Authors

  • Tog‘ayev Javlonbek Shuhrat o‘g‘li
    O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.69225

Keywords:

3D max T-Flex cad Corona rederer 7 visualization Effter effect OPVT.

Abstract

Ushbu maqola T-62 tankning suv ostida to’siqlarni yengib o’tishini takomillashtirishda innavatsion yondashuvga bag‘ishlangan. T-62 tankining suv ostidan o’tkazishda uni imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 3D modelini ishlab chiqib foydalanib, ushbu model orqali tankga qo’yilgan innavatsion tizimni labaratoriya sinovlaridan o’tkazilganligi natijalari haqida ma’lumot berilgan.


background image

36

TANKLARNI SUV OSTIDA BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN

3D LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH

Tog‘ayev Javlonbek Shuhrat o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari

shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola T-62 tankning suv ostida to’siqlarni yengib

o’tishini takomillashtirishda innavatsion yondashuvga bag‘ishlangan. T-62 tankining
suv ostidan o’tkazishda uni imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 3D
modelini ishlab chiqib foydalanib, ushbu model orqali tankga qo’yilgan innavatsion
tizimni labaratoriya sinovlaridan o’tkazilganligi natijalari haqida ma’lumot berilgan.

KALIT SO

ZLAR:

3D max, T-Flex cad, Corona rederer 7 vizualizatsiya,

Effter effect, OPVT.

ANNOTATION:

This article is devoted to an innovative approach to

improving the T-62 tank's ability to overcome obstacles under water. In order to
expand the capabilities of the T-62 tank under water, a 3D model was developed and
used, and information was given about the results of laboratory tests of the innovative
system installed in the tank through this model.

KEYWORDS:

3D max, T-Flex cad, Corona rederer 7 visualization, Effter

effect, OPVT.

ASOSIY QISM:

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi tizimida zirxli qalqon vazifasini

o‘taydigan tankchilar bo‘linmasi mavjud. Ushbu bo‘linma T-62 (Rasm-1), T-64 va T72
tanklari bilan qurollangan, ammo tanklarimiz 1962- yil va 1972- yillarda ishlab
chiqarilganligi tufayli hozirgi zamonaviy qurolli mojarolarga harakatlar olib
borilganda nozik tomonlarianiqlanmoqda. mojarolarga harakatlar olib borilganda
nozik tomonlari aniqlanmoqda.

Hozirgi kunda ayrim davlatlar o‘rtasida bo‘lib kelayotgan nizolarda ishtirok

etayotgan ayrim davlatlar shunday tanklar bilan jihozlangan. Dushmanlar bundan unumli
foydalanib juda katta talofat yetkazishyapti. Xulosa qilib oladigan bo‘lsak jangovar
shaylik darajamizni har daqiqa kuchaytirib borish chora tadbirlarini ko‘rishga majburmiz.
Shuni inobatga olgan holda mavjud texnikalardan to‘g‘ri foydalanish va ularni zamonaviy
jang talablariga javob beradigan holda takomillashtirishimiz zarur. Ammo tanklarni
takomillashtirish yo‘lida qilinayotgan ishlar har doim ham biz kutgan natijani


background image

37

beravermaydi. Jangovar texnikalarimizni safdan chiqarib qo‘yish holatlari ham bo‘lib
turibdi. Ushbu kamchiliklarni inobatga olgan holda, biz qiladigan ishlardan birinchi
bo‘lib 3D loyihasini ishlab chiqishga qaror qildik. Loyihaning 3D ko‘rinishini madelini
islab chiqish natijasida tejamkorlik sarfini oshiramiz,

masalan:

- vaqtdan yutish imkoniyatiga ega bo’lamiz;

- iqtisodiy jihatdan katta mablag’ tejab qolamiz;
- jangovar texnikalarimizni ishdan chiqishini oldini olamiz;
- birgina 3D madel orqali ko‘plab yangi loyihalarimizni sinovdan o‘tkazish

imkoniga ega bo‘lamiz;

- Jangovar texnikalarimizni har bir detallarini yaxshi o‘rganamiz Tanklarimizni

suv ostida boshqarishdan oldin o‘rnatiladigan qo‘shimcha jihozlar quydagilardan iborat.

-

GPK-59

geropolukompas;

- Tankni havo bilan ta’minlash quvuri;
- Tank ekipajiga suv kira boshlaganda suvni tashqariga uloqtirish nasosi.
Ushbu jihozlar ayrimlari zamonaviy jang talablariga javob bermaydi: Masalan 3D

max dasturi GPK-59 geropolukompas ushbu qurilmani vazifasi mexanik- haydovchini
ko‘zlangan bir chiziqdagi marrasiga og‘ishmasdan yetkazib olib borish. Afsuski
mexanik-haydovchi undagi chiziq bo‘ylab yurishga majbur, chunki suv ostida tashqarini
ko‘rish imkoni bo‘lmagan. Bundan tashqari uning tan narxi ancha qimmat

