127
UDK 581.4+582.998. (575.151).
STEVIA REBAUDIANA BERTONI O‘SIMLIGINI ONTOGENEZ
DAVRLARI.
TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR
UNIVERSITETI
O‘RMONCHILIK DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA MANZARALI
BOG‘DORCHILIK KAFEDRASI
assistenti:
Xaydarov Mirzoxid Baxtiyor o‘g‘li
xaydarovmirzohid03@gmail.com
Veterinariya (farmasevtikasi) ta‘lim yo‘nalishi
talabasi:
Do‘stmurotova Gulmira Abubakir qizi
.
do‘smurodovagulmira
@gmail.com
Аnnotatsiya.
Ushbu maqolada respublikamizda aholi salomatligini saqlashda
dorivor o‘simlik xom-ashyo maxsulotlarni farmasevtika sanoatiga taminlash
maqsadida,
Stevia rebaudiana bertoni L o‘simligining ontogenez davr va bosqichlari
o‘simlikni o‘sishi,rivojlanishi biologik va marfologik hususiyatlari hamda dorivorlik
hususiyatlari bayon etilgan.
Аннотация:
В данной статье рассмотрены период и стадии онтогенеза
растения Стевия ребаудиана. с целью обеспечения фармацевтической
промышленности лекарственным растительным сырьем и охраны здоровья
населения нашей республики.
Abstract.
In this article, the ontogenesis period and stages of Stevia rebaudiana
bertoni L. plant are considered in order to provide the pharmaceutical industry with
medicinal plant raw materials and protect the health of the population of our republic.
Kalit so‘z:
Stevia rebaudiana, Ertapishar, T.A. Rabotnov, latent, virginil,
generativ, yorug‘lik, ildiz ,kaudeks, Introduksiya, adaptatsiya.
Ключевые слова:
Стевия ребаудиана, доброе утро, Т.А. Работнов,
латентный,
девственный,
генеративный,
световой,
корень,
каудекс,
Интродукция, адаптация.
Keywords:
Stevia rebaudiana, Ertapishar, T.A. Rabotnov, latentnyy,
devstvennyy, generativnyy, svetovoy, koren, caudex, Introduction, adaptation.
Stevia rebaudiananing ontogenez davrlari.
Hozirgi davrda o‘simliklar
introduksiyasining ahamiyati kamaymasdan, balki ilgarigidek sayyoramiz o‘simliklari
resurslarini o‘zlashtirishning yangi istiqbollarini ochib bermoqda. Ertapishar, serhosil,
128
turli kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga
moslashgan va boshqa foydali xo‘jalik belgilariga ega o‘simliklarni tanlash va sinash
jarayonlarida ham o‘simliklar introduksiyasining o‘rni beqiyosdir.
Introduksiya qilinayotgan
S. rebaudiana
ning individual taraqqiyotini, ya’ni
o‘sishi va rivojlanishini ontogenezda o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bu o‘simlikning
ontogenezi Surxondaryo viloyati sharoitida o‘rganilmagan. Yangi sharoitda
iqlimlashtirilayotgan o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishining qanday kechishi esa
adaptatsiyaning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.
Iqlimlashtirilayotgan turlarning yangi sharoitga moslashish xususiyatlari o‘simlik
ontogenezining dastlabki davrlaridayoq namoyon bo‘ladi. Shu sababli,
S. rebaudiana
o‘simligining ontogenezini o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega, chunki
o‘simlik ontogenezining dastlabki davrlarini o‘rganish, uning keyingi o‘sish va
rivojlanishi haqida fikr yuritish imkonini beradi [15], [16], [17], [55], [59]. Har qanday
o‘simlik ontogenezida qator morfologik, anatomik, fiziologik va bioximik
o‘zgarishlarga o‘chraydi [47].
T.A. Rabotnov [57], [58] uslubi bo‘yicha
S. rebaudiana
ning o‘sishi va
rivojlanishini quyidagi davrlarga ajratdik: latent, virginil, generativ. Virginil davr o‘z
navbatida esa 4 bosqichga bo‘linadi: maysa, yuvenil, immatur, voyaga yetgan virginil
yoshli o‘simlik. Quyida bu o‘simlikning ana shu davrlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Latent davri.
Urug‘ning tinim holati - asosiy moslanish xususiyatlaridan biridir.
Meva va urug‘lar murtakni himoya qilish va unish vaqtigacha saqlash kabi
funksiyalarni bajaradi.
Urug‘ unuvchanligi - o‘simlikning urug‘dan ko‘payishi va
tiklanishi, turning taqdirini hal qiluvchi hamda urug‘ sifatini belgilovchi asosiy
ko‘rsatkichlardan biri hioblanadi [14]. Bu davr urug‘ning pishib yetilishidan ildizcha
paydo bo‘lishigacha o‘tgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Surxondaryo sharoitida
S.
rebaudiana
urug‘lari oktabr oyi o‘rtalaridan dekabr oyining boshlarigacha pishib
yetildi.
S. rebaudiana
ning 5 dona (ba’zan 6 dona) urug‘lari savatchada yetiladi. Bizga
ma’lumki, ko‘p gulli o‘simliklarning urug‘lari birlamchi tinim davrini o‘taydi. Ayrim
o‘simliklarning birlamchi tinim davri bir necha o‘n kun hisoblansa, ayrim
o‘simliklarda bu holat bir necha o‘n yillab saqlanadi va o‘ziga qulay sharoit
tug‘ilgandagina unib chiqadi. Surxondaryo viloyati dala sharoitida
S. rebaudiana
urug‘ining tuproqdagi tinim davri 1,5-2,5 oygacha cho‘zildi. Bu sharoitida o‘stirilgan
S. rebaudiana
urug‘larining uzunligi 3,8±0,19 mm, eni 1±0,1 mm, yengil, shamol
yordamida tarqaladi. Laboratoriya sharoitida urug‘larning unib chiqishi uchun qulay
28
0
S li haroratda 41±2,8%, dala
sharoitida (havo harorati 10-13
°
S) esa 15-18% urug‘lar
unib chiqdi.
S. rebaudiana
urug‘lari uzoq vaqt saqlanganda, unish xususiyatini ancha
yo‘qotadi. 1000 dona urug‘ og‘irligi 0,26-0,29 g bo‘lib, urug‘ unuvchanligi 37 oygacha
saqlanib turadi. Unish jarayoni urug‘larning ivishi bilan boshlanadi, ya’ni urug‘lar
129
namlangandan so‘ng murtak o‘z maromiga yetgach, kattalasha boradi va urug‘larning
po‘stini yorib chiqa boshlaydi.
Virginil davr.
Maysa bosqichi.
Respublikamizda o‘sadigan an’anaviy ozuqabop
o‘simliklar ko‘pincha kuz oylarida (oktabr, noyabr) ekiladi.
S. rebaudiana
esa tropik
mintaqa o‘simligi bo‘lganligi sababli turli muddatlarda uning urug‘lari (2024-y)
yanvar, fevral va mart oylarida ekib ko‘rildi.
S. rebaudiana
ning urug‘palla barglari
teskari tuxumsimon, och yashil rangda, uzunligi 0,7±0,05 sm, eni 0,4±0,05 sm. Urug‘
po‘sti urug‘palla bargi bilan tuproq yuzasiga chiqishi (3.1.b-rasm), ba’zan tuproq
ostida qolishi mumkin. Dastlab och yashil rangda bo‘lgan urug‘palla barglari asta-
sekin yashil rangga kiradi va ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmas darajada tuklar bilan qoplanadi
Yanvar oyida plyonka tagidagi tuproqda urug‘ unuvchaligi boshqa muddatlarda
ekilgan urug‘larga nisbatan yuqori bo‘ldi. Yanvar oyida ekilgan urug‘lar 7-8 kundan
boshlab unib chiqdi. Oradan 10-15 kun o‘tgach, maysalarning yoppasiga unib chiqishi
kuzatildi . Urug‘palla bargning yuzaga chiqishigacha ildizcha 1,2±0,08 sm gacha
o‘sadi. Urug‘palla asosida joylashgan kurtak 10-11 kundan so‘ng rivojlana boshlaydi.
