Authors

  • Oqmirzayeva Umida Normurod qizi
    Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.127727

Keywords:

semema sema leksik ma’no belgi atash sema ifoda semasi.

Abstract

Maqolada  sema  tushunchasi  va  uning  talqinlari,  bu  borada  jahon  va  o’zbek tilshunoshlarining    qarashlari to’g’risida    so’z    yuritilgan.    Shuningdek,    sema so’zining terminologik  ma’nosi  o’rganilgan.  Sema va semema va nomema  oʻrtasidagi munosabatlar tahlil qilingan


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-6

153

LEKSIKOLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARIDAN BIRI BOʻLGAN

LEKSEMA, SEMEMA VA NOMEMALAR MUNOSABATI

Oqmirzayeva Umida Normurod qizi

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talabasi

E-mail:

oqmirzayevaumida@gmail.com

Annotatsiya

: Maqolada sema tushunchasi va uning talqinlari, bu borada

jahon va o’zbek tilshunoshlarining qarashlari to’g’risida so’z yuritilgan.
Shuningdek, sema so’zining terminologik ma’nosi o’rganilgan. Sema va semema
va nomema oʻrtasidagi munosabatlar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

semema, sema, leksik ma’no, belgi, atash sema, ifoda semasi.

Kirish

Leksikologiyada shunday bir termin borki, u lisoniy jihatdan ma’no hisoblanadi.
Nutqiy jihatdan esa u tushuncha degani. Lisoniy va nutqiy birliklarni farqlar ekanmiz,
biri inson ongi, xotirasida mavjudligi, ikkinchisi esa ayni damda undan foydalanib nutq
hosil qilayotganligimiz tushuniladi. Semasiologiya, semema, sema va semalarning
turlari – bu barchasi ma’no ifodalashga xizmat qiladi. So’z va ularning ma’nolarini
o’rganadi. Til mazmun tomonining mustaqil birligi sanalib kelinayotgan
semema va uning tarkibiy qismlari, sememani tashkil etuvchilar semalarga
boʻlinishi hozirgi tilshunosligimiz tomonida toʻla tan olingan. Sh. Rahmatullayev,
I.Qoʻchqortoyev va boshqalarning tadqiqotlari vositasida bu tushunchalar oʻzbek
tilshunosligida toʻla ommalashdi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Leksikologiyaning asosiy tushunchalaridan biri bo’lgan leksema va
sememalardir. Leksika so’zi grekcha so’z bo’lib, so’zga oid degan ma’noni bildiradi.
Leksika- tilning barcha so’zlari, lug’at tarkibi nazarda tutiladi. Leksika til so’zlarning
barcha tursadi qatlami uchun xos va mos hisoblanadi. O’zbek tilining izohli lug’atida
leksikaga quyidagicha ta’rif berilgan: Leksika yunoncha so’z bo’lib, so’zga oid
tilshunoslik hisoblanadi. Biror til yoki shevada muayyan paytda mavjud bo’lgan
so’zlar majmui. Leksema terminini qo’llash 1918-yilda rus tilshunosi
A.M.Peshkovskiy tomonidan taklif etilgan. Ilk marta N.N.Durnovoning “Grammatik


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-6

154

lug’at”iga kiritilgan. Leksema termini so’zlarni Grammatik xususiyatlardan xoli idrok
etish uchun tanlangan. Leksema linosiy birlik hisoblanib, u mantiqiy kategoriya
asosida shakllangan. Mantiqan o’ylash, fikr yuritish uchun leksemadan foydalaniladi.
Inson xotirasida bor barcha leksema bilan gapiradi. Nutq jarayonida esa ular so’zni
hosil qiladi. So’zlarning ma’nolarini anglash esa lisoniy birlik. Misol uchun, gul
deydigan bo’lsak, lisonda faqat gul shakli ko’z ongimizda gavdalanadi. Uni nutqqa
aylantirar ekanmiz, gulning turlari-yu qismlarini birma bir alohida ifoda etib
tasvirlaymiz.

