Mualliflar

  • Solijonova Rayyona
  • Xamidov Nodirbek

Muallif tarjimai holi

  • Solijonova Rayyona

    Andijon Davlat Chet tillari instituti

    Ingliz tili va adabiyoti fakulteti

    112-guruh talabasi

  • Xamidov Nodirbek

    Ingliz tili nazariy aspektlar kafedrasi

    o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tzatra.90092

Kalit so‘zlar:

Nazariy va amaliy metodlar qulay atmosfera vizual materiallar kognitiv rivojlanish drammatsiyalashtirilgan teatrlar innovatsion texnologiyalar multimedia materiallari interaktiv doskalar individual xususiyatlar.

Annotasiya

Mazkur maqola O’zbekiston ta’lim tizimining maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish metodlarini, samarali uslublarini va yondashuvlarini ko’rib chiqadi.Shuningdek, kommunikativ metodlar, o’yin texnologiyalari va vizual vositalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni o’rgatish samaradorligi masalalari yoritiladi.


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

98

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA INGLIZ TILINI

O’QITISH METODIKASI

Andijon Davlat Chet tillari instituti

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti

112-guruh talabasi Solijonova Rayyona

Ingliz tili nazariy aspektlar kafedrasi

o’qituvchisi Xamidov Nodirbek

Annotatsiya: Mazkur maqola O’zbekiston ta’lim tizimining maktabgacha

ta’lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish metodlarini, samarali uslublarini va

yondashuvlarini ko’rib chiqadi.Shuningdek, kommunikativ metodlar, o’yin

texnologiyalari va vizual vositalar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarga tilni

o’rgatish samaradorligi masalalari yoritiladi.

Kalit so’zlar: Nazariy va amaliy metodlar, qulay atmosfera, vizual

materiallar, kognitiv rivojlanish, drammatsiyalashtirilgan teatrlar,innovatsion

texnologiyalar,

multimedia

materiallari,

interaktiv

doskalar,

individual

xususiyatlar.

Аннотатция: В данной статье рассматриваются методы,

эффективные методы, преподавания английского языка в дошкольных

учреждениях системы образования Узбекистана.Также будет освещена

эффективность обучения языку детей дошкольного возраста с помощью

коммуникативных методов, игровых технологий и визуальных средств.

Ключевые слова:Теоретические и практические методы, комфортная

атмосфера,

наглядные

материалы,

познавательное

развитие,

драматические театры, инновационные технологии, мультимедийные

материалы, интерактивные доски, индивидуальные особенности.

Annotation: This article examines the methods, effective methods and

approaches of teaching English in preschool educational institutions of the

educational system of Uzbekistan.Also, the effectiveness of language teaching to


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

99

preschool children through communicative methods, game technologies and visual

tools will be highlighted.

Key words:Theoretical and practical methods, comfortable atmosphere,

visual materials, cognitive development, dramatized theaters, innovative

technologies, multimedia materials, interactive boards, individual characteristics.

Globallashuv jarayonida, chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini bilish muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ingliz tili xalqaro muloqot, zamonaviy

texnologiyalar va ilm-fanning asosi, muhim vositasiga aylangan. Bu tilni bilish

hozirda dolzarb masalalardan biriga aylanib, atrofimizdagi yoshlardan tortib

kattalargacha ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qizishlarini ko’rishimiz

mumkin.Ingliz tilining o’rni nafaqat bizning davlatda, balki xorijning boshqa

hududlarida ham muhim rolni egallab turibdi. Eng keng tarqalgan xalqaro muloqot

tili sifatida ingliz tilining mavqei tobora o’sib bormoqda.Yurtimizda ingliz tilini

o’qitishga e’tibor kuchaygan va deyarli har bir ta’lim bosqichlarida, muassasalarida

ingliz tili fan sifatida o’qitiladi. Maktabgacha ta’lim ham bundan mustasno emas.

Aynan, bu tilni kichik yoshdan o’rgatishga e’tibor qaratilgan va maktabgacha

ta’limda ham ingliz tili o’rgatiladi.

