Vol. 3 No. 1 (2025)

Vol. 3 No. 1 (2025)
Published: 01-02-2025

Articles

50-55 74 23

SURXONDARYO VILOYATI ASFALT ZAVODLARI CHIQINDILARINI PORTLANDSEMENT ISHLAB CHIQARISHDA QO‘SHIMCHA SIFATIDA FOYDALANISH VA XUSUSIYATLARI O‘RGANISH.

R.A.Qodirov, S.Z.Xodjamkulov

Portlendsement ishlab chiqarish murakkab, ko‘p energiya talab 
qiladigan jarayon bo‘lib, katta miqdorda yoqilg‘i sarflaydi. Energiya va moddiy 
xarajatlarni kamaytirish uchun kompozit turdagi sementlar ishlab chiqarish ya’ni 
klinker qismiga qo‘shimcha ravishda atrof muhitni himoya qilish maqsadida asfalt 
zavodi chiqindilarini qo‘shimcha sifatida qo‘shish orqali yoqilg‘i va elektr energiyasi 
sezilarli darajada tejaladi.

6-8 72 19

MINTAQAVIY TURIZM MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

B.S.Berdiyorov

Ushbu maqolada mintaqaviy turizmning rivojlanishi, duch kelinayotgan asosiy muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Mintaqaviy turizm iqtisodiy o‘sish va madaniy almashinuvning muhim omili hisoblanadi. Tadqiqotda turizm infratuzilmasi, marketing strategiyalari va ekoturizm imkoniyatlari yoritilgan.
Shuningdek, mintaqaviy turizmni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

84-87 45 22

ТАЛАБАЛАРНИ ИННОВАЦИОН ҚОБИЛИЯТИНИТАКОМИЛЛАШТИРИШ .

Маматалиев Ўткир Ашурович

Ушбу мақолада талабаларнинг мустақил ўқув фаолиятини ташкил этиш ва уни такомиллаштириш методикаси ҳамда ташкил этилиш ёритиб берилган. Янги тадқиқотлар.изланишлар натижасида лойиҳаларнинг яратилиши ўқувчилар иштирокида ўқитувчи томонидан эмас, балки ўқитувчининг раҳбарлиги остида ва унинг ёрдами билан талабаларнинг ўзлари мустақил амалга оширади. Изланиш ва тадқиқотчилик методининг мазмни ёритиб берилган.

143-147 163 61

HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISHDA MAHALLIY BUDJETLARNING AHAMIYATI

Salomova Muyassar Fayzullaevna

Ushbu maqolada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonida mahalliy budjetlarning o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Mahalliy budjetlar hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda qanday vositalar bilan ishtirok etishi, ularning moliyaviy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlashdagi roli tahlil qilinadi. Shu bilan birga, dunyo amaliyoti va O‘zbekiston tajribasi asosida mahalliy budjetlarni samarali boshqarish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

148-157 66 21

ДАВЛАТ БЮДЖЕТИГА ҚЎШИЛГАН ҚИЙМАТ СОЛИҒИ ТУШУМЛАРИ ДИНАМИКАСИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ ВА БАҲОЛАШ

Ахмедов Бариддин Ҳайдорович

Бугунги кунда бир неча мамлакатлар каби давлатлар сингари, Ўзбекистонда ҳам давлат бюджетини шакллантиришдаги қўшилган қиймат солиғининг салмоғи бошқа соликлага нисбатан юқорилиги билан ажралиб туради. Қўшилган қиймат солиғи солиқ тизимининг ажралмас асосий қисми сифатида юқори фискал аҳамиятга эга. Қўшилган қиймат солиғи аниқ фактлар асосида ҳисобланиб, ўз вақтида қўшилган қиймат солиғини  тўлаш солиқ қонунчилигини бузилиш ҳолатларини камайишига олиб келади. Шунингдек бу борада бир қатор муамммммолар хам кузатилиб, мақолада ушбу муаммоларни  бартараф этиш йўлларига эътибор қаратилади.

112-115 91 36

QISHLOQ XOJALIGI YERLARIDA MONITORING YURITISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARI

IDIYEVA XADICHA FAXRIDDINOVNA, FARMONOVA FOTIMA FAXRIDDINOVNA

Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri 
ularda mavjud tabiiy manbalardan oqilona foydalanish va monitoringini olib boorish 
hisoblanadi. Yer - ana sayyoramizda mavjud manbalarning asosiysidir. Yer haqidagi 
ma’lumotlarlardan foydalanish uning hosildorligini oshirish, yer sifatini pasayib 
ketishining oldini olishga yordam beradi. Davlatimiz qishloq xo'jaligida meliorativ 
jarayonlarni monitoring qilish uchun raqamli tehnologiyalardan foydalanish va asosiy 
e'tibor uchuvchisiz uchish vositalari (UUV) yordamida meliorativ jarayonlarni 
monitoring qilish va nazorat qilishning zamonaviy usullariga qaratigan. 

