Authors

  • M.R. Nasriddinova
    Qarshi davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.100818

Keywords:

Lamiaceae

Abstract

Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniy asarlarida tavsiflangan Lamiaceae oilasining dorivor turlari haqida ma’lumot berilgan. O‘rganilgan turlarning Beruniy asarlarida turli tillardagi nomlari keltirilgan, bu turlarning qisqacha tavsifi, ishlatiladigan dorivor mahsuloti va tabobatda qo‘llanilishi bayon etilgan.

background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

UO’K:

304.2- 58.072

ABU RAYHON BERUNIY ASARLARIDA TAVSIFLANGAN LAMIACEAE

LINDL. OILASINING DORIVOR TURLARI

M.R.Nasriddinova

Qarshi davlat universiteti,

m.nasriddinova@mail.ru


Annotatsiya.

Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniy asarlarida tavsiflangan

Lamiaceae

oilasining dorivor turlari haqida ma’lumot berilgan. O‘rganilgan turlarning

Beruniy asarlarida turli tillardagi nomlari keltirilgan, bu turlarning qisqacha tavsifi,
ishlatiladigan dorivor mahsuloti va tabobatda qo‘llanilishi bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Lamiaceae

, dorivor o‘simlik, dorivor mahsulot, tabobat.

Annotatsiya.

В статье представлены сведения о лекарственных видах

семейства яснотковых, описанных в трудах Абу Райхана Беруни. В трудах

Беруни даны названия изучаемых видов на разных языках, дана краткая

характеристика этих видов, их лечебных свойств и использования в медицине.

Ключевые слова:

Яснотковые, лекарственное растение, лекарственное

сырье

,

медицина

.

Abstract.

The article presents information about medicinal species of the

Lamiaceae

family described in the works of Abu Rayhan Beruni. In the works of

Beruni, the names of the studied species are given in different languages, a brief
description of these species, their medicinal properties and use in medicine.

Keywords:

Lamiaceae

, medicinal plant, medicinal raw material, medicine.

Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy o’z davridagi barcha ilmlarni mukammal

egallagan qomusiy olimdir. U o‘zining bizga qoldirgan noyob asarlari bilan ming yil
o’tsa ham jahon ilm ahliga benazir hissasini qo’shib kelmoqda.

Beruniyning oxirgi asarlaridan biri “Tibbiyotda farmokognoziya kitobi” ning asl

qo‘lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topilgan va hozirda Bursa shahridagi
kutubxonada saqlanadi. Bu kitob “Kitab as-saydana fit-tibb” nomi bilan mashhur
farmokognozik asar bo’lib, asarda Beruniy Markaziy Osiyoda o‘sadigan ko‘pgina
dorivor o‘simliklar tavsifini bergan. Jumladan, asarda tavsiflangan 1116 tur

7


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

dorivorlardan 750 turi o‘simliklardir, qolgan 101 turi hayvonlar, 255 turi minerallar
hisoblanadi [1].

Shuningdek, Beruniy asarda o‘simliklar, hayvonlar va minerallardan olinadigan

dorivor mahsulotlar haqida ma’lumot beriish bilan birga, ularning arabcha, forscha,
tojikcha va boshqa tillardagi nomlarini keltiradi. Bu esa o’sha davrning dorishunoslik
atamashunosligi uchun qimmatbaho manba bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur asarda Lamiaceae Lindl. (yalpizdoshlar) oilasi vakillarining ham dorivor

vositalari to‘g‘risida bayon qilingan [1].

Lamiaceae oilasi yer yuzasida keng tarqalgan botanik oilalardan bo‘lib, 245 ga

yaqin turkum va 8000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Tabiiy sharoitda barcha
mintaqalarda uchraydigan oila vakillari hayotiy shakli bo‘yicha o‘t, butacha va buta
o‘simliklar hisoblanadi [2, 3]. Shundan O‘zbekiston florasida 40 turkum va 206 turi
uchraydi [4].

Tabiatda Lamiaceae Lindl. oilasi vakillari tarkibida efir moyi to‘plashi bilan

ahamiyatli bo‘lib, xom ashyosidan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng
foydalaniladi. Shu jumladan, tabobatda ham oila vakillarining ko‘pchiligidan
qimmatbaho dorivor o‘simlik sifatida keng qo‘llaniladi [2].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Abu Rayhon Beruniy asarlarida tavsiflagan

Lamiaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklar to‘g‘risida ma’lumot berishni maqsad
qildik.

Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida tavsiflagan o‘simliklardan Lamiaceae

oilasiga mansub dorivor o‘simliklar

Mentha piperita, Mentha arvensis, Melissa

officinalis, Salvia officinalis, Salvia aethiopis, Ziziphora pedicellata, Hyssopus
officinalis

kabi turlarni tashkil etishi aniqlandi (jadval).

Jadval

O‘simliklarning nomlanishi

Ilmiy nomi

O‘zbekcha nomi

Mahalliy nomi

1

Mentha piperita
Mentha arvensis

Yalpiz

Na’no, Pudana

2

Melissa officinalis

Limono‘t

Bodranjbuya,
Kadvan, Turunjan

3

Salvia officinalis
Salvia aethiopis

Marmarak (mavrak) Marmarak, Isubis,

Shyoki, Tashnak

8


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

4

Ziziphora pedicellata

Kiyiko‘t

Mushktaromashi,
Pudinal jabaliy

5

Hyssopus officinalis

Dorivor ko‘ko‘t

Zufo, Ko‘ko‘t


Quyida bu o‘simliklarning dorivor maxsulotlari va ularning farmakologik

xususiyatlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beramiz.

