Authors

  • Bahora Xodjayorova
  • Muxiddin Islomov
  • Kiboro Isaxonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113431

Keywords:

inson qadri shaʼn huquq

Abstract

Ushbu maqolada insonning jamiyatdagi oʻrni, shaʼni va huquqlari haqida fikr yuritiladi. Muallif inson qadrining ijtimoiy, huquqiy va axloqiy asoslarini tahlil qilgan holda, uni qadrlash tamoyillari va bugungi kunda unga berilayotgan e’tibor masalalariga toʻxtaladi. Maqolada inson qadri tushunchasining tarixiy taraqqiyoti va uning turli davrlardagi talqini yoritiladi. Shu bilan birga, maqola bugungi global muammolar kontekstida inson qadrining himoyasi zarurligini asoslab beradi. Tadqiqot ishi, ilmiy va axloqiy jihatdan muhim manba hisoblanadi.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

551

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


INSON QADRI TUSHUNCHASINING TAHLILI

Xodjayorova Bahora Akromovna

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti

Islomov Muxiddin Numonxonovich

Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Isaxonova Kiboro Abdumutallib qizi

Samarqand Zarmed universiteti talabasi

Аnnоtаtsiyа.

Ushbu maqolada insonning jamiyatdagi oʻrni, shaʼni va huquqlari

haqida fikr yuritiladi. Muallif inson qadrining ijtimoiy, huquqiy va axloqiy asoslarini
tahlil qilgan holda, uni qadrlash tamoyillari va bugungi kunda unga berilayotgan e’tibor
masalalariga toʻxtaladi. Maqolada inson qadri tushunchasining tarixiy taraqqiyoti va
uning turli davrlardagi talqini yoritiladi. Shu bilan birga, maqola bugungi global
muammolar kontekstida inson qadrining himoyasi zarurligini asoslab beradi. Tadqiqot
ishi, ilmiy va axloqiy jihatdan muhim manba hisoblanadi.

Kаlit sо‘zlаr:

inson qadri, shaʼn, huquq, axloq, qadriyat, jamiyat.

АНАЛИЗ ПОНЯТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ДОСТОИНСТВА

Аннотация.

В данной статье рассматриваются место, честь и права

человека в обществе. Автор, анализируя социальные, правовые и моральные
основы человеческого достоинства, обращает внимание на принципы его
ценности и на вопросы, связанные с вниманием, которое ему уделяется в
современном мире. В статье освещается историческое развитие понятия
человеческого достоинства и его интерпретация в разные исторические периоды.
Также статья обосновывает необходимость защиты человеческого достоинства в
контексте современных глобальных проблем. Исследование является важным
источником как с научной, так и с моральной точки зрения.

Ключевые слова:

человеческое достоинство, честь, права, мораль,

ценности, общество.

ANALYSIS OF THE CONCEPT OF HUMAN DIGNITY

Abstract.

This article discusses the place, honor, and rights of a person in

society. The author analyzes the social, legal, and ethical foundations of human dignity,
focusing on the principles of valuing it and the issues related to the attention it receives
in today's world. The article highlights the historical development of the concept of


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

552

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

human dignity and its interpretation in different periods. Furthermore, the article
justifies the necessity of protecting human dignity in the context of current global
issues. This research work is considered an important source from both scientific and
ethical perspectives.

Key words:

human dignity, honor, rights, ethics, values, society.

Inson qadri

– odam zotining Allohning eng buyuk moʻjizasi sifatida

ulug‘lanishi, har tomonlama munosib qadr-qimmat topishini anglatadigan tushuncha
[1]. Inson uchun qadriyatlar mezonini anglashda dastlab oila muhiti, ota-ona,
qarindosh-urug‘, o‘qituvchilar muhim o‘rin tutadi. Aynan ana shu omillar negizida
inson kamol topib boradi. Insonning butun umri o‘zida shaxsiy qadriyatlarni
takomillashtirish, o‘z qadrini kamolga yetkazish, jamiyat, zamonda sodir bo‘layotgan
o‘zgarishlar qadrini anglashga intilishdan iboratdir. O‘zi va boshqaning qadrini anglab
yetish uchun insonning ma’naviy dunyosi ezgulikka xizmat qilishi, yuksak ijtimoiy
sifatlarga ega bo‘lishi, uning o‘zi esa hayotning mohiyati va maqsadini to‘g‘ri
anglaydigan darajada tarbiyalangan bo‘lmog‘i lozim.

Bu ma’noda, Suqrotning "O‘z-o‘zingni anglab yet!" – degan da’vati g‘oyat katta

ahamiyat kasb etadi. O‘z qadrini anglashning obyektiv, subyektiv, ijtimoiy va shaxsiy
jihatlari mavjud bo‘lib, doimiy ravishda o‘zaro aloqadorlikda yashaydi, inson
tabiatining turli jihatlarini aks ettiradi. Har qaysi shaxsning qadri u yashayotgan zamon,
undagi jarayonlar, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar ko‘zgusida namoyon bo‘ladi. Muhit
va davrning talablari shaxsning qadrini shakllantirib, yuksaltirib boradi. Uning o‘zi
ijtimoiy munosabatlar sub’yekti sifatida, o‘z qadrining shaxsiy talablari, ehtiyoj va
maqsadlari bilan naqadar bog‘liq ekanini tobora ko‘proq anglab boradi. Inson va uning
qadri muammosi – falsafaning azaliy mavzularidan biri.

Odam naslining dunyoga kelishi, boshqa jonzotlardan farqi, tabiat va jamiyatdagi

o‘rni, insoniy fazilatlari, shaxsiy xususiyati to‘g‘risidagi masalalar hamma davr
faylasuflarining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ma’lumki, odamning jismoniy
tuzilishi, tabiiy-biologik xususiyatlarini o‘rganish ilmfan olamida hamon davom
etmoqda. Ijtimoiy fanlarda esa shaxs kamoloti, uning ijtimoiy, ma’naviy qiyofasi bilan
bog‘liq masalalari tadqiq qilinmoqda. Xullas, odamzod uchun o‘ziga o‘xshagan boshqa
kishilar, ularning xususiyatlari, jamiyatdagi o‘rni, qadri, o‘tmishi va kelajagi bilan
bog‘liq muammolar qadimdan eng asosiy tadqiqot va kuzatish obyekti bo‘lib kelgan.

Insonning o‘zini qadriyat sifatida talqin qilish bilan uning qadri va shaxsiy

darajadagi qadriyatlar tizimi to‘g‘risidagi masalalar bir-biridan farq qiladi. Bu borada
uch yo‘nalishda fikr yuritish mumkin. Inson qadri – ulug‘. U ertaga emas, uzoq


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

553

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib yashashi kerak
[2;3]. Birinchidan, har bir insonni qadriyat sifatida qarash mumkin. Bunda insonning
o‘zi, uning tabiiy-tarixiy jarayondagi mavjudligi, tirik jonzotlar orasida yagona ijtimoiy
vujud ekani e’tiborga olinadi. Bu yo‘nalishdagi tahlil aniq insonga qaratilgan bo‘lib,
uni maxsus tadqiqot mavzusi obyektiga aylantiradi. Ikkinchidan, insonning qadri, ya’ni
uni ijtimoiy jarayonlardagi o‘rnini, atrof-muhit va boshqa kishilar uchun ahamiyati,
jamiyatdagi mavqei kabi masalalarni tadqiq qilish ham mumkin. Bunday tahlil
insonning ijtimoiy-tarixiy ahamiyatini o‘rganishga asoslanadi. Uchinchidan, shaxsning
ma’naviy olami, qiyofasi, qiziqishlar dunyosi, talab va ehtiyojlari, faoliyati bilan
bog‘liq qadriyatlar tizimini ham tahlil qilish mumkin. Bunda asosiy e’tibor
qadriyatlarning shaxsiy (alohida, yakka) darajada namoyon bo‘lish shakllari va
xususiyatlariga qaratiladi.

Hozirgi davrda har qaysi odamning qadri – avvalo, uning tabiatga, tashqi olamda

ro‘y berayotgan jarayonlarga, bu jarayonlardagi o‘rni va faoliyatiga, turli irq, millat,
ijtimoiy qatlamlarga mansub bo‘lgan, rang-barang maqsad va qadriyatlarga intiladigan
kishilarga, o‘ziga, oila, turmush, jamoa va jamiyatdagi mavqeiga nisbatan
munosabatida yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, mehnat, ishlab chiqarish va iqtisodiyot
borasidagi jarayonlardagi ishtiroki, jamiyatdagi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va
moddiy boyliklarni yaratish jarayoniga qo‘shayotgan hissasi ham inson qadrini
belgilaydi. Qolaversa, siyosiy o‘zgarishlar, jamiyatni demokratlashtirishda qatnashishi,
bu jarayonda qanday maqsadlarni ko‘zlayotgani hamda qadriyatlar tizimi tez o‘zgarib
borayotgan bugungi kunda qanday pozisiyani egallashi, o‘zini qanday tutishi bilan
bog‘liq faoliyati ham bu borada muayyan ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, qadr-qimmat insonning ma’naviy barkamolligi, bilimi,

qobiliyati, iste’dodi, iqtidori va ulardan qanday maqsadlarda foydalanayotgani;
o‘zining shaxsiy, milliy, diniy, irqiy, sinfiy va boshqa sohalardagi manfaat hamda
maqsadlari, talab-ehtiyojlari, intilish va faoliyatini umuminsoniy talablarga moslashtira
olgani bilan bog‘liq sifatlarda ifodalanadi. Bu borada uning turli buzg‘unchi g‘oyalar,
vayronkor mafkura va boshqa bid’atlarning mohiyatini to‘g‘ri anglab olgani, ularga
nisbatan munosabati ham muhimdir. Ana shu jihatlarning barchasini hisobga olgan
holda inson qadrini baholash va shu asosda shaxslarning tiplarini aniqlash mumkin.

Inson manfaatlari – ijtimoiy manfaat shakllaridan biri, jamiyatdagi o‘zgarishlar

va taraqqiyotning asosiy maqsadini insonga yo‘naltirish, inson haqhuquqlari
ustuvorligini ta’minlashni anglatadigan tushuncha. Inson manfaatlari inson ehtiyojlari,
manfaatlari, huquq va erkinliklarining ustuvorligi, uning eng katta boylik sifatida


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

554

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

jamiyatdagi alohida o‘rni va ahamiyatini ta’minlash, jamiyat, davlat va inson
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni oqilona yo‘lga qo‘yish tamoyillariga tayanadi.
Ma’lumki, 1997 yil yurtimizda inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi. Inson
manfaatlari yilida inson omiliga yanada ulkan ahamiyat berildi. Keyingi yillarga nom
berish va mamlakatimiz uchun ustuvor yo‘nalishni belgilab olishda ham, avvalo, inson
manfaatlari ustuvor masala sifatida e’tiborga olinmoqda.

Inson qadri – bu insonning daxlsizligi, huquqlari, erkinliklari va ijtimoiy roli

bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, uning shaxsiy va jamiyatdagi ahamiyatini ifodalaydi.
Inson qadri uning shaxsiyatini va hayotini hurmat qilish, uning jamiyatdagi o‘rni,
erkinligi, huquqlari va axloqiy mas’uliyatlarini qadrlashni anglatadi. Inson qadri
xususiyatlari quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi:

Daxlsizlik.

Inson qadri tushunchasining birinchi xususiyati uning daxlsizligidir.

Har bir insonning hayoti, shaxsiyati va huquqlari daxlsiz hisoblanadi, ya’ni uning
erkinligi va xavfsizligi himoya qilinishi kerak. Daxlsizlik insonning jismoniy va ruhiy
salomatligi, uning tanasi va aqlining to‘liq daxlsizligi bilan bog‘liqdir. Jamiyat, davlat
yoki boshqalar tomonidan uning shaxsiy hududiga aralashish, hurmat qilinmaslik inson
qadri va erkinligini buzadi.

Erkinlik.

Inson qadri erkinlik bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson o‘z fikrlash,

harakat qilish va qarorlar qabul qilishda erkin bo‘lishi kerak. Erkinlik insonning
tanlovlar qilish huquqini anglatadi, bu esa uning axloqiy va ijtimoiy mas’uliyatlariga
asoslanadi. Inson erkinligi uning o‘zini tanlashi, hayotini shakllantirishi va o‘zining
shaxsiy qadriyatlariga amal qilishi uchun zarurdir.

Huquqlar va tenglik.