116-126 331 77

YASHIL IQTISODIYOT: BARQAROR RIVOJLANISH VA EKOLOGIK SAMARADORLIK!

Tog‘ayeva Barchinoy Normo‘min qizi, Ahmedov Alim Babaniyazovich

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning mohiyati, asosiy
tamoyillari va uning barqaror rivojlanishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Yashil 
iqtisodiyotning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinib, global 
tajribalar misolida uning muvaffaqiyatli joriy etilish usullari yoritiladi. Shuningdek, 
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, 
qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, resurslardan oqilona 
foydalanish va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish kabi chora-tadbirlar haqida 
batafsil ma’lumot beriladi. Maqola zamonaviy, iqtisodiy rivojlanishda yashil 
iqtisodiyotning strategik ahamiyatini ta’kidlash va barqarorlikka erishish yo‘llarini 
o‘rganishga qaratilgan.

127-136 121 27

STEVIA REBAUDIANA BERTONI O‘SIMLIGINI ONTOGENEZ DAVRLARI.

Xaydarov Mirzoxid Baxtiyor o‘g‘li, Do‘stmurotova Gulmira Abubakir qizi.

Ushbu maqolada respublikamizda aholi salomatligini saqlashda 
dorivor o‘simlik xom-ashyo maxsulotlarni farmasevtika sanoatiga taminlash 
maqsadida, Stevia rebaudiana bertoni L o‘simligining ontogenez davr va bosqichlari 
o‘simlikni o‘sishi,rivojlanishi biologik va marfologik hususiyatlari hamda dorivorlik 
hususiyatlari bayon etilgan.

137-142 108 30

LESHMANIYALARNING ODAMLARGA TASIRI

Jo’rayev D.N, Tursunov.Q.N

Leyshmaniyalar (Leishmania)—kinetoplastidlar turkumiga 
mansub xivchinlilar urugʻi. Uzunligi 2—4 mkm. Ayrim sut emizuvchilar (odam, itlar), 
sudralib yuruvchilar hujayralarining ichki paraziti. Teri va ichki organlar hujayralarini
jarohatlab "yomon yara" (teri leyshmaniozi) va "kalaazar" (visseral leyshmanioz) deb
ataladigan kasalliklarni paydo qiladi. Qon soʻruvchi iskaptoparlar orqali tarqaladi. 
Odam xujayrasida parazitlik kiladigan davrida (leyshmanial davri) xivchini boʻlmaydi, 
iskaptopar organizmida xivchini qaytadan tiklanadi (leptomonad davri).

92-97 85 33

ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ ВЫГОРАНИЕ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ ВЫСШЕГО УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИИ: АНАЛИЗ ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ РЕШЕНИЯ

БАЙКУНУСОВА ГУЛМИРА ЮЛДИБАЕВНА, КУРБАНОВА ЗИЛОЛА АЛИШЕР ҚИЗИ

В статье рассматривается проблема профессионального выгорания 
преподавателей высшей школы, его причины, проявления и последствия. 
Проанализированы организационные, индивидуальные и социальные факторы, 
способствующие развитию выгорания. На основе эмпирического исследования 
выявлены основные стрессовые факторы, связанные с профессиональной 
деятельностью, а также предложены пути профилактики, включающие 
организационные меры, индивидуальные стратегии и усиление социальной 
поддержки. Работа подчеркивает необходимость комплексного подхода к 
решению проблемы для обеспечения качества образовательного процесса и 
сохранения психического здоровья преподавателей

98-101 70 32

SINFDAN TASHQARI MASHG'ULOTLAR JARAYONIDA NUTQIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING SHAXSLARARO MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISH

Nig'matova Nodirabegim Lutfulla qizi

Mazkur maqolada nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan sinfdan tashqari 
mashg‘ulotlar orqali shaxslararo munosabatlarni shakllantirishning ahamiyati tahlil 
qilinadi. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar, o‘zlarining kommunikativ qobiliyatlarida 
ba’zi muammolarga duch kelishlari sababli, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishda ba’zi 
qiyinchiliklarga uchrashadi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, xususan, ijodiy va sport 
faoliyatlari orqali bolalar o‘z fikrlarini aniq ifodalashni o‘rganadilar, jamiyat bilan 
integratsiyalashadi va o‘zlarining ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirib boradilar. 
Ushbu maqola sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning bu jarayonda qanday yordam 
berishini va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun qanday foydali metodlarni taklif 
etishini ko‘rsatadi. 

102-106 62 31

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.