"Sema" yunoncha soʻzdan olingan boʻlib, belgi, mazmun, maʼno jihatining eng
kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi. Masalan, "atrof"
leksemasining maʼnosi (sememasi) "hamma" va "tomon" semalaridan iborat. Yoki
"daraxt" leksemasining sememasi "predmet", "oʻsimlik", "yerda oʻsuvchi", "tanali",
"ildizli", "shoxli", "bargli" va boshqa semalardan tashkil topadi. Maʼlum leksik-
semantik guruhga oid sememalardagi semalar shu sememalar uchun umumiy yoki
xususiy ekaniga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: Umumiy, birlashtiruvchi (integral)
sema va farqlovchi (differensial) sema.

Umumiy sema-bir semantik maydondagi sememalarning tutashtiruvchi sema,
masalan, aka, opa, singil kabilardagi "qarindoshlik" jihatiga koʻra, Chopmoq, oqmoq,
sakramoq kabilardagi "harakat" jihatidan umumiylashtiradi.

Farqlovchi sema-koʻp maʼnoli soʻz sememalaridan har birining oʻziga xos
boʻlgan, ular sememasini bir-biridan farqlaydigan sema. Masalan, aka, uka soʻzlari
katta-kichiklik semasi bilan, opa, aka soʻzlari esa jins semasi bilan farqlanadi.

Muhokama va natijalar

Tilshunoslikdagi sathlarning ham tashqi va ichki xususiyatlari mavjud. Bu jihat
leksemani ham chetlab o’tmagan. Leksemadagi ichki va tashqi omillari uning tashqi
qobig’i nomema deyiladi, ichki esa semema deya nomlanadi. "Nomema" grek tilidan
olingan bo’lib, leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari, harflari
nazarda tutiladi. Nomemealar bular harflar va tovushlar bilan ifodalanadi. Masalan,
d+a+f+t+a+r deydigan bo’lsa, bu tovushlarning barchasi nomema va daftar deganda
tasavvurimizdagi tasvir va uning ma’nosi semema hisoblanadi. Nomemalrning joyi
o’zgarsa ham faqat nomema deb aytilaveradi, lekin semema bo’lmaydi. Semema
bo’lish uchun lisonda bir ma’no, tushuncha mavjud bo’lishi kerak. Inson xotirasida
shakllangan bo’lishi zarurdir. Semema – mustaqil leksemalarning lisoniy tabiati,
sinonimik qatori bilan aniqlanadigan mazmuni ya’ni lisondagi bor barcha so’zlar
bazasi va ularning ma’noviy xuxusiyatlarini o’zida mujassam etish hisoblanadi.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-6

155

Semalar nihoyatda ko’p, ammo nutqiy jarayonda ulardan qanday foydalanish,
sinonimik so’zlardan qaysi biri qo’llash, qaysi jihatidan kelib chiqib tanlash bizning
ixtiyorimizda. Semalar sememalarni tashkil etadi. Shuning uchun ham, leksema ikki
tomonga ega til birligidir. Aniqrog’i, u shakl va mazmun tomonlaridan iborat ramzdir.
Shuni alohida qayd qilamizki, til ramzlarining (leksemalarning) shakl va mazmun
tomoni xususiy atamalar bilan ataladi. Sistem tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni
nomema deyiladi. Nomema faqat leksemaning shakliga (moddiy qobig’i, tashqi
tomoniga) nisbatan ishlatiladi. Leksemaning mazmun tomoni (ma’nosi, ichki tomoni,
signifikati va h. k.) esa semema nomi bilan yuritiladi. Demak, leksema = nomema +
sememadir. Nomema tilga xos tomondir. U ongimizda muayyan fonemalar tizmasi
sifatida mavjud. Nomemaning fonemalar tizmasidan iboratligi ichki nutq jarayonida
(kishi fikr yuritganda, she’r yoki matnni ichda, tovush chiqarmay o’qiganda) aniq
ma’lum bo’ladi. Chunki odam ichki nutq jarayonida so’zlarni, qo’shimchalarni ketma-
ket tizib, xuddi gapirayotganday ularni bir-biriga biriktiradi, grammatik jihatdan
shakllantiradi. Shu asosda fikr yuritadi. Demak, inson faqat ovoz chiqargandagina
emas, balki ovoz chiqarmaganida ham fonemalarga moddiy shakl beradi. Odamning
ichki nutqi o’zidan boshqa hech kimga ayon bo’lmaydi. Tashqi nutqda esa nomema
tovushlar (yoki harflar) tizmasi, imo-ishoralar, turli xil signallar ko’rinishida muayyan
tus oladi, voqelashadi. Avvalgi boblarda ko’rib o’tganimizdek, tashqi nutqning aniq
moddiy shakli nutq vaziyati bilan, so’zlovchi (nutq muallifi) ning maqsad va
imkoniyatlari bilan belgilanadi. Sistem tilshunoslik leksemalarning moddiy
tomoniga—nomemalarga ko’p ahamiyat bermaydi. Chunki ko’rib o’tganimizdek,
nomemaning aniq shakli nutq sharoiti bilan belgilanadi va u leksemaning mohiyatiga
ta’sir etmaydi. Leksemaning mohiyati uning ichki tomoni—semema orqali va shunga
ko’ra leksemaning boshqa til birliklari bilan munosabatga, aloqaga kirishuvi orqali
belgilanadi. Ammo nutqda, ayniqsa, nazmiy, nutqda nomema katta ahamiyatga ega
bo’ladi. Nazarimizda behad katta ahamiyatga ega: qofiya, radif, tajnisning o’nlab
turlari, qalb, saj’, tasrit’, tasmit, taattuf, harfiy va lafziy san’atlar nomemaning oʻrni
beqiyos. Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema ongda aks
etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan
ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema‒leksemaning ichki jihati. Birorta
leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmaydi.
Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita leksema yo‘q. R.Sayfullayeva va
boshqa mualliflar tomonidan nashr etilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligida bu
fikr quyidagicha asoslanadi: “Bunga ikkita sinonim leksemaning sememasini qiyoslash
asosida amin bo‘lishimiz mumkin: [Yuz] ‒ inson boshi old tomoni peshanadan
iyakkacha bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi. [Bet] ‒ inson boshi old tomoni


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-6

156

peshanadan iyakkacha bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi. Ko‘rinadiki,
birinchi sememadagi “uslubiy betaraf” unsuri ikkinchi sememada, ikkinchi
sememadagi “so‘zlashuv uslubiga xos” unsuri birinchi sememada yo‘q. Agar semema
aynan bo‘lib qolsa, demak, bu ular tavsifida noqislik mavjud deyishga asos bo‘ladi.
Semema mukammal tavsiflanganda, bu tavsifdanoq ushbu tilni eng nozik
jihatlarigacha puxta bilgan kishi so‘z qaysi leksema haqida ketayotganligini ravshan
anglaydi”. Demak, bu fikrdan shunday xulosa qilamizki, leksemalarning sememalarini
berishda nihoyatda diqqatli bo‘lish talab etiladi. Izohli lug‘atlarda berilgan izohlarni
qisqartirish, ixchamlashtirish yo‘lidan borib, semalarning izoh sifatiga putur
yetkazmaslik lozim. Shuningdek, sinonim leksemalarning semantik kengaytmasini
tuzishda faqat havola berish yo‘lidan borish yaxshi natija beravermaydi; sinonimlarga
o‘zaro havola berish bilan cheklanilsa, semalar ochilmay qolishi mumkin. Shu sababli
semantik kengaytmalarni giperhavola bilan boyitishning aniq tamoyillari ishlab
chiqilishi kerak.

Tilshunos Sh.Rahmatullayev faqat sememaga ega birlikni leksema sifatida
baholaydi: “Biz analiz yo‘liga, ya’ni nutqdan tilga borish yo‘liga o‘rganib ketganmiz.
Albatta, konkret birlikdan (so‘zformadan) abstrakt birliklarga (so‘zformani tarkib
toptiruvchi birliklarga) borish oson ko‘chadi. Shu yo‘l bilan borib, so‘zforma tarkibida
leksik ma’no anglatuvchi qismni ajratamiz va uni leksema deb nomlaymiz. Asli leksik
ma’no anglatuvchi til birligiga leksema deyiladi”. Demak, olim leksema talqiniga
ichdan (ma’nodan) kelib chiqqan holda munosabatda bo‘lganligi tufayli nomustaqil
birlikni leksema sifatida qarashni ma’qul ko‘rmaydi. Bu kabi masalalar korpus
lingvistikasi uchun nazariy muammo bo‘la olmaydi. Zero, korpus lingvistikasi nazariy
tilshunoslik yutuqlariga tayanadi, umumlashmalardan foydalanadi. Korpus
lingvistikasi bu – amaliy tilshunoslikdir. Ammo shunday muammolar bo‘ladiki,
nazariy tilshunoslikda ularni yechmay turib, korpusga qo‘llab bo‘lmaydi.