GPK-59 geropolukompasning narxi- 185 $

Ishlab chiqilgan 3D modelimizda esa quydagi zamonaviy jihozlar o’rnatilgan:
- Tank ustiga kuzatuv kamerasi;
Balandligi – 3000 mm;
- Ekipaj – 4 ta odam;
- Suv kechib o‘ta olish chuqurligi – 5 m;
- Suv ostida xarakatlanish uzunligi – 1000 m.
Tankning 3D modelini ishlab chiqish hamda uni suv to’siqlarini yengib o’tish

uchun zamonaviy tizimni o’rnatishda quydagi dasturlardan foydalandik:

- 3D max;
- T-Flex cad;
Corona rederer 7 vizualizatsiya;
- Effter effect.
3D max ishchi oynasi Ushbu zamonaviy dastrurlar bizga innavatsion tizimimiz

qandey ishlashini to’liq yoritib berdi. Xulosa qilib aytganda, hozirgi davrda jangovar
qurol- yarog‘ va jangovar texnikalarning kuch-qudrati soniya sayin takomillashib
bormoqda. Shunga qaramasdan harbiy siyosiy vaziyatga qaraydigan bo‘lsak, ancha
notinch ayrim davlatlar o‘zlarini kuch qudratlarini amalda ko‘rsatishga harakat qilib
kelmoqda. Bundan tashqari kun sayin harbiy-siyosiy vaziyat ham keskinlashmoqda.


background image

38

Butun dunyo hozirgi kunga kelib qurol- yaroq va harbiy texnikani rivojlantirishga katta
e’tibor qaratib kelyapti. Shuni inobatga olgan holda, Muhtaram Prezidentimizning ham
Qurolli Kuchlarga bo‘lgan e’tibori ortmoqda va qurol- yaroq, harbiy texnikani
rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda va farmoyishlar,
qonunlar hamda ko‘rsatmalar ishlab chiqilmoqda. Shundan kelib chiqib, biz yoshlarga
hamda harbiylarga ham juda ko‘p imkoniyatlarni yaratib bermoqdalar. Ushbu
imkoniyatlardan kelib chiqqan holda biz O‘zbekiston Respublikasini rivoji uchun va
Qurolli Kuchlarning salohiyatini oshirish uchun tun-u kun mehnat qilish talab e’tiladi.
Malumki XXI asrga kelib qurolli mojarolarning soni ko‘payib ketdi, bu esa faqat o‘sha
davlatlargagina o‘z ta’sirini ko‘rsatibgina qolmasdan boshqa davlatlarga ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatib kelmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, qurolli mojarolarda masofadan
boshqariladigan qurollar, uchuvchisiz uchish aparatlari va robotlar o‘zlarining tezligi va
aniqligi bilan janglarda muvaffaqiyat olib kelmoqda. Lekin urushning zirxli qalqoni
bo‘lgan tanklar har bir qo‘shin uchun asosiy kuch bo‘lib kelmoqda, shuning uchun
dushman tomonidan birinchi yo‘q qilinishga urinilmoqda va buni ustidan chiqib
kelishmoqda. Tanklarni qudratidan to‘liq foydalanilmasliklari uchun dushman birinchi
raqamli nishon sifatida hisoblaydi. Demak, ushbu bo‘lib o‘tgan janglardan shuni inobatga
olish kerakki, tanklarni hozirgi zamonda jangda qudratini oshirish uchun uni yanada
takomillashtirishimiz zarur. Ya’ni undagi vazifalar miqdorini oshirib va harakat
mobaynidagi tezligini, o‘t ochish tezligini va manyovrchanlik imkoniyatlari ustida ishlar
olib borishimiz kerakligini ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida Mudofaa
Vazirligi tank bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan tanklarni ham kun sayin takomillashtirib
borib, zamonaviy jang talablariga mos va zamonaviy janglarda o‘zini to‘liq imkoniyatini
ko‘satish uchun ko‘plab sa’y harakatlar olib borilmoqda. Bundan bir necha yil oldin
bo‘lib o‘tgan Sardoba suv ombori voqealariga nazar soladigan bo‘lsak, ko‘plab
tanklarimiz va jangovar texnikalarimiz suv ostida qolishi natijasida katta talofatlarga
sabab bo‘lgan. Shuningdek evakuatsiya qilish juda katta to‘siqlarga duch kelgan.
O‘zbekiston sharoitida ko‘plab daryolar va suv omborlari mavjud, hattoki bitta davlat
chegaramizni ham daryo ajratib turadi. Shuni inobatga olgan holda tanklarni suv
to‘siqlarini yengib o‘tishni takomillashtirish uchun 3D loyihasini ishlab chiqdik va
laboratoriya sinovlaridan o‘tkazdik. Tanklarni suv ostidan to‘siqlarni yengib o‘tish
tizimini tubdan zamonaviy jihozlarga almashtirdik va buni natijasida judda katta yutuqqa
erishdik. Tanklarni suv ostidan o‘tkazish uchun T-62 tankini modelini ishlab chiqdik va
o‘shandan foydalandik. Albatta tanklarimizni suv ostidan o‘tkazish tizimini
takomillashtirganimizdan keyin amaliyot o‘tkazishimiz zarur, ammo uni to‘liq ishonch
hosil qilmasdan ko‘rko‘rona o‘tkazish natijasida katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi
mumkun edi. Shuning uchun loyihani 3D shaklida yasalganidan keyin biz qo‘ymoqchi
bo‘lgan tizimning eng optimal joylarini ko‘rib qo‘yishga muvofaq bo‘ldik. 3D loyihamiz