Султанова Ширин Муротжон кизи

В статье рассматриваются особенности организации обучения 
в начальной школе в Узбекистане в контексте современных образовательных 
реформ. Особое внимание уделяется формированию универсальных учебных 
действий (УУД) как основе развития ключевых компетенций учащихся. Автор 
анализирует роль УУД в развитии личности ребенка, их связь с ценностными 
ориентирами образования и перспективами развития системы начального 
общего образования в Узбекистане. 

107-111 136 30

SUBTROPIK IQLIM MINTAQASI XAVO MASSALARINI O’ZBEKISTON HUDUDIGA TA’SIRI

Abdulxayeva Robiyaxon Abduzohid qizi,, Asilbekova Ziniraxon Zafarbek qizi

Ushbu maqolada subtropik iqlim mintaqasi havo massalarining 
shakillanishi va O‘zbekiston hududiga subtropik iqlim mintaqasi havo massalarining 
tasiri va uning oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

77-83 196 28

KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI IMKONIYATLARIDAN KENG FOYDALANISH

Bekzod Xollozov

Ushbu maqolada, shuni bilish mumkinki, bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari, o‘quv materiallari bo‘yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi. Uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.


 

64-76 96 46

TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA SIGNALLARNING NAZARIY ASOSLARI

Shoxruh Erkin o‘g‘li Alimardonov

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlar 
boshqaruvi tizimida raqamli ko‘rinishidagi signallardan foydalanishni keng targ‘ib 
qilish, qo‘shinlarni yagona markazlashgan tizim orqali boshqarish eng muhim ustuvor 
vazifalardan biri sanaladi. Bu borada olib borilayotgan say harakatlarning natijasida 
qo‘shinlarga bir vaqtning o‘zida yakka tartibda hamda guruhli ravishda jangovar 
boshqaruv signallarining o‘z vaqtida yetkazilishi, bu bilan bo‘linmalar oldilaridagi 
jangovar vazifalarni o‘z vaqtida kechikmasdan bajarilishiga erishilmoqda. Ushbu 
maqolada Telekommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda, axborotni masofaga 
uzatish uchun foydalaniladigan signallarning turlari yotib berilgan. 

88-91 122 27

TEMIR YO'L TRANSPORTINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI: INNOVATSIYALAR VA RIVOJLANISH YO'NALISHLARI

Xasanova Marta Axmedovna, Mirzaxonova Mexribon Marat qizi

Ushbu maqolada temir yo‘l transportining zamonaviy texnologiyalari, 
innovatsion yondashuvlar va ularning rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Transport 
sohasidagi texnologik yutuqlar, xavfsizlikni oshirish, energiya tejamkorligi va 
ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilinadi. Zamonaviy 
poyezdlar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va smart infratuzilma 
texnologiyalariga e’tibor qaratiladi

56-59 66 24

КОМПОЗИЦИИ ПОЛИАРОМАТИЧЕСКИХ АМИНОВ С ПОЛИАКРИЛОВОЙ КИСЛОТОЙ

Д.О.Рузикулова,, Д.А.Каримова

Несмотря на возрастающий интерес к электропроводящим полимерам в 
настоящее время практически не исследованы кинетические закономерности 
образования интерполимерных комплексов на основе полиароматических 
аминов со сщитими и линейными поликислотами. Реакция образования 
интерполимерного комплекса протекает путём движения резкого фронта 
линейного полиоснования внутрь геля полиакриловой кислоты. Четкую границу 
интерполимерного комплекса и геля полиакриловой кислоты можно видеть на 
электронной микрофотографии среза набухшего полупродукта реакции. Нами 
ранее было показано образования интерполимерных комплексов 
полиароматических аминов с линейными полимерными кис лотами (1,2,3). 
Авторами (4) получены и изучены проводящие гели на основе 
высокомолекулярного полиэтилена с поли-3-октилтиофенон. 

43-49 149 31

РЕЗУЛЬТАТЫ TIMSS—ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ НОВЫХ РЕФОРМ

Одинаева Хилола Бахтияровна, Хамедова Нилуфар Азимовна

Образование в начальных классах закладывает основы для 
дальнейшего обучения и формирования личностных качеств ребёнка. Именно в 
этот период происходит активное развитие мыслительных способностей, 
социальных навыков и эмоциональной регуляции. Качество образования в 
начальной школе имеет решающее значение для успешного будущего ученика, 
так как оно определяет не только академические достижения, но и общую 
мотивацию к обучению. 