Maktabgacha davr-bolalarni kashf qilish davri bo’lib ularni faol, ijodkor va

kelajakda bilimli, qaysi sohada iqtidori, qiziqishlari mavjudligini bilish mumkin

bo’lgan bosqich. Bolalarga kichik yoshdan tilga bo’lgan qiziqishlarini, mehrini va

e’tiborini orttirish, kelajakda ham ularning tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini

o’sib borishiga yordamlashadi. Tillarni kichik yoshdan o’rganishni boshlagan

bolalar, keyinchalik ham boshqa tillarni o’rganishda qiyinchiliklarga kamroq duch

keladilar.Eng ahamiyatlisi, kichik yoshdan til o’rganishni boshlagan bolalarga tilni

oson o’zlashtirish, ularning muloqot qobiliyatini oshirish va kognitiv rivojlanishni

ham oshiradi. Kichik yoshli bolalalarda eslab qolish qobiliyati kuchli bo’lganligi

sababli ular tilni yaxshi o’rganisha oladi ammo yoshlarini e’tiborga olsak bu davrda

bola tilni tushunib emas, balki mexanik tarzda o’rganganlari yaxshiroq bo’ladi.

Bolalar bilan ingliz tilida muloqot qilish, ular bilan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish,

o’quv materiallarini vizual va o’yinga asoslangan tarzda taqdim etish, samarali


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

100

natijalarga erishishning asosiy usullaridir.[3:45] Ular uchun dars o’tishda nazariy

metodlardan ko’ra amaliy metodlardan foydalangan samaraliroq.Amaliy uslublar

orqali bolalar nafaqat tilni o’rganadilar, balki unga qiziqishadi, o’qituvchini

tinglashadi, darsni maroqli tarzda o’tkazishadi. Bunday metodlar orqali ularga qulay

atmosfera yaratiladi va ta’lim olish foydaliroq bo’ladi. Quyida maktabgacha

yoshdagi bolalar uchun samarali deb hisoblangan metodlar ko’rib chiqiladi:

O’yinlar bilan darslar:

O’yinlar- kichik yoshdagi bolalarga , nafaqat tilni

balki har qanday turdagi darslarni o’rgatishda eng foydali va keng tarqalgan

usullardan biri hisoblanadi.O’yin metodikasi til o’rgatishning samarali vositalaridan

biri sifatida ko’rsatiladi. O’yin orqali bolalar o’zlari uchun qiziqarli va qiyin

bo’lmagan usullarda tilni o’rganadilar.[2;78] O’yinlar yordamida bolalarda e’tibor,

xotira, tafakkur va nutq jarayonlari kuchayadi.Tilni o’rganish jarayoni tabiiy, jonli

va qiziqarli kechadi.O’yinlar yordamida deyarli barcha bolalar darsga faol

qatnashadilar va mustahkam bilimga ega bo’ladilar.Bolalar uchun o’yin- bu faqat

ko’ngilochar faoliyat emas, balki bilim olishning samarali usulidir.[3:56] O’yinlar

bolalarning bilim olishi, darslarni qiziqarli va maroqli o’tkazishning usuli va u

bolalarga darslarni oson o’rgatish uchun foydalanilishi zarur.O’yinlar bolalar

yoshiga mos va xavfsiz holatda bo’lishi va har bir o’yinning o’quv maqsadi aniq

bo’lishi lozim. Dars jarayonlarida har xil faoliyatni oshirib berishga mo’ljallangan

bo’lishi kerak, o’yinlardan biri gapirish, yana biri tinglash yoki yod olish uchun

mo’ljallangan bo’lsa bolalar har tomonlama tilni mustahkam o’rganadilar.Bunday

o’yinlarga misol tariqasida:

Simon says-

bolalar uchun ham harakatni tinglab

bajarish ham so’zlarni yod olish uchun mo’ljallangan o’yin bo’lib, bolalar o’qituvchi

aytgan ishni bajarishadi. “Simon says:touch your nose” – Simon aytdi burningni

ushla deyilgandan so’ng bola aytilgan ishni qiladi.