background image

39

tayyor bo‘lmasidan oldin jang maydonida noqulaylik tug‘diradigan joylarga qo‘ygan
edik, sinov laboratoriya natijalari orqali biz eng yaxshi variantlarga o‘rnatishga erishdik.
3D loyihasida sinovlardan o‘tkazish tankni o‘zidan sinovlarni o‘tkazishdan ko‘ra katta
effekt berdi. Chunki ko‘plab yoqilg‘i sarfidan, shaxsiy tarkib jalb qilinishidan, vaqt sarfi
va eng asosiysi yil fasllarining istalgan vaqtida sinov tajribalarni o‘tkazishga muvofaq
bo‘ldik. Ushbu izlanishlar bizga shuni berdiki, tanklarni suv ostidan o‘tkazish tizimidan
takomillashgan tizim o‘rtasidagi farq juda katta, bir misol tariqasida tezlikni oladigan
bo‘lsak: Tanklarni o‘zidagi mavjud tizim bilan tank suv ostida II uzatmada 10-15 km/soat
tezlikda harakatlanayotgan bo‘lsa ; tanklarni suv ostidan boshqarish tizimini
takomillashtirilgandan keyin esa III uzatmada 20-35 km/soat ni tashkil etib turibdi. Ushbu
loyiha har tomondan jangga ishonchli kirib borishni ta’milamoqda. Boshqa davlatlarning
tanklarini suv ostidan o‘tkazish tizimiga nisbatan solishtiradigan bo‘lsak eng zamonaviy
tank bilan bizning tanklardagi yangi tizimdan 3/2 tezlik past yuribdi. Ushbu tizim
dushman bizni kutayotgan vaqtdan ancha erta jang maydoniga kirib borishni ta’minlaydi.
Barcha tajriba sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va ushbu qurilmani tanklarga jihozlab
amaliy o‘tkazishni amalga oshirishimiz zarur ekanligiga amin bo‘ldik va tajriba
sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganimizdan keyin O‘zbekiston Respublikasida mavjud
barcha tanklarga o‘rnatishimiz kerak. Ushbu tizim tankning jangovar imkoniyatlarini
ancha oshirishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:

1. TANK, BMP VA BTR LARNI SUVLI TO’SIQLARDAN KECHIB O’TISH

BO’YICHA QO’LLANMA B.Raimov Chirchiq-2018 y

2. TANK VA ZIRXLI TEXNIKALARNI SUVLI TO’SIQLARDAN KECHIB

O’TISH BO’YICHA QO’LLANMA A.Qodirov Chirchiq-2016 y

3. 3D MAX DASTURINI O’RGANISH BO’YICHA QO’LLANMAD.X.

Mirhamidov, Q.J. Xolliyev.

4. T-62 TANKINI TUZILISHI VA EKSPLUATATSIYA QILISH KITOBI
5. www.world Tanks.Com.
6.Noyberger, S. A. Chet el piyodalarining jangovar transport vositalarining

asosiy funktsiyalari va ularning ahamiyatini baholash / S. A. Neuberger, V. K. Islomov.
// Yosh olim. — 2021. — No 48 (390). — B. 25-30. — URL:

https://moluch.ru/archive/390/86043/

7. Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni – IIAU
8. www.kun.uz

References

. TANK, BMP VA BTR LARNI SUVLI TO’SIQLARDAN KECHIB O’TISH BO’YICHA QO’LLANMA B.Raimov Chirchiq-2018 y

TANK VA ZIRXLI TEXNIKALARNI SUVLI TO’SIQLARDAN KECHIB O’TISH BO’YICHA QO’LLANMA A.Qodirov Chirchiq-2016 y

3D MAX DASTURINI O’RGANISH BO’YICHA QO’LLANMAD.X. Mirhamidov, Q.J. Xolliyev.

T-62 TANKINI TUZILISHI VA EKSPLUATATSIYA QILISH KITOBI

www.world Tanks.Com.

Noyberger, S. A. Chet el piyodalarining jangovar transport vositalarining asosiy funktsiyalari va ularning ahamiyatini baholash / S. A. Neuberger, V. K. Islomov. // Yosh olim. — 2021. — No 48 (390). — B. 25-30. — URL: https://moluch.ru/archive/390/86043/

Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni – IIAU

www.kun.uz