33-36 91 18

YARIM O'TKAZUVCHI POLIMERLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Jo'rayeva O'g'ilshod G'ofur qizi, Jo'rayev G'ulomjon G'afur o'g'li

Mazkur maqola yarim o‘tkazuvchi polimerlarning xususiyatlari, ularni ishlab 
chiqarish usullari va qo‘llanilish sohalarini tahlil qiladi. Yarim o‘tkazuvchi 
polimerlarning elektrotexnika, optoelektronika va ekologik toza energiya 
texnologiyalarida tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, zamonaviy 
texnologiyalardagi tadqiqotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish 
yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

30-32 77 34

TA’LIM VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING INTEGRATSIYASI BOSQICHLARI

Choriyev Islom G‘ayratovich, Eshqorayev Abduqodir Iskandar o‘g‘li

Ushbu maqolada ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni 
integratsiya qilishning ahamiyati, bosqichlari qo‘llanilishi yoritilgan. Raqamli 
texnologiyalar o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, murakkab 
tushunchalarni sodda va vizual tarzda tushuntirish hamda interaktiv o‘qitish usullarini 
joriy etishda keng imkoniyat yaratadi. Maqolada integratsiya jarayonining asosiy 
bosqichlari, o‘qituvchi va talabalar uchun yaratiladigan imkoniyatlar, shuningdek, 
zamonaviy elektron vositalardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilinadi.

9-12 179 50

-“MEHRLI MAKTAB”NING FAOLIYATIDA GOSPITAL TA’LIM

Dilfuza Musaeva

Ushbu maqola gospital pedagogika sohasiga oid manba va adabiyotlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish natijasida olingan bilimlar asosida “Mehrli maktab” va unda ta’lim oluvchi o‘quvchilar jamoasi haqida, jumladan, bugungi kunda respublika hududida tashkil etilgan “Mehrli maktab”ning faoliyati, bu muassasada ta’lim olayotgan o‘quvchilarning qiziqishlari, xususan, ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan munosabati hamda bu fanga nisbatan qiziqishlarini mavjud holatidan yana yuqoriroq natijaga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar haqida fikr-mulohaza yuritadi

13-18 111 29

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TA'LIMIDA SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN YECHIMLAR

Sultonova Dilorom Kuldashevna

Mazkur maqolada ta’lim sohasida sun’iy intellektga asoslangan 
yechimlarning qo‘llanilishi, ularning imkoniyatlari va ta’lim jarayoniga kiritayotgan 
o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalari ta’limni 
individuallashtirish, o‘quvchilarni qiziqtiruvchi interaktiv vositalarni yaratish, 
avtomatlashtirilgan baholash tizimlarini joriy etish va maxsus ehtiyojlarga ega 
o‘quvchilar uchun inklyuziv ta’lim muhitini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan 
birga, maqolada ushbu texnologiyalarni tatbiq etishda duch kelinadigan texnologik,
metodologik va xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Sun’iy intellektdan foydalanish 
ta’lim samaradorligini oshiradigan vosita sifatida ko‘rib chiqilgan

19-26 62 28

FOTOELEKTR (PV) PANELLARI BILAN O‘RNATILGAN VA PAST KUCHLANISHLI TARMOQQA ULANADIGAN (SUNFLOWER) TIZIM

Babajanova Yulduz Faxriddin qizi

Elektr energiyasi kundalik jamiyatda muhim omil bo'lib, bu 
iste'mol tobora ortib bormoqda. Bundan tashqari, elektr energiyasini ishlab 
chiqarishning joriy tizimidan kelib chiqadigan atrof-muhitga ta'siri ham tashvishga 
solmoqda. Quyosh, qayta tiklanadigan va toza energiya uchun tizimlar butun dunyo 
bo'ylab eng ko'p qo'llaniladigan va joriy etilgan tizimlardan biridir. Sunflower nomli 
Grid Tie past kuchlanishini ulash uchun fotovoltaik (PV) panellar bilan o'rnatilgan 
quyosh energiyasini kuzatish tizimi taklifi keltirilgan. Ushbu tadqiqotning asosiy 
mazmuni kungaboqarning ishlash tamoyillariga, shuningdek, qisqartirilgan miqyosda 
kungaboqar prototipini ishlab chiqishga qaratilgan. Asosiy eksperiment quyoshni 
kuzatish samaradorligini solishtirish uchun Sunflower prototipi va fotovoltaik (PV) 
panellar o'rtasidagi sinovlarga qaratilgan. Tadqiqot sinovlariga asoslangan natijalar
kungaboqar prototipi fotovoltaik (PV) panelga qaraganda samaraliroq ekanligini 
tasdiqlaydi. 

27-29 87 25

POLIANILIN POLIMERINING SORBSION XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH

Shonazarova N.U, To‘xtayev F.S

Polianilin (PANI) – tarkibida amin saqlagan elektr 
o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lgan polimer bo‘lib, uning sorbsion xossalari 
o’rganish muhim ahamiyatga ega. Polianilinning sorbsion xususiyatlari uning yuqori 
reaktiv yuzasi, ion almashinish qobiliyati va kimyoviy barqarorligi bilan ajralib turadi. 
Ushbu materialning asosiy sorbsion mexanizmlari fizik va kimyoviy sorbsiya 
jarayonlariga asoslangan.