Authors

  • Bekmurod Aliqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113328

Keywords:

Buyuk Ipak yo‘li So‘g‘diyona animizm

Abstract

Buyuk ipak yoʻli – qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan  savdo yoʻli, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy  qadriyatlari bilan almashishga, urf-odatlar va diniy an’analarning o‘zaro qorishuviga,  hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasi. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim 
ahamiyat kasb etgan. 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

56

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

BUYUK IPAK YO‘LIDA MILLIY URF-ODATLAR VA DINIY

AN’ANALARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI VA TA’SIRI

Aliqulov Bekmurod Tolibjon oʻgʻli

Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Buyuk ipak yoʻli

– qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan

savdo yoʻli, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy
qadriyatlari bilan almashishga, urf-odatlar va diniy an’analarning o‘zaro qorishuviga,
hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga
xos boʻlgan hodisasi. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim
ahamiyat kasb etgan.

Kalit so‘zlar:

Buyuk Ipak yo‘li, So‘g‘diyona, animizm, totemizm, buddizm,

zardushtiylik farishtalar, ruhlar, jinlar Umay ilohasi, yollanma yig‘lovchilar, Mug‘
tog‘i.

Аннотация.

Великий шёлковый путь – это древний торговый маршрут,

соединявший Восток и Запад. Он представляет собой уникальное явление в
истории развития человечества – стремление к объединению, обмену
культурными ценностями, смешению обычаев и религиозных традиций, а также
к достижению рынков для продажи товаров и жизненно важного пространства.
До открытия морских и океанских путей этот маршрут имел важнейшее
значение.

Ключевые слова

: Великий Шелковый Путь, Согдиана, анимизм,

тотемизм, буддизм, зороастризм, ангелы, духи, джины, божество Умай, наемные
плакальщицы, гора Муг.

Abstract:

The Great Silk Road was an ancient trade route that connected the East

and the West. It represents a unique phenomenon in the history of human development
– a drive toward unity, the exchange of cultural values, the intermingling of customs
and religious traditions, and the pursuit of markets to sell goods and access vital spaces.
Before the discovery of sea and ocean routes, these paths held great significance.

Key words:

Great Silk Road, Sogdiana, animism, totemism, Buddhism,

Zoroastrianism, angels, spirits, jinn, the deity Umay, hired mourners, Mount Mug.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

57

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: “Oʻtirgan – boʻyra, yurgan – daryo”.

Harakatlanish – bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning
harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu
qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim
davlatidan
to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta,
sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qa’riga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan
beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning alohidagi
qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim
qimmatbaho toshlar – Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar
qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan,
Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib
beriladigan „lazurit yoʻli“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yoʻli“ ham tarkib
topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar
edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan
aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning
barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan
Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga
olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini
tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar,

Buyuk Ipak yoʻlida ko‘plab o‘lkalarining o‘zaro sovdo-sotiq aloqalari natijasida

shubhasiz madaniyatlar, urf-odatlar va diniy ananalar qorishuvi sodir boʻlganligi tabiiy
hodisa. Jumladan bizning yurtimizdagi So‘g‘diyona, Baqtriya va boshqa o‘lkalarda
ham ushbu jarayonlar sodir boʻlganligini koʻrishimiz mumkin.

Ibtidoiy ajdodlarimiz amal qilgan dastlabki diniy aqida “animizm”dir

(“Animizm”-lotin tilidan olingan bo‘lib “anima”- “qalb”, va “animus”-“ruh” degan
ma’nolarni anglatadi. Bu diniy aqida ancha takomillashgan bo‘lib, u keyingi dinlarning
shakllanishida ham sezilarli rol o‘ynagan. Bu diniy aqidaning ko‘pgina unsurlari
dunyoviy dinlarga ham ko‘chib o‘tgan). Ibtidoiy odamlar o‘lgan kishining qayta
tirilmasligini anglaganlaridan so‘ng, “ruh hamisha tirik”, u narigi dunyoda yashaydi,
degan fikrga kelgan. Vafot etgan qabila boshliqlari, jasur jangchilar va otalarining
ruhlari tiriklarni turli balo-qazolardan asraydi, degan ilinjda ruhlarga sig‘ingan, ularga
bag‘ishlab har xil diniy marosimlar o‘tkazgan. Bu diniy aqida ajdodlar ruhiga sig‘inish
deb nom olgan. Qadimgi Sug‘dda ham bu diniy aqida keng yoyilganligi ilmiy
adabiyotlarda qayd qilingan.

Samarqand muzeyida saqlanayotgan noyob ostadon ushbu tasavvurlarni yaqqol


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

58

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

namoyish etadi. Unda olov yonib turgan mehrob yaqinidagi kohinlar tasvirlangan,
mehrob ustida esa farishtalar uchib yuribdi. Ya’ni, o‘limdan keyin qalb-ruh o‘zining
yo‘lini olovli mehrob ostonasidan-olovli taxtdan boshlaydi, bu yerda qurbonliklar
qilinadi.

Zardushtiylik va moniylik dini aqidalariga ko‘ra, marhumlar dastlab yuqorilab

boradilar va nur sochuvchi fravashi-ruhlarga aylanadilar, ammo tiriklar dunyosi bilan
aloqani uzmaydilar. Navro‘z (yangi yilning birinchi kuni)dagi o‘n kun arafasida-
o‘lganlarning ruhini sharaflash marosimida, fravashi (Zardushtiylik dinidagi ezgu ruh)
tiriklarning uyiga, “Ularga duolar bag‘ishlashi va ishonishlarini” bilishga keladi

1

.

Agarda tiriklar ularni eslagan bo‘lsalar, fravashilar tinch bo‘lib ularni duo qiladilar. Shu
sababli zardushtiylar o‘z niyatlarini amalga oshirish uchun, har kuni ular sharafiga
duolar o‘qiydilar.

Xitoy tarixnavislarining yozishicha, Markaziy Osiyoda ma’lum kunlari

ajdodlarning suyaklari solingan oltin quticha oldida tantanali sajda qilingan. “Ushbu
maxsus kunlar” Navro‘zdan oldingi o‘n kunlikka to‘g‘ri keladi, deb taʻkidlaydilar.
Olimlarning fikricha, turli xalqlarning farishtalar-ruhlarga bag‘ishlangan marosimlari
tabiatning uyg‘onishi sharafiga qurbonliklar qilish bilan birga amalga oshiriladi. Bu
kunlarda “Sug‘d aholisi ... oh-voh va ko‘zda yosh bilan o‘z yuzlarini yuladilar,
marhumlar sharafiga ovqat va ichimliklar qo‘yadilar

2

.

Yig‘lash va o‘zini azoblash bilan kechuvchi xotirlash marosimlari tiriklarga

yordam berish uchun ajdodlar ruhini chaqirish maqsadida qilingan.

Markaziy Osiyodagi sak-massaget qabilalarida, odamda ikkita ruh bo‘ladi, bittasi

o‘lim bilan birga tanani darhol tark etadi, ikkinchisi esa maʻlum vaqt marhumning
yonida bo‘ladi va tiriklar bilan aloqa o‘rnatadi, degan tasavvur bo‘lgan.

Qadimgi dunyoning turli xalqlari marhumning yaxshiliklari va topganlari narigi

dunyoga ketib qolmasligi uchun uni o‘z uyiga ko‘mganlar. Vergiliy rimliklarda ham
bo‘lgan bunday odatni shunday tushuntiradi: marhumning ruhi uyga homiylik qiluvchi
xudolarga aylanadi, shu sababli keksayib vafot etganlarni uydan olib chiqishmagan
Vaqt o‘tishi bilan bu odatni o‘lganning tasviriga sajda qilish bilan almashgan. Shu
maqsadda rimliklar o‘z ajdodlarining sopol niqoblarini uylarida saqlagan, ularga
qurbonlik va hadyalar qilganlar.

Qadimgi insonlarda shunday ishonch bo‘lganki, go‘yo vafot etganning tasviri,

bosh suyagi va quticha ruhlar uchun vaqtincha turadigan joy hisoblangan va maʻlum

1

Avesto. Asqar Mahkam tarjimasi.Toshkent. Sharq. 2001. – B. 91.