Bu vaqtda o‘q ildizning uzunligi 3±0,14 sm bo‘lib, undan 0,8±0,1 sm uzunlikdagi II -
tartibli ildizlar hosil bo‘la boshlaydi. Maysa bosqich o‘rta hisobda (2023-2024 yillar)
10-11 kun davom etadi.
1-rasm stevia rebaudiana bertoni urug‘ko‘chatlari ontogenezi.
Yuvenil bosqich.
Fevral oyining o‘rtalarida urug‘palla barglar orasidan
o‘sayotgan novdada dastlabki haqiqiy barglar paydo bo‘la boshladi.
130
Barglar shakli yuraksimon, uchli, yashil yaproqli bo‘lib, barg uzunligi 0,4±0,05
sm,
eni
0,2±0,05
sm
ga
yetadi.
Ildiz
bo‘ynidan
ikki
va
uchinchi tartibli yon ildizlar hosil bo‘ldi. Bu vaqtda o‘q ildiz uzunligi 4,5
0,6 sm ga
yetdi.
S. rebaudiana
ning o‘q ildizi yo‘qoladi, ayrim hollarda saqlanib qoladi. Hosil
bo‘lgan ikkita haqiqiy barg novdada qarama-qarshi joylashib, yetuk o‘simlik bargiga
o‘xshaydi, 20 kundan keyin 4 juft barg paydo bo‘ldi. Barg shakllari lansetsimon
(nashtarsimon) uchli, chetlari arrasimon qirqilgan bo‘ladi. Aprel oyining boshlariga
kelib, urug‘palla barglar to‘kilib ketdi. Yuvenil bosqichi o‘simlik hayotining 40-45
kunini o‘z ichiga oldi.
Quyidagi 1-jadvalda Sho‘rchi tumani sharoitida murtak organlarining o‘sish
xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Tajribaning birinchi kunlarida murtak
organlarining o‘sishi uncha sezilmaydi.
1-jadval
Urug‘larning bo‘rtish davridagi murtak organlarining o‘sishi va rivojlanishi
Urug‘ ekilgandan
keyingi kun
Uzunligi, sm
murtak
urug‘palla barg
gipokotil va ildizcha
8
0,8
0,05
0,4
0,04
0,5
0,04
11
1,2
0,07
0,5
0,04
0,7
0,06
14
1,6
0,07
0,7
0,04
0,9
0,06
17
2,7
0,08
0,8
0,05
1,9
0,1
20
3,8
0,09
0,9
0,07
2,7
0,09
23
4,2
0,06
0,9
0,05
3,3
0,1
Murtak organlarining o‘sishi tajribaning 8-kunidan boshlanadi. Ko‘rinib
turibdiki, murtakning umumiy uzunligi 0,8
0,05 sm ga yetganda gipokotil va ildizcha
0,5
0,04 sm uzunlikga ega bo‘lib, urug‘ po‘stini yorib tashqariga chiqadi. Murtakning
umumiy uzunligi 4,2
0,06 sm ga yetganda uchki kurtakda boshlang‘ich barglarni
bo‘rtmachalari paydo bo‘la boshlaydi. Murtak organlarining jadal o‘sishi tajribaning
14 kuniga to‘g‘ri kelib (1,6
0,07 sm), 20 kuni asta-sekin susaya (3,8
0,09 sm)
boshlaydi. 23-kuni urug‘palla barglarining o‘sishi to‘xtab (0,9
0,07), ildiz va
gipokotilning o‘sishi (3,3
0,1 sm) tezlashdi. Urug‘palla barglar to‘kilib ketadi.
Immatur bosqich.