What’s missing?-

bolalarga

xotirani yaxshilash uchun mo’ljallangan bu o’yin stol ustida bir qancha buyumlar

yoki rasmlar tushurilgan kartalar qo’yiladi va bittasi olib qo’yiladi, bola qaysi

buyum yoki karta yo’qolganini aytib berishi kerak. Qutining ichiga hayvon yoki

mevalarning o’yinchoqlari solinadi va ulardan birini inglizcha nomi aytiladi, bolalar

esa nomi aytilgan buyumni qutini ichidan topib olishlari kerak.Misol uchun: Find


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

101

the tiger- bola o’yinchoq yo’lbarsni topishga harakat qiladi va topib ko’rsatishi kerak

bo’ladi.

Musiqalar bilan darslar:

Musiqalar yordamida darslar ham o’yinlar singari

kichik yoshdagi bolalar uchun qiziqarli va oson o’rganishni ta’minlovchi usullardan

biri.Qo’shiqlar orqali bola ingliz tilini tinglaydi va birga hirgoya qilish orqali yod

oladi, talaffuz qilishni o’rganadi.Musiqa ritmi va takrori so’zlarni eslab qolishni

osonlashtiradi.Eng muhimi musiqalar bolalarni zeriktirib qo’ymaydi, o’qituvchi

ularning diqqatini uzoqroq muddat saqlab qola oladi.Har bir yangi qo’shiq bu yangi

lug’at mavzusi hisoblanadi.Bolalar qo’shiq orqali ranglarni, hayvonlarni yoki

sonlarni o’rganisha olishadi.Misol uchun oddiy

Alphabet song-

inglizcha alifbo

harflarini ketma-ketlik tartibida va tovushlarni o’rgatish uchun mo’ljallangan

qo’shiq.

Head, shoulders, knees and toes-

har bir tana a’zolari qo’shiqda aytiladi

va harakatlar bilan ko’rsatiladi.Bu esa eslab qolishni osonlashtiradi va tana a’zolarini

ingliz tilida qo’shiq orqali yod olishga yordam beradi.

Twinkle, twinkle,little star-

oddiy so’z boyligini oshiradi va talaffuz, eshitish qobiliyatlarini rivojlantiradi

. Old

MacDonald had a farm-

qo’shiq orqali bolalar hayvonlarni nomlarini va ularning

tovushlarini o’rganishadi.Yana

The Wheels on the bus, Bingo song, Rain, rain,

go away

kabi musiqalar ham ular jumlasidan.

Rasmlar bilan darslar:

Rasmlar o’zida axborotni vizual shaklda jamlaydi.

Kichik yoshdagi bolalar hali xayoliy, tasviriy fikrlashga tayyor bo’lmaganligi uchun

ularga ko’rgazmalilik juda muhim.Shuning uchun rasmlar orqali dars o’rgatish oson,

qiziqarli va samarali metod hisoblanadi. Bolalar inglizcha so’zlarni bevosita rasmlar

orqali tushunishadi.Tarjima uchun ehtiyoj qolmaydi, bu esa to’g’ridan-to’g’ri til

o’rganishga zamin yaratadi.Bolalar rasmlar orqali eslab qoladilar, agar ular

o’rgangan so’zni yana qayta eshitsalar ular o’sha so’z bilan birga rasmni ko’z oldiga

keltirishlari mumkin.Rangli, chiroyli rasmlar bolalarni darsga jalb qiladi, e’tiborini

tortadi.Yana bolalar o’zlari rasmlar chizishlari orqali darsga yanada

qiziqadilar.O’zlari chizgan rasmlarni ingliz tilida tasvirlab berishlari ularni so’z

boyligini oshiradi va o’sha rasm, aynan o’zlari tomonidan chizilgani ularga yanada

ko’proq zavq beradi. Misol uchun: rasmda bola quyoshni rasmini chizdi va uni sariq


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

102

rangda bo’yadi.Bola bu quyosh va u sariq rangda deb aytadi bir rasmda u quyoshni

va ranglardan sariq rangni o’rganadi.

