Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
142
O’RTA OSIYO UMURTQALI HAYVONLARI VA ULARNI
MUHOFAZA QILISH CHORA-TADBIRLARI
Ziyoiddinova Salomatxon Shavkatbek qizi,
Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi
ADPI Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi talabalari
Annotatsiya: Ushbu maqolada O’rta Osiyo umurtali hayvonlarini xilma-
xilligi, ekologik moslashuvi va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari qisqacha
keltirildi.
Kalit so’zlar: O’rta Osiyo, umurtqali hayvonlar, tabiiy, qo’riqxona,
buyurtmaxona, noyob, muhofaza qilish.
Аннотация: В статье кратко представлены разнообразие,
экологические адаптации и меры по сохранению позвоночных животных
Центральной Азии.
Ключевые слова: Центральная Азия, позвоночные, природный,
заповедник, резерв, уникальный, сохранение.
Abstract: This article briefly presents the diversity, ecological adaptations,
and conservation measures of Central Asian vertebrates.
Keywords: Central Asia, vertebrates, natural, reserve, reserve, unique,
conservation.
O’rta Osiyo hayvonlarga boyligi va hayvonlarning har xilligi bilan boshqa
hududlardan ajralib turadi. Bu birinchidan, o’lka hududi tabiiy sharoitining turli-
tumanligi—qumli, taqirli tekisliklardan hamda adir va tog’ landshaftlaridan tashkil
topgan. Ikkichidan , unda turli o’simlik qoplami qalin bo’lishi o’txo’r va yirtqich
hayvonlarning geografik tarqalishiga sabab bo’lgan, o’lka tabiiy sharoitidagi
tafovutlar ayniqsa, uning tekislik qismi bilan tog’li qismida yaqqol namoyon bo’ladi.
Tekislik qismida cho’llarga va chalacho’llarga xos hayvonlar uchraydi.
O‘lka faunasining turli-tumanligi uzoq geologik taraqqiyot tarixi davrida
tarkib topganligi va boshqa hududlarning hayvonlari bilan aloqada bo‘lganligiga
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
143
bog‘liq. Shu sababli bu yerda endemik dayvonlar bilan birga O‘rta Osiyo, Hind-
Himolay, Yevropa-Sibir, Old Osiyo, hattoki Afrika kabi hududlarga xos bo‘lgan
turlari ham uchraydi. Tekislik zonasida ko‘proq Afrika va Old Osiyoga xos
hayvonlar turlari yashasa, aksincha, tog‘larida Hind-Himolay, O‘rta Osiyo,
Yevropa, Sibirga mansub bo‘lgan hayvon turlari ko‘proq uchraydi.
Cho‘l
echkemari, bo’z echkemar, charxilon, chiyabo’ri, barhan mushugi, jayron, karakal
— Afrika va Old Osiyodan o‘tgan;
sirtlon, chiyabo’ri, plastinkasimon dumli
kalamush, ko‘zo‘ynakli ilon
— Hindistondan o‘tgan;
katta qum sichqoni, kichik
qushoyoq, qumgir yumronqoziq, oq qumsichqon, antilopa, qo’ng’ir ayiq, sayg‘oq,
kichik tulki, karsak
— Yevropa-Sibir zonasidan
; jayron, qora ilvirs, tog‘ takasi,
arxar, qizil bori
— Markaziy Osiyodan kirib kelgan. Shular bilan bir qatorda, o‘lka
hududida paydo bo‘lgan va boshqa joylarda deyarli uchramaydigan
Orol shipi
va
katta kurakburun baliqlari, Turkiston agamasi, Turkiston gekkoni, qum bo‘g‘ma
iloni, xo’jasavdogar, Bobrinskiy qo’shoyog‘i, ingichka barmoqli yumronqoziq, ko‘k
sug‘ur, Tyanshan o‘rmon sichqoni, qizil pishqicha, Oloy kaltakesagi
kabi endemik
hayvonlar ham bor.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning borgan sari jiddiylashuvi,
ba’zi joylarda hattoki tang vaziyat mavjudligi tufayli atrof-muhit katta miqyosda
shikastlanmoqda. Bu borada tabiatning eng nozik komponentlari — o‘simlik va
hayvonot olami zarar ko‘rmoqda. O’rta Osiyo hayvonlarini muhofaza qilib, noyob
turlarini ko‘paytirishda qo’riqxona, buyurtmaxona , milliy bog’ va ,,Qizil kitob’’ni
ahamiyati katta.
Milliy bog‘da
— aholining dam olishi uchun tabiiy komplekslarni saqlash va
yaxshilashga katta ahamiyat beriladi. Ularda ko‘p sonli sayyohlar, sportchilar, dam
oluvchilar uchun barcha qulayliklar bunyod etiladi. Lekin tabiiy boyliklar —
hayvonot olami va o‘simliklarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish alohida ta’kidlanadi.