Aprel oyi oxirida I-tartibli novdalar balandligi 23,5 1,2 sm
bo‘lib, bo‘g‘imdan bir juftdan yana barg chiqardi, keyin II - tartibli novdalar paydo
bo‘lishi kuzatildi. May oyida barglar soni 14 0,7 juftga yetganda, I-tartibli
novdalarning bo‘g‘imlaridan 4-6 ta II - tartibli novdalar o‘sa boshladi.
S. rebaudiana
ning I-tartibli novdalar balandligi 29 2,1 sm, barg o‘lchami 5,5 0,1-2,5 0,1 sm ga
yetdi. Bu davrda o‘simlik yer ustki qismlari hamda II –tartibli novdalar tez o‘sdi.
131
a b
2.-rasm.
S. rebaudiana
ning ontogenezi: a,b-latent davri; v-maysa bosqich;
g- yuvenil bosqich; d-immatur bosqich
Ildiz tizimining (o‘q ildiz) uzunligi 13 2 sm, uning diametri 18 2 sm ga yetdi. Iyun
oyining oxiri va iyulning boshlarida o‘simliklarning balandligi 82 3,4 sm ga yetib,
ularda 8-12 tagacha 30±2–25±1,3 sm uzunlikdagi I –II -tartibli novdalar va 10-13 sm
uzunlikdagi III-tartibli novdalar mavjud bo‘ldi Bu vaqtda o‘simlikda eng uzun bo‘g‘im
132
oralig‘i 4,5-5,5 sm, eng kalta bo‘g‘im 0,5-1,0 sm ni tashkil etdi. Sentabr oyida
S.
rebaudiana
ning I-tartibli novdalar o‘sishi juda sekinlashdi. Shu vaqtdan boshlab
gullash davriga o‘tdi, novda va barg o‘lchamlari, novdadagi bo‘g‘im oralig‘i deyarli
o‘zgarmaydi. Bu bosqich 60-75 kun davom etdi.
3-rasm S. Rebaudianani virginal bosqichi.
Generativ davri.
Surxondaryo sharoitida parvarish qilinayotgan
S. rebaudiana
ning generativ davri haqida adabiyotlarda to‘liq ma’lumotlar keltirilmagan. Bizning
tadqiqotlarimizda ma’lum bo‘ldiki, dala sharoitida o‘sayotgan
S. rebaudiana
ning
barchasi generativ davrga o‘tdi. Barcha nihollarda dastlabki yildayoq ko‘pchilik
tuplarda mezoton va akroton shoxlanishi (3.3-rasm), ayrim tuplarda esa bazeton
shoxlanish tipi kuzatildi, undan generativ novdalar hosil bo‘ldi. Kunning yorug‘lik
uzunligi qisqarishi bilan avgust oyi oxirida generativ novdalardagi savatchalarda
g‘unchalar paydo bo‘ldi va ular 20-25 kun rivojlanib dastlabki gullar ochila boshladi.
Sho‘rchi sharoitida g‘unchalash, birinchi gul ochilishi, urug‘ hosil qilishi, birinchi
yilidayoq sentabr, oktabr oylarida bo‘lib o‘tadi. I-tartibli generativ novdaning uzunligi
8-12 sm bo‘lib, bitta generativ novdada 5 tadan 30 tagacha, bir tup o‘simlikda esa 200-
250 tagacha savatcha (to‘pgul) bo‘ladi. Savatcha diametri 0,4±0,05 sm bo‘lib, unda 5
ta gul joylashadi. Birinchi vegetatsiya yilidagi o‘simlik gullaridan meva va urug‘ hosil
bo‘ladi.
Popuk ildizi 25-30 sm chuqurlikgacha o‘sadi va yon tomonga taraladi. Generativ
davri dekabr oyining boshida ya’ni o‘simlikka ta’sir etadigan sovuq harorat ta’sirida
to‘xtaydi.
133
Senil davri
.
S. rebaudiana
ning senil davri 6-7 yillarda boshlandi.