Drammatsiyalashtirilgan teatrlar bilan darslar:

Sahnalashtirilgan real

yoki hayoliy voqealarni tasvirlaydigan materiallardan teatrlar yoki spektakllar

bolalar uchun ham maroqli, ham foydali uslublardan biri hisoblanadi.Ularning- Soya

teatrlar, Karton teatrlari, stol teatrlari, Qo’g’irchoq teatrlari kabi turlari mavjud.

Bolalar o’zlari yoqtirgan ertaklar, hikoyalarini jonli tarzda ingliz tilida tomosha

qilishadilar.Bu ularning qiziqshlarini oshiradi va tilni o’rganishni osonlashtiradi.

Innovatsion

metodlar

va

zamonaviy

texnologiyalar

bilan

darslar:

Zamonaviy pedagogikada ingliz tilini o’rgatishda innovatsion metodlar va

texnologiyalarni joriy etish samarali natijalar beradi. Innovatsion texnologiyalarni,

masalan, interaktiv doskalar va multimedia materiallarini qo’llashning bolalar uchun

qulayligi ta’kidlab o’tilgan.[1:110]Zamonaviy va yangicha usullarda darslar:

elektron doska orqali-

unga yozish, rasm chizish yoki videolar qo’yish mumkin.U

orqali bolalar yoqtirgan multfilmlarini yoki ingliz tilini o’rgatuvchi videolar

ko’rishlari mumkin.

Bolalarga dars berish jarayonida ularning mavzuni qanday o’zlashtirishiga

e’tibor qaratish muhim.Chunki, har bir bolaning xar hil sohaga turlicha iqtidori,

qiziqishlari bo’ladi.Dars jarayonida ham kimdir darsni tez qabul qiladi boshqa birov

sekinroq.Agar o’sha o’quvchiga e’tibor berilmasa qolgan tengdoshlaridan mavzular

bo’yicha ortda qolishiga sabab bo’ladi. Zemchenkova T.V ning fikricha

“maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tilni o’rgatishda asosiy e’tibor bolalarning

individual xususiyatlarini inobatga olishga qaratilishi kerak.Bu, o’z navbatida,

o’qitish jarayonini yanada samarali qiladi”.[3:102] O’qituvchi har bir bolaning

o’ziga xos xususiyatlrini bilsa unga mos uslubda dars o’tadi va har bir bola o’ziga

mos tarzda rivojlanadi.Bog’cha yoshidagi har bir bola noyob va o’ziga xos.Shuning

uchun o’qituvchi ularning individual xususiyatlariga tayangan holda ularga mos

tarzda darslar o’tgani ham ularga foydali va samarali, ham o’qituvchi o’zining

o’quvchilariga mos darsliklar orqali darsni oson yetkizib bera oladi.

Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini o’rgatish


background image

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

www.tadqiqotlar.uz

19-to’plam 3-son May 2025

103

ularning aynan hozirgi davridan boshlanishi eng yaxshi va muhim qaror.Ular

nafaqat, tillarni qolaversa barcha fanlarni mustahkam o’rganishlari lozim.Ularga

ingliz tilini majburan emas o’zlaridagi qiziqishlari, xohish, orqali o’rganishi kerak

ekanligini uqturish kerak.Zero siz biror nimaga qiziqib yoki yoqtirib harakat

qilsangiz u narsaga ,albatta erishasiz,yo’lingiz qanchalik qiyin, mushkul yoki xatarli

bo’lishiga qaramay.Bolalar ham bu narsalarni bilishi zarur, ular olayotgan bilimlari

kelajakda o’zlari, yurti uchun muhim ahamiyatga ega.Shuning uchun

aytishadi:”Yurtning kelajagi yoshlar qo’lida” deb.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Karimova G. Ingliz tili darslarida innovatsion metodlar.2014

2.

Salimov A. Maktabgacha ta’limda chet tillarini o’qitish metodikasi.2015

3.

Zemchenkova T.V. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ingliz tili.-M,;

VAKO,2008

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари