Authors

  • Eshqorayev Ulug’bek Choriyevich
    TISU, Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
  • Jumayeva Sarvinoz Musulmonovna
    -TISU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.81829

Abstract

Mazkur maqolada Surxon vohasi xotin-qizlari ko’p foydalanadigan quroq turlaridan biri-shaxmat quroq asosida bir xil shakldagi kvadrat mato parchalarini bir-biriga tartib va mahorat bilan birlashtirib “Transformer xamyon” yaratish jarayoni keltirilgan.


background image

6

QUROQCHILIK SAN’ATI VA UNGA INNOVATSION YONDASHUV

Eshqorayev Ulug’bek Choriyevich

- TISU, Pedagogika va psixologiya kafedrasi

dotsenti, texnika fanlari nomzodi.

Tel. +998993777037.

Ucheshkarayev@gmail.com

Jumayeva Sarvinoz Musulmonovna

-TISU talabasi


Annotatsiya

Mazkur maqolada Surxon vohasi xotin-qizlari ko’p foydalanadigan quroq

turlaridan biri-shaxmat quroq asosida bir xil shakldagi kvadrat mato parchalarini bir-
biriga tartib va mahorat bilan birlashtirib “Transformer xamyon” yaratish jarayoni
keltirilgan.

ИСКУССТВО ЛОСКУТНОГО ШИТЬЯ И ИННОВАЦИОННЫЙ

ПОДХОД К НЕМ

Аннотация

В данной статье представлен процесс создания «Кошелька-трансформера»

путем искусного и системного соединения квадратных кусков ткани одинаковой
формы по принципу шахматной доски — одного из видов лоскутного шитьё,
который обычно используют женщины Сурханского оазиса.

THE ART OF PATCHWORK AND AN INNOVATIVE APPROACH TO

IT

Abstract

This article presents the process of creating a "Transformer Purse" by skillfully

and systematically joining square pieces of fabric of the same shape using the
chessboard principle - one of the types of patchwork sewing that is commonly used by
women of the Surkhan oasis.


Xalqimiz o’zining boy badiiy merosi, yuksak milliy hunarmandchiligi an’analari

bilan, nafaqat, O’rta Osiyoda balki, butun dunyoda o’z o’rniga, o’z usuliga ega
mamlakatdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev bejizga quyidagi
fikrlarni tilga olmagan: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas
qilsa arziydigan ulug’ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz
bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk
adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bo’ladi”.

Quroqchilik san’ati ham ana shunday xalq amaliy san’ati turlaridan biri

hisoblanadi. Quroqchilik qadimiy tarixga va an’anaga ega. O’zbekiston Milliy


background image

7

Ensiklopediyasi kitobining XI jildida quroq haqida quyidagicha fikr yuritilgan: Quroq-
mayda bo’laklardan ulab, to’plab bezak yaratishdir va shu usulda yasalgan bezak
buyum ham quroq deb ataladi. Turli rang va shakldagi mayda mato parchalaridan
buyum bezak hosil qiladi. Amaliy san’atda keng tarqalgan: ko’rpa, ko’rpacha,
choyshab, so’zana, dasturxon, gilam, yostiq jildi, igna qadagich, choynak yopgich va
boshqa jihozlar qadimdan shu usulda tayyorlanib, ajoyib san’at namunalari yaratilgan.

Surxon vohasi xotin-qizlari ko’p foydalanadigan quroq turlaridan yana biri-

Shaxmat quroqdir. Shaxmat quroq – bir xil shakldagi kvadrat mato parchalarini bir
biriga tartib va mahorat bilan birlashtirish natijasida hosil bo’ladigan quroq turi.
Albatta, bu quroqda faqat oq va qora ranglardan foydalanilmasada, asos shaxmat
taxtasiga qiyoslanadi. Shaxmat quroq nafaqat bizning xalqimizda balki boshqa
xalqlarda ham qadimdan mavjud bo’lib, bu quroq turidan foydalanilib dasturxon,
ko’rpa, sumka, shuningdek, liboslar ham tikilgan. Bu quroqning tayyorlash jarayoni
nisbatan oddiyroq ko’rinsada, aslida alohida mahorat va ziyraklik talab etiladi. Chunki,
tayyorlanayotgan ishning muvaffaqiyati ranglarni to’g’ri tanlash va o’z o’rnida
foydalanishga bog’liq bo’ladi. Shaxmat quroqda yorqin ranglardan foydalanilishi
kishiga quvnoqlik va jo’shqinlik kayfiyatini bersa, neytral ranglarning tanlanishi esa
kishiga sokinlik tuyg’usini ulasha oladi.