Bu davrda I-tartibli novdaning balandligi 98±2,8 sm gacha yetdi, ildiz tizimida
(kaudeks) kuchli partikulyatsiya paydo bo‘ldi.
4-rasm s. rebaudiana generativ davri
134
a)
b)
5-rasm.
Stevia rebaudiana
ning generativ novdasi (a) va shoxlanish sxemasi (b)
0
20
30
40
50
60
70
80
90
100
110
10
I
II
II
III
III
III
III
IV
IV
IV
IV
IV
IV
IV
IV
III
III
III
III
II
II
см
135
Demak,
S. rebaudiana
o‘simligining kaudeksdagi partikulyatsiya hodisasi uning
qarishidan dalolat beradigan belgilardan biri bo‘lib hisoblanadi. Xulosa qilib shuni
aytish mumkinki, latent davri urug‘ning pishib yetilishidan unib chiqishgacha bo‘lgan
vaqtni o‘z ichiga oladi. Virginil davrining maysa bosqichida o‘simlikning xarakterli
tomonlaridan biri urug‘palla barglarining yetilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bosqich 10-
11 kun davom etdi. Yuvenil bosqichi birinchi chin barg vujudga kelishi bilan
boshlandi. Urug‘palla barglarning faol hayoti 25-30 kun davom etdi. Vegetatsiyasining
birinchi yilidayoq
S. rebaudiana
ning immatur bosqichi novdadagi bo‘g‘imdan bir
juftdan barg chiqarish bilan boshlandi hamda II - III - tartibli novdalar paydo bo‘ldi.
Mavsum yakunida I-tartibli novdalarning balandligi 110-115 sm, barglar soni 34-40
tani tashkil qildi.
Surxondaryo viloyati sharoitida
S. rebaudiana
tuplarining barchasi generativ
davrga o‘tdi. Generativ davrda
S. rebaudiana
ning o‘q ildizi 25-30 sm gacha
chuqurlashib, yon tomonga 30-35 sm gacha o‘sganligi kuzatildi.
6-rasm Generativ davrda
S. Rebaudiana bertoni.
XULOSA
1.
Surxondaryo viloyatida introduksiya qilingan qisqa kunli tropik o‘simlik
S.
rebaudiana
barcha ontogenez bosqichlarini o‘tadi. Foydali harorat yig‘indisi faqat
vegetatsiyaning boshlanishi muddatlariga tasir etdi. G‘unchalash va gullashning
boshlanishi kun uzunligining qisqarishi bilan izohlandi.
2.
Urug‘ unuvchanligi 3-yilgacha saqlanadi. O‘simlik urug‘larini plyonka
ostidagi namlangan tuproqqa ekish yanvarda 13
S haroratda 0,2-0,3 sm chuqurligi
136
amalga oshiriladi. 1 gektarga 7 kg urug‘ sepiladi. 1 m
2
da 480-500 urug‘ko‘chat
o‘stirish optimal natija hisoblandi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-noyabrda “Dorivor
o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4901-son qarori.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-mayda “Dorivor
o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan
keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-251-sonli qarori.
E.T.Axmedov Dorivor о‘simliklarni yetishtirishda innovatsion texnrologiyalar.
Darslik– Toshkent: 2021. 245 b.
3.
Nizomova M.U, To‘xtayev B.Yo Dorivor o‘simliklar urug‘chiligi va
ko‘chatchiligi. T.,2021. Анишин С.Л. Влияние площади питания стевии на урожай
сухого листа в Западной лесостепи Украины // Введение в культуру стевии -
источника низкокалорийного заменителя сахара: Тез. докл. межд. конф. – Киев,
1990. – С. 63-66.
4.
Артюшенко З.Т., Федоров Ал.А. Атлас по описательной морфологии
высших растений. Плод. – Л.: Наука, 1986. – 392 с.
5.
Артюшенко З.Т., Федоров Ал.А. Атлас по описательной морфологии
высших растений. Семя. – Л.: Наука, 1990. – 204 с.
