Bugungi kunda atrof-muhit muhofazasi global miqyosdagi muhim masalalardan biriga aylangan. Ekologik muammolarning kuchayib borayotgani insoniyatdan yanada faol harakatlarni talab etmoqda. Shu nuqtayi nazardan ta’lim- tarbiya muhitining atrof-muhitni asrashga yo‘naltirilgan holda tashkil etilishi, kelajak avlodda ekologik madaniyatni shakllantirishning asosiy omillaridan biridir. Mazkur maqolada tarbiyachining kasbiy tayyorgarligi va ko‘nikmalari asosida ushbu muhitni yaratish muammolari tahlil qilinadi.