ZARMED
UNIVERSITETI
374
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
O‘QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI
Xodjayorova Bahora Akramovna
O‘qituvchi (PhD), O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Mamatkulova Mehrangiz Djamshedova
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti
Abdurahmonova Irodaxon Sheraliyevna
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘qituvchining innovatsion faoliyati, uning
ahamiyati, mazmun-mohiyati va zamonaviy ta’lim jarayonidagi roli yoritilgan.
Shuningdek, innovatsion faoliyatning o‘quv jarayoniga ta’siri, o‘qituvchilarning
malaka oshirish ehtiyoji va kreativ yondashuvlarning zarurligi tahlil qilingan.
Maqolada
o‘qituvchining
o‘z
ustida
ishlashi,
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarni o‘zlashtirishi va ta’limga qo‘llashi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, ta’lim, pedagog, metodika, kreativlik, zamonaviy
texnologiyalar, o‘qituvchi, interfaol usullar.
Аннотация.
В статье рассматривается инновационная деятельность
педагогов, ее значение, содержание и роль в современном образовательном
процессе. Также были проанализированы влияние инновационной деятельности
на образовательный процесс, необходимость повышения квалификации учителей
и потребность в креативных подходах. В статье рассматривается работа учителя
над собой, овладение информационно-коммуникационными технологиями и их
применение в образовании.
Ключевые слова
: инновация, образование, педагог, методика, творчество,
современные технологии, учитель, интерактивные методы.
Annotation.
This article discusses the innovative activity of a teacher, its
importance, content and role in the modern educational process. It also analyzes the
impact of innovative activity on the educational process, the need for teachers to
improve their skills and the need for creative approaches. The article discusses the
teacher's work on himself, the mastery of information and communication technologies
and their application in education.
Key words:
innovation, education, pedagogue, methodology, creativity, modern
ZARMED
UNIVERSITETI
375
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
technologies, teacher, interactive methods.
Kirish.
Bugungi globallashuv davrida har bir sohada, xususan, ta’lim tizimida
yangilanish, takomillashuv jarayonlari jadallashmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning
markazida o‘qituvchi turadi. Zamonaviy o‘qituvchi faqatgina bilim beruvchi emas,
balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantiruvchi, ularda zamonaviy
kompetensiyalarni rivojlantiruvchi shaxsdir.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 17-moddasida
pedagog xodimlarning huquqlari va majburiyatlari va innovatsion faoliyatni olib
borish, yangicha metodlardan foydalanish, pedagogik texnologiyalarni joriy qilishishi,
“2021–2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimini rivojlantirish
bo‘yicha davlat dasturi”, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida” gi uzluksiz ta’lim tizimida o’qituvchining
innovatsion faoliyatini zaruriy va samarali amalga oshirsh kerakligini ta’kidlab o’tish
mumkin.
Bunda o‘qituvchining innovatsion faoliyati muhim o‘rin egallaydi.
Innovatsion faoliyat tushunchasi va uning pedagogik jarayondagi o‘rnida
innovatsiya so’zini yoritimiz. Innovatsiya so‘zi lotincha “innovatio” - “yangilanish”
degan ma’noni bildiradi. Pedagogik innovatsiyalar esa yangi ta’lim texnologiyalarini
ishlab chiqish, joriy etish va ularni samarali qo‘llashdan iborat. O‘qituvchining
innovatsion faoliyati deganda esa o‘z pedagogik faoliyatida yangicha metodlar,
vositalar, texnologiyalarni qo‘llash, mavjud tajribalarni takomillashtirish tushuniladi
[2.,2021]. Innovatsion yondashuv orqali o‘qituvchi o‘quvchini passiv tinglovchidan
faol ishtirokchiga aylantiradi. Buning uchun o‘qituvchi interfaol metodlar, elektron
resurslar, virtual laboratoriyalar, test sinovlari, blokli o‘qitish kabi usullarni
o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. O‘qituvchining innovatsion salohiyati va uni rivojlantirish
yo‘llarida quyidagi komponentlardan iborat:
• Kreativ fikrlash qobiliyati
• Texnologik savodxonlik
• Pedagogik refleksiya
• Doimiy o‘rganishga tayyorlik
Bu sifatlar o‘qituvchining yangilikka ochiqligini, o‘z ustida ishlashga intilishini
ifodalaydi. Bunday salohiyatni shakllantirish uchun malaka oshirish kurslari, amaliy
seminarlar, o‘zaro tajriba almashuv dasturlari zarur. Bugungi kunda quyidagi
zamonaviy innovatsion metod va texnologiyalar keng qo‘llanilmoqda:
• Blended learning (aralash o‘qitish)
ZARMED
UNIVERSITETI
376
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
• Flipped classroom (teskari sinf)
• STEAM yondashuvi
• Muammoli ta’lim
• Gamifikatsiya (o‘yinlashtirish)
Bu metodlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini
shakllantiradi. O‘qituvchilar innovatsion faoliyatga o‘tishda quyidagi muammolarga
duch kelishadi:
• Yetarli texnik baza va sharoitlarning yo‘qligi
• Axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarning sustligi
• An’anaviy o‘qitish usullaridan voz kechishdagi psixologik to‘siqlar
• O‘quvchilarning faolligini oshirishda motivatsiyaning sustligi.
Bu muammolarni bartaraf etish uchun ta’lim muassasalari moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash, AKT bo‘yicha malaka oshirish kurslarini ko‘paytirish va
ijobiy tajribalarni targ‘ib qilish lozim.
Xulosa.
Innovatsion faoliyat bugungi o‘qituvchining zaruriy kasbiy sifati
hisoblanadi. Ta’lim tizimining yangilanishi, raqamlashtirilishi sharoitida o‘qituvchi
doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi lozim.
Innovatsion faoliyat o‘qituvchini pedagogik jarayonning markaziy figurasi sifatida
mustahkamlaydi va ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Ta’lim to‘g‘risida” (yangi tahrir), 2020-yil
23-sentabr, №ЗРУ–637.
2.
Xodjaqulov A. (2021). Innovatsion pedagogika asoslari. Toshkent: TDPU
nashriyoti.
3.
Raxmonova D. (2020). Pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar. Samarqand:
SamDU.
4.
Qodirova M. (2019). O‘qituvchi faoliyatida kreativ yondashuv. Andijon:
AndMI.
5.
UNESCO (2023). Transforming education through innovation. www.unesco.org
6.
Azizxo‘jaeva N.N. (2018). Pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Fan va
texnologiya.
