Authors

  • Abdulxayeva Robiyaxon Abduzohid qizi,
    Andijon davlat pedagogika instituti talabalari
  • Asilbekova Ziniraxon Zafarbek qizi
    Andijon davlat pedagogika instituti talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.64348

Keywords:

Subtropik O‘zbekiston havo massalari Tyan-Shan Ustyurt Qora dengiz iqlim issiqlik quruqlik mintaqa.

Abstract

Ushbu maqolada subtropik iqlim mintaqasi havo massalarining 
shakillanishi va O‘zbekiston hududiga subtropik iqlim mintaqasi havo massalarining 
tasiri va uning oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

107

SUBTROPIK IQLIM MINTAQASI XAVO MASSALARINI

O’ZBEKISTON HUDUDIGA TA’SIRI

Abdulxayeva Robiyaxon Abduzohid qizi

,

Asilbekova Ziniraxon Zafarbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti talabalari

Annotatsiya: Ushbu maqolada subtropik iqlim mintaqasi havo massalarining

shakillanishi va O‘zbekiston hududiga subtropik iqlim mintaqasi havo massalarining
tasiri va uning oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: Subtropik, O‘zbekiston, havo massalari, Tyan-Shan, Ustyurt, Qora

dengiz, iqlim, issiqlik, quruqlik, mintaqa.

ВЛИЯНИЕ ВОЗДУШНЫХ МАСС СУБТРОПИЧЕСКОГО

КЛИМАТИЧЕСКОГО РЕГИОНА НА РЕГИОН УЗБЕКИСТАНА

Абдулхаевa Робияхан Абдузахидoвна,

Асильбекова Зинирахана Зафарбековна.

Студенты Андижанского государственного педагогического института

Аннотация: В данной статье представлена информация об образовании

воздушных масс субтропического климатического региона и влиянии воздушных
масс субтропического климатического региона на территорию Узбекистана и
его последствиях.

Ключевые слова: Субтропический климат, Узбекистан, воздушные

массы, Тянь-Шань, Устюрт, Черное море, климат, тепло, суша, регион.


INFLUENCE OF AIR MASSES OF THE SUBTROPIC CLIMATIC

REGION ON THE REGION OF UZBEKISTAN

Abdulkhaeva Robiyakhan Abduzakhidovna

,

Asilbekova Zinirakhana Zafarbekovna

.

Students of the Andijan State Pedagogical Institute

Abstract: This article presents information on the formation of air masses of the

subtropical climatic region and the influence of air masses of the subtropical climatic
region on the territory of Uzbekistan and its consequences.

Keywords: Subtropical climate, Uzbekistan, air masses, Tien Shan, Ustyurt,

Black Sea, climate, heat, land, region.


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

108

Kirish:

O’zbekistonning geografik o’rni, okean va dengizlardan uzoqda,

Yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlim tipiga
ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Tabiiy geografik o’rni uning tabiiy sharoitlari iqlimi,
tog’li va tekis hududlari bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekiston Amudaryo bilan
Sirdaryo orasida joylashgan, sharqida Tyan-shan tog’lari va Pomir tog’ tizmalarining
janubiy chekkalari mavjud [2]. Mamlakatning qolgan qismi esa keng tekkisliklar va
cho’l hududlari bilan qoplangan. Eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoli
sharqida bo‘lib, 45° 36′ shimoliy kenglikdadir. Eng janubiy nuqtasi Тermiz shahri
yonida, Amudaryo qirg‘og‘ida bo‘lib, 37° 11′shimoliy kenglikda. Eng g‘arbiy nuqtasi
Ustyurt platosida bo‘lib, 56° 00′sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa Farg‘ona
vodiysining sharqiy qismida, 73° 10′sharqiy uzunlikdadir. O‘zbekistonning eng
shimoliy nuqtasi bilan janubiy nuqtasi orasidagi masofa 925 km ga, eng g‘arbiy nuqtasi
bilan sharqiy nuqtasi orasidagi masofa esa 1400 km ga teng. Oʻzbekiston hududining
71%i tekislik, qolgan 29% qismini esa togʻlar egallaydi. Bu qismlarning chegaralari
nihoyatda egri-bugri boʻlib, togʻlarning ba’zi bir tizmalari tekislik qismining
ichkarisiga surilib kirgan, ayrim joylarda tekislik ham togʻ tizmalari orasiga qoʻltiq
shaklida kirib qolgan [5].

Asosiy qism.