2

Беруний. Памятники минувших поколений. Т. 1. Ташкент. 1957.-С. 236, 255.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

59

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

bir kunlarda ular “jonlanganlar”. Qadimgi Markaziy Osiyo hududida ajdodlarning
ruhlariga sig‘inish uchun ibodatxonalar qurilgan, bu yerdagi mehrobda olov yonib
turgan, devor bo‘ylab qurilgan supalarda ovqatlar qo‘yilgan, shuningdek xudolarga va
mahalliy aholining homiylariga bag‘ishlangan marosimlar o‘tkazilgan ajdodlarning
ruhlariga sig‘inish uchun odamlar qabristonlar yonida bir qancha g‘ishtlardan marhum
uchun “ota-onalar uychasi” qurishgan. Ular ayniqsa ruhoniylar ko‘milgan joylarda ko‘p
bo‘lgan, chunki bu manzilgohni ziyorat qiladiganlar ularning ruhi aynan shu joyda o‘z
manzilini topadi deb ishonganlar. Buxorodagi qabrlarda, ruh bemalol kirib chiqishi
uchun, maxsus teshikchalar qoldirilgan.

Qadimgi Panjikentdan topilgan (hozirgi Tojikiston hududida) devoriy

rasmlardan birida dafn etish marosimi sahnasi tasvirlangan. Arksimon dafn etish
inshooti ostida o‘lgan o‘smir yotibdi, to‘siq oldida, oq kiyimdagi odam dastasiz ko‘zani
ehtiyotlik bilan olib bormoqda, yon tomonlardagi ikkita erkak mashʻalalarni ushlab
turibdi. Devordagi rasmni o‘rgangan P.Kostrov mashʻalalar ustida tutun va olov tasviri
bo‘lgan degan fikrni aytgan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, devordagi
rasmda marhumni yog‘och to‘siqlar bilan birga yoqish marosimi tasvirlangan.
Marosimda qatnashganlarning barchasi xizmatchilar bo‘lgan, har bir xizmatchiga
muayyan vazifa yuklangan. Misol uchun, ko‘za ko‘targan kishi yoqilgan marhumning
kulini yig‘ib olgan.

Yuqoridagi fikrlarni Afrosiyobdan topilgan yollanma yig‘lovchilarning

haykalchalari tasdiqlaydi. Bu maqsadlar uchun hatto ayrim yer uchastkalari ham sotib
olingan. Masalan, Mug‘ tog‘idan topilgan, yer uchastkasining sotilishi to‘g‘risidagi
Sug‘d hujjatida “bu yer marhumning dafn marosimi uchun foydalaniladi”, deb
yozilgan.

Lekin, Zardushtiylik tartib-qoidalariga binoan marhumni eslab baqirish va

qichqirib yig‘lash taʻqiqlangan. Chunki har bir tomchi ko‘z yoshi Chinvot ko‘prigi
ostidagi daryoga tushadi, bu marhumning narigi dunyoga o‘tishini qiyinlashtiradi va
uning ruhi shu joyda tiqilib qoladi, deb hisoblangan. Yuqorida keltirilgan dafn
marosimi sahnalari va yuzlarni yulib, hatto qon ham oqadigan darajaga keltirib yig‘lash
turkiylarga xosdir. Buni shunday izohlashimiz mumkinki, ilk o‘rta asrda Sug‘dda
ma’muriy boshqaruv kelib chiqishi aralash turkiy-sug‘diy sulolalar boshqaruviga
asoslanganligi bilan izohlashimiz mumkin, jumladan Sug‘ddagi zardushtiylik dini
mahalliy arxaik e’tiqodlar bilan ham qorishib ketgan edi.

Islomning kirib kelishi bilan yollanma yig‘lovchilar o‘rnini qalandar-darveshlar

egallaydi. Ular hurmatli kishilarning qabrlari yonida marosim raqsi “zikr”ni, qarindosh


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

60

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

ayollar esa “sadr”ni ijro etganlar

3

.

Islom dinining Movarounnahr hududiga kirib kelishi bilan qadimgi odatlarning

ayrimlari sintezlashadi. Buning natijasida bu odatlar islomlashtiriladi. Bunday
sintezlashgan odatlar Markaziy Osiyo xalqlari uchun xos bo‘lib, boshqa musulmon
mamlakatlarida esa ular qabul qilinmagan. Masalan marhumning vafotining 20 va 40
kunlarini o‘tkazish va bir yilligiga ovqat tayyorlash, Qur’ondan oyatlar o‘qishning
hozirgi kungacha saqlanib kelayotganlgini taʻkidlashimiz mumkin. Jahon dinlari-
xristianlik va islomning kirib kelishi bilan avvalgi dinlarda mavjud bo‘lgan farishtalar-
fravashilar timsoli yo‘qolmagan. Buni quyidagi vaziyatda ko‘rishimiz mumkin.
Xristian ibodatxonalari diniy ramzlar sifatida qanotli farishtalar tasviri bilan bezatilgan.

Islom dini kirib kelishi bilan farishtalar-ruhlar parilarga aylanadilar. Kiyev

muzeyida O‘zbekistonda yaratilgan miniatyura saqlanib, unda Meroj kechasida
payg‘ambar Muhammad (s.a.v) ning Buroq otida, olovli idishlar va mash’alalar
ko‘tarib olgan sakkizta qanotli farishta bilan birga osmonga ko‘tarilishi tasvirlangan

4

.

Sug‘d diniy qarashlarida “jin-farishta” tushunchalari ham mavjud bo‘lib, eronlik

olim B.Sarkaratining fikricha, barcha zardushtiylik matnlarida avestocha rarika va o‘rta
forscha rarik atamalari Axriman tomonidan yaratilgan, yovuzlikni anglatuvchi, ayollar
obrazini bildiradi. U devlar, dev-ayol jahikalar bilan birga tilga olinadi. Ammo u
zardushtiylik dini kirib kelishi bilan inkor etilgan va Axrimanning yovuz hayvonlaridan
deb eʻlon qilingan.

Buxorxudotlarning hashamatli saroyi Varaxshaning (Buxoro) shimoliy zalida,

daraxt kundasida o‘tirgan qush ko‘rinshidagi ayol tasviri saqlangan. Panjikentda esa
VIII asrga oid qush-odamning ikkita o‘ymakor shakli topilgan. Markaziy Osiyoda
qush-ayol tasvirini turkiylar e’tiqodidagi Umay ona Qush bilan bog‘lashimiz mumkin.
Umayga ming yillar mobaynida Umay ona Qush deb murojaat qilingan. Uning
tasvirlaridan birini Farg‘onadan topilgan XI-XII asrga oid mis idishda ko‘rish mumkin.
Ushbu obrazni hozirgi kunlarga qadar ot, quyosh va yulduzlar tasviri uyg‘un bo‘lgan
Samarqand idishlarida ko‘rish mumkin. Afsonalarga ko‘ra, qush uni ilondan qutqargan
odamga sakkizta uzum boshini keltirgan. Rossiya Davlat Ermitajida saqlanayotgan, X-
XII asrga oid, Amudaryo va Sirdaryo oraliqlariga tegishli deb hisoblanuvchi kumush
idishda, yosh novdalari bo‘lgan shoxchalarga o‘ralgan va qo‘lida uzum boshini-
hayotning yangilanishi va hosildorlikning ramzini ushlab turgan qush-ayolning tasviri

3

Сухарева О. А. Пережитки демонологии и шаманства у равнинных таджиков // Домусульманские верования и

обряды в Средней Азии. № 2.1975. - С. 58.

4

Крачковская В. А. Мусульманское искусство в собрании Ханенко. Т. II // ЗКВ.Москва. 1938 .- С. 37.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

61

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

naqshlangan. Qush-ayol tasviri Samarqanddan (VIII-X asrlar) topilgan ostadonlarda
ham tasvirlangan.

Xulosa qilib aytganda, bir necha asrlar davomida Sharq va G‘arbni bir biri bilan

bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lini bugungi kunda baʼzi bir mamlakatlarida (Hindiston,
Xitoy, Oʻzbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) oʻrganish boʻyicha maxsus ilmiy institutlar
barpo etilgan. BMT va YUNESKO qaroriga koʻra, Samarqand shahrida Markaziy
Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997-yil mayda Oʻrta Osiyoni Eron bilan
bogʻlagan Saraxs – Mashhad temir yoʻl uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan Oʻrta
Osiyo mamlakatlari Fors qoʻltigʻiga, Yevropa mamlakatlari esa Oʻrta Osiyoga chiqish
imkoniga ega boʻldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yoʻlini
tiklash boʻyicha jahonshumul ahamiyatga ega boʻlgan loyiha amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi vazifa – Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi temir yoʻl uchastkasini qurishdir.
Mana shu reja amalga oshgudek boʻlsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha
boʻlgan masofada Buyuk ipak yoʻlining “temir yoʻl” varianti toʻla tiklangan boʻladi.
Oʻzbekistonda Buyuk ipak yoʻlini tiklashga katta eʼtibor qaratilmoqda. 1995-yil 2-
iyunda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Buyuk ipak
yoʻlini qayta tiklashda Oʻzbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro
sayyohlikni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Абу Муҳаммад Аҳмад ибн Асам ал-Куфи. Книга завоеваний. Перевод с

арабского языка академика АН Азербайжанской ССР З.М.Буниятова.- Баку: Элм.
1981. -84 с.

