ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-1
9
-“MEHRLI MAKTAB”NING FAOLIYATIDA GOSPITAL TA’LIM
Musaeva Dilfuza Abduraxmonovna -
TDPU Surdopedagogika va maxsus
pedagogikaning klinik asoslari kafedrasi katta o’qituvchisi
.
Annotatsiya.
Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni
chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida “Mehrli maktab”
va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, bugungi kunda
respublika hududida tashkil etilgan “Mehrli maktab”ning faoliyati, bu muassasada
ta’lim olayotgan o‘quvchilarning qiziqishlari, xususan, ona tili va adabiyot faniga
bo‘lgan munosabati hamda bu fanga nisbatan qiziqishlarini mavjud holatidan yana
yuqoriroq natijaga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar haqida fikr-mulohaza yuritadi.
Tayanch tushunchalar:
gospital pedagogika, ijtimoiy himoya, korreksiya,
gospitalizatsiya, davolash, individual, differernsial, kompensatsiya.
Ta’lim hamma uchun milliy dasturida ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy
huquqlaridan biridir. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyatni
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi sifatida
e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi davlat siyosatini
umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini, madaniy va fan bobidagi
an’analarini, jamiyatning istiqboldagi rivojini hisobga olgan holda yurgizadi. Ta’lim
ilm berish va tarbiyani o‘z ichiga oladi, u respublikaning zakovat va ilm borasidagi
kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan har
jihatdan barkamol shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Shu boisdan ham mamlakatdagi
barcha kelajak avlod vakillarining ta’lim olish huquqi davlat tomonidan muhofaza
etiladi. Bundan tashqari umumta’lim olish yoshidagi har qaysiki bolalarning ijtimoiy
kelib chiqishi-yu ayni vaqtdagi ijtimoiy holatidan qat’iy ta’lim olishlari uchun shart-
sharoitlar ham yaratib berilmoqda. Buning isbotini “Bolalar gematologiyasi,
onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun
maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori hamda uning ijrosi timsolida ko‘rish
mumkin.
Gospital ta’lim - uzoq muddatli davolanayotgan va sog‘lig‘i sababli ta’lim
muassasasiga bora olmaydigan bolalarni o‘qitishni tashkil etish bilan bog‘liq
pedagogikaning bo‘limidir. Gospital pedagogikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lib,
o‘z e’tiborini o‘quvchilarning alohida toifasiga — uzoq muddatli davolanishga muhtoj
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-1
10
bolalarga qaratadi. Pedagogikaning ushbu yo‘nalishini amalga oshirish va
rivojlantirishning murakkabligi idoralararo mansubligi bilan belgilanadi: ta’lim,
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya, — chunki kasalxonada uzoq muddatli
davolanayotgan bola birinchi navbatda bemor, ikkinchidan — o‘quvchi. Bolani
davolash jarayonida tibbiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtirish keng qamrovli
reabilitasiyani anglatadi.
Davolanish bilan birga ta’limga qaytish onkologik kasalligiga chalingan bola uchun
ijobiy taassurot qoldirishi mumkin, ammo shu bilan birga u sinfdoshlari orasida
yo‘qligi, tengdoshlari bilan muloqotning uzilishi, davolanishning nojo‘ya ta’sirlari,
zaiflik bilan kurashish zarurati kabi qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Bolaga
onkologik kasallik tashxisi qo‘yilganda, uning eng yaqin qarindoshlari moliyaviy
qiyinchiliklarga duch kelishadi, ular jismoniy, ruhiy salomatlik va farovonlik nuqtai
nazaridan hayot sifatini pasaytiradi va ijtimoiy o‘zaro ta’sirni yomonlashtiradi.
Shuning uchun, gospital ta’lim onkologik kasalligiga chalingan bolalarningva ularning
yaqin qarindoshlarini ruhiy va emosional holatini yaxshilash, qo‘llab-quvvatlashi
uchun xizmat qiladi.
Gospital ta’lim o‘quvchilarining yuksak ma’naviyatli, barkamol avlod etib tarbiyalash,
o‘quvchilarga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalar asosida
ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustuvor
vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich
ta’lim, shubhasiz, poydevor vazifasini o‘taydi. Gospital ta’limning boshlang‘ich sinf
darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz
yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-
axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Hukumat qarorining ijrosi ko‘p
vaqt o‘tmay ta’minlandi, ya’niki bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik
immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya
hamda umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli
maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil etildi. Hamda bu muassasaga yuridik shaxs
maqomi berildi. Ushbu markaz hududida shifo topish uchun davolanayotgan turli
yoshdagi bolalar uchun tashkil qilingan mehrli maktabda alohida o‘quv rejasi ishlab
chiqilgan bo‘lib, bu reja asosida 1- 11-sinflar hajmi doirasida umumiy o‘rta ta’lim
berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu sinflar uchun dars mashg‘ulotlarining davomiyligi
mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablaridagi kabi stabil emas. Sababi xastalik
tufayli bolalarda oddiy va doimiy maktablarda tahsil olayotgan bolalar singari kuch-
quvvat yetmay qolishi mumkin. Aynan mana shu jihatlarni hisobga olgan holda, mehrli