O’zbekiston hududiga yil boʻyi uchta asosiy havo massalari ta’sir

etib turadi. Bular: Arktika(qutbiy), mo‘tadil va tropik. Oʻzbekiston hududiga gʻarbdan
moʻtadil mintaqaning dengiz havo massasi kirib keladi. Bu havo massasi Oʻrta va Qora
dengizlari orqali oʻtganligi tufayli nam boʻlib, yomgʻir, ba’zan esa qor yogʻishiga
sabab boʻladi. Bunday ob-havo qish kunlarining 11%ni tashkil etadi. Yozda Turon
tekisligining shimolida moʻtadil front chizigʻi joylashib, bir tarmog’i Qozogʻistonda,
ikkinchi tarmogʻi esa Qora dengizning shimoli va Volga daryosining Oʻrta oqimida
joylashib, havo bosimi yuqoridir [2].

Natijada termik depresiya oʻsha yuqori bosimli havo massasini xuddi soʻrgʻich

(nasos) kabi tortib olishi oqibatida shimoldan, shimoli gʻarbdan va gʻarbdan salqin
havo massasi Turon tekisligi tomon esadi. Ma’lumotlarga qaraganda yozda shimoliy
va shimoli-gʻarbiy (yoz kunlarining 38%ni tashkil etadi) hamda gʻarbiy (yoz
kunlarining 29%) salqin havo massalari Turon tekisligida qishga nisbatan 1,5-2,0
marta koʻp takrorlanadi [4].

Ammo Turon tekisligi qizib ketganligi tufayli uning ob-havosini u qadar

oʻzgartira olmaydi, faqat haroratini 3-10°ga pasaytiradi, binobarin, hamon havo ochiq,
quruq, nisbiy namlik kam boʻlib, kondensatsiyalanish jarayoni qiyinlashadi. Shu
tufayli Turon tekisligida shimoliy, shimoli-gʻarbiy va gʻarbiy havo massalari yozda
koʻp esadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Bu havo massalari Oʻzbekiston togʻlarida
(yuqoriga ko‘tarilgan sari havoning sovib borishi oqibatida) sovib, bulutlar hosil qilib,


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

109

yomgʻir, ba’zan esa qor tariqasida yogʻinlarni vujudga keltiradi. Oʻzbekiston
iqlimining tarkib topishida uning yer usti tuzilishi – relyefi ham ta’sir etadi [3].

Oʻzbekiston hududining sharqi va janubi togʻlar bilan oʻralgan boʻlib, gʻarbi va

shimoliy qismi ochiq. Shu sababli uning hududiga shimoldan, shimoli-gʻarbdan va
gʻarbdan esuvchi sovuq havo massalari bemalol kirib keladi. Aksincha, Respublikamiz
janubiy qismida Paropamiz kabi togʻlarning mavjudligi iliq tropik havo massalarining
kirib kelishiga toʻsiq boʻladi. Rel’efning Respublika iqlimiga ta’sirini ya’ni yogʻinlar
taqsimotida ham bilish mumkin. Ma’lumki, nam olib keluvchi gʻarbiy, shimoliy
gʻarbiy havo massalari yozda qishga nisbatan koʻproq esadi, lekin uning tekislik qismi
yozda nihoyatda qiziganligi sababli yogʻin vujudga kelmaydi.

Buning ustiga bir xil balandlikka ega boʻlgan togʻlarning gʻarbiy, janubiy

gʻarbiy yonbagʻirlariga yogʻin koʻp tushsa, nam havo massalariga teskari
yonbagʻirlariga juda kam yogʻin tushadi. Relyefning iqlimga koʻrsatayotgan ta’sirini
Surxon-Sherobod vodiysi misolida ham yaqqol koʻrish mumkin [8]. Bu vodiy
sharqdan, shimoldan va gʻarbdan togʻlar bilan oʻrab olinganligi tufayli sovuq havo
oqimini toʻsadi, oqibatda qish Oʻzbekistonning boshqa qismlariga nisbatan iliq boʻlib
yanvar oyining oʻrtacha harorati Termizda 2,8°, Sherobodda esa 3,6° haroratini tashkil
etadi. Relyef faqat Respublikamizda harorat va yogʻinlarning taqsimotiga emas, balki
shamollar, ayniqsa mahalliy shamollar fyon, garmsel, Afgʻon shamoli, Bekobod
shamolining vujudga kelishiga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi.

Subtropik havo massalari tropik hududlardan keladi.“Subtropik havo massasi”

bu iqlim zonasining subtropik hududlarida joylashgan va asosan issiq, quruq havo bilan
tavsiflangan havo massalaridir.

Subtropik havo massalarini hususiyatlari quyidagilar:
1) Issiqlik: Subtropik havo massalari iliq va juda issiq bo’ladi. Ular asosan 23.5°

va 35° geografik kengliklar orasida, ya’ni tropik va o’rta kengliklar o’rtasida
shakllanadi. Bu hududlarda quyosh nurlari to’g’ridan to’g’ri tushadi, bu esa havo
massasining yuqori haroratga ega bo’lishiga olib keladi.

2) Quruqlik: Subtropik havo massalari ko’pincha quruq bo’ladi. Ular ko’pincha

kontinentlar ustida shakllanadi, shuning uchun namlik darajasi past bo’ladi. Bu havo
massalari ko’pincha cho’llar yoki sahrolarga xos bo’ladi.

3) Barqarorlik: Subtropik havo massalari, ayniqsa quruq mintaqalarda, yuqori

bosim maydonlarini yaratadi. Bu havo haroratining va bosimning o’zgarishlarini
sekinlashtiradi va bu iqlimda yomg’irning kam bo’lishiga olib keladi.

4) Yomg’ir: Subtropik havo massasida yog’irlar juda kam bo’ladi, chunki ular

asosan yuqori bosimi va quruqlikni ta’minlovchi xususiyatlari namlikni osongina


background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

110

tushiradi. Biroq, ba’zi subtropik hududlarda (masalan, subtropik hovo massalari mo’rt
zonasida) mavsumiy yomg’irlar bo’lishi mumkin.

5) Mintaqalar: Subtropik havo massalari ko’pincha Yaqin Sharq, Janubiy va

Shimoliy Amerika qit’alari, Afrikaning shimoliy qismida va boshqa quruq
mintaqalarda uchraydi. Subtropik havo massalari glabal iqlim tizimiga ta’sir
ko’rsatadi, chunki ular issiqlik va namlikning tarqlishiga hamda yog’ingarchilikning
ko’pligiga yoki kamligiga saba bo’ladi [6].

Iqlimga bog’liq holda havo massalari ham o’zgaradi. O’zbekiston iqlimiga

mo’tadil va subtropik havo massalarining anomaliyalari, asosan yoz oylarida yuqori
haroratlar, kam yomg’inlar va qurg’oqchilikning kuchayishiga ta’sir qilmoqda. Issiq
haroratlar yerning qurib ketishiga olib keladi. Shu bilan birga, bu subtropik iqlimda
yozda suv ta’minoti muammolari ko’payadi [7]. O’zbekistonning ko’plab hududlari
sug’oriladigan yerlar bilan qoplangan, lekin sug’orish uchun suv resurslarining
kamayishi va suvning tejab foydalanish zaruriyati bunday hududlarda qishloq
xo’jaligini yanada murakkablashtiradi.

Suv resurslari, jumladan, Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolar orqali

ta’minlanadi, ammo iqlim o’zgarishi yuqori issiqlik natijasida suvning kamayishi
muammo bo’lishi mumkin. Mo’tadil va subtropik havo massalari yerning sho’rlanishi,
erozyon va boshqa muammolarga olib kelishi mumkin [1].

Xulosa.

Subtropik iqlimning eng aniq ta’siri O’zbekistonda qishloq xo’jaligi

faoliyatiga bog’liq. Bu iqlim turi issiq va quruq yozlar bilan tavsiflanadi, bu esa ekinlar
uchun ba’zi ijobiy imkoniyatlar yaratadi. Masalan, mevali ekinlar, paxta, bodam, uzum
kabi tropik va subtropik o’siliklar uchun juda qulay sharoitlar mavjud. Subtropik
iqlimda hosil olishda quyosh nurining ko’p bo’lish bo’lishi ekinlarning tez yordam
beradi.

Subtropik havo massalari ayniqsa yozda, tuproqning tezroq isib, o’simliklar

uchun optimal sharoit yaratishga yordam beradi. Quyoshning kuchli nurlari va issiq
havo tuproqdagi mikroorganizmlarni faollashtiradi, bu esa ozuqa moddalarining
unumdorligini oshirishga olib keladi. Bunday sharoitlar, o’simliklarning tez o’sishi
uchun foydali bo’ladi.

Subtropik iqlimda quyosh nurlari ko’p bo’lganligi sababli, O’zbekiston quyosh

energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatiga ega. Bunday iqlimda quyosh
energiyasini ishlab chiqarish uchun fotovoltaik panellarini o’rnatish va boshqa qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish foydalidir. Bu energetika resurslarini
tejash va yashil enertgiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.



background image

ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333

ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024

VOLUME-3, ISSUE-1

111

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Baratov P. O`rta Osiyo daryolari va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati.

Toshkent. 1967.

2.

Баратов П. в бошқ. Ўрта Осиё табиий географияси. Ўқув қўлланма. - Т.:

Ўқитувчи: 2002.—440 б.

3.

Баратов П. Узбекистон табиий географияси: Ўқув қўлланма. - Т.:

Ўқитувчи: 1996,— 264 б.

4.

Балашов Е. Н., Житомирская О. М., Семенова О. А. Климатическое

описание республик Средней Азии. Гидрометеоиздат. Л., 1960.

5.

Samiyev U.A. Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi. Darslik: Andijon “Omadbek

print number one” MChJ nashriyoti – 2024 yil / 230 b.

6.

Vaxobov X, Abdulqosimov A.A, Alimkulov N.R. Materiklar va okeanlar

tabiiy geografiyasi: O’quv qo’llanma – Toshkent. 2020. -425 bet

7.

Alisherovna, M. K. (2021). Car transport an approach to the research of the

essence of investment activities of enterprises. Asian Journal Of Multidimensional
Research, 10(5), 415-418.

8.

Худойназаров, Ф. Х. (2024). Кичик Бизнес Субъектлари Фаолиятини

Рақамли Технологиялар Асосида Ривожлантириш Билан Боғлиқ Бўлган
Муаммолар. International scientific journal of Biruni, 3(2), 245-265.

9.

Аbdumаjitоvnа, V. N. (2024). Government Of Turkestan Autonomy And Its

Activities. International Journal of Advance Scientific Research, 5(12), 179-181.

10.

Уктамов У.Ш. Факторы, влияющие на трансформацию ландшафтов

Центральной Ферганской пустыни. // “Экономика и социум” №7 (98) 2022.

11.

Alisherovna, M. K. (2020). Analysis and evaluation of sources of

investment in automotive transporti enterprises. South Asian Journal Of Marketing &
Management Research, 10(4), 74-78.

12.

Uktamov U.SH. Analysis of disturbances in the ecological balance and

geoecological situation in desert landscape complexes of Central Fergana. // Nature
and Science USA, New York, 2024.

13.

Mukhitdinova, K. A. (2020). The Importance of Sources of Financing of

Transportation System. In Наука 2020. Теория И Практика (pp. 23-25).

14.

Alisherovna, M. K. (2022). Assessment of investment attractivity of

industrial enterprises.

15.

Mukhitdinova, K. A. (2022). Technical And Economic Condition Of Oil

Drilling From The Field Of" Mubarak Ogp" Enterprise.

References

Baratov P. O`rta Osiyo daryolari va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati. Toshkent. 1967.

Баратов П. в бошқ. Ўрта Осиё табиий географияси. Ўқув қўлланма. - Т.: Ўқитувчи: 2002.—440 б.

Баратов П. Узбекистон табиий географияси: Ўқув қўлланма. - Т.: Ўқитувчи: 1996,— 264 б.

Балашов Е. Н., Житомирская О. М., Семенова О. А. Климатическое описание республик Средней Азии. Гидрометеоиздат. Л., 1960.

Samiyev U.A. Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi. Darslik: Andijon “Omadbek print number one” MChJ nashriyoti – 2024 yil / 230 b.

Vaxobov X, Abdulqosimov A.A, Alimkulov N.R. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi: O’quv qo’llanma – Toshkent. 2020. -425 bet

Alisherovna, M. K. (2021). Car transport an approach to the research of the essence of investment activities of enterprises. Asian Journal Of Multidimensional Research, 10(5), 415-418.

Худойназаров, Ф. Х. (2024). Кичик Бизнес Субъектлари Фаолиятини Рақамли Технологиялар Асосида Ривожлантириш Билан Боғлиқ Бўлган Муаммолар. International scientific journal of Biruni, 3(2), 245-265.

Аbdumаjitоvnа, V. N. (2024). Government Of Turkestan Autonomy And Its Activities. International Journal of Advance Scientific Research, 5(12), 179-181.

Уктамов У.Ш. Факторы, влияющие на трансформацию ландшафтов Центральной Ферганской пустыни. // “Экономика и социум” №7 (98) 2022.

Alisherovna, M. K. (2020). Analysis and evaluation of sources of investment in automotive transporti enterprises. South Asian Journal Of Marketing & Management Research, 10(4), 74-78.

Uktamov U.SH. Analysis of disturbances in the ecological balance and geoecological situation in desert landscape complexes of Central Fergana. // Nature and Science USA, New York, 2024.

Mukhitdinova, K. A. (2020). The Importance of Sources of Financing of Transportation System. In Наука 2020. Теория И Практика (pp. 23-25).

Alisherovna, M. K. (2022). Assessment of investment attractivity of industrial enterprises.

Mukhitdinova, K. A. (2022). Technical And Economic Condition Of Oil Drilling From The Field Of" Mubarak Ogp" Enterprise.