Authors

  • Bekmurod Aliqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113330

Keywords:

ibtidoiy davr migratsiya paleolit neolit bronza davri tarixiy jarayon qit’alararo migratsiya jarayonlari

Abstract

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, doimiy tarixiy-madaniy aloqalar 
jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatini ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va 
mahsulot o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining xilma-xil bo‘lishiga olib keladi. Bu 
jarayon esa ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy hamda tarixiy-madaniy aloqalar 
zaruratini keltirib chiqaradi. O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan 
tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli 
davrlardagi migratsiya jarayonlari ushbu yaqinlikni yanada chuqurlashtirib borgan. 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

45

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

ILK MIGRATSIYA JARAYONLARI

Aliqulov Bekmurod Tolibjon oʻgʻli

Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar kafedrasi” o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, doimiy tarixiy-madaniy aloqalar

jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatini ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va
mahsulot o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining xilma-xil bo‘lishiga olib keladi. Bu
jarayon esa ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy hamda tarixiy-madaniy aloqalar
zaruratini keltirib chiqaradi. O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan
tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli
davrlardagi migratsiya jarayonlari ushbu yaqinlikni yanada chuqurlashtirib borgan.

Kalit so‘zlar:

ibtidoiy davr, migratsiya, paleolit, neolit, bronza davri, tarixiy

jarayon, qit’alararo migratsiya jarayonlari.

Аннотация.

Согласно результатам исследований, процесс постоянных

историко-культурных связей и специализация производственной деятельности
способствуют увеличению общего объема труда и росту продукции, что, в свою
очередь, приводит к многообразию потребностей. Этот процесс обуславливает
необходимость социально-экономических, культурно-бытовых и историко-
культурных взаимодействий. В регионах Средней Азии историко-культурные,
социально-экономические и политические процессы, происходившие в древние
времена, были тесно взаимосвязаны, и миграционные процессы различных
периодов ещё более углубляли эту взаимосвязь.

Ключевые слова:

первобытный период, миграция, палеолит, неолит,

бронзовый век, исторический процесс, межконтинентальные миграционные
процессы.

Abstract.

According to research findings, the process of continuous historical and

cultural interactions and the specialization of production activities contribute to the
overall volume of labor and product growth, leading to a diversification of needs. This
process, in turn, necessitates socio-economic, cultural-domestic, and historical-cultural
relations. In the regions of Central Asia, the historical-cultural, socio-economic, and
political processes that occurred in ancient times were closely interconnected, and
migration processes during different periods further deepened this closeness.

Key words:

prehistoric period, migration, Paleolithic, Neolithic, Bronze Age,


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

46

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

historical process, intercontinental migration processes.

Zamonaviy odamning ilk vatanini qidirish masalasi tarixning qiziqarli

kashfiyotlarga

boy

antropologik

topilmalarning

solnomasi

bo‘lib

qoldi.

Tabiashunoslarning e’tiborini avvalo, Osiyo qit’asi, jumladan, Janubiy-Sharqiy Osiyo
o‘ziga tortgan va bu yerdan Dyubua keyinchalik xomo yerektus deb nomlangan
dastlabki gominid qoldig‘ini topgan (

Homo erectus-

tik yuruvchi odam). So‘ngra 1920–

1930-yillarda Markaziy Osiyo Shimoliy Xitoydagi Chjoukoutyan g‘oridan bundan
460–230 ming yillar avval yashagan 44 ta odam skeletining qoldiqlari topildi.
Sinantroplar deb nom olgan ushbu odamlarni bir vaqtlar odamning shajarasidagi eng
qadimgi bo‘g‘in, deb hisoblaganlar.

Ibtidoiy odamning ko‘plab izlari Qozog‘iston va O‘rta Osiyodan ham topilgan.

Xususan, Kaspiyning qurg‘oqchil Sharqiy sohillaridan o‘n minglab primitiv tosh
qurollar topilgan: faqat Mugodjari tog‘laridan 1 m

2

joydan o‘nlab qadimgi qo‘l

cho‘qmorlarini - bifaslarni yig‘ib olish mumkin.