Mentha piperita, Mentha arvensis –

bo‘yi 40-80 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik.

Dorivor mahsuloti bargi va gulli novdachalari. Yalpiz ovqat hazm qilishni yaxshilash,
hiqichoqda, ichak og‘riqlarini davolashda qo‘llagan, qo‘tir va qichima hamda sariq
kasalida qaynatmasida cho‘milishni tavsiya etiladi. Zamonaviy tabobatda me’da-ichak,
jigar, o‘t haydovchi, nafas yo‘llari, teri va stomatologiya kasalliklarida davolovchi,
mikroblarga qarshi antiseptik ta’sir ko‘rsatuvchi sifatida qo‘llaniladi.

Melissa officinalis –

bo‘yi 80-120 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik.

Ishlatiladigan qismi bargi va gulli novdachalari. O‘simlikdan yurakni
mustahkamlovchi, ovqat hazmini yaxshilovchi va hiqichoqda yordam beruvchi vosita
sifatida foydalanilgan. Zamonaviy tabobatda yurak-qon tomir, asab va stomatologiya
kasalliklarida, badanga toshma toshganda foydalanish tavsiya etiladi.

Salvia officinalis, Salvia aethiopis

– ko‘p yillik o‘t, bo‘yi 20-50 sm ga yetadi.

Ishlatiladigan qismi bargi va gulli novdachalari. Tomoq, ko‘krak, yuqori nafas yo‘llari
yallig‘lanishi, me’da kasalliklari va ich ketishga qarshi ishlatiladigan yig‘ma-choylar
tarkibiga kiritiladi. Tibbiyotda dizenfiksiyalovchi, patogen mikroorganizmlarni
o‘ldiruvchi, burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.

Ziziphora pedicellata –

bo‘yi 20-40 sm ga yetadigan yarimbutacha.

Ishlatiladigan qismi yer ustki o‘t qismi. Tish og‘rig‘i, tizza og‘rig‘i, me’da va jigar
kasalliklarida davolovchi hamda gijja tushiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi.
Zamonaviy tabobatda qaynatmasi yurak ishini yaxshilashda, qon bosimini tushirishda
va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Hyssopus officinalis –

bo‘yi 50-80 sm ga yetadigan doim yashil yarimbuta.

Ishlatiladigan qismi gulli novdachalari. O‘simlik ko‘pgina o‘pka kasalliklarini
davolovchi vosita sifatida ko‘rsatiladi. Zamonaviy tabobatda nafas qisishi,
revmatizmda davolovchi, bronxit va bronxial astmada balg‘am ko‘chiruvchi vosita
sifatida qo‘llaniladi.

9


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘rganilgan turlarning barchasi ko‘p yillik o‘t o‘simliklar bo‘lib, bu turlarning

yer ustki o‘t qismi dorivor mahsulot hisoblanadi. Dorivor mahsulot uchun yer ustki o‘t
qismi gullagan vaqtida gulli shoxchalari bilan birga yig‘ishtiriladi va soya joyda quritib,
foydalaniladi.

Xulosa qilib aytganda, Abu Rayhon Beruniyning tibbiy merosi xalq tabobatiga

salmoqli hissa qo‘shib kelgan. Abu Rayhon Beruniy tavsiflagan Lamiaceae oilasining
dorivor vakillari hozirda ilmiy tibbiyotda ham qo‘llanib kelinadi. Shunday ekan,
Lamiaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklar turlarini ko‘paytirish va ular ustida
tadqiqotlar olib borish dorivor o‘simliklar sonini oshirishga erishish hamda ularning
shifobaxshlik xususiyatlaridan xalq tabobatida foydalanish istiqbolini ko‘rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. Т. IV.

-

Фармакогнозия в

медицине (Китаб ас

-

Сайдана фи

-

т

-

тиб(б) //Отв. ред. А.К. Аренде. Исслед., пер.,

прим. и укз. У.И. Каримова.

-

Ташкент: Фан, 1974.

2.

Lazkov G.A. (Georgiĭ Anatolʹevich). Labiatae (family Labiatae Juss.) in flora of

Kyrgyzstan // Korean National Arboratum. – 2016. – 384 p. (2-24).

3.

Plants of the World Online (POWO): открытый онлайн атлас

-

определитель

растений.

https://powo.science.kew.org/

Флора Узбекистана. Том V. Сост.: Бондаренко О.Н., Бутков А.Я., Введенский

А.И. и др.

Ташкент, 1961.

С. 263

-416.

10

References

Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. Т. IV. - Фармакогнозия в медицине (Китаб ас-Сайдана фи-т-тиб(б) //Отв. ред. А.К. Аренде. Исслед., пер., прим. и укз. У.И. Каримова. - Ташкент: Фан, 1974.

Lazkov G.A. (Georgiĭ Anatolʹevich). Labiatae (family Labiatae Juss.) in flora of Kyrgyzstan // Korean National Arboratum. – 2016. – 384 p. (2-24).

Plants of the World Online (POWO): открытый онлайн атлас-определитель растений. https://powo.science.kew.org/

Флора Узбекистана. Том V. Сост.: Бондаренко О.Н., Бутков А.Я., Введенский А.И. и др. – Ташкент, 1961. – С. 263-416.