytirish va resurslardan maksimal foydalanish imkonini
beradi. Kanop o‘simligi poyasida 17-18 % gacha texnik yaroqli tola hosil bo‘ladi.
Kanop tolasi rangsiz, tiniq, pishshiq, dag‘al tola bo‘lib, bu tolani ko‘pgina maqsadlarda
foydalaniladi. To‘qimachilik sanoati uchun tola, qop-qanor, arqon, brezent, uy jihozlari
uchun gazmollar, o‘rash uchun iplar va boshqa turdagi kompozit mahsulotlar
tayyorlanishi mumkin. Urug‘i tarkibida esa 18-20 % moy bo‘lib moy, lak-bo‘yoq
sanoatida, sovun tayyorlashda ishlatiladi.
Kanop Hindiston, Eron, Xitoy, Yava va Sumatra orollarida, Аfrikada, Аmerikada
(АQSh, Braziliya, Kuba va boshqalar ) ko‘proq ekiladi. Dunyo miqyosida 900 ming
gektar atrofida ekiladi. O‘zbekiston hududida 1927-yildan boshlab ekib kelinadi.
So‘nggi yillarda kanop tolasiga bo‘lgan e’tibor biroz kamayib borgan bo‘lsada, ammo
jahon sanoatida tabiiy tolalarning o‘rni, ommabopligi, ekologik xususiyatlariga
bo‘lgan ehtiyoj kundan kunga ortmoqda. O‘ziga xos xususiyatlari bilan paxta tolasidan
keyin yana bir muhim tabiiy tola sifatida respublika hududida ham kanop tolasini
yetishtirish qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Kanop hozirgi vaqtda O‘zbekistonda, asosan
Toshkent viloyatining Yuqori, Quyi va O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l va Bo‘stonliq
tumanlarida ekilmoqda. Shu jumladan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ham
kanop tolasini yetishtirish va uning xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha kichik dala
eksperimenti olib borilmoqda. Kanopning Assorti-279 va Kanop-239 navlari ekildi va
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
121
uning agrotexnologiyasi hamda xususiyatlari o‘rganish uchun kuzatuvlar olib
borilmoqda.
Kanop asosan (kanop) tolasi va urug‘i uchun o‘stiriladi. Kanop eng qadimgi
madaniy o‘simliklardan biri bo‘lib, (Malvaceae) oilasiga va (Hibiscus cannabinus)
turiga mansub bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Tarixiy manbalarga ko‘ra, u Xitoyda
miloddan avvalgi 2800 yilda yetishtirilgan va tolalari ishlatilgan. O‘ziga xos
xususiyatlari bilan dunyoda jutdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Kanopning
qo‘llanilish sohalari kundan-kunga ortib bormoqda. Kanop xomashyosi asosidagi
sanoatning bir necha ishlab chiqarish sohalari shakllandi. Kanop xomashyosidan
to'qimachilik, oziq-ovqat, qurilish, energetika, farmatsevtika, kompozit materiallar,
tsellyuloza va kosmetika sanoat tarmoqlarida mahsulotlar ishlab chiqarilayapdi. Ushbu
tarmoqlarning shakllanishi bilan kanop yetishtirishda ham o‘zgarishlar yuz berib, ekin
maydonlari ko‘paymoqda. (Ekologik xususiyatlari yuqori bo‘lgan o‘simlik sifatida
respublika hududida yetishtirish qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. Kanop hozirgi vaqtda
O‘zbekistonda, asosan Toshkent viloyatining Yuqori, Quyi va O‘rta Chirchiq,
Yangiyo‘l va Bo‘stonliq tumanlarida ekilmoqda. Shu jumladan Surxondaryo viloyati
Termiz tumanida ham kanop tolasini yetishtirish va uning xususiyatlarini o‘rganish
bo‘yicha kichik dala eksperimenti olib borilmoqda. Kanopning Assorti-279 va Kanop-
239 navlari ekildi va uning agrotexnologiyasi hamda xususiyatlari o‘rganilishi ko‘zda
tutilmoqda.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
122
1-rasm.
