Authors

  • X.X. Turaev
  • A.B. Ibragimov
  • U.U. Ruziyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115138

Keywords:

koordinatsion kompleks Trilon B dimetilamin infraqizil spektr metall-ligand bog‘lanish spektral tahlil

Abstract

Ushbu tadqiqotda mangan (II) xloridning Trilon B (EDTA) va dimetilamin bilan hosil qilgan koordinatsion kompleksining infraqizil (IQ) spektri o‘rganildi. IR spektrda aniqlangan asosiy cho‘qqilar asosida kompleks tarkibidagi ligandlarning koordinatsiyalangan holati va Mn²⁺ ionining bog‘lanish xususiyatlari tahlil qilindi. Trilon B ning karboksilat va amin guruhlari orqali markaziy ion bilan koordinatsiyalanishi, dimetilaminning esa donor azotidagi vadorod atomi trilon B ning karboksilidagi kislorod atomi bilan vadorod bog‘ orqali bog‘langanligini kuzatildi. Tadqiqot natijalari kompleks birikmalar kimyosini chuqurroq o‘rganish, ularning spektral identifikatsiyasi va amaliy qo‘llanmalari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

339

MANGANES (II) XLORID, TRILON B (EDTA) VA DIMETILAMIN ISHTIROKIDAGI

KOMPLEKS BIRIKMANING INFRAQIZIL SPEKTRAL TAHLILI

Turaev X.X.

1

, Ibragimov A.B.

2

, Ruziyev U.U.

1

1

Termiz Davlat Universiteti, Barkamol Avlod ko‘chasi, Termiz shahri

2

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va Noorganik Kimyo Instituti, Toshkent shahri

ruziyevumid86@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda mangan (II) xloridning Trilon B (EDTA) va dimetilamin bilan hosil qilgan

koordinatsion kompleksining infraqizil (IQ) spektri o‘rganildi. IR spektrda aniqlangan asosiy
cho‘qqilar asosida kompleks tarkibidagi ligandlarning koordinatsiyalangan holati va Mn²⁺ ionining
bog‘lanish xususiyatlari tahlil qilindi. Trilon B ning karboksilat va amin guruhlari orqali markaziy
ion bilan koordinatsiyalanishi, dimetilaminning esa donor azotidagi vadorod atomi trilon B ning
karboksilidagi kislorod atomi bilan vadorod bog‘ orqali bog‘langanligini kuzatildi. Tadqiqot natijalari
kompleks birikmalar kimyosini chuqurroq o‘rganish, ularning spektral identifikatsiyasi va amaliy
qo‘llanmalari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

koordinatsion kompleks, Trilon B, dimetilamin, infraqizil spektr, metall-ligand

bog‘lanish, spektral tahlil

Kirish

Organik kompleksonlar radiokimyoviy texnologiyalarda keng qo‘llaniladigan birikmalar

bo‘lib, ular dezaktivatsiya jarayonlarida va boshqa ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladi.
Bu holatda, har yili radiokimyoviy va atom elektr stansiyalari tomonidan etilendiamintetraatsetat
(EDTA), Trilon B, oksalat va limon kislotasi, yuza faollashtiruvchi moddalari kabi kompleksonlarni
o‘z ichiga olgan katta miqdorda radioaktiv chiqindilar (oqova suvlar) hosil bo‘ladi.[1] Geksadentat
xelatlovchi birikma bo‘lgan etilendiamintetraatsetat (EDTA) o‘zining ikkita azot atomi va to‘rtta
karboksilat kislorod guruhi orqali metall ionlari bilan kuchli bog‘lanish hosil qila oladi.[2]. Bundan
tashqari

metall xelatlar qimmatli mikro o'g'itlar bo'lib, ular mos keladigan noorganik metall tuzlariga

qaraganda ancha samaralidir. Natriy, kaliy, magniy, rux, marganets, temir, kobalt, mis va molibden
kabi metallar biometallar (hayot metallar) deb ataladi. Ushbu biometallarning xelatlari deyarli zaharli
emas, suvda oson eriydi, keng pH qiymatlarida barqaror, tuproqda adsorbsiyalanadi va
mikroorganizmlar tomonidan yo'q qilinmaydi. Etilendiamintetraasetik kislota (EDTA) metallar bilan
juda barqaror suvda eruvchan komplekslar hosil qiluvchi eng keng tarqalgan xelatlashtiruvchi
moddalardan biridir.

[3]. Spektroskopik usullar, xususan, infraqizil spektroskopiya (IR), ushbu

bog‘lanishlarni aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu ishda MnCl₂, Trilon B
(etilendiamintetraatsetik kislota, EDTA) va dimetilamin asosida hosil bo‘lgan kompleksning IR
spektral tahlili o‘tkazildi.

Asosiy qism

1. Kompleks sintezi haqida qisqacha
Kompleks laboratoriya sharoitida MnCl₂, Trilon B va dimetilaminni 1:1:1 mol/litr nisbatda

suvli eritmada aralashtirish orqali tayyorlandi. Eritma aralashtirilgach, asta-sekin qizdirildi va bir
necha soat davomida aralashtirildi. Keyin kristallanish uchun 12 kun davomida bug‘latishga qo‘yildi.
Natijada sariq-novvot rang kristallar shakllandi va kristallar filtrlab olinib IQ tahlilga tayyorlandi.

2. IQ spektr tahlili

Koordinatsion birikmadagi funksional guruhlar va bog‘lanishlarning tebranishlari infraqizil

spektroskopiya yordamida Spectrum Two (Perkin Elmer) qurilmasida Spektr 400–4000 sm⁻¹
diapazonida analiz qilindi. (1-rasm)


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

340

1-rasm.