2.

Абу Райхан Бируни. Избранные произведения. Т. VII. Математические

и астрономические трактаты. //Отв. ред. Г.П. Матвиевская. Предисл., пер. и
коммент. П.Г. Булгакова и Б. Розенфельда. - Ташкент: Фан, 1987. -345 с.

3.

Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. –T.V. 4.1. –Кн. 1-5. Канон

Масъуда //Отв. ред. С.Х. Сираждинов и Г.П. Матвиевская. Вступит, статья, пер. и
прим. П.Г. Булгакова и Б.А. Розенфельда. – Ташкент: Фан, 1973. -648 с.

4.

Абу Рейхан Бируни. Избранные произведения. Т. II. Индия // Пер. А.Б.

Халидова и Ю.Н. Завадовского. Комментарии В.Г. Эрмана и А.Б. Халидова. Отв.
ред. В.И. Беляев. – Ташкент: Изд. АН УзССР, 1963.-728 с.

5.

Abul-Abbos Ahmad ibn Yahyo al-Balozuriy.

“Futuh al-buldon”

(“Mamlakatlarning fath etilishi”). arab tilidan tarjima, sharhlar, izohlar va ko‘rsatkichlar
muallifi Sh.S. Kamoliddin. - Toshkent, 2017. - B. 37.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

62

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

6.

Абу-Алъ-Касым Ибн Хаукал. Книга Путей и стран (фрагмент) //Проект

Виртуальный Самарканд. Раздел «История Самарканда». Web site:www.e-
samarkand.narod.ru.

7.

Avesto.Tarixiy-adabiy yodgorlik / Asqar Mahkam tarjimasi. T.: Sharq, 2001.

– 384 b.

8.

Ал-Балазури. Завоевание Хорасана (Извлечение из соченения “Футух

ал-булдан”). Пер.с арабского... Г. Гоибова. Душанбе, 1987. -120 с.

References

Абу Муҳаммад Аҳмад ибн Асам ал-Куфи. Книга завоеваний. Перевод с арабского языка академика АН Азербайжанской ССР З.М.Буниятова.- Баку: Элм. 1981. -84 с.

Абу Райхан Бируни. Избранные произведения. Т. VII. Математические и астрономические трактаты. //Отв. ред. Г.П. Матвиевская. Предисл., пер. и коммент. П.Г. Булгакова и Б. Розенфельда. - Ташкент: Фан, 1987. -345 с.

Абу Райхан Беруни. Избранные произведения. –T.V. 4.1. –Кн. 1-5. Канон Масъуда //Отв. ред. С.Х. Сираждинов и Г.П. Матвиевская. Вступит, статья, пер. и прим. П.Г. Булгакова и Б.А. Розенфельда. – Ташкент: Фан, 1973. -648 с.

Абу Рейхан Бируни. Избранные произведения. Т. II. Индия // Пер. А.Б. Халидова и Ю.Н. Завадовского. Комментарии В.Г. Эрмана и А.Б. Халидова. Отв. ред. В.И. Беляев. – Ташкент: Изд. АН УзССР, 1963.-728 с.

Abul-Abbos Ahmad ibn Yahyo al-Balozuriy. “Futuh al-buldon” (“Mamlakatlarning fath etilishi”). arab tilidan tarjima, sharhlar, izohlar va ko‘rsatkichlar muallifi Sh.S. Kamoliddin. - Toshkent, 2017. - B. 37. 6. Абу-Алъ-Касым Ибн Хаукал. Книга Путей и стран (фрагмент) //Проект

Виртуальный Самарканд. Раздел «История Самарканда». Web site:www.e samarkand.narod.ru.

Avesto.Tarixiy-adabiy yodgorlik / Asqar Mahkam tarjimasi. T.: Sharq, 2001. – 384 b.

Ал-Балазури. Завоевание Хорасана (Извлечение из соченения “Футух ал-булдан”). Пер.с арабского... Г. Гоибова. Душанбе, 1987. -120 с.