Buyurtmaxona--
hududlarda tabiat komplekslarining ayrim komponentlari vaqtincha
yoki muntazam ravishda qo‘riqlanadi. Bunda ko‘proq o‘simlik, geologik, zoologik,
landshaft turida buyurtmalar tashkil qilinadi.
Zoologik buyurtmaxonalar
— kamyob, qirilib borayotgan yoki alohida
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
144
qiymatga ega bo‘lgan hayvonlar, qushlar, baliqlar, hasharotlar, hayvonlarning
migratsiya yo‘llari yoki mavsumiy to‘planadigan joylarida tashkil etiladi.
O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda jami bo‘lib 30 dan ziyod qo‘riqxonalar
mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 2,3 million gektarni yoki mamlakat
hududining atigi 1 foizini tashkil etadi. Ulka hududida bir qancha qo’riqxona va
buyurtmaxonalar mavjud. Ularning eng muhimlari — Tortay botig‘idagi
Naurzum
(
qushlar ekologiyasini o‘rganadi
), Qozog‘iston past tog‘laridagi
Kurgalji
(
suvda
yashovchi qushlar ekologiyasini o‘rganadi
), Orol dengizidagi
Borsa-kelmas
(sayg’oq
, qulun, jayron, kum yumronqoziq
muhofaza qiladi), Ustyurt platosidagi
Qoplonqir
(
Ustyurt qo’yini, qora kulunni, gepard – qoplonni
muhofaza qiladi),
Turkmanistondagi
Badxiz
(
qulunni
muhofaza qiladi), O‘zbekistonidagi
Qizilqum
(
Buxoro yoki xongul bug‘usini, jayron, to’qay mushugini
muhofaza qiladi),
Zarafshon
(tustovuqkni
muhofaza qiladi),
Surxondaryo
(
ilvirs, qoplon, qizil
sug’ur, shoxdor echkini
muhofaza qiladi),
Hisor
(
oq tirnokli ayiq, qoplon, qizil
sug‘urni
muhofaza qiladi),
Nurota
(
burgut, kaklik, alkar, suvsarni m
uhofaza qiladi),
Notkol
(
ko’k sug‘ur, ayiq, ularni
muhofaza qiladi
), Zomin
(
qo’ng’ir ayiq, tog’
takasi, suvsarni
muhofaza qiladi), Tojikistondagi
Pakhlavon to’qay
–
Tigrovaya
balka
(
Buxoro bug’usi, jayron, qirgovulni
muhofaza qiladi), Qirg‘izistondagi
Issiqkul
(g’oz,
o’rdak, maral, qirg’ovulni
muhofaza qiladi), Qozog‘istondagi
Olmaoti
(tog’ takasi, tog’ qo’yi, maral, qor koplonini muhofaza qiladi),
Oqsuv-
Jabalg’a
(
tog’ takasi va qo’yi, qor qoploni, jayra, ular, kaklikni
muhofaza qiladi).
Hozirda qo’riqxonalarda o’sha hudud landshafti, shu jumladan hayvonot dunyosi
tabiiy holicha saqlanib, ov qilish mutlaqo man etiladi.
O’rta Osiyo umurtqali hayvonlari biologik xilma-xillikning muhim qismidir
va mintaqaning ekologik muvozanatini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. So‘nggi
yillarda tabiiy muhitning degradatsiyasi, inson faoliyatining ortishi va iqlim
o‘zgarishlari tufayli ko‘plab turlar xavf ostida qolmoqda. Shu sababli, umurtqali
hayvonlarni himoya qilish va ularning yashash joylarini saqlash borasida keng
qamrovli chora-tadbirlar zarur. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish hududlarini tashkil
etish, ekologik monitoringni yo‘lga qo‘yish va aholining ekologik madaniyatini
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
20-to’plam 1-son Iyun 2025
145
oshirish orqali hayvonlar populyatsiyasini barqarorlashtirish mumkin. Shuningdek,
xalqaro hamkorlik va qonuniy asoslarni kuchaytirish ham muhim ahamiyatga ega.
Natijada, O’rta Osiyo umurtqali hayvonlarini muhofaza qilish mintaqaning ekologik
barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
:
1.,, O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi’’ Toshkent-2002. P. Baratov, M.Mamatqulov,
A.Rafiqov.
2. ,,O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi’’ Samarand-2018. A.Alibekov.
3. ,,O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi’’ Toshkent-2002. I.A.Hasanov, P.N.G’ulomov.
4. ,,Zoogeografiya’’ Toshkent-2O2O. F.Xolboyev, D.Azimov, E. Shernazarov.