Kanopning o‘sish jarayoni
Yuqoridagi fotolavhalarda kanop o‘simligining vegetatsiya davrlari yoritib
o‘tilgan. Kanop issiqsevar o‘simliklardan sanaladi. Urug‘larining unib chiqishi uchun
10-12°С yetarli bo‘ladi, lekin optimal harorat esa 20°С hisoblanadi. O‘simlikning
o‘sishi va rivojlanishi uchun +23-+25°С eng maqbul harorat hisoblanadi. Surxondaryo
viloyatida esa bunday iqlim sharoitlari aprel va may oylarining ilk haftalarida
kuzatiladi. Va biz ham bu shartlarni inobatga olgan holda kichik dala
eksperimentimizning samarali olib borilishini ko‘zda tutgan holda, kanop urug‘larini
aprel oyining ilk haftasida yerga qadadik. Yerdan unib chiqqanidan so‘ng 35-40
kundavomida sekinroq o‘sadi. Chunki bu davrda uning ildizlari yaxshi rivojnanadi.
Ildizlari yetarli darajada shakllanganidan so‘ng sutkalik ong sutkalik o‘sishi 4-5 sm
tashkil etadi. O‘sish davri o‘simlikning navi agrotexnikasiga ko‘ra130- 140 kunni
tashkil qilishi mumkin.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
123
Kanop tolasi biologik parchalanadigan, kuchli, ultrabinafsha (UV) nurlarini
to‘suvchi va antibakterial xossalarga ega. U tarkibida 70-92% sellyuloza, 2-6% lignin
va 20-24% gemitsellyuloza mavjud va bu ko‘rsatkichlar tola sifatini belgilovchi asosiy
omillardir. Kanop ekologik toza o‘simlik bo‘lib, pestitsid va mineral o‘g‘itlarga deyarli
ehtiyoj sezmaydi va tuproqni boyituvchi rotatsion ekin sifatida tavsiya etiladi. Kanop
poyasi tashqi tomondan kutikulali epidermis qatlam bilan qoplangan. Epidermis ostida
mexanik to‘qima-kollenximaning uch qavati joylashgan. Kollenxima qatlamidan keyin
ko‘p qavatli parenxima keladi, unda tola dastalari uzun-uzun bir nechta xalqa shaklida
joylashgan. Epidermis, kollenxima va tola dastalari bo‘lgan parenxima kanop poyasi
po‘stlogʼini tashkil qiladi, ishlab chiqarishda shu po‘stloq lub deb ataladi. Jadvalda dala
sharoitida yetishtirilayotga kanop o‘simligi fenologik kuzatuv natijalari asosida
biometrik o‘lchamlari 1-jadval keltirilgan.
1-jadval
№
O‘siml
ik
bo‘yi
Yon
shoxi
Bargi Shonasi
Guli
Duk
ka-
gi
O‘siml
ik
bo‘yi
Yon
shoxi
Bargi
Kanop-239 va Assorti 279 navlari
1-takrorlash (4.04.2025)
2- takrorlash
(9.05.2025)
1
155
47
355
15
-
-
43
9
28
2
160
45
386
-
-
-
52
9
21
3
162
52
370
19
3
-
58
8
22
4
167
48
432
12
1
-
35
3
12
5
177
45
450
16
3
-
52
13
23
6
165
47
440
14
-
-
58
12
37
7
142
35
344
9
-
-
49
11
38
8
147
39
350
12
-
-
57
10
33
9
145
39
328
11
-
-
50
7
18
10
112
40
280
-
-
-
33
4
22
O‘rt.
1532
437
3735
108
7
-
487
86
254
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
124
O‘rt 153.2
43.7
373.5
10.8
0.7
-
48.7
8.6
25.4
Kanop o‘simligini fenologik kuzatuv natijalari asosida biometrik o‘lchamlari
Kanopni yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz kabi navi va agrotexnikasining to‘g‘ri olib
borilishiga qarab, 100–140 kunlar oralig‘idagi muddatda o‘rib olishga tayyor bo‘ladi.
Kanop poyasi tola uchun texnik jihatidan yetilganda ya’ni poyasining uch qismida
lantsetsimon barglar hosil bo‘lganda yig‘ib olinadi. Kanop poyasi JK-2,1 А o‘rish
mashinalarida 7-8 sm balandlikda o‘rib olinadi. Hosil o‘rib olinib, dekortikatsiya
usulida po‘stlog‘i (lub) ajratiladi. Dekortikatsiya usuli asosan lub tolali o‘simliklarni
(shu jumladan kanop) mexanik usulda po‘stlog‘ini ajratish (ichki qismidan) uchun
qo‘llaniladi. Buning natijasida tola olishga yaroqli bo‘lgan kanop po‘stloqlari ajratib
olinadi. LS rusumli mashinada po‘stlog‘lari ajratiladi. Po‘stloq (lub) poyasidan shilib
olingandan so‘ng 2-3 kun davomida yerga yupqa qilib yoyilib, quritiladi va uchlari
tekislanib, har biri 8-10 kg gacha bo‘lgan bog‘ qilib bog‘lanadi va lub zavodiga
topshiriladi. Bu usulda poyasi ko‘k bo‘lganligi sababli po‘stlog‘ini shilish qulay.
Mahsulotni zavodga topshirish uchun ham kam xarajat sarf bo‘ladi.
Havuzlash usuli (enzimatik yoki mikrobial) orqali pektin eritiladi. Quritilgan
po‘stloq maxsus mashinalarda (TMM-200-K, AЛТ, АЛВ) tishlab-yuvish orqali
tozalab olinadi. Ishlab chiqarish tajribalariga ko‘ra, ikki tomonlama ishlov beruvchi
mashinalarda olingan tolalar sifati yuqori bo‘ladi.
Xulosa.
Kanop o‘simligi ekologik barqaror, iqtisodiy jihatdan samarali va ko‘p
tarmoqli sanoat xomashyosi sifatida dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekistonda kanop
yetishtirish bo‘yicha mavjud iqlim sharoiti, yer resurslari hamda so‘nggi yillarda
amalga oshirilayotgan dala tajribalari, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va ilmiy
yondashuvlar asosida olib borilayotgan ishlar kanopchilik tarmog‘ining rivojlanishiga
zamin yaratadi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va sifatli tola olish usullarini
joriy etish orqali ushbu soha eksportbop mahsulotlar yetkazib beruvchi tarmoqqa
aylanishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
farmoni.
[2].
J.Sultоnоv “Kаnоpni dаstlаbki ishlаsh”. T.: “O‘zbеkistоn” 1981 y..
[3].
“Kenevir: “Barqaror to‘qimachilik tajribasi” maqolasi. Rize, Turkiya.
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-6
125
[4]
. Qabulov, I., & Abdiqulova, L. (2024). KANOB XOM-ASHYOSINI QABUL
QILISH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI. В ZDIT (Т. 3, Выпуск 5, сс.
167–170). Zenodo.
[5].
M.Raxmatov, Z.Zaripov “Klaster-integrasiya innovasiya va iqtisodiy o‘sish”.
T.:, “Zamin-nashr”,2018 -145 b .
[6].
A.Salimov “Tolani dastlabki ishlash texnologiyasi va mashinalari”. T.: “Iqtisod
- Moliya”, 2010 – 182 betlar
[7].
“Sürdürülebilir Tekstil Tasarımında Hasattan Tezgaha Kenevir Dokumacılığı:
Çayeli Örneği” International Social Sciences Studies Journal, (e-ISSN:2587 1587)
Vol:8, Issue:99; pp:2007-2019
[8].
Yılmaz G. ve Yazici L. (2022). Dünya’da Yükselen Değer; Endüstriyel Kenevir
(Cannabis sativa L.), Bozok Tarım ve Doğa Bilimleri Dergisi, 1(1), 54-61. How To
Cite: Yılmaz G. ve Yazici L. (2022).
[9].
https://ru.wikipedia.org
