ZARMED
UNIVERSITETI
517
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA EKOLOGIK
TARBIYANING O‘RNI
Quldoshev Asliddin Tursunovich
Samarqand davlat Arxitektura-qurilish universiteti dotsenti
Hamzayeva Ruxshona
Samarqand Zarmed universiteti talabasi
Annоtatsiya.
Maqolada, ekologik madaniyatni shakllantirishning dolzarb
masalalari hamda ekologik tarbiyaning aholi ekologik ongi va faoliyatini
yuksaltirishdagi imkoniyatlari va yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, ekologik tarbiyaning
asosiy maqsadi shaxsning ekologik ongini shakllantirish va yuksaltirish, uni oqilona
ekologik faoliyat yuritishga odatlantirish mexanizmlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
ekologik globallashuv, ekologik siyosat, ekologik xavfsizlik,
ekologik tarbiya, ekologik ong, ekologik faoliyat, ekologik bilim, ekologik targ‘ibot,
ekologik muhit, ekologik madaniyat.
Ekologik siyosat ekologik globallashuv tendensiyalarining zamonaviy sotsiumga
ta’sirini kamaytirishi, jamiyat ekologik xavfsizligini ta’minlashi uchun ekologik
muhitni muhofaza qilish tadbirlari shaxs ekologik ongini yuksaltirish, ekologik
faoliyatini takomillashtirish choralari bilan to‘ldirilmog‘i shart. Binobarin, zamonaviy
davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekologik tarbiya bilan bog‘liq
bo‘lmog‘i lozim. Chunki aynan ekologik tarbiya aholi ekologik ongi va faoliyatini
yuksaltirish imkonini yaratadi.
Ekologik tarbiya tarbiyaning yil sayin tobora dolzarblashib borayotgan
shakllaridan biridir. U tarbiyaning boshqa shakllari bilan uyg‘un tarzda takomil topa
boradi. Aynan shuning uchun ham ekologik tarbiyaning mazmunini chuqurroq anglab
olish uchun uni tarbiya tizimi kontekstida, uning turli shakllari bilan o‘zaro
aloqadorlikda tahlil qilmoq kerak. Ekologik tarbiyaning tarbiya tizimidan ayri holda
talqin etilishi mazkur fenomen haqida ilmiy tasavvurlar hosil qilishga xalal beradi.
Tarbiya shaxsni shakllantirishga qaratilgan jarayondir. U shaxs qadriyat va
manfaatlarini jamiyat qadriyat hamda manfaatlariga moslashtirish maqsadida amalga
oshiriladi. Tarbiya obyekti hamisha shaxs yoxud muayyan guruh bilan bog‘liq. Biroq
ZARMED
UNIVERSITETI
518
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
tarbiyaning subyekti turli-tumanligi bilan tavsiflanadi. Masalan, tarbiya alohida shaxs,
biror bir institut, guruh, davlat tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Har qanday
holatda ham tarbiyaviy ta’sir o‘zining maqsadga muvofiqligi va tizimliligi bilan ajralib
turadi.
Tarbiya masalalari bilan shug‘ullangan barcha mutaxassislar uning turli shakllari
mavjudligini qayd qiladilar. Biroq odatda bunda tarbiyaning o‘z mazmuniga ko‘ra turli
shakllarga bo‘linishi nazarda tutiladi, xolos. Aytaylik, tarbiya mazmunan aqliy, mehnat,
jismoniy, ahloqiy, huquqiy, vatanparvarlik, iqtisodiy va shu kabi shakllarda amalga
oshirilishi mumkin. Shuning bilan bir qatorda, unutmaslik zarurki, tarbiya nafaqat o‘z
mazmuniga ko‘ra, balki institutsional belgilari, tamoyillariga ko‘ra ham turli shakllarga
ega. Masalan, tarbiya insonning umri davomida turli ijtimoiy institutlar - oila, mahalla,
ta’lim maskani, mehnat jamoasi, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan olib boriladi.
Bundan tashqari, inson tarbiyasi turli tamoyillarga bo‘ysundirilishi mumkin. Bu borada
erkin, avtoritar, demokratik tarbiya haqida gapirish o‘rinli.
Tarbiya masalalari odatda pedagoglar tomonidan puxta o‘rganiladi. Biroq bunda
masalaning bir jihati e’tibordan chetda qolib ketadi. Pedagoglar o‘z faoliyatlari ta’lim
muassasalari bilan bog‘liq bo‘lgani bois ko‘proq bolalar, o‘smirlar va yoshlar tarbiyasi
xususida bosh qotiradilar. Vaholanki, masalaga ijtimoiy falsafa pozitsiyasidan
yondashsak, tarbiya insonning butun umri mobaynida davom etadigan jarayondir. Shu
boisdan tarbiya masalalarining pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etilishi qay darajada
muhim bo‘lsa, uning ijtimoiy-falsafiy talqini ham shu qadar ahamiyatlidir.
Yuqorida keltirgan nazariy tezislarimiz ekologik tarbiyaning mazmuni va
mohiyati, maqsadi va vazifalari, shakllari va uslublari, tamoyillari va vositalarini
mufassal aniqlash imkonini beradi. Shunday qilib, ekologik tarbiya o‘z mazmuniga
ko‘ra tarbiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, shaxs ekologik ongini yuksaltirish, ekologik
faoliyatini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladigan maqsadga muvofiq
tarbiyaviy jarayondir. U turli subyektlar tomonidan olib borilishi mumkin. Masalan,
oilada, u yoki bu institutda, jamoada ham ekologik tarbiyaning muayyan shakllari
amalga oshiriladi. Biroq bu borada davlat tomonidan ekologik siyosat doirasida
maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilgan ekologik tarbiyaning ahamiyati
beqiyosdir.
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsning
ekologik ongini shakllantirish va yuksaltirish, uni oqilona ekologik faoliyat yuritishga
odatlantirishdan iborat. Uning yo‘nalishlari va vazifalari ana shu maqsaddan kelib
chiqadi, uslublari va usullari esa unga muvofiq ravishda tanlanadi. Jumladan, maqsadga
ZARMED
UNIVERSITETI
519
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
mos tarzda, ekologik tarbiya ikki asosiy yo‘nalishda (shaxs ekologik ongini
yukasaltirish; shaxs ekologik faoliyatini takomillashtirish) amalga oshiriladi. Ekologik
tarbiyaning vazifalari turkumiga esa quyidagilar kiradi:
“1.Ekologik ong negizida atrof-muhitga mus’uliyatli yondashuvni shakllantirish.
2.Zamonaviy ekologik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llariga doir
bilimlar tizimini shakllantirish.
3. O‘z hududidagi atrof-muhitni o‘rganish, holatini baholash va yaxshilashga
doir intellektual va amaliy malakalar tizimini rivojantirish; atrof-muhitni muhofaza
qqilishga doir faol faoliyatga intilishni rivojlantirish” [1].
Ekologik tarbiya turli shakl va uslubda amalga oshiriladi. Tarbiya obyektining
xususiyatlari yangilangani sayin bu shakl va uslublar ham o‘zgara boradi. Masalan,
inson umrining dastlabki bosqichlarida qo‘llanilgan ekologik tarbiya uslub va
shakllaridan uning yetuklik davrida foydalanib bo‘lmaydi, albatta. Yetuk yoshdagi
kishining ekologik ongi va faoliyatiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun mutlaqo
boshqa turkumdagi shakl va uslublarga murojaat etish zarur bo‘ladi. Shuning uchun
ekologik tarbiya shakl va uslublarini tasniflash birmuncha murakkabroq. Bizning
fikrimizcha, bu shakl va uslublarni ekologik tarbiyaning maqsadi va yo‘nalishlariga
mutanosib ravishda quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq:
a) shaxsning ekologik ongiga ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan shakl va uslublar
(masalan, tushuntirish, ishontirish, mashq qilish, ibrat va sh.k.);
1)
b) shaxsning maqbul ekologik faoliyatini shakllantirishga mo‘ljallangan
shakl va uslublar (masalan, o‘zini tahlil qilishga undash, anglab olishga undash,
ekskursiya va sh.k.);
2)
v) shaxsning maqbul ekologik ongi va faoliyatini rag‘batlantirish shakl va
uslublari;
3)
g) shaxsning nomaqbul ekologik ongi va faoliyatini jazolash shakl va
uslublari.
