«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
BERUNIY ASARLARIDA TAVSIFLANGAN ZIZIPHORA PEDICELLATA
(LAMIACEAE)
TURINING TABOBATDA TUTGAN O‘RNI
M.D. Berdimurodova, M.R. Nasriddinova
Qarshi davlat universiteti,
berdimurodovamarguba@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Abu Rayhon Beruniy asarlarida tavsiflagan
Ziziphora pedicellata
turining qadimdan xalq tabobatida qo‘llanilganligi va ilmiy
tibbiyotda antibakterial, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va spazmolitik
xususiyatlari aniqlanganligi tahlil qilingan. Botanik tavsifi va kimyoviy tarkibi
to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Ziziphora
, dorivor, efir moyli, tabobat, damlama.
Аннотация.
В статье анализируется древнее применение вида
Ziziphora
pedicellata
, описанного в трудах Абу Райхана Беруни, в народной медицине, а
также
открытие
его
антибактериальных,
антиоксидантных,
противовоспалительных и спазмолитических свойств в научной медицине.
Приведена информация по ботаническому описанию и химическому составу.
Ключевые слова:
Ziziphora
, лекарственная, эфирное масло, медицина,
настойка.
Abstract.
The article analyzes the ancient use of the species
Ziziphora
pedicellata
, described in the works of Abu Rayhan Beruni, in folk medicine, as well as
the discovery of its antibacterial, antioxidant, anti-inflammatory and antispasmodic
properties in scientific medicine. Information on the botanical description and chemical
composition is provided.
Key words:
Ziziphora
, medicinal, essential oil, medicine, tincture.
Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida o‘sha davrning xalq tabobatida keng
foydalanilgan, bugungi kunda ham ilmiy jihatdan o‘rganilib, tibbiyotda
qo‘llanilayotgan ko‘plab dorivor o‘simliklarni tavsiflab bergan. Bular orasida hozirgi
kun tabobatida ham qo‘llanilayotgan
Ziziphora pedicellata
turiga oid ma’lumotlar
alohida ahamiyat kasb etadi.
Ziziphora pedicellata
Pazij&Vved. – kiyiko‘t, bo‘yi 20-40 sm bo‘ladigan ko‘p
yillik xushbo‘y o‘simlik. Lamiaceae Lindl. (yalpizdoshlar) oilasiga mansub bu o‘simlik
O‘rta Osiyo, Ukraina, Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismida uchraydi. Tabiiy holda
30
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
ochiq joylarda, dashtlar, toshli-shag‘alli tepaliklar, dalalar va o‘rmon chetlarida o‘sadi
[1, 2].
Ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi sershox, biroz egri-bugri, ingichka, pastki qismi
yog‘ochlashgan. Barglari lantsetsimon, kalta bandli, mayin tukchali, poyada navbatma-
navbat joylashgan. Gullari mayda, och siyohrang, mayin tuklangan, gullar 10-20 tadan
novdalar uchida boshchasimon shingilga yig‘ilgan. Mevasi tukli, yong‘oqcha. Iyun-
avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul-sentyabrda yetiladi [2].
Z. pedicellata
tarkibida ko‘p miqdorda efir moyi to‘plashi bilan qimmatbaho
dorivor o‘simlik hisoblanadi. Efir moyi tarkibini karvakrol (40-70%), timol (10-25%),
pinen, limonen, karyofillen tashkil etadi. Bundan tashqari o‘simlik tarkibida
flavonoidlar (apigenin, luteolin, quercetin, rutosid), fenol birikmalar (klorogen
kislotasi, kafein kislotasi, rozmarin kislotasi), organik kislotalar (malat, oksalat, sitrat),
triterpen glikozidlar, flavonoidlar, oshlovchi moddalar, kumarinlar, oksikumarinlar,
aminokislotalar, vitaminlar, jumladan, tokoferol bor. Kiyiko‘t selen to‘plab boradigan
o‘simliklar qatoriga kiradi. Bu o‘simlikda har xil mikro- va makroelementlar (kaltsiy,
kremniy, alyuminiy, temir, magniy, kobalt, rux, mis, marganets, molibden, xrom) bor
[2, 3].
O‘simlikning yer ustki o‘t qismi
доривор хомашё сифатида ишлатилади. Yer
ustki o‘t qismi gullagan vaqtida gulli shoxchalari bilan birga yig‘ishtiriladi va soya
joyda quritib, foydalaniladi.
Beruniy asarlarida
Z. pedicellata
o‘simligi “saisaban”, “Pudinal jabaliy”,
“zujba”, “Mushktaromashi” kabi turli nomlar bilan yuritilgan bu o‘simlikni olim
salqinlantiruvchi, yurakni mustahkamlovchi, asosan nafas yo‘llari va ovqat hazm qilish
tizimi kasalliklarida foydali deb ta’riflaydi. Tish og‘rig‘i, tizza og‘rig‘i, me’da va jigar
kasalliklarida davolovchi hamda gijja tushiruvchi vosita sifatida tavsiya etadi [4].
Kiyiko‘tning galen preparatlari (damlama va qaynatma) qon bosimini
pasaytiradigan va yurakka quvvat beradigan tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Bu
preparatlar yurak toj tomirlarini kengaytiradi, buyrakda qon aylanishini kuchaytiradi va
siydik ajralishini ko‘paytiradi.
Ilmiy tibbiyotda kiyiko‘tdan tayyorlangan damlama va qaynatmalar (10% li)
gipertoniya kasalligi, stenokardiya, qon aylanishining yetishmovchiligi, buyrak-
tomirlar kasalligi, shuningdek, diabet, stomatit, paradontozda, furunkulyoz va boshqa
teri kasalliklarida ishlatiladi. 20% li damlamasi aritmiyalar (taxikardiya,
31
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
ekstrosistoliya) bilan o‘tayotgan yurak-tomirlar yetishmovchiligida, shuningdek,
nevrasteniyada foyda beradi.
Kiyiko‘tning yelimi tarkibida ko‘zga davo bo‘ladigan dorilar bor. U issiq yo‘talni
yumshatish xususiyatiga ega, o‘pka yaralaridan keladigan zararni kamaytiradi va
ovozni yaxshilaydi.
Ildizidan tayyorlangan tinktura yoki kukun turli me’da-ichak kasalliklarigan
qarshi, shuningdek, siydik haydaydigan va terlatadigan dori sifatida qo‘llaniladi. Uni
diabetda, furunkulyoz, piodermiyada boshqa dorivor o‘simliklar bilan birgalikda
ishlatish buyuriladi. Ildizidan tayyorlangan ekstrakt infeksiya tushgan jarohatlarga,
yaralarga qo‘yish uchun ishlatiladi [3, 4, 5].
Xulosa qilib aytganda, Z. pedicellata turi tabiiy dorivor vosita sifatida ilmiy va
amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, tabiiy antibiotik xossalariga ega bo‘lgan noyob o‘simlik
sifatida tabobatida keng qo‘llaniladi.
Yuqorida berilgan ma'lumotlardan ko’rinib turibdiki, Z. pedicellata dorivor turi
Beruniy davrida ham tabobatda keng iste’molda bo’lgan va tibbiyotda ko’p yillardan
buyon ishlatilib kelingan va hozir ham farmakologiyada katta ahamiyatga egadir.
Tarkibidagi efir moylari, flavonoidlari va fenol birikmalari tufayli antibakterial,
antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va spazmolitik ta’sirlarga ega ekanligi tasdiqlangan.
Bu esa o‘simlikni farmatsevtika, xalq tabobati va fitoterapiyada istiqbolli o‘ringa ega
ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, Beruniy asarlarining ilmiy tibbiyotda ahamiyatli
ekanligini isbotlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Lazkov G.A. (Georgiĭ Anatolʹevich). Labiatae (family Labiatae Juss.) in flora
of Kyrgyzstan // Korean National Arboratum. – 2016. – 384 p. (2-24).
2. Plants of the World Online (POWO): открытый онлайн атлас
-
определитель
растений. https://powo.science.kew.org/
3. Ganieva T.J., Sultanova N.A., Yunusov M.S. “Ziziphora species:
Phytochemical and pharmacological aspects”. Phytomedicine, 2019. 62. 152963.
4.
Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. Т. IV.
-
Фармакогнозия в
медицине (Китаб ас
-
Сайдана фи
-
т
-
тиб(б) //Отв. ред. А.К. Аренде. Исслед., пер.,
прим. и укз. У.И. Каримова.
-
Ташкент: Фан, 1974.
5. Холматов Ҳ.Х., Қосимов А.И. Доривор ўсимликлар.
–
Тошкент, 1994.
–
368 б.
32