maktabda tashkil etiladigan dars jarayonlari boshlang‘ich ta’lim(maktab)ning 1-4-
sinflari uchun 35 daqiqa va 5-11-sinflar uchun 40 daqiqa etib belgilangan. Bir kunlik
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-1
11
dars mashg‘ulotlarining soat hisobi ham qisqadir. O‘quv haftasining davomiylgida
ham doimiy va oddiy maktablardan farq mavjud. Bulardan tashqari bu maktabda ta’lim
oluvchilarga, aniqrog‘i gematologiya, onkologya, immunologiya markazlaridagi
bemoqr bolalarga qarayotganlarga bepul ovqat beriladi. Yuqorida mehrli maktabning
ijtimoiy darajasi, holati haqida so‘z yuritildi. Endi esa bu ta’lim muassasasidagi
ta’limiy jarayonlarga alohida to‘xtalish joiz. Xususan, mehrli maktabda o‘qitiladigan
fanlar, ularga mas’ul pedagoglar, dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi borasida
atroflicha so‘z yuritish joiz deb bilindi. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik
immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya
hamda umumiy o‘rta ta’lim berish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun “Mehrli
maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil etishdan asosiy maqsad hamda bu
maktabning vazifasi uzoq vaqt mobaynida davo topish uchun markazda davolanib
kelayotgan, davolalayotgan hamda oddiy maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotiga
borish imkoniyati cheklangan bolalarning sifatli va uzluksiz ta’lim olish huquqini
ro‘yobga chiqarish uchun ruhiy dalda berish va ko‘maklashishdir. Maktab bolaning
to‘laqonli reabilitatsiya bo‘lishi, moslashishi va ijtimoiylashiga ham xizmat qiladi,
shuningdek, jarayonda ota-onalar ham qatnashishini ta’minlaydi. Maktabda tahsil
oluvchilarga ta’lim berish uchun avvalo, gospital pedagogikadan to‘liq xabardor,
bolalarni sevuvchi, har qanday holatda ham ularga suyanch va sirdosh do‘st bo‘la
oladigan, eng asosiysi, gospital pedagogikaning maqsad va vazifalarini to‘liq anglagan
holda ta’lim jarayonlarini mazmunli tashkil eta oladigan pedagog xodimlar tanlab
olingan. Maktabda faoliyat olib borish istagini bildirgan pedagoglarga alohida gospital
pedagogikadan saboq darslari — maxsus treninglar tashkil etilganligi ham tahsinga
sazovor. Bunday treninglarda gospital pedagogika bo‘yicha keng ko‘lamda
ma’lumotlar, bilimlar berilgan. Quyida ham bu borada o‘rganilgan adabiyotlardan
olingan bilimlar asosida ma’lumotlar keltirildi: Gospital pedagogika - uzoq muddatli
davolanishda bo‘lgan va sog‘lig‘i sababli ta’lim muassasalariga bora olmaydigan
bolalar uchun ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq pedagogika bo‘limi. Kasalxona
pedagogikasi pedagogikaning bir qismi sanalib, o‘z e‘tiborini o‘quvchilarning alohida
toifasiga - uzoq muddatli davolanishga muhtoj bolalarga qaratadi. Pedagogikaning
ushbu sohasini amalga oshirish va rivojlantirishning murakkabligi idoralararo
bog‘liqlik bilan bog‘liq: ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya. Chunki
shifoxonada uzoq muddatli davolanayotgan ta’lim oluvchi birinchi navbatda bemor va
faqat o‘rta maktab o‘quvchisidir. Bolani davolash jarayonida tibbiy va pedagogik
texnologiyalarni
uyg‘unlashtirish,
ya’ni
integratsiyalash
har
tomonlama
reabilitatsiyani anglatadi. Gospital pedagogikaning markaziy konsepsiyasi shifoxona
maktabi - asosiy va qo‘shimcha umumiy ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim faoliyatini
ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333
ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024
VOLUME-3, ISSUE-1
12
amalga oshiradigan, tibbiy tashkilotda uzoq muddatli davolanishga muhtoj bo‘lgan
bolalar o‘qitiladigan tashkilot sanaladi. Uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan bolaga
nisbatan ta’lim faoliyatidagi shifoxona o‘qituvchisi - uzoq muddatli davolanishda
bolalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan pedagogik ma‘lumotga
ega mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Kasalxona o‘qituvchisi o‘z ishida oddiy
maktabda qo‘llaniladigan an’anaviy usullardan sezilarli darajada farq qiladigan usul va
vositalardan foydalanadi. Har bir fan yuzasidan ta’lim beradigan o‘qituvchilardan bu
jarayonda o‘ta ehtiyotkorlik hamda yuqori tajriba talab etiladi. Bolalar gematologiyasi,
onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga shunday
olimlar bo‘lgani, ular ham kasallik sababli qaysidir ma’noda ta’lim olishdan uzilish
jarayonlariga duch kelgani, biroq shunga qaramay, o‘z maqsadlari yo‘lida turli
darajadagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga muvafaaq bo’lganini ona tili va adabiyot
fani va dars mashg‘ulotlaridan unumli foydalanib, bolalarga tanishtirish hamda
o‘qituvchining notiqligi bilan dars mashg‘ulotlarida faollikka chorlovchi fikr-
mulohazalar, tavsiyalarning berib borilishi bolalarda nafaqat fanga nisbatan qiziqishni,
balki ota-onasi va o‘zi uchun kasallikni yengib, ruhan kuchli bo‘lishga chorlaydi. So‘z
songgida aytish joizki, mehrli maktabda ta’lim oladigan bolalar — o‘quvchilar uchun
ona tili va adabiyot fani ruhiy yengillikka ega bo‘lishda yordam beradigan fanlar
sirasidandir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Ibodullaev Z.R. Tibbiyot psixologiyasi., Darslik., 2009., 393 b.
2. Ibodullaev.Z.R. Asab kasalliklari. T. 2014, 1000 b.
1.
Xomskaya E.D. Neyropsixologiya. Uchebnik. М., 2005., 495 b
2.
Luriya A.R. Osnovi neyropsixologii. М., 2010., 365 b.
www.tma.uz.