Authors

  • Sherzod Tangirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113336

Keywords:

topinimika etnotoponimiya O‘zbek urug‘lari

Abstract

Ushbu maqolada Samarqand viloyati toponimikasining etnotoponimlar aspekti o‘rganiladi. Etnotoponimlar - bu joy nomlarida ko‘rsatilgan  etnik yoki urug‘ga oid bo‘lgan nomlardir, va ular turli xalqlar, qabila va urug‘larning  joylashuvini, tarixiy o‘zgarishlarni va madaniy aloqalarni yoritadi. Samarqand  viloyatining toponimiyasi, ayniqsa Zarafshon vodiysi, turli etnik guruhlarning o‘zaro 
aralashuvi va ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka o‘tish jarayonlarini aks ettiradi. Maqolada  o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz va boshqa millatlarning urug‘lari va ularning nomlari bilan  atalgan joylar tahlil qilinadi. Shuningdek, etnotoponimlarning o‘rganilishi nafaqat 
geografik joylashuv, balki xalq tarixining bir qismi sifatida ham muhim ahamiyatga  ega. Samarqand viloyati misolida etnotoponimlar hududning tarixiy, madaniy va etnik  xilma-xilligi haqida keng tasavvur yaratadi. Ushbu ilmiy ish, O‘zbekistonning toponimik xususiyatlari va uning tarixiy madaniy merosini anglashga katta hissa qo‘shadi.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

72

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

SAMARQAND VILOYATI HUDUDIDAGI TURKIY ETNOTOPONIMLAR

XUSUSIDA

Tangirov Sherzod Abduraxmonovich

Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Muxammadiyeva Shahzoda Abduvali qizi

Zarmed universitetiTarix yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Samarqand viloyati toponimikasining

etnotoponimlar aspekti o‘rganiladi. Etnotoponimlar - bu joy nomlarida ko‘rsatilgan
etnik yoki urug‘ga oid bo‘lgan nomlardir, va ular turli xalqlar, qabila va urug‘larning
joylashuvini, tarixiy o‘zgarishlarni va madaniy aloqalarni yoritadi. Samarqand
viloyatining toponimiyasi, ayniqsa Zarafshon vodiysi, turli etnik guruhlarning o‘zaro
aralashuvi va ko‘chmanchilikdan o‘troqlikka o‘tish jarayonlarini aks ettiradi. Maqolada
o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz va boshqa millatlarning urug‘lari va ularning nomlari bilan
atalgan joylar tahlil qilinadi. Shuningdek, etnotoponimlarning o‘rganilishi nafaqat
geografik joylashuv, balki xalq tarixining bir qismi sifatida ham muhim ahamiyatga
ega. Samarqand viloyati misolida etnotoponimlar hududning tarixiy, madaniy va etnik
xilma-xilligi haqida keng tasavvur yaratadi. Ushbu ilmiy ish, O‘zbekistonning
toponimik xususiyatlari va uning tarixiy madaniy merosini anglashga katta hissa
qo‘shadi.

Kalit so‘zlar:

topinimika, etnotoponimiya, O‘zbek urug‘lari, shox - to‘plar,

Zarafshon vohasi, o‘zbek urug‘larining «geografiyasi».

Аннотация.

В данной статье рассматривается аспект этнотопонимов в

топонимике Самаркандской области. Этнотопонимы - это географические
названия, отражающие этническую или племенную принадлежность, которые
помогают понять расселение различных народов, их исторические изменения и
культурные связи. Топонимика Самаркандской области, особенно в районе реки
Зарафшан, отражает процессы смешивания этнических групп и переход от
кочевого образа жизни к оседлости. В статье анализируются названия
населенных пунктов, связанные с узбекскими, таджикскими, казахскими,
киргизскими и другими народами, их родовыми и этническими именами. Кроме
того, изучение этнотопонимов важно не только для географической локализации,
но и как часть исторического и культурного наследия народа. Топонимия


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

73

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Самаркандской области, например, в Зарафшанской долине, создает полное
представление о многообразии этнического состава региона. Эта научная работа
вносит значительный вклад в понимание топонимических особенностей
Узбекистана и его историко-культурного наследия.

