Vol. 3 No. 4 (2025)
Articles
QUROQCHILIK SAN’ATI VA UNGA INNOVATSION YONDASHUV
Mazkur maqolada Surxon vohasi xotin-qizlari ko’p foydalanadigan quroq turlaridan biri-shaxmat quroq asosida bir xil shakldagi kvadrat mato parchalarini bir-biriga tartib va mahorat bilan birlashtirib “Transformer xamyon” yaratish jarayoni keltirilgan.
FRAZEOLOGIZMLAR ORQALI MILLIY XARAKTER VA MENTALITETNING NAMOYON BO'LISHI: INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI MISOLIDA
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan frazeologik birliklar orqali milliy xarakter va mentalitetning qanday ifodalanishi tahlil qilinadi. Frazeologizmlar – bu xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi va hayot falsafasini o‘zida aks ettiruvchi til birliklaridir.
Til har bir millatning ruhiy olamini namoyon etadi. Shu bois frazeologizmlarni solishtirish orqali xalqning fikrlash tarzi, qadriyatlari va ijtimoiy xatti-harakatlariga doir qimmatli ma’lumotlar olinadi. Bu jihatdan frazeologiya – lingvokulturologiyaning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridan olingan turli mavzulardagi frazeologik birliklar (mehnat, aqlli bo‘lish, omad, yurak, qo‘rquv, jur’at) misolida milliy xarakter va mentalitet farqlari ko‘rsatib beriladi.
Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek tillarining frazeologik tizimida mavjud o‘xshashliklar va farqlar orqali milliy o‘zlikning qanday namoyon bo‘lishini aniqlaydi.
ПРИЧИНЫ ПОДРОСТКОВОЙ ПРЕСТУПНОСТИ И МЕТОДЫ ЕЁ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ
Подростковая преступность представляет собой серьёзную социальную проблему, оказывающую влияние на стабильность и безопасность общества. В Республике Узбекистан наблюдается тревожная тенденция роста преступлений, совершаемых несовершеннолетними. Для эффективного противодействия подростковой преступности необходимо детально изучить её причины и разработать действенные методы предотвращения, учитывая особенности национального законодательства и международный опыт.
3d METALLAR IONLARINING KO‘P FUNKSIONAL IONITLAR BILAN ERITMALARDA KOMPLEKS BIRIKMALAR HOSIL QILISH JARAYONLARI TAHLILI
Rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida soʻnggi oʻn yilda sintetik ionitlarni ishlab chiqarish ikki barobarga ortgan. Olingan ionitlar hajmi jihatidan MDH davlatlari ikkinchi oʻrinda turadi va 65 foizi gidrometallurgiya sanoati korxonalarida metalllarni kontsentrlash va ajratishda, xalq xoʻjaligining turli sohalarida ichimlik suv olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan ionitlar AES, IES va sanoat chiqindilarini tozalashda 15%, kimyoviy texnologiyalarda 9%, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati 6% va qolgan qismi boshqa sohalarda qoʻllaniladi
TARKIBIDA DISPERS GIL BO‘LGAN POLIPROPILEN TOLALARI ASOSIDA OLOVGA CHIDAMLI MATOLAR ISHLAB CHIQISH
Funktsionallashtirilgan nanokillarni yaxshilash uchun qo'shimchalar sifatida foydalanishga bo'lgan qiziqish mavjud polipropilen termoplastiklarda valentlik xususiyatlari va yong'in ko'rsatkichlari ko'p adabiyotlar mavjud bo'lsa, tola shaklida bu polimerga kam e'tibor berilgan. Bunda qog'oz biz uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar va filamentlar va lentalarning xususiyatlari haqida xabar beramiz eritish yo'li bilan tayyorlangan polipropilen-gildagi funktsional loyning dispersiyalarini o'z ichiga oladi ikki vintli ekstruderda polipropilenni birlashtirish. Kichik bir qismi (1-3%) loyning tarqalishini yaxshilash uchun modifikatsiyalangan payvandlangan polipropilen ham kiritilgan. Issiq presslangan plyonkalarning nurlanish difraksiyasi, elektron mikroskopik transmissiya bilan birlashtirilgan tadqiqot loyning tarqalish darajasini baholash uchun ishlatilgan. Loy dispersiyasida nano-daraja TEM tomonidan kuzatilgan, ammo rentgen tekshiruvidan interkalatsiya aniqlanmagan. Birlashtirilgan namunalar bitta vintli ekstruder yordamida filamentlarga eritilgan va shamoldan oldin chizilgan. Loy o'z ichiga olgan polipropilenning fizik xususiyatlari filamentlar dispers loyning mavjudligi filament modulini oshirganligini ko'rsatdi va edi ma'lum darajada nanodispersiyaga erishganligini qo'llab-quvvatlaydi. Tanlangan filament namunalari bor edi ularni mato namunalariga to'qish imkonini beradigan etarli darajada maqbul to'qimachilik xususiyatlari.
XALQARO VA MILLIY HUQUQIY ASOSLAR KONTEKSTIDA MEHNAT MIGRANTLARINING HUQUQLARI
Ushbu maqolada mehnat migrantlarining huquqiy holati xalqaro va milliy qonunchilik asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO), Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM), va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) konvensiyalarining asosiy prinsiplari, shuningdek, Rossiya va Koreya kabi qabul qiluvchi mamlakatlar qonunchiligi asosida migrantlarning asosiy huquqiy himoyasi tahlil qilinadi. O‘zbekistonning mehnat migratsiyasiga oid normativ-huquqiy bazasi o‘rganilib, norasmiy migratsiya oqibatida yuzaga kelayotgan huquqiy bo‘shliqlar va ziddiyatlar aniqlanadi. Maqolada xalqaro tajribaga tayangan holda, O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari migratsiyani boshqarishda huquqiy yondashuvning ustuvorligini isbotlaydi.
MINTAQADA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Maqolada mehnat resurslari, ularning shakllanishi tashkiliy – iqtisodiy ahamiyati nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Shuningdek, mehnat resurslarining o’ziga хоs хususiyatlaridan kelib chiqib, o’zaro farqlanishi asoslab berilgan. Mintaqada mehnat resurslaridan foydalanishning hozirgi holati tahlil qilingan va istiqbolda ulardan samarali foydalanish bo’yicha iqtisodiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
ATROF-MUHITNI ASRAB-AVAYLASH KO‘NIKMALARINI SHAKILLANTIRISHDA TA’LIM-TARBIYA MUHITINING TASHKIL ETILISHI: TARBIYACHINING KASBIY TAYYORGARLIGI VA KO‘NIKMALARI
Bugungi kunda atrof-muhit muhofazasi global miqyosdagi muhim masalalardan biriga aylangan. Ekologik muammolarning kuchayib borayotgani insoniyatdan yanada faol harakatlarni talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan ta’lim- tarbiya muhitining atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan holda tashkil etilishi, kelajak avlodda ekologik madaniyatni shakllantirishning asosiy omillaridan biridir. Mazkur maqolada tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi va ko‘nikmalari asosida ushbu muhitni yaratish muammolari tahlil qilinadi.
IQLIM O‘ZGARISHLARINING EKSPORT TARKIBIGA TA’SIRINI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH
Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishlarining O‘zbekiston eksport tarkibiga ko‘rsatayotgan ta’siri iqtisodiy-analitik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ekonometrik modellashtirish usullari asosida eksport mahsulotlarining hajmi va tarkibidagi o‘zgarishlar bilan iqlim omillari – harorat, yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilik darajalari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi. Tadqiqot 2010–2024 yillar oralig‘idagi statistik ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan. Olingan natijalar eksport siyosatini iqlim omillariga moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi
BOG‘CHA YOSHI BOLALARDA FOBIYANING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
. Maktabgacha yosh davri bolada psixik jarayonlarni jadal o‘sish davri hisobladi. Aynan shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar fobiyaga bo‘lgan munosabatni qochish xissi, kuchli xavotir va vahima bilan namoyon qiladi. Bolalarning fobiyaga bo‘lgan munosabatining shakllanishiga ota-onalar sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri boladagi fobiya haqida yoritib berilgan.
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ ТЕХНИЧЕСКОЙ ТВОРЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СРЕДСТВАМИ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
В статье говорится о важности организации учебного процесса так, чтобы учащиеся могли активно, с интересом и увлечением работать на уроке, использовать методы развития технической творческой компетентности учащихся посредством цифровых технологий, чтобы учащиеся могли видеть результаты своей работы и оценивать их.
АКТУАЛЬНОСТЬ ИЗУЧЕНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА.
Изучение русского языка пронизывает все аспекты нашей жизни. Он не просто инструмент общения, но и ключ к пониманию русской культуры и общества. Освоение языка открывает доступ к богатейшему литературному и художественному наследию, истории и традициям, формируя наше мировоззрение и способствуя взаимопониманию с русскоязычным населением