ZARMED
UNIVERSITETI
80
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
MAHMUD KOSHG‘ARIYNING «DEVONU LUG‘ATIT TURK» ASARI –
NODIR TURKIY TOPONIMIK MANBA SIFATIDA
Tangirov Sherzod Abduraxmonovich
Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Majitov Farrux Xasan o‘g‘li
Zarmed universiteti Tarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi
Annotatsiya
. Ushbu maqolada Mahmud Qoshg‘ariyning XI asrda yozilgan
«Devonu lug‘atit turk» asarining toponimika fanidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan.
Asarda tilga olingan 200 ga yaqin turkiy toponimlar, etnonimlar va geografik atamalar
asosida o‘sha davr turkiy xalqlari yashagan hududlar, ularning madaniy hayoti va til
xususiyatlari haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, «Devon»ga ilova
qilingan xaritaning toponimik qiymati, asarda joy nomlarining fonetik va semantik
jihatdan tahlili ko‘rib chiqilgan. Mazkur maqola orqali Mahmud Qoshg‘ariy asarining
zamonaviy toponimika uchun qanchalik dolzarb va noyob manba ekanligi asoslab
berilgan.
Kalit so‘zlar:
Mahmud Qoshg‘ariy, «Devonu lugatit turk»,
turk qabilalari,
200
ga yaqin toponimlar, xarita.
Аннотация.
В данной статье рассматривается значение труда Махмуда
Кашгари «Девону лугатит турк», написанного в XI веке, как уникального
источника по тюркской топонимике. На основе анализа около 200 топонимов,
этнонимов и географических терминов, упомянутых в произведении,
раскрываются сведения о территории расселения тюркских народов, их
языковых особенностях и культурной среде того времени. Особое внимание
уделено историко-топонимической ценности карты, прилагаемой к «Девону», а
также фонетическому и семантическому анализу названий населённых пунктов.
Статья подчёркивает актуальность и научную значимость наследия Махмуда
Кашгари для современных исследований в области топонимики.
Ключевые слова:
Махмуд Кашгари, «Диван лугат ат-турк», тюркские
племена, около 200 топонимических названий, карта.
Abstract.
This article explores the significance of Mahmud al-Kashgari’s 11th-
century work
Dīwān Lughāt al-Turk
as a unique and valuable source in the field of
Turkic toponymy. Based on the analysis of nearly 200 toponyms, ethnonyms, and
ZARMED
UNIVERSITETI
81
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
geographical terms mentioned in the work, the article provides insights into the
settlement areas of Turkic peoples, their linguistic characteristics, and cultural
environment of that time. Special attention is given to the historical and toponymic
value of the map included in the
Dīwān
, as well as to the phonetic and semantic aspects
of place names. The study highlights the continued relevance and scientific importance
of Mahmud al-Kashgari’s legacy for modern toponymic research.
Key words:
Makhmud Qoshgariy, «Devonu lugatit turk», Turkic clans, about 200
toponymies, map.
Toponimika – xalqning tarixiy, madaniy va lingvistik xotirasini saqlovchi muhim
fan sohalaridan biridir. Har bir joy nomi o‘zida o‘tmish avlodlarning yashash tarzi, til
xususiyatlari va madaniy tasavvurlarini mujassam etgan bo‘ladi. Ana shunday bebaho
tarixiy-lingvistik manbalardan biri bu – XI asrda yashab ijod qilgan buyuk turkiy olim
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asaridir. Bu asar nafaqat tilshunoslik,
balki tarix, etnologiya, geografiya va ayniqsa toponimika sohasida ham g‘oyat katta
ahamiyatga ega.
Mahmud Qoshg‘ariy «Devon» orqali o‘z davrida mavjud bo‘lgan turkiy qabilalar,
ularning yashash joylari, madaniyati va tili haqida keng qamrovli ma’lumotlar beradi.
Ayniqsa, unda tilga olingan 200 ga yaqin toponimlar bugungi toponimika fanining boy
manbaiga aylangan. Asardagi xarita va geografik izohlar orqali XI asrda turkiy
xalqlarning joylashuvi va o‘zaro aloqalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin.
Shunday qilib, «Devonu lug‘atit turk» faqatgina lug‘aviy emas, balki tarixiy-toponimik
qo‘llanma sifatida ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan noyob asardir.
O‘zbek milliy madaniyatining tobora gurkirab o‘sishi milliy madaniyat tarixini
yanada chuqurroq o‘rganish talabini qo‘yadi. Boy madaniy merosga ega bo‘lgan o‘zbek
xalqining tarixida «Devonu lug‘atit turk» asari alohida ahamiyat kasb etadi. XI asrning
mashhur olimi, tilshunos Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘atit turk» (Turkiy
so‘zlar devoni) asari o‘z davridagi turkiy qabilalar lug‘atini izohlashga bag‘ishlangan.
Turkiy Mahmud Koshg'ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir
mutaxassis o‘ziga kerakli ma’lumot topa oladi.
Mashhur rus sharqshunosi V.V.Bartold ta’kidlaganidek, «Mahmud Qoshg‘ariy
hayot voqealarini, fakt va dalillarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, bilib yozgani uchun» bu asar
hamon o‘zining ilmiy, tarixiy, ma’rifiy qimmatini saqlab kelmoqda
1
.
1
Homidjon Homidiy. Ko’hna sharq darg’alari. Toshkent, Sharq, 2000 yil, 84 bet.
ZARMED
UNIVERSITETI
82
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
«Devonu lug‘atit turk»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish
mumkin. Chunki bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan nomlar ham hozirgi
talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa, shunchalik
qimmatli sanaladi.
Ushbu asarning toponimika fani uchun ahamiyati shundan iboratki, 200 ga yaqin
turkiy toponimlar, ko‘plab etnonimlar, ko‘plab geografik atamalar aytib o‘tiladi
2
. Unda
yo‘l-yo‘lakay berilgan geografik ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. Mahmud
Qoshg‘ariy o‘z asarida shuncha keng va katta hududda o‘sha davrda bo‘lgan hamma
shahar va qishloqlardan, dengiz va ko‘llardan, ularning tarixidan, geografiq mavqeidan,
ularda yashovchi xalqlardan ma’lumot beradi. Bu jihatdan asarning qiymati benihoya
ulug‘ va tensizdir
3
. Mahmud Koshg'ariyning «Devon»idagi xaritada tilga olingan
nomlar to‘g'risida I.I.Umnyakov, S.Umurzoqov, H.Hasanov kabi olimlar qator asarlar
yozganlar.
«Devon»da “Yuqori Chindan boshlab, Buxoroga qadar cho‘zilgan keng va katta
hududda yashagan xalqlar, Xorazm, Farg‘ona Qirg‘iziston hududi, Toshkent va butun
Movaraunnahr xalqlarining tili va umumiy tarixi (xususan toponomik ma’lumotlar)ga
oid ma’lumotlar ko‘p va benihoya qimmatlidir”
4
.
Mahmud Koshg'ariy asarining toponimika uchun ahamiyati undagi joy nomlari
bilangina tugamaydi. Ushbu asardadagi toponimik ma'lumotlarni asarda tilga olingan
joy nomlari etnonimlar, ya'ni turli xalq, elat, qabila, urug' nomlari, antroponimlar, ya'ni
kishi ismlari, geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari, so‘zlarning fonetik
va grammatik tuzilishiga doir fikrlar kabi bir qancha turlarga bo‘lish mumkin.
«
Devonu lug‘atit turk
»
doira deb atalgan xarita ilova qilingan. Bundan tashqari,
matnda ham bir qancha joy nomlari izohlab o‘tilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki
«Devonu lug‘atit turk»da 200 ga yaqin toponim tilga olingan. Shu o‘rinda aytish joizki,
asarda ayrim joy, ba'zi o‘simliklar, hayvonlar nomlari atamalar takroran berilgan.
Bunday qaytariqlar hisobga kirmaydi, albatta
5
.
«Devon»dagi nomlarning asosiy qismi O‘rta Osiyoga oid turkiy nomlardir.
Qoshg‘ariy
«
Devonu lug‘atit turk
»ida turk qabilalari va qabilalar bayoni haqida
shunday deydi: “Turklar aslida yigirma qabiladir… Har bir qabilaning sanoqsiz
2
S.Qorayev. Toponimika. Toshkent. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006 yil, 47 bet
3
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1980 yil, 34 bet.
4
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», II tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1981 yil, 423 bet
5
S.Qorayev. Toponimika. Toshkent. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006 yil, 300 bet
ZARMED
UNIVERSITETI
83
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
urug‘lari bor… Sharqdan boshlab har bir qabilaning turar joylarini birin-ketin
tartib bilan ko‘rsatdim. Rumdan kun chiqargacha musulmon va boshqalarni zikr
qildim. … Bu qabilalar janub va shimol o‘rtasidadir. Bu qabilalarning turar
joylarini doirada ko‘rsatdim
6
. Bu orqali muallif joy nomlari va ularning
joylashgan o‘rnini bayot etganligini bildirmoqda. “Doira” deb muallif “Devon”ga
ilova qilingan xaritani nazarda tutmoqda.
Butun Movaraunnahr, Jankand (Dizrujin – Qoshg‘ariyning e’tiroficha sariqligiga
ko‘ra mis shahridir. Turkiy etimologiya)dan sharqqacha bo‘lgan turk shaharlaridan deb
hisoblanishining asosi shuki, Samarqand – Semizkand, Tashkand – Shash, O‘zkand,
To‘nkand nomlarining hammasi turkchadir. “kand” turkcha “shahar” demakdir.
Hozirgacha shunday kelmoqda.
