Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
264
TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA O’QUVCHILARDA EKOLOGIK
TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH
Andijon davlat chet tillari instituti
Ingliz tili va adabiyoti 112-guruh talabasi
O’ktamova Sug’diyona
Ilmiy rahbar:
Xamidov Nodirbek
Annotatsiya:
Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda ekologik tafakkurni
shakllantirish bugungi kunda hayotiy zaruratga aylangan. Ekologik tafakkur
nafaqat tabiatni tushunish, balki uni asrab-avaylashga bo’lgan mas’uliyatni ham
o’z ichiga oladi. O’quvchilarda ekologik ongni rivojlantirish, ularni ekologik
muammolarni hal qilishda faol ishtirok etishga undash, tabiiy resurslarni samarali
ishlatish va atrof-muhitni himoya qilishni o’rgatish orqali barqaror rivojlanish
maqsadlariga erishish mumkin. Bu jarayon nafaqat ilmiy bilish, balki axloqiy va
ijtimoiy jihatlarni ham qamrab oladi, natijada yangi avlodda ekologik mas’uliyatli
qarashlar va munosabatlar shakllanadi.
Kalit so’zlar:
Ekologik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoni, ekologik ong,
atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslar, barqaror rivojlanish, ekologik
mas’uliyat, yashil iqtisodiyot, ekologik muammolar, o’quvchilarni tarbiyalash.
Annotation:
In the educational process, developing ecological thinking in
students has become a vital necessity today. Ecological thinking not only involves
understanding nature but also embracing the responsibility to protect it. By
fostering ecological awareness in students, encouraging their active participation
in solving ecological problems, teaching them to use natural resources efficiently,
and protecting the environment, sustainable development goals can be achieved.
This process includes not only scientific knowledge but also ethical and social
aspects, resulting in the formation of ecological responsibility and attitudes in the
new generation.
Keywords:
Ecological thinking, educational process, ecological
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
265
awareness, environmental protection, natural resources, sustainable development,
ecological responsibility, green economy, ecological problems, student education.
Аннотация:
В
образовательном
процессе
формирование
экологического мышления у учеников становится неотъемлемой
необходимостью в современном мире. Экологическое мышление включает не
только понимание природы, но и ответственность за её защиту. Развивая
экологическое сознание у школьников, побуждая их активно участвовать в
решении экологических проблем, обучая рациональному использованию
природных ресурсов и охране окружающей среды, можно достичь целей
устойчивого развития. Этот процесс охватывает не только научные
знания, но и этические и социальные аспекты, что способствует
формированию экологической ответственности и отношений у нового
поколения.
Ключевые слова:
Экологическое мышление, образовательный
процесс, экологическое сознание, охрана окружающей среды, природные
ресурсы, устойчивое развитие, экологическая ответственность, зеленая
экономика, экологические проблемы, воспитание учеников.
KIRISH
O'quvchi yoshlarda ekologik madaniyatini shakllantirish bugungi kunning
muhim masalalaridan hisoblanadi. Ekologik madaniyatning asosini, shubhasiz,
ekologik ta'lim - tarbiya tashkil etadi. Bugungi ekologik holat ta'lim tizimining
barcha bo'g'inlarini ya'ni maktabgacha ta'lim muassasalaridan tortib oily ta'lim
bosqichlarini ham qamrab oladi. Chunki, muayyan aniq maqsadlarga yo'naltirilgan
ekologik ta'lim - tarbiya natijasida o'quvchi yoshlarning ekologik madaniyatini
bilimlarini oshirish, ularda tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo'lish
malakalarini tarkib toptirish, ekologik madaniyatni tizimli va izchillikda olib borish
dolzarb masalalardan biri sifatida nazarda tutish lozim.
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ekolgik madaniyatni rshakllantirish
vositasi sifatida maydonga chiquvchi yaratuvchilik nimanidir o'zgartirishga,
yangilik yaratishga, fikrlashga majbur qiluvchi ehtiyoj hisoblanib, u o'quvchilarda
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
266
mustaqil ta'lim olish, ya'ni mustaqil o'rganish, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi. O'zini - o'zi anglash va o'zligini ifodalashga bo'lgan
ehtiyoj o'quvchilarni o'z faoliyatida ma'lum bir ijobiy natijalarga erishish,
o'quvchilar jamoasida obro' - e'tibor qozonish, atrof muhit ta'siri va uni inson
salomatligidagi roli borasida harakatga keltiruvchi vosita bo'lib, o'quvchilarda
o'zini - o'zi hurmat qilish, o'zligini anglash, o'zini - o'zi boshqarish, o'zini - o'zi
tarbiyalash, tozalikka rioya qilish, gigiyenik talablarni amalda bajarish kabi
ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, boshlang'ich sinf o'quvchilarda ekologik madaniyatni
shakllantirish va rivojlantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi
vositalardan biri muvaffaqiyatga bo'lgan ehtiyoj bo'lib, bu ma'lum bir vazifani
mas'uliyat bilan bajarish orqali ko'zlangan natijalarga erishishga xizmat qiluvchi,
o'quvchilarda mas'uliyat hissini shakllantirish orqali ijodiy faoliyatga etaklovchi
ehtiyoj hisoblanadi.
Demak, o'quvchilardagi mavjud va ma'lum bir maqsadda shakllantirilgan
ehtiyojlar boshlabg'ich sinflardayoq ma'naviy ma'rifiy ishlar jarayonini ilmiy
asosda tashkil etish hamda yuqori natijalarga erishish, o'quvchilarda ekologik
madaniyatni rivojlantirish vositalari sifatida xizmat qilishi mumkin.
MATERIAL VA METODLAR.
Tafakkurni rivojlantirish vositalari haqida fikr yuritar ekanmiz, tafakkur
qanday va qaysi vositalar va asoslarga ko'ra shakllanadi hamda rivojlanadi. Uning
shakllanishiga va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning o'ziga xos
xususiyatlari nimadan iborat? degan savollarga javob topish va undan
o'quvchilarda mustaqillik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat
qiluvchi ta'lim-tarbiya va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarida foydalanish
muhim ahamiyatga ega, chunki, yuqorida aytib o'tganimizdek, o'quvchilarda
tafakkurning shakllanish va rivojlanish jarayoni nimanidir bilib olishga va
o'rganishga yo'naltirilgan aqliy -tahliliy xatti -harakatlar jarayoni bo'lib, mazkur
jarayonda o'quvchilar o'zlari uchun yangilik bo'lgan qaysidir hodisa va voqealarni
vujudga kelish sabablarini o'rganadi va tahlil qiladi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
267
Mazkur yangilik avvaldan mavjud bo'lishi, ya'ni sub'ektiv bo'lishi
mumkin. Lekin bu o'quvchilar uchun yangilik hisoblanadi, chunki, o'quvchilar
mazkur yangilikning kelib chiqish sabablari, xususiyatlari, ahamiyatini o'rganish
va tahlil qilish asosida qaytadan kashf etadi. Mazkur jarayonni tafakkurning
shakllanish va rivojlanish jarayoni deb aytishimiz mumkin. Demak, tafakkurning
shakllanish va rivojlanishi jarayonida tasavvur, tushuncha va dunyoqarash asosiy
vosita sifatida xizmat qiladi. Mazkur fikrlarga asoslanib aytishimiz mumkinki,
o'quvchilarga ekologik tafakkur uning mazmun - mohiyati, ahamiyati va zaruriyati
yuzasidan tushunchalar berish, ularda mazkur soha bo'yicha tasavvurni
shakllantirish, kelajakka ishonch uyg'otish, dunyoqarashini kengaytirish ularda
ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vositalari sifatida
xizmat qiladi.
Jumladan, ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni bu - tabiiy
resurslardan oqilana foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik tizim
barqarorligini ta'minlash, aholi hayoti va salomatligini saqlash, iqlimning
o'zgarishi, suv resurslarning kamayib ketishi, atmosferaning ifloslanishi, tuproq
degradatsiyasi, cho'llashuv jarayonlari bioxilma-xillik va o'rmonzorlarning
qisqarishi, tabiiy boyliklarning sifat va miqdorini oshirish va tabiatni muhofaza
qilish bugungi kunning ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi.
Ekologik madaniyat - bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik,
intellektual salohiyat va uni amalda qo'llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan
faoliyatning yuksak ko'rsatkichi, ongli va ma'suliyatli yondashuvdir.
Ekologik bilim va ekologik madaniyatning tayanch fazilatlari:
- axloqiy-ekologik onglilik shaxsning muhim madaniyatlilik sifati bo'lib,
uning atrof - muhitni hissiy bilish jarayoni atrof - muhitdagi obyektlar va
hodisalarni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, ziyraklik va teranlik asosida tabiat
muhofazasi bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishi lozimligini nazarda tutadi;
- ekologik ma'suliyatlilik shaxsda munosabat va ma'sullikni tarbiyalashda
namoyon bo'ladi, bunday munosabat shaxsning tabiatga ko'rsatgan salbiy ta'siri
oqibatlarini anglash va bunday ta'sirni bartaraf etish istagi natijasidagina
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
268
shakllanadi;
- ekologik irodaviylik shaxsning o'zi va o'zgalarning atrof - muhitdagi hatti-
harakatlarini baholashi va nazorat qilishi shaxsdagi qat'iyatlilik, tejamkorlik,
ozodalik va pokizalik bilan bog'liq jarayon hisoblanadi. Shaxsning ekologik
madaniyatini shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega, ularga
tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va
ongli faollik kabilar kiradi. Xususan, bugungi ekologik muammolar, ya'ni global,
mintaqaviy va lokal ekologik muammolarni bilish, er, suv, energetik muammolar,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni saqlash, cho'llanish
jarayoni, atmosfera havosining ifloslanishi kabi tushunchalar bilan chambarchas
bo'gliq. Ekologik ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash bog'cha, umumta'lim maktablari,
lisey, kasb hunar ta'limi, oliygohlarda mutaxassislar tomonidan olib borilishi
maqsadga muvofiq.
Aholining boshqa tabaqalarida esa O'zbekiston ekologik partiyasi va
boshqa ko'ngillilar, tashkilotlar tomonidan targ'ibot ishlari yo'lga qo'yilishi
mumkin. Ekologik ta'limning nazariy asosi - atrof muhit muhofazasiga oid ta'limni
bog'cha, maktab, oliy o'quv yurtlarida ma'lum o'quv reja va dasturlari asosida olib
borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Yig'ilgan tajribalar
umumlashtirilib ma'lim pedagogik shaklga keltirilib o'quv dasturi darsliklari
tuzilishi lozim.
NATIJALAR
Oliy va o'rta maxsus ta'limga ega bo'lgan tarbiyachi, ekologik metodist,
ekologik pedagog, ekologik instruktor, injener-ekolog, ekolog-agroximik, ekolog-
texnolog kabi mutaxassislar tayyorlanishi lozim. Ekologik ma'naviyatli shaxs
tabiatdagi obyekt va hodisalarni qiyoslay olishi, ongli tushunchalar hosil qilishi,
tabiatga munosabatni oldindan rejalashtirishi, atrof-muhitdagi o'zgarishlarga
nisbatan ziyrak va tabiatga qiziquvchan bo'lishi, tabiat go'zalligini his eta olishi,
tabiatni muhofaza qilishda qat'iyatli bo'lishi, tabiatga zarar etkazmaslik,
boshlangan ishni oxirigacha etkazishi, atrof-muhit muhofazasida tashabbus
ko'rsatishi, tabiatni asrash uchun yangi g'oyalar, ekologik bilimlarni targ'ib qilishi,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
269
ijtimoiy foydali mehnatga havas hissini shakllantirishi, mehnat malakalarini
egallashi, o'z-o'zini nazorat qila olishi, vatanparvarlik, ona tabiatga mehr-muhabbat
hissiyotiga ega bo'lishi, o'zi yashab turgan uy, mahalla, shahar tabiatini sevishi,
undan g'ururlanishi, uni ardoqlashi lozimdir.
Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri
ekologik vaziyat hisoblanib, jamiyatning katta tashvish uyg'otmoqda. Insonning
tabiiy boyliklardan haddan tashqari tartibsiz foydalanishi oqibatida, o'rmonlar
siyraklashib, o'simlik va hayvonlar turlari kamayishi, foydali qazilma boyliklari
tugab borayotganligi, shuningdek, suv havzalari va atmosfera havosining
ifloslanishi natijasida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Bularning
barcha insonlarning tabiiy boyliklardan oqilona foydalanmasliki oqibati
hisoblanadi. Shuning uchun ham ekologik talim-tarbiya berishni maktabgacha
yosh davridan boshlash lozim. Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi,
rivojlanishi, o'zgarishi, er yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning birbirlariva
atrof-muhit o'rtasida bo'lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va
sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish
yo'llarini o'zlashtirishdan iboratdir.
Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ekolgik ta'lim - tarbiya berish ularni
ilk marotaba tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida
tabiatdan ongli, oqilona ravishda foydalanishga, xalqimizning tabiatga hurmat va
e'tibor bil an qaraydigan urf-odatlarini tarbiyalash, tabiiy boyliklarni ko'paytirish
va ulardan to'g'ri foydalanish, bog'-urog'lar, gulzorlar tashkil qilishga, daraxtlarni,
o'simlik va hayvonlarni asrashga, ularga ozor bermaslikka o'rgatish, shuningdek,
o'quvchilarning qalbida tabiatga, uni asrashga nisbatan yaxshi xislatlar
uyg'otishdan iboratdir.
Ekologik tarbiyaning bosh maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-
muhit va uning muammolari haqida ongli munosabatni hamda ular bo'yicha
optimal echimlar toppish to'g'risidagi bilim, ko'nikma va malakalarni
shakllantirishdan iborat. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bir qator
vazifalarni hal qilishga to'g'ri keladi.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
270
1. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ekolgik ta'lim - tarbiya berishda
ularning yashab turgan joyi (tabiati) va boyliklarini tejab-tergashga, ularni ongli
ravishda muhofaza qilishga o'rgatish.