Bugungi kunda odamning kelib chiqishi muammosi bilan shug‘ullanuvchi

arxeologlar, genetiklar va boshqa mutaxassislar ko‘plab yangi ma’lumotlarni
to‘plashdiki, ular asosida turli g‘oyalar, hatto diametral qarama-qarshi gipotezalarni
ham ilgari surish mumkin. Hozirda bu masalani sinchiklab muhokoma qilish vaqti
yetdi, faqat bitta shart bilan: odamning kelib chiqishi muammosi - multidissiplinar
muammo va yangi g‘oyalar natijalarning turli soha mutaxassislari tomonidan qo‘lga
kiritilgan kompleks tahlillariga asoslanishi lozim. Faqat shu yo‘l bilan asrlar davomida
odamlarni qiziqtirib kelayotgan eng munozarali masalalardan biri - inson tafakkurining
shakllanishi muammosini yechimini topishga olib kelishi mumkin.

O‘rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-

iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli davrlardagi migratsiya
jarayonlari ushbu yaqinlikni yanada chuqurlashtirib borgan. Bu migratsiya jarayonlari
bir necha bosqichda, qo‘shni hududlarni ma’lum ketma-ketlikda egallab, o‘zlashtirib
borish tarzida amalga oshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliya va Yangi Zellandiya
hududlari bundan 35-40 ming yil ilgari, Yangi Gvineya esa 25 ming yil ilgari
osiyoliklar tomonidan o‘zlashtirilgan. Avstraliya qirg‘oqlari yaqinidagi hozirgi Zond
arxipelagi hududi so‘nggi paleolit davrida bir-biri bilan tutashgan orollardan, ya’ni,
Avstraliyaga o‘tish uchun o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajargan quruqlik hududidan
iborat bo‘lgan. Osiyodan Avstraliyaga aholi migratsiyasi aynan ana shu quruqlik orqali
bo‘lib o‘tgan. Osiyoliklarning Alyaska va Shimoliy Amerikaga migratsiyasi esa Osiyo


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

47

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

va Amerika qit’alarini bog‘lab turgan hozirgi Bering bo‘g‘ozi o‘rnidagi quruqlik orqali
amalga oshgan (Alekseyev A., Peris L, 1990. – S. 176–177).

Ushbu qit’alararo migratsiya jarayonlarining boshlanishida Markaziy Osiyo

hududi asosiy o‘rin tutganligi ehtimoldan holi emas. Chunki, ayrim tadqiqotlarda
Markaziy Osiyo hududi insoniyat paydo bo‘lgan hududlarda biri sifatida e’tirof
etilayotgani, qadimgi odamlarning va ba’zi hayvon turlarning yer sharining katta
qismiga tarqalishi mintaqamizdan boshlanganligi haqidagi fikrlarning mavjudligi
(Kraxmal K.K, 2003. – S. 3–11) bunga asos bo‘ladi.

Tarixiy tadqiqotlardan bizga ma’lumki, bronza davri mil.avv. 3–2 m.y. O‘rta

Osiyo xalqlarining etnik tarixi uchun muhim davr hisoblanadi. Bu davrda mahalliy
aholining boshqa hududlardan kirib kelgan qabilalar bilan o‘zaro aloqalari yanada
jadallashadi. Ayrim olimlarning fikricha, bu davrdagi doimiy etnomadaniy aloqalar
jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatining ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va
qo‘shimcha mahsulot o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining murakkablashuviga olib
keladi (Sayko E, 1981. – S. 48).

Fikrimizcha, bu jarayon esa o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy

hamda tarixiy-madaniy aloqalarning keyingi tabaqalanishi va rivojlanishi uchun keng
imkoniyatlar yaratadi. Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, bronza
davrida Osiyoning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi aholisi
o‘zlarining madaniy xo‘jalik yutuqlarini o‘zaro almashgan holda doimiy uzviy aloqada
bo‘lganlar. Har ikkala turmush tarzi yurituvchi aholining doimiy etnik, iqtisodiy va
tarixiy-madaniy aloqalari natijasida keyingi davr jamiyati nisbatan rivojlanish pallasiga
kiradi. Har ikkala hudud aholisining madaniy xo‘jalik faoliyati, shubhasiz, chetdan
ta’sir qabul qilgan va qo‘shnilar madaniyatining rivojlanishiga ham mana shunday
ta’sir o‘tkazgan. Ushbu jarayonlarning barchasi ayrim hollarda tinchlik (qadimgi
yo‘llar, o‘zaro almashinuv va boshq.) ayrim hollarda harbiy-siyosiy (ko‘pincha
ko‘chmanchilarning o‘troq vohalarga hujumi) orqali bo‘lib o‘tgan.

Ushbu o‘troq va chorvador qabilalarning aloqalari oxir-oqibatda jamiyatning

jadallik bilan taraqqiy etishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bronza va ilk temir
davri jamiyat taraqqiyotining asosiy belgilari sun’iy sug‘orish tartibi bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan agrar xo‘jalik va hunarmandchilikdagi yutuqlar, chorvador-
dehqonchilik xo‘jaligidan yaylov chorvachiligiga, yarim ko‘chmanchi turmush tarziga
o‘tish hisoblanadi (Masson V.N, 1986. – S. 48–54).

O‘rta Osiyoning janubida joylashgan Baqtriya va Marg‘iyona hududlari

o‘lkamizdagi sivilizatsiya o‘choqlaridan hisoblanib, ular madaniyatining kelib chiqishi


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

48

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

xususida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, bu haqda bir qator fikrlar mavjud.
Tadqiqotchilarning katta ko‘pchiligi ushbu sivilizatsiyalarning genezisini migrasion
jarayonlar bilan bog‘laydilar. Misol uchun, V.Massonning fikricha, Murg‘ob
havzasidagi dastlabki qishloqlarning paydo bo‘lishi, Kopettog‘ tog‘ oldi tekisliklaridagi
rivojlangan madaniyatining sharqqa ekspansiyasi bilan bog‘liq. Tadqiqotchining
ta’kidlashicha, Marg‘iyonadagi Kelleli majmui Oltintepa madaniyatiga xos bo‘lib, olim
shimoli-sharqiy Erondan kelib mahalliy aholi bilan tezda aralashib ketgan Marg‘iyona
va Baqtriyadagi aholi guruhlarining paydo bo‘lish oqibatlarini ham inkor etmaydi
(Masson V. N, 1989. – S. 172–173).

I.Masimov (Masimov I. S, 1986. – S. 70–71) va A. Asqarovlar (Askarov A.A,

1977. – S. 105) ham V.Massonning aholining Kopettog‘ tog‘ oldi tekisliklaridan
Marg‘iyonaga, keyin esa Baqtriyaga bo‘lgan migrasion jarayonlar haqidagi fikrlarini
e’tirof etadilar.

I.V.Sarianidi esa Janubiy Turkmaniston qabilalari Murg‘ob havzasini

o‘zlashtirishni boshlab berganliklarini e’tirof etgan holda, Baqtriya – Marg‘iyona
arxeologik majmuidagi o‘ziga xoslik Janubiy Turkmanistondagi Namozgoh V
madaniyati bilan emas, balki, Erondagi, shu davr madaniyati bilan nisbatan o‘xshashlik
topadi, deb hisoblaydi (Sarianidi V.I, 1987. – S. 46–47). P. Amyetning fikricha, Elam
aholisining ko‘chmanchi qismi o‘ziga xos jamoalarni tashkil etib, ayrim hududlar bilan
etnik aloqalarda muhim rol o‘ynaganlar. Shuning uchun ham tadqiqotchi Baqtriya va
Marg‘iyonada ko‘chmanchm-hunarmandlarga yaqin bo‘lgan zodagonlar guruhlari
paydo bo‘lgan bo‘lishlari mumkin, degan taxminni ilgari surib, mustahkamlangan
qal’alar yoki qo‘rg‘onlar aynan shu toifaga tegishli bo‘lgan (Amiyet A, 1988. – P. 190–
191), deb hisoblaydi.

V. Alyokshinning fikricha, O‘rta Osiyoning dasht hududlarida paydo bo‘lgan

o‘ziga xos madaniyat migratsiya va etnomadaniy aloqalar tufayli Marg‘iyona va
Kopetdog‘ tog‘ oldi tekisliklariga yoyiladi (Alyokshin V.A, 1980. – S. 114–118).

Ko‘pchilik tadqiqotchilarning xulosalarini qiyosiy tahlil etish natijasida shunday

fikrga kelish mumkinki, Baqtriya va Marg‘iyona madaniyatining ko‘pgina yo‘nalishlari
mahalliy sharoitda paydo bo‘lgan bo‘lib, mahalliy sivilizatsiyalarning mahsuli
hisoblanadi. Bu jarayonlarga boshqa hududlarda paydo bo‘lib rivojlangan madaniy
an’analarning ma’lum ma’nodagi ta’sirini hamda mahalliy aholi tomonidan
o‘zlashtirilib, o‘ziga xos yangi asoslarda rivojlanganligini ham alohida ta’kidlash
joizdir.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, mil.avv. 2 ming yillikning boshlarida Baqtriya


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

49

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

va Marg‘iyona janubi-g‘arbiy Osiyoni qamrab olgan keng miqyosdagi qabilalar
migratsiyasi to‘lqinlaridan biri o‘tgan asosiy markaz edi (Sarianidi V.I, 1990. – S. 54–
55). Aynan mana davrda sharqiy Eron vohalarida, O‘rta Osiyoning janubida, Balujiston
va qisman Hind vohalaridagi katta hududlarda bir-biriga o‘xshash, ayrim hollarda
aynan bir xil bo‘lgan madaniyat paydo bo‘ladiki, ularning ildizlari Gʻarbga, Kichik
Osiyogacha boradi.

Tadqiqotchilarning fikricha, bronza davri O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy

hayotida ko‘pgina o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadiki, ushbu o‘zgarishlar Yenisey va Ural
daryolari oralig‘ida yashagan aholi (Andronovo madaniyati) hamda Volga va Don
daryolari oralig‘ida yashagan ko‘chmanchi chorvadorlarning (Yog‘ochband
madaniyati) kirib kelishi bilan ham bog‘liq edi.

Bronza davridagi migrasion jarayonlar tufayli shimoldan kelgan bu qabilalar O‘rta

Osiyoning mahalliy aholisi bilan etnik jihatdan aralashib ketadi va aynan mana shu
davrda O‘rta Osiyo shimolidagi aholisining bir qismi janubga tomon ko‘chadi. Ushbu
ko‘chishlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bir qatorda aholining etnik tarkibiga ham
ma’lum darajada ta’sir o‘tkazganligi tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. Olib
borilgan tadqiqotlar natijalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, janubdagi dehqonlar va
shimoldagi chorvador o‘rtasidagi tobora o‘sib borayotgan o‘zaro munosabatlar
(migratsion jarayonlar, etnomadaniy aloqalar, bosqinchilik urushlari) butun mil.avv. 2
ming yillik davomida O‘rta Osiyodagi tarixiy-madaniy jarayonlarga sezilarli darajada
ta’sir ko‘rsatdi hamda bu hududlarda yashovchi qabilarlar taqdirini belgilashda muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.

So‘nggi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, O‘rta Osiyoning janubiga Old Osiyo

aholisining migratsiyasi va Midiya ekspansiyasi mumkinligi haqidagi taxminlarga
ko‘pchilik tadqiqotchilar xayrixohlik bildirmoqdalar. Ko‘p hollarda migratsiyalar
madaniy, texnik va iqtisodiy taraqqiyot uchun keng imkoniyatlar yaratib berganligi
(Rtveladze E.V, 2005. – S. 32). O‘rta Osiyoning qurilishdagi me’moriy-rejaviy
an’analarida, arxeologik majmualar ashyolarida kuzatiladi.

Migratsiya jarayonlari aholining savdo-sotiq faoliyati bilan ham uzviy

bog‘liqligini alohida ta’kidlash joizdir. Misol uchun, tadqiqotchilarning fikricha,
mil.avv. 2 ming yillikning boshlarida Ossuriyaning savdo karvonlari uzoq
Afg‘onistondagi qalay manbalariga borganlar (Adams R, 1986. – S. 14.). Eng qadimgi
yo‘llarning rivojlanishi natijasida qadimgi Sharq xalqlari o‘rtasida migratsiya
jarayonlari, etnomadaniy aloqalar va savdo-sotiqning taraqqiy etishi kuzatiladi.
Dastlabki transport vositalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ham chekka


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

50

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

hududlarda qishloq xo‘jalik va hunarmandchilik mahsulotlarini taqsimlash jarayonini
kuchaytirish bilan birga aholining etnomadaniy aloqalari hamda migratsiya jarayonlari
samaradorligining oshishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratgan edi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mavlonov O‘. M. Markaziy Osiyoning qadimgi yo‘llari: shakllanishi va

rivojlanish bosqichlari. – Toshkent: Akademiya, 2008. – B. 8–68.

2. Алексеев А., Перщиц Л. История первобытного общества. – М., Высшая

школа, 1990. – С. 176–177.

3. Крахмаль К. К. К истории возникновения гипотезы о центрально-

азиатском центре происхождения человека // Oʻzbekiston tarixi. – 2003. – №2. С.
3–11.

4. Сайко Э. Предпосылки и условия формирования древних отношения

народов Востока // Советская археология. – 1981. – №2. – С. 48.

5. Массон В.Н. Древние культуры Средней Азии: динамика развития,

основание экологических ниш, культурные связи (с древнейших времён до эпохи
раннего железа)// Инф. бюллетень. – 1986. – Вып. 2. – С. 48–54.

6. Массон В.Н. Первые цивилизации. – Л., 1989. – С. 172–173.
7. Масимов И. С. К вопросу об освоение долины Мургаба. – М., 1986. – С.

70–71.

8. Аскаров А. А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга

Узбекистана. – Ташкент: Фан, 1977. – С. 105.

12. Сарианиди В. И. Юго-Западная Азия: миграции, арии и зароострийцы //

ЦБ МАИКЦА. – Вып 20. – М., Наука, 1990. – С. 54–55.

13. Ртвеладзе Э. В. Цивилизации, госуцдарства, культуры Центральной

Азии. – Ташкент, 2005. – С. 32.

14. Адамс Р. Изучение бронзового века Месопотамии и соседних регионов //

Древнейшие цивилизации Востока. – Ташкент, 1986. – С. 14.

References

Mavlonov O‘. M. Markaziy Osiyoning qadimgi yo‘llari: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. – Toshkent: Akademiya, 2008. – B. 8–68.

Алексеев А., Перщиц Л. История первобытного общества. – М., Высшая школа, 1990. – С. 176–177.

Крахмаль К. К. К истории возникновения гипотезы о центрально азиатском центре происхождения человека // Oʻzbekiston tarixi. – 2003. – №2. С. 3–11.

Сайко Э. Предпосылки и условия формирования древних отношения народов Востока // Советская археология. – 1981. – №2. – С. 48.

Массон В.Н. Древние культуры Средней Азии: динамика развития, основание экологических ниш, культурные связи (с древнейших времён до эпохи раннего железа)// Инф. бюллетень. – 1986. – Вып. 2. – С. 48–54.

Массон В.Н. Первые цивилизации. – Л., 1989. – С. 172–173.

Масимов И. С. К вопросу об освоение долины Мургаба. – М., 1986. – С. 70–71.

Аскаров А. А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. – Ташкент: Фан, 1977. – С. 105.

Сарианиди В. И. Юго-Западная Азия: миграции, арии и зароострийцы // ЦБ МАИКЦА. – Вып 20. – М., Наука, 1990. – С. 54–55.

Ртвеладзе Э. В. Цивилизации, госуцдарства, культуры Центральной Азии. – Ташкент, 2005. – С. 32.

Адамс Р. Изучение бронзового века Месопотамии и соседних регионов // Древнейшие цивилизации Востока. – Ташкент, 1986. – С.