7
. Chunonchi, “Tarkan” – Shosh (Toshkent) ning ismi.
Uning asli Tashkand bo‘lib, toshdan qurilgan shahar demakdir. Abu Bakri Kaffol
Shoshiy shu shahardandir
8
. “Sajram” – Oq shahar deb ham ataladigan, “Ispijab” deb
ham ataladigan shahar nomi
9
. Muallif bu shaharning Sayram shahri ekanligini va
turkiychaligini ta’kidlaydi. Bu o‘rinda so‘zdagi tovush o‘zgarishlari ro‘y berganini
anglash mumkin. Misol uchun,
ayiq
o‘sha zamonlarda
azigi
deb atalgan. Mahmud
Koshg'ariy
Azig'
degan joyni tilga oladi
10
, bu nom
«ayiq»
degan ma'noni anglatgan
bo‘lishi mumkin.
Bu kabi toponimlarning bir qanchalari hamma uchun tushunarlidir. Chunonchi,
Oqsoy, Oqterak
kabi nomlarni hozir ham uchratish mumkin.
Buxoro, Farg'ona,
Samarqand, Xo‘jand, Xorazm, Talas, Tarim, Sayram, Manqishloq, Issiqkol
kabi
toponimlar deyarli
o‘
zgarishsiz yetib kelgan.
Ilа, Qorayalg'a, Ala, Ertish
kabi nomlar
fonetik jihatdan biroz o‘zgarib ketgan va hozir
Ili, Qorajilg'a, Olay, Irtish
shaklida
yoziladi.
Beshbaliq, Yangibaliq, Tunkand, Yankand, O‘zkand
kabi shahar nomlari,
Badalart, Buqachart, Zanbiat, Qavagart, Yafg'uart
kabi dovonlar,
Ikkio‘kuz,
Qoraqosh O‘kuz, O‘rungqosho‘kuz
kabi daryolar etimologiyasiga «Devon»ning
o‘zidan
javob
topish mumkin.
Bulg'or, Qifchoq, Uyg'ur, Tavg'ach, Yag'mo
kabi
etnotoponim,
Barsg'on, Barman, Qazvin
singarilar esa antrotoponimlardir. Ba'zi bir
toponimlarning etimologiyasini taxminan aniqlash mumkin.
6
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1980 yil, 64 bet.
7
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», III tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1963 yil, 164 bet.
8
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1980 yil, 414 bet
9
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», III tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1963 yil, 191 bet
10
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov tarjimasi, Toshkent, 1980 yil, 94 bet.
ZARMED
UNIVERSITETI
84
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Ushbu maqolada Mahmud Qoshg‘ariyning
«
Devonu lug‘atit turk
»
asarida
keltirilgan Toponomik ma’lumotlar orqali Mintaqada XII asrga qadar mavjud bo‘lgan
va hozirgi vaqtda ham o‘z nomini deyarli o‘zgartirmagan ayrim turkiy tildagi joy
nomlari keltirib o‘tildi. Chunki ushbu asar bir qancha toponimlar ma’nosini tushunib
yetishga, joy nomlarining uzoq davrlar davomida fonetik jihatdan o‘zgarishini aniqlab
olishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk»
asari – nafaqat tilshunoslik, balki tarix, etnologiya va toponimika fanlari uchun ham
beqiyos manba hisoblanadi. Asarda keltirilgan toponimlar va ko‘plab etnonimlar va
geografik atamalar o‘zbek va umuman turkiy xalqlarning qadimgi joy nomlarini
o‘rganish, ularning semantik va fonetik taraqqiyotini tahlil qilishda muhim ahamiyat
kasb etadi. «Devon»dagi toponimik ma’lumotlar orqali biz nafaqat qadimgi turkiy
qabilalarning joylashuvi, balki ularning ijtimoiy, madaniy va til xususiyatlari haqida
ham qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Ayniqsa, asarda ilova qilingan xarita va
unda tilga olingan joy nomlari toponimik tahlil uchun mustahkam poydevor bo‘lib
xizmat qiladi.
Shunday qilib, Mahmud Qoshg‘ariy merosi bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotmagan bo‘lib, turkiy xalqlarning tarixiy xotirasini tiklashda, ularning madaniy
va til taraqqiyotini o‘rganishda bebaho ilmiy manba sifatida alohida o‘ringa ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Homidjon Homidiy. Ko‘hna sharq darg‘alari. Toshkent, Sharq, 2000 yil
2.
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», I tom, S.M.Mutallibov
tarjimasi, Toshkent, 1980 yil
3.
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», II tom, S.M.Mutallibov
tarjimasi, Toshkent, 1981 yil
4.
Mahmud Qoshqariy. «Devonu lug'otit turk», III tom, S.M.Mutallibov
tarjimasi, Toshkent, 1963 yil
5.
S.Qorayev. Toponimika. Toshkent. O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2006 yil