2. Ekologik madaniyatni shakllantirish jarayoni, eng avvalo, oiladan
boshlanmog'i lozim.
O'quvchi yoshlarga ekolgik ta'lim - tarbiya berish, xalqimizning o'ziga xos
milliy tarbiyasidan, ya'ni ota-onalar tarbiyasidan boshlanadi. Milliy tarbiyamizda
suvni isrof qilmaslik bilan birga, er, havo, tuproq ham muqaddas hisoblanadi.
O'quvchilarga ekologik ta'lim berishda har bir bolaga 1 ta gul tuvakni parvarishlash
topshirig'ini berish ham eng samarali usullardandir. Bunda parvarishlash usullarini
o'rgatib, ularni shu gulni qanday parvarish qilyotganini nazorat qilib boriladi.
Natijada o'quvchilarda avvalambor mehr-shafqat tuyg'usi, tabiatga muhabbat
shakllanadi. O'quvchilar gullarining qurib qolmasligi uchun qayg'uradilar va
parvarish qilishadi.
Demak, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ekolgik madaniyatni
shakllantirish orqali ularning tabiatga bo'lgan mehrini shakllantirish va kelajakda
tabiiy fanlarni o'zlashtirishi uchun poydevor yaratiladi. O'quvchilarga ekologik
ta'lim - tarbiya berishda zamonaviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Bu orqali o'quvchilarning o'zlashtirishini yanada oshirish va qiziqarli, yangicha
ta'lim jarayonini tashkil etishdan iborat bo'ladi.
Binobarin, axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mohiyati,
shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari,
qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu bois,
axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy-ruhiy hayotida o'ziga xos muhim
ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishilik taraqqiyotidagi o'rni
belgilanayotgan jarayonda mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo'lib xizmat
qiladi.
Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri,
ijtimoiy tartib-qoida bo'lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida
kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
271
faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o'quv, ishlab chiqarish, xalq
an'analari) da o'z talablarining asoslanishi, amalga oshirilishi va omma fikri asosida
tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hech
kimning ko'rsatmasi, hech qanday maxsus buyruq asosida bajarilmaydigan,
ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talablarining bajarilishi
faqat ma'naviy ta'sir ko'rsatish shakllari doirasida yuz beradi.
O'quvchilarda ma'naviy-axloqiy sifatlarning qaror topishi tarixiy-obyektiv
sharoitda shaxs tomonidan jamiyat taraqqiyoti, insonlarning o'zaro hamkorlik,
aloqa doiralarining kengayishi takomillashuviga ko'rsatiladigan ta'sirning ijobiy,
mo'tadil holatda bo'lishini ta'minlashda ko'rinadi. Ma'naviy-axloqiy sifatlarning
qaror topishi quyidagi umumiy mazmun asosida ro'y beradi:
- o'quvchining m a'naviy-axloqiylik darajasi ijtimoiy munosabatlar
jarayonida, uning jamiyat, atrof-muhit va tabiatga bo'lgan yondashuvida namoyon
bo'ladi;
- o'quvchining ma'naviy-axloqiylik darajasi jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy
taraqqiyoti darajasiga bog'liq;
- o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy kamoloti obyektiv va subyektiv shart-
sharoitlarning o'zaro uyg'unlashuvi asosida tashkil etiladigan uzluksiz, tizimli
ta'lim -tarbiyaning yo'lga qo'yilishi natijasida vujudga keladi;
- o'quvchining ma'naviy-axloqiy kamoloti ijtimoiy munosabatlarning
yo'lga qo'yilishida ijobiy natijalarga olib keladi.mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Avezov Sh. Maktabda ekologik tarbiya-Toshkent: O'qituvchi,1992.-62
b.
2. Berdanova P.U. Qoraqalpoq oilalarida bolalarning ekologik
madaniyatini
3. Ismatov I.Sh. O'quvchilarda atrof-muhitga ma'suliyatli munosabatni
shakllantirish (anorganik kimyo misolida): p.f.n. diss....avtoref. - Toshkent, 2006.
-
4. Jumanova F.U. Kasb-hunar kolleji o'quvchilarida ekologik madaniyatni
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 3-son May 2025
272
shakllantirish (geografiya ta'limi misolida): ped.fan.nom. diss.... avtoref. Toshkent,
2010.-22 b.
5. Norbo'tayev X.B. Boshlang'ich ta'limda ekologik xafvsizlik
madaniyatini takomillashtirish. //Муаллим хем узлуксиз билимлендириу.
Илмий-методикальщ журнал №2 ISSN 2181-7138 Некис-2022. -Б. 93-97.
Mualliflik ishtiroki 100%.