Mualliflar

  • Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi
  • Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

Muallif tarjimai holi

  • Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi

    1Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya yo’nalishi talabasi

  • Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

    2Andijon Davlat Pedagogika Instituti dotsenti

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.86677

Kalit so‘zlar:

madaniy o’simliklar yovvoyi o’simliklar geografik markazlar genetik xilma-xillik o’simliklarning genetik resurslari.

Annotasiya

Ushbu maqolada taniqli rus olimi N.I. Vavilov tomonidan ishlab chiqilgan madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi nazariyasi yoritilgan. Vavilov oʻzining uzoq yillik ilmiy-tadqiqot ishlariga asoslanib, yer yuzida madaniy oʻsimliklarning shakllanishi va xilma-xilligi uchun muhim boʻlgan yetti asosiy markazni ajratib koʻrsatgan. Ushbu markazlar qishloq xoʻjaligi tarixini, oʻsimlik genetikasi va seleksiya sohalarini chuqur anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada har bir markazda yetishtirilgan oʻsimliklar, ularning genetik xilma-xilligi va kelib chiqishi tafsilotlari bilan bayon etilgan.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

43

N.I. VAVILOV BO’YICHA MADANIY O’SIMLIKLAR KELIB

CHIQISHINING DUNYO MARKAZLARI

1

Rejabaliyeva Madinaxon Tursunboy qizi

2

Tojiboyev Murodali Umaraliyevich

1

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Biologiya yo’nalishi talabasi

2

Andijon Davlat Pedagogika Instituti dotsenti

Annotatsiya: Ushbu maqolada taniqli rus olimi N.I. Vavilov tomonidan

ishlab chiqilgan madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi

nazariyasi yoritilgan. Vavilov oʻzining uzoq yillik ilmiy-tadqiqot ishlariga

asoslanib, yer yuzida madaniy oʻsimliklarning shakllanishi va xilma-xilligi uchun

muhim boʻlgan yetti asosiy markazni ajratib koʻrsatgan. Ushbu markazlar qishloq

xoʻjaligi tarixini, oʻsimlik genetikasi va seleksiya sohalarini chuqur anglashda

muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada har bir markazda yetishtirilgan oʻsimliklar,

ularning genetik xilma-xilligi va kelib chiqishi tafsilotlari bilan bayon etilgan.

Kalit so’zlar: madaniy o’simliklar, yovvoyi o’simliklar, geografik

markazlar, genetik xilma-xillik, o’simliklarning genetik resurslari.

Abstract: This article discusses the theory of centers of origin of cultivated

plants, developed by the famous Russian scientist N.I. Vavilov. Based on his many

years of research, Vavilov identified seven main centers of origin that were

important for the formation and diversity of cultivated plants on Earth. These centers

are of great importance for a deeper understanding of the history of agriculture,

plant genetics, and breeding. The article describes in detail the plants grown in each

center, their genetic diversity, and their origin.

Keywords: cultivated plants, wild plants, geographic centers, genetic

diversity, plant genetic resources.

Аннотацич: В этой статье известный русский ученый Н.И. Вавилов

разработанная Вавиловым теория центров происхождения культурных

растений. На основе многолетних исследований Вавилов выделил на Земле


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

44

семь основных центров, имеющих значение для формирования и разнообразия

культурных растений. Эти центры важны для углубления наших знаний об

истории сельского хозяйства, генетики растений и селекции. В статье

описываются растения, выращиваемые в каждом центре, а также

приводятся сведения об их генетическом разнообразии и происхождении.

Ключевые

слова:

культурные

растения,

дикие

растения,

географические центры, генетическое разнообразие, генетические ресурсы

растений.

Foydali o’simliklarni yetishtirish tosh asrida, miloddan avvalgi 10-ming

yillikda boshlangan. Insoniyat o’simliklarni tabiatdan yig’ib yetishtira boshlagan

vaqtdan boshlab o’simliklarni introduksiya qilish bilan shug’ullana boshladi.

Tabiatdan yig’ib kelingan o’simliklar qadimgi odamlar uchun oziq-ovqat manbai

bo’lib xizmat qilgan lekin, ular dastlab zarur turlarni sun‘iy ravishda ko’paytirish

haqida o’ylamaganlar, faqat yovvoyi o’simliklarning mevalari va boshqa organlarini

yig’ishgan. Keyinchalik alohida daraxtlar, butalar, o’simliklarni eka boshlaganlar bu

esa odamlarga oziq-ovqat bergan. Vaqt o’tishi bilan odamlar foydali o’simliklar

urug’ini ekishgan (ular tuproqqa ishlov bermagan holda, ekkanlar) va hosilini yig’ib

olish bilan asta-sekinlik bilan ibtidoiy dehqonchilik paydo bo’lgan. Bronza davriga