Ключевые слова

: Топонимика, Этнотомия, Узбекские племена, Ветви и

кланы, Зарафшанская долина, География узбекских племен.

Abstract.

This article examines the aspect of ethnotoponyms in the toponymy of

the Samarkand region. Ethnotoponyms are geographical names that reflect ethnic or
tribal affiliation, helping to understand the settlement patterns of different peoples, their
historical changes, and cultural connections. The toponymy of the Samarkand region,
especially around the Zarafshan River, reflects the processes of ethnic mixing and the
transition from a nomadic lifestyle to settled living. The article analyzes place names
associated with Uzbek, Tajik, Kazakh, Kyrgyz, and other peoples, as well as their tribal
and ethnic names. Moreover, the study of ethnotoponyms is important not only for
geographical localization but also as part of the historical and cultural heritage of a
nation. The toponymy of the Samarkand region, especially in the Zarafshan Valley,
offers a comprehensive understanding of the ethnic diversity of the area. This scholarly
work contributes significantly to the understanding of the toponymic characteristics of
Uzbekistan and its historical and cultural heritage.

Key words:

Toponyms, ethnotoponimy, Uzbek clans, the branches of the clan,

Zarafshan valley, the geography of uzbek trades.

Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida nomlash, ya’ni

har qanday narsa, hodisa yoki shaxsga nom berish ehtiyoji mavjud bo‘lgan. Nomlar
orqali odamlar bir-birini, shuningdek, atrof-muhitdagi narsalarni, joylarni,
mavjudotlarni ajratib kelganlar. Shaxs ismi va familiyasidan tortib, o‘simlik va
hayvonlarning ilmiy nomlariga, tog‘lar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va boshqa
geografik obyektlarning nomlarigacha bo‘lgan to‘liq tizim - bu inson tafakkurining,
tilining, tarixiy xotirasining mahsulidir.

Aynan geografik obyektlarning nomlari - toponimlar, ularni o‘rganuvchi

toponimika fani tilshunoslik, tarix va geografiya fanlarining kesishgan nuqtasida
shakllanadi. Toponimika faqat joy nomlarini o‘rganibgina qolmay, balki ularning kelib
chiqishi, semantikasi, tarixiy qatlamlari va etnik manbalarini ham tahlil qiladi.

Toponimlar ichida etnotoponimlar alohida o‘rinni egallaydi. Bular - muayyan

xalq, elat, qabila yoki urug‘ nomi asosida vujudga kelgan joy nomlaridir.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

74

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Etnotoponimlar xalqning etnik tarkibi, tarixiy joylashuvi va madaniy aloqalari haqida
bevosita ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda,
xususan, Samarqand viloyati hududida etnotoponimlar nihoyatda ko‘p uchraydi va bu
viloyat toponimikasining o‘ziga xos qatlamini tashkil etadi.

Ushbu maqolada Samarqand viloyati misolida O‘zbekistonda etnotoponimik

hodisalarning tarqalishi, ularning kelib chiqishi va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi.
Maqolada xalqimizning qabila-urug‘ tuzilmasi asosida shakllangan joy nomlari, ular
bilan bog‘liq tarixiy-geografik ma’lumotlar tahlil asosida ko‘rib chiqiladi.

Har bir kishining o‘z nomi - ismi bor. Bir xil ismli kishilar ya'ni adashlar ko‘p

bo‘lgan holda, ularni laqab bilan farq qilganlar Familiyalar ham aslida kishilarni bir-
biridan farq qilishga xizmat qiladi.

Umuman, inson narsalarga nom qo‘ymasdan yashay olmaydi. Dunyodagi

hamma narsaning nomi bor. O‘simlik va hayvonlarning mahalliy nomlaridan tashqari
ilmiy, lotincha nomlari ham mavjud Har qanday o‘simlik va hayvonni lotincha nomiga
qarab turli millat mutaxassislari darrov bilib oladilar. Demak, nomlar bir narsani
ikkinchi narsadan farq qilishga yordam beradi.

Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg‘ani boshqa bir jilg‘adan, bir ko‘chani yonidagi

ko‘chadan, tog‘-adirlarni, shahar va qishloqlarni bir-birlaridan farq qilish uchun ham
kishilar nomlar o‘ylab chiqargan. Joy nomlari,

geografik nomlar

yoki

toponimlar

deb

ataladi. Toponimlarni

toponimika (topos – joy, onima – nom) fani o‘rganadi.

Toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig‘idagi fandir.

Shu bois toponimikaning talaygina faktlari xarakter jihatdan xilma-xil bo‘lgan
lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to‘g‘ri izohlab berilishi
mumkin

1

.

Joy nomlari, ya’ni

toponimiya

bir necha turga bo‘linadi. Bular:

gidronomiya

(yunoncha gidro -

suv),

ya’ni daryolar, ko‘llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo‘ltiqlar,

bo‘g‘ozlar, sharsharalar nomlari;

oronimiya

(yunoncha oros -

tog‘),

ya'ni yer

yuzasining relef shakllari - tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari;

oykonimiya

(yunoncha oykos -

uy), polinimiya

(yunoncha polis -

shahar)

yoki

urbanonomiya

(lotincha urbos -

shahar

), ya’ni qishloq hamda shaharlarning nomlari,

mikrotoponimiya

(yunoncha mikros -

kichik),

ya’ni kichik obyektlar: buloqlar,

quduqlar, dalalar, o‘tloqlar, daraxtzorlar, jarlar, yo‘llar, ko‘priklar va hatto atoqli otga
ega bo‘lgan ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug‘-aymoq nomlari

1

S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O’zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006, 5 bet


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

75

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

bilan atalgan toponimlar

etnotoponimlar

(yunoncha etnos

- xalq)

deyiladi. Kishi

ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esa

antropotoponimlar

(yunoncha antropos -

odam

) deb atash mumkin

2

.

Ushbu maqolada Etnotoponimlarni Samarqand viloyati misolida ko‘rib

chiqamiz.

Kattami-kichikmi, har bir tuman joy nomlarining boshqa tuman

toponimiyasidan farq qiladigan o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. O‘zbekistonda
etnotoponimlar juda katta o‘rin tutadi.

V.A.Nikonov o‘zi ta'riflab bergan

nisbiy negativlik

qonuniga amal qilib,

etnotoponimlar

biron millat yoki xalq yaxlit yashaydigan hududning biron qismida

emas, balki bu hududning chekka qismida, ya'ni ikki xalq aralash yashaydigan
chegaradosh zonadagina bo‘ladi deb yozadi.

O‘zbekiston etnotoponimiyasida urug‘chilik qoldiqlari yaqin vaqtlargacha ham

mavjud bo‘lgan va har bir urug‘ yoki uning tarmoqlari yashagan qishloq o‘sha urug‘
yoki shoxning nomi bilan atalgan.

Manbalarda 92 o‘zbek urug‘i bor deb qayd etilgan. Bundan tashqari, har bir urug‘

o‘z navbatida yanada mayda guruhlarga bo‘linib ketadi. Etnograf K.Shoniyozovning
ta'kidlashicha, birgina

qo‘ng‘irot

urug‘i 200 dan ortiq kichik shox - to‘plarga ajralib

ketadi

3

.

Shunday qilib, o‘zbek millati turli qabila va urug‘lardan tarkib topgan.

Samarqand viloyati hududlarida qadimdan

turklar

qabilasi Samarqand atrofidagi

tog‘larning etaklari hamda yonbag‘irlarida ham yashagan

4

.

Movarounnahr turklarining talay qismini

qarluqlar

tashkil etgan. Ular

Zarafshonning quyi vodiysida yashashgan.

Barlos

lar - Zarafshon vodiysidagi Samarqand viloyatining Qoratepa, Nurota va

Molguzar tog‘larida, Turkiston tog‘lari etaklarida yashaganlar.

Kaltatoylar -

Nurota va Molguzar tog‘lari yonbag‘irlarida istiqomat qilganlar.

Qo‘ngirotlar

- Kattaqo‘rg‘on, Samarqand vohalarida ham yakkalanib qolgan

qo‘ng‘irot urug‘i guruhlari bor.