Mn(II)-asosidagi kompleks birikmaning infraqizil spektri (PerkinElmer Spectrum IQ, 400–

4000 sm⁻¹).

Quyidagi asosiy cho‘qqilar kuzatildi:
- 3484 sm⁻¹ va 3359 sm⁻¹ – N–H cho‘zilma tebranishlari, dimetilamin yoki

koordinatsiyalashgan suv ishtirokini bildiradi.

- 3219 sm⁻¹ – alifatik C–H cho‘zilma tebranishi, dimetilamin yoki EDTA yon guruhlariga

tegishli.

- 1623 sm⁻¹ va 1585 sm⁻¹ – karboksil guruhlarning (COO⁻) assimetrik tebranishlari, EDTA

ning metall bilan koordinatsiyalanishini ko‘rsatadi.

- 1475 sm⁻¹ – 1381 sm⁻¹ – COO⁻ simmetrik tebranishlari, CH₂ guruhlarining deformatsion

tebranishlari.

- 1264 sm⁻¹ – 926 sm⁻¹ – C–N va C–O bog‘lanish tebranishlari, bu EDTA va dimetilaminning

koordinatsiya darajasini aks ettiradi.

- 463, 534, 597 sm⁻¹ – Mn–O yoki Mn–N bog‘lanishlariga oid bo‘lishi mumkin bo‘lgan

metall-ligand tebranish cho‘qqilari.

- 714, 752 sm⁻¹ – ehtimol EDTA molekulasidagi C–C, C–N yoki halkaning ichki

tebranishlariga tegishli.

1-jadval

Mn(II)-asosidagi kompleks birikmaning infraqizil spektri

Tebranish cho‘qqisi (cm⁻¹)

Tebranuvchi guruh/bog‘

Izoh

3484

N–H cho‘zilma

tebranishlari

Dimetilamin yoki

koordinatsiyalashgan suv

ishtiroki

3359

N–H cho‘zilma

tebranishlari

Dimetilamin yoki

koordinatsiyalashgan suv

ishtiroki


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

341

3219

Alifatik C–H cho‘zilma

tebranishi

Dimetilamin yoki EDTA yon

guruhlariga tegishli

1623

COO⁻ assimetrik tebranishi

EDTA ning metall bilan

koordinatsiyalanishi

1585

COO⁻ assimetrik tebranishi

EDTA ning metall bilan

koordinatsiyalanishi

1475

COO⁻ simmetrik, CH₂

deformatsiyasi

Karbon guruhlari va CH₂

tebranishlari

1381

COO⁻ simmetrik, CH₂

deformatsiyasi

Karbon guruhlari va CH₂

tebranishlari

1264

C–N va C–O tebranishlari

EDTA va dimetilamin

koordinatsiya darajasi

926

C–N va C–O tebranishlari

EDTA va dimetilamin

koordinatsiya darajasi

597

Mn–O yoki Mn–N

tebranishi

Metall-ligand bog‘lanishlari

534

Mn–O yoki Mn–N

tebranishi

Metall-ligand bog‘lanishlari

503

Mn–O yoki Mn–N

tebranishi

Metall-ligand bog‘lanishlari

752

C–C, C–N yoki halqa

tebranishlari

EDTA molekulasidagi ichki

tebranishlar

714

C–C, C–N yoki halqa

tebranishlari

EDTA molekulasidagi ichki

tebranishlar

Xulosa

Mangan (II) xloridning Trilon B va dimetilamin bilan hosil qilgan kompleksining IQ tahlili

kompleks hosil bo‘lganini ishonchli tasdiqlaydi. Tahlil natijalari Trilon B ning karboksil va amin
guruhlari orqali markaziy ion bilan bog‘langanligini, dimetilaminning esa donor azotidagi vadorod
atomi trilon B ning karboksilidagi kislorod atomi bilan vadorod bog‘ orqali bog‘langanligini
ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot spektral usullardan foydalanib, koordinatsion komplekslarni
identifikatsiyalash va ularning tuzilmasini aniqlashda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1] Apalkov G. A. Catalytic decomposition of trilon B on the nickel–ferricyanide catalyst

//IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. – IOP Publishing, 2014. – Т. 66. – №.
1. – С. 012033.

[2] Eckert S. et al. From the free ligand to the transition metal complex: FeEDTA–formation

seen at ligand K-edges //Inorganic Chemistry. – 2022. – Т. 61. – №. 27. – С. 10321-10328.

[3] Semenov V. V. et al. Stabilization of an Aqueous Solution of a Liquid Micro Fertilizer

Containing Trilon B as a Chelating Agent. Structure of the Molecular Crystal of Sodium Carbamide
Ethylenediaminetetraacetate Hydrate NaH3L1·(H2N) 2CO· H2O //Russian Journal of Coordination
Chemistry. – 2024. – Т. 50. – №. 10. – С. 817-826.

References

Apalkov G. A. Catalytic decomposition of trilon B on the nickel–ferricyanide catalyst //IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. – IOP Publishing, 2014. – Т. 66. – №. 1. – С. 012033.

Eckert S. et al. From the free ligand to the transition metal complex: FeEDTA–formation seen at ligand K-edges //Inorganic Chemistry. – 2022. – Т. 61. – №. 27. – С. 10321-10328.

Semenov V. V. et al. Stabilization of an Aqueous Solution of a Liquid Micro Fertilizer Containing Trilon B as a Chelating Agent. Structure of the Molecular Crystal of Sodium Carbamide

Ethylenediaminetetraacetate Hydrate NaH3L1·(H2N) 2CO· H2O //Russian Journal of Coordination

Chemistry. – 2024. – Т. 50. – №. 10. – С. 817-826.