kelib, qadimgi sivilizatsiyaning ko’pgina markazlarida qishloq xo’jaligi ancha

rivojlangan sanoatga aylandi. O’shandan beri, o’tgan ming yilliklar davomida u

barqaror rivojlandi va oxir-oqibat qishloq xo’jaligining asosiga aylandi. Bu esa aholi

sonining tez ko’payishiga va ilgari hech qachon mavjud bo’lmagan ijtimoiy va

siyosiy tartiblarni yaratishga imkon beradi. Umuman, madaniy o’simliklarning

hozirgi xilma-xilligi o’simliklarning ming yillik introduksiyalari natijasidir. Hozirgi

vaqtda yer yuzida madaniy o’simliklar soni 1500 taga yetdi, lekin eng ko’p xo’jalik

ahamiyatiga ega turlarning soni 250 tadir. Ishlab chiqarishda ekilayotgan

o’simliklarning turi har doim ortib boradi., yovvoyi turlari madaniylashtiriladi.

Jahon bo’yicha ekilayotgan ekinlarning asosiy qismini (70%) -donli (bug’doy, sholi,

makkajo’xori, arpa, suli, javdar) ekinlar tashkil etadi. Texnik ekinlardan g’o’za,

soya, kartoshka ko’p ekiladi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

45

Antarktidadan tashqari, Yerning barcha qit‘alariga N.I.Vavilov va uning

hamkasblari 1920-1940 yillarda ko’plab ekspeditsiyalar uyushtirgan va madaniy

o’simliklar resurslarining g’oyat boy kolleksiyasini hamda tur xillarining yovvoyi

ajdodlarini to’plashadi. Bu ekspeditsiyalar davomida olingan ma'lumotlarga

asoslanib, N.I. Vavilov qadimiy dehqonchilik markazlari yoki madaniy

o’simliklarning xilma-xilligi va kelib chiqishining 8 ta markazlarini ochadi. Lekin

keyingi ishlarida bu markazlarni yanada yiriklashtiradi va 7 asosiy birlamchi

markazlarni belgilab chiqadi. Bu markazlar butun dunyo bo’ylab tarqalgan

hisoblanadi.

1.

Janubiy Osiyo tropik markazi

(qariyb 50%). Bunga, Hindiston,

Hindixitoy, Malay arxipelagi, Fillipin orollari kiradi. Ushbu markazdan, sholi,

shakarqamish, bodring, baqlajon, dukkakli va boshoqli ekinlarning ko’pchiligi, nut,

mosh, limon, apelsin, mandarin, mango, banan, kokos palmasi, qora murch, tut kabi

madaniy o’simliklar kelib chiqqan.

2.

Sharqiy Osiyo markazi

(20%). Bunga Markaziy va g’arbiy Xitoyni Osiyo

bilan tutashgan tog’lari kiradi. Bu markazdan soya, choy, turp, marjumak, chumiza,

arpaning ba‘zi turlari, tariqning uchta turi, piyoz, nok, olma, shaftoli, xurmo,

ko’knor, aktinidiya kabi dunyo madaniy florasining ancha qismi kelib chiqgan.

3.

Janubiy G’arbiy Osiyo markazi

(14%). Bu markaz o’z ichiga G’arbiy

Osiyo, Kichik Osiyo, to’liq Kavkaz orti hududini, Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyo

hududini oladi. Ushbu hududdan, bug’doyning ba‘zi turlari, javdar, zig’ir, kanop,

uzum, gilos, olcha, anor, behi, anjir, bodom, grek yong’og’i, qovun, no’xat, yasmiq,

beda, espartset, boqla va boshqa o’simliklar kelib chiqqan.

4.

O’rta Yer dengizi bo’yi markazi

(11%). Bu hududlardan bug’doy, suli,

javdar, zaytun, lavlagi, karam, sabzi, ukrop, petrushka, lavr, malina va piyozning bir

nechta turlari kelib chiqqan.

5.

Abissiniya, yoki Afrika-Efiopiya markazi.

Bu yerdan kofe, zig’ir, qattiq

bug’doy, arpa, jo’xori, kunjut, finik palmasi, kanakunjut va boshqalar kelib chiqqan.

6.

Markaziy Amerika yoki Meksika markazi.

Bunga Markaziy Amerika

davlatlari, Antil orollari kiradi. 900 ga yaqin madaniy o’simliklar shu markazdan


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

46

kelib chiqgan. Jumladan, makkajo’xori, mosh, qovoq, achchiq qalampir, kakao,

kungaboqar, avokado, g’o’zaning ba‘zi turlari, agava va boshqalar.

7.

Janubiy Amerika yoki And markazi.