Semema tarkibidagi sema bir xil emas. Sema mohiyatiga ko‘ra uch xil bo‘ladi:

1) atash semasi (denotativ sema);
2) ifoda semasi (konnotativ sema);
3) vazifa semasi (funksional sema).
Atash semasi borliq bilan, ifoda semasi so‘zlovchining munosabati bilan, vazifa
semasi esa leksemaning lison va nutqdagi roli bilan belgilanadi. Atash semasi
leksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-predmetlik, miqdorlik, belgilik
xususiyatini atovchi, nomlovchi semadir. Ular borliq, tushuncha va sememani bir-
biriga bog‘lab turadi. Masalan, yuqorida keltirilgan [kitob] leksemasining barcha


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-6

157

semasi – atash semasi. Ushbu sema, tabiiyki, semantik kengaytmada aks etadi hamda
semantik kengaytmaning birinchi qismi bo‘ladi.

Ifoda semasi deganda semema tarkibida turli qo‘shimcha ma’no (uslubiy bo‘yoq,
shaxsiy munosabat, qo‘llanish doirasi va davri)ni atovchi sema tushuniladi. Atash
semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememasini farqlash quvvatiga ega bo‘lgan
sema bo‘lib, ular ham leksik paradigmada aniqlanadi. Masalan, [aeroplan]
leksemasidagi “arxaik”, [kompyuter] leksemasidagi “neologizm”, [xarseb]
leksemasidagi “shevaga xos” semasi qo‘llanish davri va doirasini ko‘rsatuvchi ifoda
semasi. Ifoda semasi kengaytmada maxsus belgi bilan ajratib ko‘rsatiladi. Masalan,
qo‘llanilish davrini ko‘rsatuvchi pometa, shevaga xosligini ko‘rsatuvchi teglar shular
jumlasidandir.Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bo‘lmagan turga ajratiladi. Shu
boisdan farqlovchi, muhim ifoda semalari ingerent konnotativ sema va muhim
bo‘lmagan ifoda semalari adgerent konnotativ sema deyiladi.
Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy
qolipda qanday o‘rinni egallashini bildiruvchi semadir. Masalan, [kitob], [daftar],
[maktab], [bormoq] kabi leksemalarning valentlik imkoniyati o‘ta keng va shu boisdan
gapda turli gap bo‘laklari vazifasida keladi. [Qat’iy], [keskin], [moviy], [qizg‘ish]
leksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular ayrim so‘zlar bilan birika
oladi xolos. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, leksemalarning valentlik xususiyati
ham semantik kengaytmadan o‘rin olishi maqsadga muvofiq.

Xulosa

: Soʻzni atash va ifoda semasi biri ikkinchisi bilan uzviy aloqada bo`ladi.

Har qanday ifoda sema (konnotastiya) atash semadan o`sib chiqqan bo`ladi. Har
qanday ifoda semani, konnotativ mʼnoni chuqur anglash, undagi nozik maʼnoni his
qilish uchun oldin denotativ maʼno (bosh maʼno, atash maʼno, o`z maʼno, asl maʼno)ni,
undagi asl maʼno ifodasini chuqur anglash talab etiladi. Shundagina, konnotativ
ma'noni tushunish, undan o`rinli foydalanish.

Adabiyotlar roʻyxati:

1. Rahmatullayev Sh. Semema –mustaqil til birligi // oʻzbek tili va adabiyoti, 1984.

2.Mengliyev B Hozirgi o’zbek tili T.:2008 “Tafakkur bo’stoni” nashriyoti.

3. Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan
va texnologiya, 2009.

4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildli. 1-jild. – Toshkent: O‘zME, 2006.

5. Hojiyev A. Semasiologiya// Oʻzbek tili leksikologiyasi. Toshkent, 1981.

References

Rahmatullayev Sh. Semema –mustaqil til birligi // oʻzbek tili va adabiyoti, 1984.

Mengliyev B Hozirgi o’zbek tili T.:2008 “Tafakkur bo’stoni” nashriyoti.

Sayfullayeva R. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildli. 1-jild. – Toshkent: O‘zME, 2006.

Hojiyev A. Semasiologiya// Oʻzbek tili leksikologiyasi. Toshkent, 1981.