Quroq tikish san’ati xalqimizning nafaqat estetik did sohibi, balki

isrofgarchilikka yo’l qo’ymaydigan, tejamkor va san’atga oshno qalb egasi ekanligidan
dalolat beradi. Shuni a’lohida ta’kidlab o’tish joizki, xalqimiz yaratgan har bir quroq
san’ati asari namunalaridagi belgilar, bezaklar va ramzlar so’zlaydi. Chunki, san’at
namunalarining hech bir qismi shunchaki emas, ulardagi har bir detal va ko’rinish xalq
turmush tarzi, orzu umidlari va an’analarini o’zida aks ettiradi.

Ana shunday misollardan biri ikki xil vazifa bajaruvchi qulay ixcham yengil

kamxarj hamyonni taqdim qilmoqchimiz.

Eng muhimi mato qoldiqlari va bitta zamok bo’lsa bo’lgani, qolgani esa qo’l

mehnatidir. Bu hamyonni nomini “Transformer xamyon” deb nomladik. Uch
santimetr qilib ikki xil matoni uzun qilib qirqib olamiz. So’ng’ra birlashtirib bir xil
qilib tikamiz. Tayyor bo’lgan birlashma matoni 3 sm dan qilib o’lchab kesib olamiz.
Qirqilgan bo’laklarni o’lchamini to’g’irlab bir biriga birlashtiramiz. Shunda oq qizil
rang bir birini takrorlab ketma ket keladi bu esa shashka va shaxmat doskasini eslatadi.
4 oq 4 ta qizil katakchalar hosil qilib, enini, so’ngra esa bo’yini yasaymiz.


background image

8

1-rasm. Transformer-xamyonning umumiy ko’rinishi
Hosil bo’lgan hamma mato birlashmasini tikib bo’lgach, tagini qattiqroq bo’lishi uchun
avval flazilin so’ngra esa hohlagan rangli mato bilan qoplaymiz. Mato chetini chiroyli
qilib tekislab, ortiqcha joylarini qirqib tashlaymiz.

2- rasm. Transformer-xamyonning shashka doskasiga aylanishi


background image

9

Keyingi vazifamiz zamok qo’yishdir. Moshinaning maxsus zamok tikadigan

tishidan foydalanib, zamogimizni bir xil qilib tikib olamiz. E’tibor berishimiz kerakki,
zamokning oxirgi mahkamlanadigan qismi tikilmay ochiq qolishi kerak. Shunda
xamyonni shaxmat doskasi ko’rinishida yoyganimizda tekis yoyiladi. Shashka
o’ynashda noqulaylik tug’dirmaydi. Dazmol yordamida orqa tomonidan yaxshilab
dazmollash tavsiya etiladi.

Shashka donalarini mato qoldiqlariga mos qilib tayyorlash mumkin.
Avvalo transformer so’ziga bir to’xtalib o’tsak. Transformer so’zi ingliz tilidan

olingan bo’lib, turli ma’nolarga ega. Umumiy ma’noda, ,,Bir narsani o’zgartiruvchi
yoki boshqa shaklga aylantiruvchi narsa”, degan ma’noni bildiradi.

Kvadrat shakl va mato qoldiqlaridan ilxomlanib transformer hamyon yaratildi.

Hamyonning hech qanday xarajatsiz yasalishi ayni muddao. Biz kundalik hayotimizda
juda ko’plab matolar bilan ishlaymiz. Lekin hammamiz ham mato qoldiqlaridan
unumli foydalana olmaymiz. Juda ko’plab san’at asarlari nodir qo’l ishlanmalari
yaratish imkoniyati bizning e’tiborimizdan chetda qoladi. Kundalik hayotimizda keng
qo’llaydigan uy ro’zg’or buyumlarimizdan tortib, mana bunday tarzda yasalgan
transformer hamyon ham sizga juda ajoyib daqiqalarni inom etishi mumkin.
Bolalarimizni telefon olamidan qutqarib ularni aqliy mehnatga, qolaversa qo’l
mehnatiga o’rgatsak nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Bemalol biron yaqiningizning yaxshi
kunlariga o’z qo’llaringiz bilan tayyorlab sovg’a qilsangiz uni quvontirasiz va o’zingiz
ham quvonasiz, chunki qo’l mehnati har doim qadrlanadi.

3-rasm. Transformer-xamyonning shashka donalari


background image

10

Bu hamyon ikki xil vazifa bajaradi. Juda yengil, ko’chada olib yurishga qulay,

bejirim hamyon va shashka doskasi hamdir. Shashka donalari o’quvchilar va yosh
bolalar o’ynaydigan rangli yumshoq yengil plastik po’kakdan yasalganligi sababli hech
qanday vaznga ega emas. Ko’tarishda noqulaylik tug’dirmaydi.

Plastik po’kakni kerakli shaklda yasab, quritib olsak ayni muddao. Shashka

donachalarining bir tomoniga ,,D” harfini ruchka yordamida yozib qo’yamiz.
Matoning rangiga qarab donachalarni hohlagan och to’q ranglardan foydalanib yasasa
bo’ladi. Bu shashka matosida oq va qizil rangdan foydalanilgani sababli donalari ham
huddi shunday rangda tayyorlandi. Biron donasi yo’qolgan taqdirda ham yana bemalol
yasab olsa bo’laveradi. Katta kichikligiga qarab Plastik po’kakdan juda ko’p shashka
donasi yasasa bo’ladi. Bolalarimiz bilan birgalikda bemalol o’ynashimiz mumkin.

Quroqchilik haqiqatdan ham bejirim san’at turidir. Mehr berganingiz sayin turli

xil g’oyalar kelaveradi. Hamda aytib o’tganimizdek, isrofga yo’l qo’yilmaydi. Bu
quroqchilik hunarini har bir ona o’z qiziga o’rgatishi kerak. Hayot davomida albatta
asqotadi. Ro’zg’origa foyda keltiradi. Hurmat qozonadi, axir tejamkor kelin kimga
ham yoqmaydi. “Epli kelin- sepli kelin”, degan ajoyib bir maqol bor.

Adabiyotlar

1. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi kitobiю XI jild. 2020 y.
2.Eshqoraev U.Ch. Chorieva D.U. Maktab o‟quvchilarning ijodiy qobiliyatini

rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari. Jizzax. Ilmiy-nazariy konferensiya. 2022
y.

3. Eshkaraev Ulugbek Chorievich. Bobolov Nuriddin Tojiyevich. Methods of

intensive development of creative activity of primary school students. Asian Journal of
Research in Social Sciences and Humanities. Vol. 12, May 2022.

4. Eshqoraev U.Ch. Chorieva D.U. Analysis of the situation in the lesson

process. Volume 3, Issue 12 of Emergent: Journal of Educational Discoveries and
Lifelong Learning (EJEDL), Dec., 2022.

5. Eshqoraev U.Ch. Davlayeva M.U. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy

faoliyatga tayyorlash texnologiyasi. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali.
Toshkent. 4-son. 2022 y.

6. Махмудов Ю. Г.б Эшкараев У.Ч. Инновацион таълим

технологияларидан укув жараёнида фойдаланишнинг методик-
дидактик асослари. Монография - Т.. “Yangi nashr” nashriyoti, 2019. 196
б.

References

O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi kitobiю XI jild. 2020 y.

Eshqoraev U.Ch. Chorieva D.U. Maktab o‟quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari. Jizzax. Ilmiy-nazariy konferensiya. 2022 y.

Eshkaraev Ulugbek Chorievich. Bobolov Nuriddin Tojiyevich. Methods of intensive development of creative activity of primary school students. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. Vol. 12, May 2022.

Eshqoraev U.Ch. Chorieva D.U. Analysis of the situation in the lesson process. Volume 3, Issue 12 of Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), Dec., 2022.

Eshqoraev U.Ch. Davlayeva M.U. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. Toshkent. 4-son. 2022 y.

Махмудов Ю. Г.б Эшкараев У.Ч. Инновацион таълим технологияларидан укув жараёнида фойдаланишнинг методик-дидактик асослари. Монография - Т.. “Yangi nashr” nashriyoti, 2019. 196 б.