Inson qadri huquqlar va tenglik bilan bog‘liqdir. Har bir

insonning tabiiy huquqlari – hayot, erkinlik, ta’lim olish, so‘z erkinligi, ishga
joylashish, va boshqalar – himoya qilinishi kerak. Inson qadri, shuningdek, jamiyatda
barcha shaxslar uchun tenglikni ta’minlashni anglatadi. Har bir inson huquqlariga teng
e’tibor berish, uni jamiyatda teng huquqli deb hisoblash orqali uning qadri to‘liq amalga
oshadi.

Axloqiy mas’uliyat.

Inson qadri shaxsning axloqiy mas’uliyati bilan bog‘liqdir.

Bu, o‘zining va boshqalar huquqlarini hurmat qilish, adolatli bo‘lish, boshqalar bilan
muomala qilishda axloqiy me’yorlarga amal qilishni anglatadi. Axloqiy mas’uliyatning
mavjudligi, insonning qadriyatlarini rivojlantirish va uni jamiyatda to‘g‘ri yo‘nalishda
amalga oshirishga yordam beradi. Inson qadri, shuningdek, o‘zining axloqiy xulq-
atvorlari va boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarining sifatiga ham bog‘liq.

Ijtimoiy mas’uliyat.

Inson qadri nafaqat shaxsiy, balki jamiyatga nisbatan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

555

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

ijtimoiy mas’uliyatni ham o‘z ichiga oladi. Insonning qadri jamiyatdagi o‘rni, uning
boshqalarga yordam berishi, ijtimoiy qadriyatlarni hurmat qilishi va adolatli muomala
qilishi bilan aniqlanadi. Shaxsning jamiyatdagi mas’uliyati uning qadriyatlarini to‘liq
shakllantirishga yordam beradi.

Go‘zallik va Estetika.

Inson qadri estetik va go‘zallik bilan ham bog‘liqdir. Bu

faqat tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq emas, balki ichki go‘zallik, insonning ruhiy holati,
hissiy tajribalari va axloqiy fazilatlari bilan ham bog‘liqdir. Estetik jihatdan, insonning
go‘zalligi va uning axloqiy xulq-atvori o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak. Go‘zallik
orqali insonning qadri uning ichki va tashqi sifatlarining uyg‘unligini aks ettiradi.

O‘zini anglash.

Inson qadri uning o‘zini anglash jarayoni bilan ham bog‘liqdir.

O‘zini anglash, ya’ni insonning o‘ziga nisbatan tushuncha va tasavvurlari, uning o‘ziga
bo‘lgan hurmatini belgilaydi. O‘zini anglash jarayoni orqali inson o‘zining daxlsizligi,
erkinligi, axloqiy va estetik qadriyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muhim jihatlarni
anglaydi. Bu jarayon uning jamiyatdagi o‘rnini va qadriyatlarini shakllantirishga
yordam beradi.

Taraqqiyot va o‘sish.

Inson qadri uning shaxsiy o‘sishi, rivojlanishi va

taraqqiyotiga asoslanadi. Shaxsning hayoti davomida o‘zini yangilash, yangi
tajribalarni qabul qilish va yaxshilanishi uning qadriyatlarining o‘sishiga yordam
beradi. Insonning ma’naviy va intellektual rivojlanishi uning qadriyatlari va o‘ziga
bo‘lgan hurmatini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

Umuman olganda inson qadri – bu uning daxlsizligi, erkinligi, huquqlari, axloqiy

mas’uliyati, estetik qadriyatlari, ijtimoiy roli va taraqqiyoti bilan bog‘liq keng va ko‘p
qirrali tushuncha. Har bir inson o‘zining qadriyatlarini hurmat qilish va o‘zgalar bilan
adolatli, axloqiy va hurmatli munosabatda bo‘lish orqali o‘zining haqiqiy qadriyatlarini
amalga oshiradi. Inson qadri nafaqat shaxsiy, balki jamiyatdagi hamda madaniy
muhitdagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lib, har bir shaxsning jamiyatdagi roli va ijtimoiy
mas’uliyatlari orqali to‘liq ifodalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

https://oyina.uz/uz/teahause/1674

2. Инсон қадри – улуғ // Халқ сўзи. – 2018 йил. 29 июнь, № 131 (7089).
3.АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ
ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С.
40.
4.Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A
Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education
Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194.

References

Инсон қадри – улуғ // Халқ сўзи. – 2018 йил. 29 июнь, № 131 (7089).

АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С. 40.

Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194.

Most read articles by the same author(s)