2

Ш.Камолиддин. Древнетюркская топонимия Средней Азии, Тошкент, Шарқ, 2006, 6 бет

3

SHoniyazov K. «O‘zbek xalqining etnogeziga oid ba’zi nazariy masalalar».- «O‘zbekiston

ijtimoiy fanlar», 1998, 6- son

4

Ш.Камолиддин. Древнетюркская топонимия Средней Азии, Тошкент, Шарқ, 2006, 6 бет


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

76

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Mang‘itlar,

asosan, Zarafshon vodiysida,

Naymantar,

asosan, Zarafshon

vodiysida, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand atroflarida vohalarida o‘rnashib qolganlar.

Saroy

qabilasi Kattaqo‘rg‘on, Samarqand hududida yashaganlar. Saroylar

tarkibida bir qancha katta-kichik qabilalar bo‘lgan: azsaroy, qipchoqsaroy,
qirg‘izsaroy, qo‘ng‘irotsaroy, majarsaroy, qorabog‘saroy, naymansaroy va boshqalar.
Bularning har biri o‘z navbatida yana bir qancha urug‘larga bo‘lingan.

Qipchoqlar -

Samarqand bilan Kattaqo‘rg‘on o‘rtasidagi tumanlarda,

Amudaryoning o‘ng sohilida o‘troqlashib qolganlar.

Samarqand viloyati misolida yirik o‘zbek urug‘larining «geografiyasi» ana

shunday. Bulardan tashqari, Samarqand viloyati hududlarining turli joylarida qirq, yuz,
ming, qo‘shchi, tuyoqli, qovchin, qangli, do‘rmon, yurchi, chimboy, mitan, qutchi kabi
ko‘plab urug‘lar bor.

Chunonchi Samarqand viloyatining janubiy qismida, zarafshon daryosi bo‘yida

joylashgan Tayloq deb nomlangan tunani hududdagi eng yirik etnotoponim hisoblanib,
aslida “tayloq” o‘zbek urug‘larining biridir.

O‘zbek urug‘larining qayerlarda yashashi umumiy tarzdagina bayon etildi.

Yuqorida aytib o‘tilgani kabi, har bir urug‘, o‘z navbatida, yana qancha-qancha mayda
guruhlarga bo‘linib ketadi. Urug‘ — qabilalar shu qadar murakkab joylashganki, biron
yirik hududda faqat bir urug‘ vakillarining o‘rnashish hollari deyarli kuzatilmaydi.
Urug‘larning ana shunday aralash-quralash bo‘lib yashab kelishi toponimiyada o‘z
aksini topgan.

Respublikaning turli tumanlarida ko‘chmanchi o‘zbeklarning o‘troqlikka

o‘tishida farq bo‘lgan. Masalan, Zarafshon vodiysida bir xil urag‘ yoki to‘p, shox
nomlari bilan ataladigan mayda qishloqlar juda ko‘p. Buning sababi shuki, Xiva
xonligiga qarshi o‘laroq, Buxoro xonligida ko‘chmanchilar butun urug‘i bilan emas,
balki kichik- kichik bo‘laklarga bo‘linib o‘troqlikka o‘tishgan. Buxoro xonligida
bekliklarga nom bergan yirik shaharlar orasida urug‘ nomi bilan atalgan bironta ham
shahar yo‘q, holbuki Xiva xonligida bunday shahar uchta — Mang‘it, Qipchoq,
Qo‘ng‘irot. V.V.Bartold bu shaharlarning paydo bo‘lishiga Xiva xonligida
urug‘chilikning kuchli bo‘lganligini sabab qilib ko‘rsatadi.

O‘zbek urug‘larining Buxoro xonligida o‘rnashib qolishini V.L.Vyatkin shunday

ta'riflaydi: Uning fikricha unumdor Zarafshon vodiysiga kelgan o‘zbeklarda
urug‘chilik yo‘qolmagan edi va ular urug‘- urug‘, shox-shox bo‘lib joylashdilar. Bu
urug‘ yoki shoxlarning har biri muayyan bir tumanni egallab olgan. Shu bilan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

77

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

birgalikda o‘zbeklarning biron urug‘i yoki shoxi kelib o‘rnashgan qishloqlar (ular
ilgaridan bo‘lganmi yoki yangidan o‘zlashtirilganmi, bundan qat'iy nazar), ko‘pincha
shu urug‘ yoki shoxning nomi bilan ataladigan bo‘lib qoldi. Hozirgi vaqtda ba'zi bir
hududlarda Bahrin (misol uchun Payariq tumanidagi qishloq), Qitoy (Jomboy tumani),
Nayman (Bulung‘ur tumani) kabi qishloqlarning ko‘p bo‘lishiga sabab ana shu.

Ta'kidlash joizki, etnonimlarni bilmasdan turib, O‘zbekiston toponimikasi bilan

shug‘ullanish mumkin emas. Chunki urug‘, qabila nomlari ko‘pincha muayyan ma'noni
anglatadi. Masalan, o‘zbek urug‘larini bilmagan kishi O‘roqli, Cho‘michli, Qarg‘ali,
Oytamg‘ali, Qaychili, Uchtamg‘ali kabi etnonimlarni «Li» affiksli toponimlarga
kiritishi mumkin.

Ming, yuz

urug‘lari joy nomlari tarkibida kelganda sonni bildirmaydi,

albatta

5

.

O‘zbek etnonimlari to‘grisida gap borganda shuni aytish kerakki, respublika

hududida tojik, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq xalqlarning urug‘-aymoqlari ham
bo‘lganidan o‘z-o‘zidan ma'lumki, ana shu xalqlarning urug‘lari nomlari bilan atalgan
joylar ham bor.

Bu

jihatdan

Zarafshon

vodiysi

xarakterlidir.

Rus

harbiy

olimi

N.F.Sitnyakovskiyning ma'lumotlariga ko‘ra, vodiydagi 2800 dan ortiq qishloqning
qariyb uchdan bir qismi etnotoponimlar, ya'ni urug‘-aymoq nomlari bilan atalgandir.
Bu yerda 150 dan ortiq millat, elat, urug‘-aymoq va boshqa mayda bo‘limlarning
nomlari uchraydi. Biz ana shu etnonimlarning eng xarakterlilarini sanab o‘tmoqchimiz:

Arab

(

Arab

,

Arabla

,

Arabon

,

Arabxona,

Arabtepa

va b.),

Afg‘on

,

Baxrin

(

Bahrinbayot

,

Bahrincha

,

Bahrinbo);

Bolg‘ali

,

Do‘rman

(

Do‘rmanon

,

Do‘rmantepa

)

, Kenagas

,

Qalmoq

(

Qalmoqon

,

Ravoti qalmoq

,

Qalmoqkeridi Qalmoqbevazanon

va b);

Qang‘li,

Qarliq

,

Qatag‘an

,

Qirg‘iz

(

Qirg‘izon

,

Qirg‘izjsaroy va b.) Qiyot

(

Qiyoton), Qozoq

(Qozoqon, Maydaqozoq, Qozoqqoldikalon - o‘rta-yuqori-past, Qozoqqoldixurd,
Beshqozoq)

Qoraqalpoq

,

Qo‘ng‘irot,

Qipchoq

(

Qipchoqon

,

Qipchoqxo‘ja

,

Qipchoqbolo

),

Qitoy, Mo‘g‘ul, Ming (Mingla(r)

,

Mingo)

,

Saroy

(

Uygur- saroy

,

Saroypoyon, Saroybolo

)

Chig‘atoy

va hokazo. Bu kabi toponimlar ham aslida

etnonimlarning o‘zginasidir. Bu esa Samarqand viloyati hududida aholining etnik
tarkibi nihoyatda xilma-xil bo‘lganligini ko‘rsatadi

6

.

5

S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O’zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006, 80 bet

6

S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O’zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006,

81 bet


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

78

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Zarafshon vodiysi xususan Samarqand viloyati toponimiyasi butun O‘zbekiston

toponimiyasining tarkibiy qismi sanaladi. Shu sababli bu ma'lumotlar butun respublika
toponimiyasi uchun xarakterlidir.

