Authors

  • Sayitova Umida Hikmatillo qizi
    Alfraganus universiteti, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent v.b., psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tsru.81835

Keywords:

fobiya qo‘rquv faoliyat maktabgacha yosh davri xavotir munosabat psixika nilish jarayonlari.

Abstract

. Maktabgacha yosh davri bolada psixik jarayonlarni jadal o‘sish davri hisobladi. Aynan shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar fobiyaga bo‘lgan munosabatni qochish xissi, kuchli xavotir va vahima bilan namoyon qiladi. Bolalarning fobiyaga bo‘lgan munosabatining shakllanishiga ota-onalar sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri boladagi fobiya haqida yoritib berilgan.


background image

33

BOG‘CHA YOSHI BOLALARDA FOBIYANING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Sayitova Umida Hikmatillo qizi

Alfraganus universiteti,

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi

dotsent v.b., psixologiya fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Anotatsiya.

Maktabgacha yosh davri bolada psixik jarayonlarni jadal o‘sish davri

hisobladi. Aynan shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar fobiyaga bo‘lgan munosabatni qochish xissi, kuchli
xavotir va vahima bilan namoyon qiladi. Bolalarning fobiyaga bo‘lgan munosabatining
shakllanishiga ota-onalar sezilarli ta’sir ko‘rsatadilar. Ushbu maqolada maktabgacha
yosh davri boladagi fobiya haqida yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

fobiya, qo‘rquv, faoliyat, maktabgacha yosh davri, xavotir,

munosabat, psixika, nilish jarayonlari.

Kirish.

Bola ilk yoshdan maktabgacha davrga o‘tgach, unda juda katta

o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bolada faoliyat doirasi kengayadi, mustaqilligi ortadi,
hatti-harakatlari ham boshqacha mazmunga ega bo‘la boshlaydi, bog‘chaga borishi
orqali muayyan pedagog tomonidan muayyan dastur asosida tarbiyalana boshlaydi.
Albatta bola hayotidagi bu o‘zgarishlar uning jismoniy va psixik kamol topishiga jiddiy
ta’sir etadi, uning keyingi hayotini belgilab beradi.

Bolaning nerv sistemasi ham o‘sib boradi. Lekin bog‘cha yoshidagi bolalarda

qo‘zg‘alishning ustunligi saqlanb qoladi, muvaqqat bo‘g‘lanishlar ham bir necha
marotaba takrorlashdan so‘ng kuchsiz hosil bo‘ladi. Bolada bilish jarayonlari ham
avvalgidan ancha murakkablashganidek, boladagi qo‘rquv va fobiyalar ham o‘ziga
yarasha murakkablashadi, yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi
bolalardagi fobiya va qo‘rquvni ko‘pchilik psixolog olimlar ishlarida ko‘rish mumkin.
Bolalar fobiyasi atrofimizda, jamiyatda ko‘p uchraydigan holatlardan biri hisoblanadi.
Fobiya borasida chet el olimlari ko‘pgina samarali ishlarni olib borishgan va albatta
o‘zbek olimlarining ham ilmiy adabiyotlarida fobiya haqida to‘xtalishgan. Ko‘p ilmiy


background image

34

adabiyotlarda ham olimlar orasida ham birinchi navbatda fobiya va qo‘rquvning farqi
haqida tushunchaga ega bo‘lish kerakligi takidlanadi. Fobiya va qo‘rquv bir biriga
yaqin va o‘z navbatidan bir biridan farq qiluvchi tushuncha hisoblanadi.

Muhokama.

Maktabgacha tarbiya yoshi – bu bolalikning 3-7 yoshlik davrlarini

o‘z ichiga oladi. Aynan shu davrda bolada hayotiga ta’sir qiladigan ko‘plab
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Albatta bola ham hissiy, ham ruhiy, ham jismonan ham
ijtimoiy jihatdan o‘sadi rivojlanadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning
mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari tarkib topa
boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha
yoshdagi davri, shunday bir davrki, ana shu darv mobaynida kelgusida qanday xarakter
xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarning asoslari yuzaga keladi.[1]

Haqiqatdan ham bolaning maktabgacha yosh davri shu qadar mazmundor va faol

davrdirki, bu davr bolaning kelgusida o‘sishida albatta o‘z aksini qoldiradi. Shuning
uchun maktabgacha yoshdagi davr ta’sir o‘tkazish kuchi jihatidan g‘oyat
mas’uliyatlidir.

