“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
294
AMINOKOLXAMINNING PROPENILETINILKARBINOL BILAN YANGI HOSILASI
SINTEZ
Aliqulov Rustam Valiyevich
Termiz davlat universiteti O
Jumayev Kamoliddin Abdulla o‘g‘li
Termiz davlat universiteti magistranti
Kirish.
Ushbu tezisda aminokolxaminning propeniletinilkarbinol bilan sintezlangan yangi
hosilasi haqida ma'lumot berilgan. Sintez natijasida olingan moddaning strukturasi IQ va PMR
spektroskopiya ma'lumotlari bilan tasdiqlangan.
Tadqiqot jarayonida aminokolxamin moddasi propeniletinilkarbinol bilan Mannix reaksiyasi
asosida kondensatsiya qilingan. Reaksiya 80-100°C haroratda, glitserin vannasidan foydalangan
holda 6-8 soat davomida amalga oshirildi. Reaksiya natijalari yupqa qatlam xromatografiya orqali
tekshirildi.
Asosiy qisim.
Eksperiment davomida 1 g aminokolxamin 17 ml dioksan eritmasida eritildi.
Eritmaga 0,12 g paraform, 0,01 g gidroxinon va 0,03 g rux xlorid qo'shildi. Shundan so'ng, eritmaga
ekvimolekulyar miqdorda propeniletinilkarbinol qo'shilib, aralashma yaxshilab aralashtirildi.
Reaksiya mahsulotini tozalash uchun xlorofom va sirka kislotasidan foydalangan holda ekstraktsiya
amalga oshirildi. Yakuniy mahsulot vakuum eksikatorda quritildi va spektral tahlil uchun tayyorlandi.
Sintez natijasida 4-(aminokolxamino N/propenil-1-butin-2) karbinol hosil qilindi. Hosil
bo‘lgan moddalar juda yuqori xromatografik harakatchanlikka ega va ularning spektral xususiyatlari
atsetilen bog‘larining mavjudligini tasdiqladi. Bu esa ularning toksikligini kamaytirish imkonini
beradi.
Xulosa.
Propeniletinilkarbinolam bilan aminokolxaminning yangi hosilasi sintezlandi.
Sintezlangan birikma PMR va IQ spektral ma'lumotlari bilan tasdiqlangan Ishda
aminokolxaminning
propeniletinilkarbinol - 4-(aminokolxamin N/propenil-1-butin-2) karbinol bilan yangi hosilasi sintezi
taqdim etilgan. Sintezlangan birikmaning tuzilishi IR va PMR spektroskopiya ma'lumotlari bilan
tasdiqlangan. Sintez jarayoni Mannix usuli bo'yicha amalga oshiriladigan aminokolxaminning
asetilen o'z ichiga olgan birikmalar bilan kondensatsiyalanish reaktsiyasini o'z ichiga oladi.
Olingan birikmalar xarakterli spektral xususiyatlarga ega bo'lib, ularning toksikligini
kamaytiradigan asetilen bog'ining mavjudligi. Spektrlarni tahlil qilish yangi birikmalarning
strukturaviy xususiyatlarini va yuqori xromatografik harakatchanligini tasdiqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Yusupov M.K., Alikulov R.V. On the reaction of opening of the tetrachodroisoquinoline
core to homoproaporphine bases. Crokiamine structure // electron scientific journal. Tashkent:
“University”, 1992. p. 45-48.
2. Alikulov R.V., Alimnazarov B.Kh., Nuraliev G.T., Geldiev Yu.A. Structure of the new
homoproaporphine alkaloid regecolquin // Universum: Chemistry and biology. electron scientific
journal. 2019. No. 2(56). -p. 8-12.
3. Аликулов Р.В. Алкалоиды Colchicum kesselringii Rgl. и Merendera robusta Bge.
Строения новых гомопроапорфиновых и гомоапорфиновых алкалоидов. Дисс. на
соиск.уч.степ. к.х.н., Ташкент, 1993. С. 53-57.
4. Alikulov R.V., Alimnazarov B.Kh., Geldiev Yu.A., Ruzieva B.Yu. Structure of a new
homoproaporphine alkaloid 12-demethylylutein // Universum: Chemistry and biology. Electron
scientific journal. 2018. No. 3(45)
5. Юсупов М.К., Аликулов Р.В., Чоммадов Б.Ч., Насирова Б., Закиров С. Новые N-
ацилные производные колхамина // Четвертое всесоюзное совещание по химическим
реактивам. Тез. докл. и сообщений. Баку. 1991.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
295
6. Alikulov R.V. Turaev Kh.Kh., Atamurodova D.M., Alimnazarov B.Kh., Durmonova
S.S.Structure of 12-demethylregecoline // Universum: Chemistry and biology. electron scientific
journal. 2019. No. 6(60).
7. Alikulov R.V. The structure of lutherine // Universum: Chemistry and biology: electron
scientific journal. 2019. No. 6(60).
8. S.A. Kholmurodova, Kh.Kh. Turaev, R. Alikulov, A.Kh. Tashkulov, B.A. Xolnazarov,
S.G.Yuldashova,
Kh.E.
Eshmurodov.
PREPARATION
OF
VERMICULITE
AND
POLYPOLYACRYLONITRILE
COMPOSITE
AND
ITS
MODIFICATION
WITH
DIETHANOLAMINE. CHEMICAL PROBLEMS
9. Y.Sh. Bozorov, Kh.Kh.Turaev, A.H. Toshkulov, R.V. Alikulov, Sh.A.Kasimov,
M.U.Karimov, D.Kh. Shukurov, N.B.Urolov. Synthesis of a New Ion Exchange Membrane based on
Aniline and Nitrocellulose. International Journal of Engineering Trends and Technology
10. Safarov A.M., Turaev Kh. Kh., Toshkulov A.X., Alikulov R.V., Djalilov A.T., Kiyomov
Sh. N., Shukurov D.Kh. Synthesis of High Durability Polyurethane Based on Basalt Mineral.
International Journal of Engineering Trends and Technology
11. Geldiev Yu. A., Ruzieva B. Yu. RV Alikulov, Structure of a new homoproaporphine
alkaloid 12-demethylylutein Universum: Chemistry and biology. electron scientific journal, 45
12. RV Alikulov The structure of lutherine Universum: Chemistry and biology: electron
scientific journal, 60