Ma'lumki, Zarafshon vodiysida yashaydigan xalqlar orasida o‘zbeklardan so‘ng

tojiklar son jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Ana shuning uchun ham etnotoponimlar
soni vohaning turli joyida turlichadir. Asosan o‘zbeklar yashaydigan tumanlarda
etotoponimlar, ayniqsa ko‘p. O‘zbeklar bilan tojiklar qo‘ni-qo‘shni yashaydigan oraliq
zonalarda esa

O‘zbek-O‘zbekon, Tojik-Tojikon

kabi etnotoponimlar uchraydi!

Etnonimlar Samarqand viloyati hududida joy nomlari shaklida qayta-qayta

uchraydi, Masalan, ayronchi, arg‘in, achamayli, bag‘anali, beshbola, burqut, g‘alabotir,
kenagas, tama, ming, mitan, oytamg‘ali, sayat, tortuvli, o‘ymovut, o‘tarchi, uyas, qutchi
kabi etnonimlar qishloq-shahar nomlari tarkibida 3 martadan 5 martgacha, bolg‘ali,
bolta, bahrin, bo‘ston, qangli, qoraqalpoq, uyg‘ur, qashqar, qiyot, qurama, qirq,
mirishkor, mug‘ul kabi etnonimlar 5-10 martagacha, beshkapa, do‘rman, jaloyir, tojik,
turkman, qirg‘iz, qozoq, qo‘ng‘rot, mang‘it kabi etnonimlar 10 martadan 15
martagacha, qipchoq, saroy etnonimlari 15-50 martagacha takrorlanadi. Shunday qilib
Samarqand viloyati hududi toponimiyasida etnotoponimiyaning o‘rni alohidadir.

Shunday qilib, Samarqand viloyatining toponimikasida etnotoponimlar alohida

ahamiyat kasb etadi. Ushbu joy nomlari xalqimizning tarixiy ildizlari, madaniy merosi
va etnik tarkibining boyligini aks ettiradi. Etnotoponimlar nafaqat geografik
joylashuvni, balki xalqlar o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarni ham yoritadi.
Samarqand viloyatidagi etnotoponimlar turli xalqlar va millatlar o‘rtasidagi aralashuv,
ko‘chmanchilik va o‘troqlikka o‘tish jarayonlarini o‘zida mujassam etgan.

Toponimlarning o‘rganilishi, ayniqsa etnotoponimlarning tahlili, joylarning

tarixiy yodgorliklari, madaniy va iqtisodiy rivojlanish bosqichlari haqida muhim
ma’lumotlar beradi. Samarqand va Zarafshon vodiysidagi etnotoponimlar hududdagi
ko‘plab qabila va urug‘larning joylashuvi, ijtimoiy va iqtisodiy hayotini hamda xalqlar
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni ko‘rsatib beradi. Bu jarayonlar faqatgina Samarqand viloyati
uchun emas, balki O‘zbekistonning boshqa hududlari uchun ham xos bo‘lgan umumiy
tarixiy-ijimoiy hodisalarni ifodalaydi.

Shu bilan birga, etnotoponimlarning o‘rganilishi zamonaviy antropologik,

lingvistik va tarixiy tahlillarga asoslangan holda, ularning semantik va struktural
jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizning tarixiy-
geografik xususiyatlarini yanada chuqurroq anglashga, madaniy merosimizni asrab-


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

79

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

avaylashga va kelajakda toponimlarni qayta tiklashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006,
5 bet
2. Ш.Камолиддин. Древнетюркская топонимия Средней Азии, Тошкент, Шарқ,
2006, 6 бет
3. Shoniyazov K. «O‘zbek xalqining etnogeziga oid ba’zi nazariy masalalar».-
«O‘zbekiston ijtimoiy fanlar», 1998, 6- son

References

S.Qorayev, Toponimika. Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari ilmiy nashriyoti, 2006, 5 bet

Ш.Камолиддин. Древнетюркская топонимия Средней Азии, Тошкент, Шарқ, 2006, 6 бет

Shoniyazov K. «O‘zbek xalqining etnogeziga oid ba’zi nazariy masalalar».- «O‘zbekiston ijtimoiy fanlar», 1998, 6- son