4)
Ekologik tarbiya vositalari ham o‘zining turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
Shaxs ekologik ongi va faoliyatini yuksaltirishda adabiyot va san’at, fan va din,
ommaviy axborot vositalari va shu kabi vositalar jiddiy rol o‘ynaydi. E’tiborli jihati
shundaki, ekologik tarbiyaning bir bosqichida bu vositalarning ayrimlari ustuvor
ahamiyat kasb qilishi, boshqalari esa ikkilamchi rol o‘ynashi mumkin. Vaziyat
o‘zgargach, bu iyerarxiya ham yangicha tus oladi. Masalan, ta’lim maskanlarida bolalar
ekologik ongi va faoliyatiga ko‘proq fan, adabiyot va san’at vositasida ta’sir
ZARMED
UNIVERSITETI
520
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ko‘rsatiladi. Yetuk yoshdagi kishilar ekologik ongi va faoliyatiga esa ommaviy axborot
vositalarining ta’siri ustuvor. Boshqa vositalar ikkilamchi rol o‘ynaydi.
5)
Ekologik tarbiya muayyan samaraga olib kelishi uchun aniq tamoyillarga
bo‘ysundirilmog‘i zarur. Mavzuning ushbu jihatini maxsus tadqiq qilgan mutaxassislar
quyidagi tamoyillarga e’tiborni tortadilar:
6)
tarbiyaviy jarayonning maqsadga muvofiqligi va g‘oyaviyligi;
7)
umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi;
8)
shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar uyg‘unligi;
9)
tarbiyaning hayot, jamiyat ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining
bugungi bosqichi bilan bog‘liqligi;
10)
jamoada shaxs tarbiyasi;
11)
tarbiyaning tabiatga muvofiqligi [1].
Ushbu mulohazalarga qo‘shimcha qilib ta’kidlash zarurki, ekologik tarbiya
uzluksiz va tizimli xarakterga ega bo‘lishi, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va
innovatsion uslublarga tayanishi darkor. Shuningdek, ekologik tarbiya zamon
talablariga mos ravishda yo‘lga qo‘yilmog‘i zarur, aks holda u o‘z oldiga qo‘yilgan
maqsadlarga xizmat qilmay qo‘yadi.
Ekologik tarbiyani tarbiyaning boshqa shakllaridan ayri ravishda tashkil etib
bo‘lmaydi. U barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan umumiy sa’y-
harakatlarning bir jihati, shakli, xolos. Ekologik tarbiya aqliy, axloqiy, iqtisodiy,
vatanparvarlik va boshqa tarbiya shakllari bilan uyg‘undir. Jumladan, shaxsning aqliy
salohiyati oshgani sayin uni ekologik jihatdan tarbiyalash imkoniyatlari kengaya
boradi. Aksincha, shaxs ekologik tarbiyasi uning ekologik ongi va faoliyatini
shakllantirish bilan cheklanmasdan, aqliy xislat va fazilatlarining ham kamol topishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Axloqiy tarbiya shaxsni tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishga
undovchi fazilatlarni ham shakllantiradi, ekologik tarbiya esa shaxs axloqiy
qiyofasining qaror topishi jarayonida ham iz qoldiradi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ekologik globallashuv tendensiyalarining shaxs ongi
va faoliyatiga salbiy ta’siri kuchayib borayotgan bugungi kunda ekologik tarbiyani
davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirish zaruriyati
yuzaga kelmoqda. Jahonning yetakchi mamlakatlarida ekologik tarbiya masalalariga
ustuvor ahamiyat berilayotgani ham shundan. O‘zbekistonda ekologik tarbiya
samaradorligini oshirish, uning zamonaviy tizimini yaratish uchun quyidagi vazifalarga
diqqatni jamlash maqsadga muvofiq bo‘ladi: a) ekologik tarbiyaning uzluksizligini
ta’minlash; b) ekologik tarbiya shakllari uyg‘unligini ta’minlash; v) ekologik tarbiya
ZARMED
UNIVERSITETI
521
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish zaruriyatiga.
ADABIYOTLAR:
1. Зарипова М.Формы и методы экологического воспитания учащихся// Молодой
ученый, 2014, №1. – С.524.
2. Omonov, Bahodir Nurillayevich. "MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA
MINTAQAVIY INTEGRATSIYA–MUAMMOLAR YECHIMINING ASOSIY
OMILI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
4.21 (2024): 529-535.
3. Очилова, Гўзал Араловна. "Чучук Сув Танқислиги Муаммосининг Марказий
Осиёга Хавфи. Омонов Баходир Нуриллаевич."
4.
Омонов,
Баходир
Нуриллаевич.
"Идейно-политический
путь
просветительского и джадидского движения." Gospodarka i Innowacje. 44 (2024):
235-242.
5 Nurillaevich, Omonov Bahodir, et al. "Factors Of The Formation Of Ecological
Culture In The Education And Training System."
Journal of Pharmaceutical Negative
Results
(2022): 984-989.