Ko‘pchilik psixologik adabiyotlarni o‘rganib fobiya va qo‘rquv haqida ko‘plab

ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Avvalo qo‘rquv nima degan savolga javob
beradigan bo‘lsak. Qo‘rquv deb, subyet o‘zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon
yetishi mumkinligi haqida unga tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan
xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo‘ladigan salbiy hissiy holat.Eng
muhim ehtiyojlari bevosita blokada qilinishi natijasida ro‘y beradigan iztirob chekish
hissiyotidan farqli o‘laroq kishi qo‘rquv hissiyotiga berilganda muvaffaqiyatsizlikka
uchrashi mumkinligini faqat extimoliy tarzda biladi va ushbu prognozga binoan
harakat qiladi. Shu o‘rinda qo‘rquv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham
bo‘lishi, yoxud hissiy zo‘riqish, yoxud ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va
xavotirlangan tarzda yoki affektiv holatga tushgan tarzda kechishi mumkin.

Adabiyotlar tahlili.

Fobiya va qo‘rquv haqidagi eng birinchi fikrlarni M.Fasmera

qarashlarida kuzatish mumkin. Fobiyaning birinchi klinik tavsifini Gippokrat
balandlikdan qo‘rqishdan aziyat chekkan bemorda tasvirlagan.[2]

I.M.Xakimovaning "Deviant xulq-atvor psixologiyasi" o‘quv qo‘llanmasida

qo‘rquvga "Qo‘rquv bu- odamning o‘ziga yoki yaqin kishilariga taalluqli bo‘lgan
haqiqiy yoki xayoliy xavf- xatarga nisbatan qaytaradigan emotsional javob
reaksiyasidir." deya tarif beriladi.[5]

Bolalik davri instinktiv va ijtimoiy vositachilik qo‘rquvlari kesishadigan davr

hisoblanadi. Qo‘rquvning instinktiv, asosan hissiy shakllari bu hayotga affektiv
ravishda qabul qilingan tahdid sifatida qo‘rquvning o‘zi, va qo‘rquvning ijtimoiy


background image

35

shakllari esa uning intellektual qayta ishlanishi, qo‘rquvning o‘ziga xos
ratsionalizatsiyasidir.

R.V.Ovcharova qo‘rquvni quyidagi turlarga ajratadi: yosh qo‘rquvlari hissiy

jihatdan sezgir bolalarda kuzatiladi va ularning aqliy va shaxsiy rivojlanishining
xususiyatlarini aks ettirish sifatida qayd etiladi.[4] Ular quyidagi omillar ta'sirida paydo
bo‘ladi: ota-onalarda qo‘rquvning mavjudligi, bola bilan munosabatlarda tashvishli
bo`lish, xavf-xatarlardan haddan tashqari himoyalash va tengdoshlar bilan muloqotdan
izolyatsiya qilish; bir jinsdagi ota-onalar tomonidan ko‘plab taqiqlar yoki qarama-
qarshi jinsdagi ota-onalar tomonidan bolaga to‘liq erkinlik berish, shuningdek, oiladagi
kattalar tomonidan ko‘plab tahdidlar, yoki bunday imkoniyatning yo‘qligi, bir jinsdagi
ota-onalar bilan o`z rolini aniqlash imkoniyatining yo`qligi, asosan o‘g‘il bolalar
orasida. Ota-onalar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar, qo‘rquv kabi ruhiy jarohatlar,
tengdoshlar va kattalar bilan muloqot qilish jarayonida qo‘rquv bilan psixologik
zararlash ham qo‘rquvning paydo bo‘lishiga ta'sir qiladi.[3]

Nevrotik qo‘rquvlar katta hissiy intensivlik va zo‘riqish, uzoq davom etishi

yoki doimiyligi, xarakter va shaxsiyatning shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi,
boshqa nevrotik kasalliklar bilan o‘zaro bog‘liqlik, qo‘rquv obyektidan qochish bilan
tavsiflanadi. Nevrotik qo‘rquvlar uzoq davom etgan va hal qilinmagan tajribalar
natijasi bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha, bu tarzda sezgir bo‘lgan, ota-onalari bilan
munosabatlarda hissiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradigan, oiladagi siqilishlar yoki
nizolar tufayli o‘z qarashlarini buzgan bolalar ko‘proq qo‘rqishadi. Bu bolalar
xavfsizlik, hokimiyat va sevgi uchun kattalarga tayana olmaydi. Maktabgacha kattalar
va tengdoshlar bilan muloqot qilishda zaruriy tajribaga ega bo‘lmagan bolalar o‘ziga
ishonchsiz, kattalar umidlarini oqlamaslikdan qo‘rqadi, o‘qituvchidan qo‘rqadi.

Psixologiyada o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yo‘nalish, psixoanaliz yo‘nalishi asoschisi

Zigmund Freyd qo‘rquvni psixologik himoya mexanizmlari qatoriga qo‘shadi.
Qo‘rquv xavf-xatardan himoyalanish va undan qochish yo‘llarini izlashga undovchi
to‘gri emotsional holat hisoblanadi. Qo‘rquv sababli inson xavf-xatardan uzoqlashadi
va hayoti uchun xavfsiz holatni tanlaydi. Hech qachon qo‘rquvni his qilmaslik mumkin
emas. Qo‘rquv va xavotirning yo‘qligi ham psixik buzilish hisoblanadi. Zigmund
Freyd “Qo‘rquv nevrozi” atamasi ham qo‘llaydi. U qo‘rquvniquyidagi shakllarga
ajratadi:1)”yengil qo‘rquv” tashvish-mazmunsiz qo‘rquv.2) qo‘rquv-xavfni kutish
holati 3) qo‘rqish(боязнь)-ma’lum bir narsadan qo‘rqish holati 4) fobiya-muayyan
obyekt yoki hodisadan qo‘rqish, yengib bo‘lmash darajadagi obsesif qo‘rquv.
Freydning fikriga ko‘ra, fobiya paydo bolishining asosiy sababi bolalaik davrda
olingan psixologik travma hisoblanadi. Men (Ego) tomonidan psixologik ximoya


background image

36

tufayli ongsiz impulslarni (Id) amalga oshira olmasligi fobiyaning paydo bo‘lishiga
olib keladi. Freyd shuni ham ta’kidlaydiki, fobiyalar qulay sharoitda rivojlanishi va
yomonlashishi mumkin.[3]

Natiha va tahlil.

Fobiya nima u qanday holat degan savolga javob beradigan

bo‘lsak. Fobiya-bu, biror vaziyat, hodisa, predmetga nisbatan vujudga keladigan
birmuncha turg‘un va asossiz qo‘rquvdir. Fobiyalar real xavf bo‘lmagan holatda ham
paydo bo‘ladi, ya'ni fobiyadan aziyat chekuvchi kishilar fobiyaga sabab bo‘ladigan
hodisa va predmetni o‘ylaganlarida, tasavvur qilganlarida ham ularni qo‘rquv va
vahima qamrab oladi. Misol uchun balandlikdan qo‘rqadigan odam balandlikka
birinchi marotaba chiqqanda unda qo‘rquv paydo bo‘ladi. Ikkinchi marotaba
chiqqanda esa bu qo‘rquvni yenga olishi mumkin. Fobiya holatida esa birinchi
marotaba qo‘rquvni his qiladi va ikkichi marta balandlikka chiqa olmaydi. Xatto bu
haqida o‘ylaganda ham uni vahima bosadi. Kishini balandlikka chiqishga majburlansa
og‘ir ruhiy jarohat olib, hushdan ketish holatigacha borishi mumkin.

Fobiya miyaga mustahkam o‘rnashib, doimiy qo‘rquv, vahima holatlarini yuzaga

keltiradi. Bunday holatni aqlan nazorat qilib bo‘lmaydi. Fobiya vaqtida kishi o‘z hatti
harakatlariga javob bera olmaydi va o‘zini boshqara olmaydi. Fobiya qo‘rquvdan farqli
o‘laroq kuchli va turg‘un holda namoyon bo‘lishi, qo‘rquvni yuzaga keltiruvchi
obyektlardan qochish istagining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Yuqoridagilardan
tashqari fobiyani turlarga ajratilgan. Misol uchun ijtimoiy fobiya, agorofobiya,
gematofobiya va h.k. Xattoki, insonlar orasida fobofobiya ya'ni, fobiya bo‘lib
qolishdan qo‘rqish holatlari ham aniqlangan. Fobiyaga duchor bo‘lgan odam
qo‘rquvning asossizligini biladi lekin, bu qo‘rquvdan xalos bo‘la olmaydi. Bunday
yopishqoq qo‘rquvlarning paydo bo‘lish ehtimoli har bir insonda mavjuddir. Shu
sababli ham fobiyaning turli ko‘rinishlaridan aziyat chekayotgan insonlar sayyoramiz
aholisining 10-11%ini tashkil etadi. Insonlar orasida juda ko‘p uchraydigan
fobiyalarga misol tariqasida; uyida yong‘in chiqishdan, tok zarbasidan, ifloslikdan, ish
faoliyatini yo‘qotib qo‘yishdan, ishni boshlashdan, qarama qarshi jins vakillaridan,
yolg‘iz yurishdan, odamlar gavjum joydan qo‘rqish kabilarni aytishimiz mumkin. Shu
o‘rinda savol tug‘iladi bular oddiy qo‘rquv yoki xavotir bo‘lishi mumkinku? Albatta
yuqoridagi holatlar oddiy qo‘rquv yoki xavotir ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Lekin
bunday holatlar haqidagi o‘y-fikrlar miyamizni band etishi, qattiq qo‘rquvni hosil
qilishi, hatto o‘sha narsaning nomini eshitish va rasmini ko‘rish ham insonning
daxshatga solishga sabab bo‘lishi va eng asosiysi bunday yopishqoq qo‘rquvdan inson
o‘z iroda kuchi orqali xalos bo‘la olmasligi fobiyaga xos xususiyatlardandir.


background image

37

Ba'zi adabiyotlarda fobiyani ruhiy buzilish turlari tarkibigabiga kiritiladi.

I.M.Xakimovaning "Deviant xulq-atvor psixologiyasi" o‘quv qo‘llanmasida fobiyaga
ruhiy buzilishlar turlari tarkbiga kiritilib, fobiya- bu shiddatiga ko‘ra kuchli tashvishlar,
bo‘rtirib ko‘rsatilgan asossiz qo‘rquvlardir degan tarif beriladi. Yuqorida ko‘rsatilgan
tarifga ko‘ra fobiya jiddiy tusdagi, etiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan psixologik holat
hisoblanadi.[5]

A.I.Zaxarov tomonidan keltirilgan qo‘rquvning tasnifini eng to‘liq deb

hisoblash mumkin:[3]

Tabiatan: tabiiy, ijtimoiy, vaziyatli, shaxsiy.
Reallik darajasiga ko‘ra: haqiqiy va xayoliy.
Intensivlik darajasiga ko‘ra: o‘tkir va surunkali.
Qo‘rquv kuchli ifodalangan tuyg‘u bo‘lishiga qaramay, uning odatiy, tabiiy

yoki yoshga bog‘liq xarakterini va patologik darajasini farqlash kerak

Xulosa.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin bolalarning normal o‘sishiga

fobiyalar salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarda fobiyaning kelib chiqishiga sabab esa
oilaviy muhitning noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligidir. Bolalarda qo‘rquvning mavjudligi
tabiiy holdir. Agar qo‘rquv obsesiv va daimiy bo‘lmasa normaldir. Yoshga mos
ravishda mavjud bo‘ladi va yo‘qoladi. Lekin qo‘rquv barqaror va yosh qarab
yo‘qolmasa u fobiyaga aylanadi, bu esa bolaning normal rivojlanishiga, o‘sishiga,
moslashishi va ijtimoiylashishiga halal beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Keizer M. B. Child Behavioral Inhibition, Parental Overcontrol, and Parental
Anxiety as Predictors of Adolescent Anxiety : Thesis for the Degree of Master
of Science in Psychology / M. B. Keizer. - 2012.

2.

Чутко JI С. Когнитивные нарушения у детей с тревожно-фобическими
расстройствами / J1. С. Чутко [и др.] // Журн.неврологии и психиатрии. -
2011.

3.

Захаров А. И. Дневные и ночные страхи у детей. Сер. Психология ребёнка
/ А. И. Захаров. - СПб. : СОЮЗ, 2000.

4.

Овчарова Р. В. Психологические особенности материнства в неполной
семье / Р. В. Овчарова, М. А. Мягкова // Журн. теория и практика
общественного развития. - 2013.

5.

I.M.Xakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi.- Toshkent,2014.

References

Keizer M. B. Child Behavioral Inhibition, Parental Overcontrol, and Parental Anxiety as Predictors of Adolescent Anxiety : Thesis for the Degree of Master of Science in Psychology / M. B. Keizer. - 2012.

Чутко JI С. Когнитивные нарушения у детей с тревожно-фобическими расстройствами / J1. С. Чутко [и др.] // Журн.неврологии и психиатрии. - 2011.

Захаров А. И. Дневные и ночные страхи у детей. Сер. Психология ребёнка / А. И. Захаров. - СПб. : СОЮЗ, 2000.

Овчарова Р. В. Психологические особенности материнства в неполной семье / Р. В. Овчарова, М. А. Мягкова // Журн. теория и практика общественного развития. - 2013.

I.M.Xakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi.- Toshkent,2014.