Bu hududdan, kartoshka, tamaki,

yeryong’oq, ananas, maniok, kungaboqar, qulupnay, amarant, papayya, feyxoa,

koka, braziliya yong’og’i, geveya, xina daraxti va boshqlar kelib chiqqan.

Keyinchalik zamonaviy, ilg’or texnikani rivojlanishi natijasida hamda

olingan ilmiy ma‘lumotlar asosida, N.Vavilovning shogirdlari P.M.Jukovskiy,

M.G.Popov, Ye.N.Sinskaya, S.M.Bukasov va boshqalar tomonidan madaniy

o’simliklarni kelib chiqish markazlarini 12 ta genetik markazga bo’lib o’rganish

to’g’ri ekanligini isbotlab berishgan.

N.I. Vavilov tomonidan taklif etilgan madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish

markazlari nazariyasi bugungi kunda ham oʻz ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan.

Uning yondashuvi nafaqat tarixiy va biogeografik nuqtayi nazardan, balki

zamonaviy seleksiya va genetik resurslarni saqlash ishlarida ham muhim asos boʻlib

xizmat qilmoqda. Ushbu markazlar orqali insoniyat madaniy oʻsimliklarning paydo

boʻlishi va rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash, ularni genetik jihatdan boyitish va

saqlab qolish imkoniga ega boʻlmoqda. Vavilov va uning shogirdlari tomonidan

ekspeditsiyalar davomida yig’ilgan fond Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi

N.I. Vavilov nomidagi Butunrossiya o’simlikshunoslik institutida (VIR)

saqlanayotgan dunyo kolleksiyasi 320 mingdan ortiq namunalarni o’z ichiga olib,

1041 o’simlik turlariga mansub bo’lib, ularga yovvoyi turlar, madaniy

o’simliklarning turkumlari, eski mahalliy navlar kiradi. N.Vavilov kolleksiyasining

subtropik o’simliklariga tegishli juda katta qismi O’zbekiston o’simlikshunoslik

institutida hozirda ham saqlanmoqda va undan yangi navlarni yaratishda

foydalanilmoqda. Dunyo genofondidan olimlar xo’jalik jihatidan qimmatli

hisoblangan belgilarning genetik manbalarini tanlab oladilar. Bularga hosildorlik,

tezpisharlik, kasalliklar va zararkunandalarga, qurg’oqchilikka va boshqa ta‘sirlarga

chidamlilik belgilarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Ko’pchilik madaniy o’simliklar eng qadimgi dehqonchilik madaniyati

rivojlangan daryo vodiylari asosiy uchoqlari deb qaralsa, Vavilov esa, madaniy


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 1-son may 2025

47

o’simliklar kelib chiqishini tropik, subtropik hududlari va qulay mintaqalarda deb

hisoblaydi. Xullas, madaniy o’simliklar kelib chiqishida ushbu geografik markazlar

va ularni floraviy boyligiga qarab emas balki, u yerdagi eng qadimgi sivilizatsiya

o’choqlari bilan ham belgilanadi. Shunday qilib, dunyoning ko’plab mamlakatlariga

yuborilgan ilmiy ekspeditsiyalar natijasida madaniy o’simliklar kelib chiqishining

birlamchi va ikkilamchi markazlaridan o’simliklar introduksiyasi uchun boy

materiallarni yetkazib beradi. Yovvoyi turlarni introduksiyalash ularni keyinchalik

iqlimlashtirish bilan botanika bog’lari va boshqa botanika va seleksiya muassasalari

ish olib boradi. O.A.Abduraimov va boshqalar (2022) ning ma‘lumotiga ko’ra,

Respublikamiz florasida madaniy o’simliklarning yovvoyi ajdodlarining 25 oila,

105 turkumga mansub 222 turdan iborat dastlabki ro’yxati shakllantirilgan.

Shakllantirilgan ro’yxat asosida turlarning xo’jalik va iqtisodiy ahamiyatga ega

bo’lgan ozuqabop, vitaminli, dorivor, asal-shirali, manzarali, efir-moyli, yem-

xashak, zaharli, texnik hamda bo’yoqbop guruhlarga ajratgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Islamov B. Hasanov M. O’simliklar introduksiyasi. (Darslik). SamDU

tahririy-nashriyoti,2022. B50-61

2.

Zikiryayev A. To’xtayev A. Azimov I. Zikiryayev I. Sitologiya va genetika

asoslari (Darslik). Toshkent: “Yangiyul Poligraph Service”,2019. B176-178

3.

Karimov Sh. O’simlikshunoslik asoslari. Toshkent:O’Zmu nashriyoti,2005.

180 b

4.

Bekmurodov D. va boshq. Umumiy botanika. Toshkent:Fan va texnologiya

nashriyoti,2019. 256 b

5.

https://uz.wikipedia.org

6.

https://arxiv.uz

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари