“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
342
MANGANES (II) XLORID, TRILON B (EDTA) VA DIMETILAMIN ISHTIROKIDAGI
KOMPLEKS BIRIKMANING INFRAQIZIL SPEKTRAL TAHLILI
Turaev X.X.
1
, Ibragimov A.B.
2
, Ruziyev U.U.
1
1
Termiz Davlat Universiteti, Barkamol Avlod ko‘chasi, Termiz shahri
2
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va Noorganik Kimyo Instituti, Toshkent shahri
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda mangan (II) xloridning Trilon B (EDTA) va dimetilamin bilan hosil qilgan
koordinatsion kompleksining infraqizil (IQ) spektri o‘rganildi. IR spektrda aniqlangan asosiy
cho‘qqilar asosida kompleks tarkibidagi ligandlarning koordinatsiyalangan holati va Mn²⁺ ionining
bog‘lanish xususiyatlari tahlil qilindi. Trilon B ning karboksilat va amin guruhlari orqali markaziy
ion bilan koordinatsiyalanishi, dimetilaminning esa donor azotidagi vadorod atomi trilon B ning
karboksilidagi kislorod atomi bilan vadorod bog‘ orqali bog‘langanligini kuzatildi. Tadqiqot natijalari
kompleks birikmalar kimyosini chuqurroq o‘rganish, ularning spektral identifikatsiyasi va amaliy
qo‘llanmalari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
koordinatsion kompleks, Trilon B, dimetilamin, infraqizil spektr, metall-ligand
bog‘lanish, spektral tahlil
Kirish.
Organik kompleksonlar radiokimyoviy texnologiyalarda keng qo‘llaniladigan
birikmalar bo‘lib, ular dezaktivatsiya jarayonlarida va boshqa ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida
ishlatiladi. Bu holatda, har yili radiokimyoviy va atom elektr stansiyalari tomonidan
etilendiamintetraatsetat (EDTA), Trilon B, oksalat va limon kislotasi, yuza faollashtiruvchi moddalari
kabi kompleksonlarni o‘z ichiga olgan katta miqdorda radioaktiv chiqindilar (oqova suvlar) hosil
bo‘ladi.[1] Geksadentat xelatlovchi birikma bo‘lgan etilendiamintetraatsetat (EDTA) o‘zining ikkita
azot atomi va to‘rtta karboksilat kislorod guruhi orqali metall ionlari bilan kuchli bog‘lanish hosil qila
oladi.[2]. Bundan tashqari
metall xelatlar qimmatli mikro o'g'itlar bo'lib, ular mos keladigan
noorganik metall tuzlariga qaraganda ancha samaralidir. Natriy, kaliy, magniy, rux, marganets, temir,
kobalt, mis va molibden kabi metallar biometallar (hayot metallar) deb ataladi. Ushbu
biometallarning xelatlari deyarli zaharli emas, suvda oson eriydi, keng pH qiymatlarida barqaror,
tuproqda adsorbsiyalanadi va mikroorganizmlar tomonidan yo'q qilinmaydi. Etilendiamintetraasetik
kislota (EDTA) metallar bilan juda barqaror suvda eruvchan komplekslar hosil qiluvchi eng keng
tarqalgan xelatlashtiruvchi moddalardan biridir.
[3]. Spektroskopik usullar, xususan, infraqizil
spektroskopiya (IR), ushbu bog‘lanishlarni aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu ishda
MnCl₂, Trilon B (etilendiamintetraatsetik kislota, EDTA) va dimetilamin asosida hosil bo‘lgan
kompleksning IR spektral tahlili o‘tkazildi.
Asosiy qism
1. Kompleks sintezi haqida qisqacha
Kompleks laboratoriya sharoitida MnCl₂, Trilon B va dimetilaminni 1:1:1 mol/litr nisbatda
suvli eritmada aralashtirish orqali tayyorlandi. Eritma aralashtirilgach, asta-sekin qizdirildi va bir
necha soat davomida aralashtirildi. Keyin kristallanish uchun 12 kun davomida bug‘latishga qo‘yildi.
Natijada sariq-novvot rang kristallar shakllandi va kristallar filtrlab olinib IQ tahlilga tayyorlandi.
2. IQ spektr tahlili
Koordinatsion birikmadagi funksional guruhlar va bog‘lanishlarning tebranishlari infraqizil
spektroskopiya yordamida Spectrum Two (Perkin Elmer) qurilmasida Spektr 400–4000 sm⁻¹
diapazonida analiz qilindi. (1-rasm)
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
343
1-rasm.
Mn(II)-asosidagi kompleks birikmaning infraqizil spektri (PerkinElmer Spectrum IQ, 400–
4000 sm⁻¹).
Quyidagi asosiy cho‘qqilar kuzatildi:
- 3484 sm⁻¹ va 3359 sm⁻¹ – N–H cho‘zilma tebranishlari, dimetilamin yoki
koordinatsiyalashgan suv ishtirokini bildiradi.
- 3219 sm⁻¹ – alifatik C–H cho‘zilma tebranishi, dimetilamin yoki EDTA yon guruhlariga
tegishli.
- 1623 sm⁻¹ va 1585 sm⁻¹ – karboksil guruhlarning (COO⁻) assimetrik tebranishlari, EDTA
ning metall bilan koordinatsiyalanishini ko‘rsatadi.
- 1475 sm⁻¹ – 1381 sm⁻¹ – COO⁻ simmetrik tebranishlari, CH₂ guruhlarining deformatsion
tebranishlari.
- 1264 sm⁻¹ – 926 sm⁻¹ – C–N va C–O bog‘lanish tebranishlari, bu EDTA va dimetilaminning
koordinatsiya darajasini aks ettiradi.
- 463, 534, 597 sm⁻¹ – Mn–O yoki Mn–N bog‘lanishlariga oid bo‘lishi mumkin bo‘lgan
metall-ligand tebranish cho‘qqilari.
- 714, 752 sm⁻¹ – ehtimol EDTA molekulasidagi C–C, C–N yoki halkaning ichki
tebranishlariga tegishli.
1-jadval
Mn(II)-asosidagi kompleks birikmaning infraqizil spektri
Tebranish cho‘qqisi (cm⁻¹)
Tebranuvchi guruh/bog‘
Izoh
3484
N–H cho‘zilma
tebranishlari
Dimetilamin yoki
koordinatsiyalashgan suv
ishtiroki
3359
N–H cho‘zilma
tebranishlari
Dimetilamin yoki
koordinatsiyalashgan suv
ishtiroki
3219
Alifatik C–H cho‘zilma
tebranishi
Dimetilamin yoki EDTA yon
guruhlariga tegishli
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
344
1623
COO⁻ assimetrik tebranishi
EDTA ning metall bilan
koordinatsiyalanishi
1585
COO⁻ assimetrik tebranishi
EDTA ning metall bilan
koordinatsiyalanishi
1475
COO⁻ simmetrik, CH₂
deformatsiyasi
Karbon guruhlari va CH₂
tebranishlari
1381
COO⁻ simmetrik, CH₂
deformatsiyasi
Karbon guruhlari va CH₂
tebranishlari
1264
C–N va C–O tebranishlari
EDTA va dimetilamin
koordinatsiya darajasi
926
C–N va C–O tebranishlari
EDTA va dimetilamin
koordinatsiya darajasi
597
Mn–O yoki Mn–N
tebranishi
Metall-ligand bog‘lanishlari
534
Mn–O yoki Mn–N
tebranishi
Metall-ligand bog‘lanishlari
503
Mn–O yoki Mn–N
tebranishi
Metall-ligand bog‘lanishlari
752
C–C, C–N yoki halqa
tebranishlari
EDTA molekulasidagi ichki
tebranishlar
714
C–C, C–N yoki halqa
tebranishlari
EDTA molekulasidagi ichki
tebranishlar
Xulosa.
Mangan (II) xloridning Trilon B va dimetilamin bilan hosil qilgan kompleksining IQ
tahlili kompleks hosil bo‘lganini ishonchli tasdiqlaydi. Tahlil natijalari Trilon B ning karboksil va
amin guruhlari orqali markaziy ion bilan bog‘langanligini, dimetilaminning esa donor azotidagi
vadorod atomi trilon B ning karboksilidagi kislorod atomi bilan vadorod bog‘ orqali bog‘langanligini
ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot spektral usullardan foydalanib, koordinatsion komplekslarni
identifikatsiyalash va ularning tuzilmasini aniqlashda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
[1] Apalkov G. A. Catalytic decomposition of trilon B on the nickel–ferricyanide catalyst
//IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. – IOP Publishing, 2014. – Т. 66. – №.
1. – С. 012033.
[2] Eckert S. et al. From the free ligand to the transition metal complex: FeEDTA–formation
seen at ligand K-edges //Inorganic Chemistry. – 2022. – Т. 61. – №. 27. – С. 10321-10328.
[3] Semenov V. V. et al. Stabilization of an Aqueous Solution of a Liquid Micro Fertilizer
Containing Trilon B as a Chelating Agent. Structure of the Molecular Crystal of Sodium Carbamide
Ethylenediaminetetraacetate Hydrate NaH3L1·(H2N) 2CO· H2O //Russian Journal of Coordination
Chemistry. – 2024. – Т. 50. – №. 10. – С. 817-826.
