Mualliflar

  • Asliddin Quldoshev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.113405

Kalit so‘zlar:

globallashuv gumanistik tamoyillar ekologik siyosat

Annotasiya

 Maqolada ekologik munosabatlarda bag‘rikenglik tamoyillarining namoyon bo‘lish xususiyatlari haqida ilmiy fikrlar bildirilgan. Ilmiy tahlillar asosida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlatlarning ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati va uning ahamiyati haqida fikrlar izohlangan.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

432

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


MARKAZIY OSIYODA EKOLOGIK XAVFSIZLIK BARQARORLIGINI

TA’MINLASHDA BAG‘RIKENGLIK TAMOYILLARINING USTUVORLIGI

Quldoshev Asliddin Tursunovich

Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti dotsenti

E-mail:

asli-0708@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada ekologik munosabatlarda bag‘rikenglik tamoyillarining

namoyon bo‘lish xususiyatlari haqida ilmiy fikrlar bildirilgan. Ilmiy tahlillar asosida
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlatlarning ekologik tolerantlik, o‘zaro
yordam, ijtimoiy hamkorligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga
oshirish zaruriyati va uning ahamiyati haqida fikrlar izohlangan.

Kalit so‘zlar:

globallashuv, gumanistik tamoyillar, ekologik siyosat, ekologik

xavfsizlik, global bag‘rikenglik, ekologik munosabatlar.

ПРИОРИТЕТ ПРИНЦИПОВ ТОЛЕРАНТНОСТИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ

УСТОЙЧИВОСТИ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В

ЦЕНРАЛЬНОЙ АЗИИ

Аннотация.

В стате представлены научные мнения об особенностях

проявления принсипов толерантности в экологических отношениях. На основе
научного анализа разъяснены мнения о необходимости и важности
осуществления действий, которые нелзя откладыват на основе экологической
толерантности, взаимопомощи и сотсиалного сотрудничества государств в сфере
охраны окружающей среды.

Ключевые

слова

:

Глобализатсия,

гуманистические

принсипы,

экологическая политика,экологическое безопасност, глобалная толерантност,
экологические отношения.

PRIORITY OF THE PRINCIPLES OF TOLERANCE IN ENSURING THE

SUSTAINABILITY OF ENVIRONTAL SAFETY IN CENTRAL ASIA

Annotation.

The article presents scientific opinions on the features of the

manifestation of the principles of tolerance in environmental relations. On the basis of
scientific analysis, opinions on the need and importance of taking actions that cannot


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

433

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

be postponed on the basis of environmental tolerance, mutual assistance and social
cooperation of states in the field of environmental protection are clarified.

Key words:

globalization, humanistic principles, environmental policy,

environmental safety, global tolerance, environmental relations.

Kirish.

Insoniyat tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida turli davlatlar,

jamiyatlar, harakatlar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalar global ekologik
siyosatida bag‘rikenglik (tolerantlik) va o‘zaro hamkorlik (ijtimoiy sherikchilik)
hodisalarini falsafa fani kategoriyalari tizimi, xususan alohidalik, maxsuslik va
umumiylik kategoriyasi kontekstida tahlil qilish, ularning tarixini ham, mazmunini
ham, namoyon bo‘lish shaklini ham, istiqboli haqidagi tasavvurlarni ham milliy va
mintaqaviy darajalarda konkretlashtiradi.

Eng muhimi, bir tomondan, “Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu

bepoyon mintaqada qanday hamjihat bo‘lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan
bo‘lsa, bugun ham, ta’bir joiz bo‘lsa, tarix va hayot gardishi, tabiatning o‘zi bizni -
butun O‘rta Osiyo xalqlarini aynan ana shunday do‘stlik va hamkorlik ruhida hayot
kechirishga da’vat etmoqda” [1].

Ikkinchi tomondan esa, bu hodisalarning asosiy motivlari, harakatlantiruvchi

mexanizmlari, tamoyillarini kompleks-sistemali ilmiy tahlil etish, uning nazariy-
metodologik asoslarini ishlab chiqish, global ekologik siyosatni tashkillashtirish,
boshqarish va nazorat qilish samaradorligi sharti hisoblanadi. Zero, bunday yondashish
tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash va ekologik barqaror
xavfsizlikni ta’minlash faoliyati ilmiyligini ta’minlaydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

. Xususan, O‘zbekistonda ijtimoiy ekologiya

muammolari bo‘yicha mutaxassis, falsafa fanlari doktori, professor S.Mamashokirov,
Qozog‘istonlik yirik olima – falsafa fanlari doktori, professor R.S.Sartaevalarning
fikricha, ekologik faoliyatda bir-biridan nisbatan mustaqil davriy “kaskad”larni tashkil
qiladigan masalalar nazariy asoslanishi kerak [2].

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy abstraksiya, kuzatish, qiyoslash, korrelyasion-

regression, gipoteza tahlil usuliga asoslangan.

Bu metodologik-ilmiy xulosaga bizning maqolamiz mavzusi kontekstida

qaraydigan bo‘lsak:

1) xalqaro ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi (muayyan milliy, hududiy

chegaralardan tashqaridagi turli sohalarning ekologik siyosiy munosabatlarga ta’siri) –
umumiylik;


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

434

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

2) xalqaro ekologik siyosiy munosabat yo‘nalishlari va sohalari (barcha

sohalardagi xalqaro munosabatlarning ekologik siyosiy jihatlari) – maxsuslik;

3) jahon suveren davlatlarining milliy ekologik siyosati (lokal va transchegaraviy

ekologik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan milliy siyosiy faoliyati) – alohidalik;

4) ekologik siyosiy munosabat yo‘nalishlari, ko‘lami va darajalarining tashkiliy

asoslari (muayyan tarixiy zamon va ijtimoiy makondagi individual xususiyatlariga
ko‘ra) – konkretligi dialektikasi ko‘zga tashlanadi.

Shuning uchun ham, xalqaro ekologik siyosiy munosbatlarni bag‘rikenglik va

o‘zaro yordam tamoyillari asosida tashkillashtirish va boshqarishda bu xususiyatlarni
o‘zaro dialektik aloqadorliklarda olib qarash kerak.

Vaholanki, hozirgi globallashuv sharoitdagi dunyoning barqaror ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda:
insonparvarlik, o‘zaro yordam va tolerantlik tamoyillariga amal qilish asosiy vazifa
bo‘lib qolmoqda. Zero, ekologik barqarorlik – jahon hamjamiyatining ham, uning
alohida subyektlari rivojlanishi uchun ham shart-sharoit, asos hisoblanadi. Beg‘araz
o‘zaro yordam va oqilona tolerantlikka, yuksak ma’naviy-axloqiy normalarga va
siyosiy demokratiyaga, gumanistik tamoyillarga asoslangan ijtimoiy-ekologik
munosabatlar – umuminsoniyatni umumiy maqsad asosida hamkorlikka olib keluvchi
idealga aylanmoqda.

Xalqaro ekologik bag‘rikenglik va o‘zaro yordamning ma’naviy–axloqiy

normalari, gumanistik-demokratik tamoyillari, eng avvalo, kundalik ijtimoiy ong
shakllari, ma’naviy madaniyat sifatida namoyon bo‘ladi. Xususan, hozirgi davrda
xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarning asosiy tamoyili – o‘z hududingda amalga
oshirgan xatti-harakatlpri tufayli boshqa davlatlarning tabiatiga zarar yetkazmaslik
shartligi tamoyili qaror topdi va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan. Shu bilan birgalikda,
boshqa davlat tabiatiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik mas’uliyati tamoyili ham
qaror topa boshladi.

1972 yilda BMTning atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiya

deklaratsiyasida bu tamoyillar umumlashtirilib va konkretlashtirilib “Inson erkinlik,
tenglik va yetarli hayot sharoitlariga ega bo‘lish, munosib va yaxshi yashashga imkon
beruvchi atrof-muhitga haqli asosiy huquqlarga ega”[3], deb ko‘rsatilgan. Atrof-
muhitni muhofaza qilish va rivojlantirish bo‘yicha Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi (Rio-
de-Janeyro, 1992 yil), BMTning Ming yillik deklaratsiyasi (Nyu-York, 2000 yil),
Barqaror rivojlanish bo‘yicha Yoxannesburg deklaratsiyasi (Yoxannesburg, 2002 yil),
shuningdek BMT barqaror rivojlanish bo‘yicha konferensiyasining Rio-20 «Biz istagan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

435

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

kelajak» yakuniy hujjati prinsiplari va tavsiyalariga amal qilgan holda, atrof-muhitni
muhofaza qilish sohasida davlatlarning ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy
hamkorligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyatini va
uning ahamiyati haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Hozirgi vaqtda butun

dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo
bo‘lmoqda. Aksariyat hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib
borayotgani, cho‘llanish, suv yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini toza ichimlik suvi
bilan ta’minlash shular jumlasidandir.

Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda

har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak. Bu borada
mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash
bo‘yicha

sa’y-harakatlarimizni,

xususan, “Yashil

makon”

umummilliy

loyihasi doirasidagi ishlarimizni kuchaytiramiz”[4]. Bu esa, o‘z navbatida, har qanday
davlatning global ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish sohasidagi siyosatini xalqaro
standartlarga moslashtirish va integratsiyalashtirish – umuminsoniyat manfaatlariga
mos keladi.

Shuni ta’kidlash joizki, hozircha hayot talablaridan orqada qolayotgan xalqaro

ekologik munosabatlarda ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligini
global ekologik siyosat darajasiga ko‘tarishning dastlabki ratsional-madaniy bosqichi
hisoblanadi.

Bu haqda Yu.M.Lotman “Madaniyat va portlash” nomli asarida munosabat

sub’ektlarining o‘zaro ta’sir variantlarini uchta ehtimoliy yo‘nalishga ajratadi:
birinchisi – o‘zaro ta’sir ishtirokchilari fikrlari mutlaqo turlicha bo‘lib, “umuman
murosaga kelmaydigan” variant; ikkinchisi – o‘zaro munosabat sub’ektlari bir xil
imkoniyatga, axborot bazasiga egaligidan, ularning imkoniyatlari mutlaq aynanligi
varianti; uchinchisi – munosabat ishtirokchilarining manfaatlari turlicha bo‘lsa ham,
ularning fikrlarida “konsensus maydoni” mavjud variantlardir [5].

Bugungi kunda xalqaro ekologik siyosiy munosabatlardagi birinchi yo‘nalishda

sub’ektlari passivligi, avvalo ularni ongli, erkin faoliyat imkoniyatidan mahrum qilib,
barqaror taraqqiyotning yangi sifat bosqichiga ko‘tarish strategiyasini shakllantirishga
negativ ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, hozirgi davrda insoniyat barqaror
taraqqiyoti sur’atlarini ta’minlashda, uning ikkinchi va uchinchi variant yo‘nalishlarini
rivojlantirish xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. Chunki
xalqaro ekologik siyosat sub’ektlarining axborot ayriboshlash va “konsensus


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

436

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

makonini” yaratishi, ikki va ko‘ptomonlama shartnomalarda o‘zaro yordam va
tolerantlikni namoyon qiladi.

Ikki va ko‘ptomonlama qabul qilingan xalqaro shartnomalar ekologik

bag‘rikenglik va o‘zaro yordam tamoyillarining rasmiylashtirilgan shakli bo‘lib,
xalqaro ekologik huquqning manbasi hisoblanadi. Uning e’tirof etilgan legitimligi va
imkoniyati realligi, xalqaro ekologik siyosiy munosabatlarni: oqilona tashkillashtirish,
boshqarish va nazorat qilish samaradorligini belgilaydi. SHuning uchun ham
transchegaraviy tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish haqidagi
xalqaro qonunchilikni tubdan takomillashtirish, global strategik maqsadlarni amalga
oshirilishining muhim vositasi sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Bunga faqat milliy
ekologik huquqni global bag‘rikenglik, global o‘zaro yordam tamoyillariga asoslangan
xalqaro siyosatni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishning global madaniyatini
shakllantirish orqali erishish mumkin.

Shu o‘rinda 2018 yilda Respublikamizning Toshkent shahrida 5 iyun kuni

«Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish borasida hamkorlikni
mustahkamlash» mavzusida Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi bo‘lib o‘tdi.
Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda
Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologiya va atrof-muhit masalalariga mas’ul
vazirlik va idoralari, xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, ommaviy axborot
vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda Markaziy Osiyo mintaqasida atrof-
muhitni muhofaza qilish, tabiiy hududlarning bioxilma-xilligini saqlashda hududiy
hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish ekologik muammolarni birgalikda hal etishda
muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.

Xulosa va takliflar

. Bugungi kunda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi har bir

mamlakat uchun muhim strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki inson hayoti
yer, suv, havo, o‘simlik va hayvonot olami bilan chambarchas bog‘liq. Ulardan
noto‘g‘ri foydalanish salbiy oqibatlarni olib kelishi muqarrar. SHu ma’noda, mintaqa
tabiati, hayvonot va o‘simlik olami bioxilma-xilligini asrab-avaylashga har bir davlat
mas’uldir.

Hozirgi davrda inson hayoti uchun optimal tabiiy asoslarini ta’minlashda, dunyo

global sotsiomadaniy o‘zgarishlar dinamikasining istiqbol mo‘ljallarini belgilashda
ekologik ilmiy dunyoqarash, ma’naviy-madaniy kapital, intellektual salohiyat
potensiali faollashuvi, bevosita xalqaro ekologik siyosiy munosabatlardagi
bag‘rikenglik va o‘zaro yordam tamoyillariga amal qilishga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Shuning uchun ham “Tinchlik madaniyati” Rezolyusiyasida: “muayyan sotsial


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

437

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

munosabatlarni aks ettiradigan qadriyatlar, qarashlar va xulq-atvor turlarini o‘z ichiga
olgan erkinlik, adolat va demokratiya, insonning barcha huquqlari, sabr-toqat va
birdamlik, zo‘rlik ishlatishdan voz kechish kabi tamoyillar asosiga kurilgan
munosabatlar rivojlanishiga yordam beradigan va tub sabablarini bartaraf etish orqali
konfliktlarning oldini olishga yo‘naltirilgan, muammolarni dialog va muzakoralar yo‘li
bilan hal etadigan, o‘z jamiyati rivojlanish jarayonlarida ishtirok etishi uchun barcha
huquqlardan to‘liq darajada foydalana olish imkoniyatlarini kafolatlaydigan” [6]
konsepsiya taqdim etilgan.

Aytilganlarning barchasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlatlarning

ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam, ijtimoiy hamkorligi asosida kechiktirib
bo‘lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish zaruriyatini va uning ahamiyati haqidagi
tasavvurlarni shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, hozircha hayot talablaridan orqada
qolayotgan xalqaro ekologik munosabatlarda ekologik tolerantlik, o‘zaro yordam,
ijtimoiy hamkorligini global ekologik siyosat darajasiga ko‘tarishning dastlabki
ratsional-madaniy bosqichi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1

.

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”.T.: “O‘zbekiston”, 2008.10 b.

2. Mamashokirov S. “Vahimami yoki haqiqat”. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2012.- 65 b.
Манба: БМТнинг расмий сайти

http://www.un.org/ru/

.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga va
O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022 yil, 20-dekabr.
4. Балакина Е. И. “Диалог как средство сохранения разнообразия культур в
условиях глобализации”. // “Идентичность и диалог культур в эпоху
глобализации”. Бишкек, 2007. - с. 19.
5. Kuznetsov V. “Geokultura. Osnovы geokulturnoy dinamiki bezopasnosti v mire
XXI: Kultura-set”. - M.: “Kniga i Biznes”, 2003. – s. 16.

Bibliografik manbalar

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch”.T.: “O‘zbekiston”, 2008.10 b.

Mamashokirov S. “Vahimami yoki haqiqat”. – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2012.- 65 b. Манба: БМТнинг расмий сайти http://www.un.org/ru/.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022 yil, 20-dekabr.

Балакина Е. И. “Диалог как средство сохранения разнообразия культур в условиях глобализации”. // “Идентичность и диалог культур в эпоху глобализации”. Бишкек, 2007. - с. 19.

Kuznetsov V. “Geokultura. Osnovы geokulturnoy dinamiki bezopasnosti v mire XXI: Kultura-set”. - M.: “Kniga i Biznes”, 2003. – s. 16.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари