Authors

  • NOORI MIRAFZON
  • Ozoda Hazratqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115243

Keywords:

tibbiyot sohasi funksional xususiyatlar tilshunoslikda terminlar tadqiqot ob’ekti.

Abstract

Til va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi, bu fenomenlarning muntazam ravishda o‘zgarishlarga uchrashi, qolaversa, tibbiyot sohasiga yangi tushuncha, terminlar va leksik birliklarning uzluksiz bir tildan ikkinchi bir tilga o‘zlashtirib olinishi natijasida amaliyotda keng qo‘llanilishi tilshunoslik sohasida alohida nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shu boisdan ham umumiy tibbiyot sohasiga oid terminlarning qo‘llanilish imkoniyatlari, ularning tarkibiy tuzilishi hamda semantik xususiyatlarini yangi metodologik tamoyillar va zamonaviy mezonlar asosida yoritib berish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

509

TIBBIYOT SOHASIGA OID TERMINLARNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI VA

DOLZARB MUAMMOLARI

NOORI MIRAFZON

Davolash fakulteti, Stomatologiya yo‘nalishi, I bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:Hazratqulova Ozoda Abdug’aniyevna

Annotasiya.

Til va jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi, bu fenomenlarning muntazam ravishda

o‘zgarishlarga uchrashi, qolaversa, tibbiyot sohasiga yangi tushuncha, terminlar va leksik
birliklarning uzluksiz bir tildan ikkinchi bir tilga o‘zlashtirib olinishi natijasida amaliyotda keng
qo‘llanilishi tilshunoslik sohasida alohida nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shu boisdan ham
umumiy tibbiyot sohasiga oid terminlarning qo‘llanilish imkoniyatlari, ularning tarkibiy tuzilishi
hamda semantik xususiyatlarini yangi metodologik tamoyillar va zamonaviy mezonlar asosida yoritib
berish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kalit so‘zlar:

tibbiyot sohasi, funksional xususiyatlar, tilshunoslikda terminlar, tadqiqot

ob’ekti.

Eng muhim zamonaviy fanlar o‘z terminologiyasida klassik tillarning elementlarini samarali

ishlatadilar. Inson bilimlarining turli sohalarida ilmiy kashfiyotlar muqarrar bo‘lib qolganidan keyin
(bu jarayon to‘xtovsiz kuzatilyapti), terminologiyada neologizmlarning paydo bo‘lishi muntazam
sodir bo‘layapti. So‘z ijod qilish bilan faqat tilshunoslargina shug‘ullanib qolmay, balki fan va
texnikaning turli sohalari mutaxassislari, hatto olimlarning butun bir jamoalari shug‘ullanishmoqda.
Shu bilan tilning evolyusiyasi, xususan, turli fanlar terminologiyasining dinamikasi ta’minlanayapti.

Bugungi kunda dunyoda tibbiyot sohasining tarmoqlari aholiga xizmat ko‘rsatishning

ajralmas va zaruriy vositasi sifatida tobora keng va mustahkam o‘rin egallamoqda hamda tibbiyot
sohasiga oid terminologiya va terminografiyani takomillashtirish, tibbiyot sohasiga kirib kelayotgan
yangi tushunchalarning yaratilishini nazoratga olish, shakllantirish va funksional xususiyatlarini
tadqiq qilish alohida ahamiyatga molikdir.

Mamlakatimizning so‘nggi yillarda dunyo hamjamiyatiga integrallashuvi tilshunoslikda

terminlarning tahlili va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy izlanishlarning
amalga oshirilishiga sabab bo‘lmoqda. “Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak
uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yishning vaqti-soati keldi. Biz
raqobatbardosh davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bundan buyon maktab,
litsey, kollej va oliy o‘quv yurti bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishlari shart. Bu
qat’iy talab har bir ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim” degan
o‘z nutqida prezidentimiz Sh.Mirziyoev. Vaholangki, tilshunoslikda tibbiyot sohasiga oid terminlar
maxsus o‘rganilmagan.

Tibbiyot sohasi bo‘yicha maxsus adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy ingliz

va rus tillarida tarmoqlar bo‘yicha alohida olinib, asosan an’anaviy tarzda tarkibiy-semantik nuqtai
nazardan tahlil qilingan.

Tibbiyotga oid ba’zi terminlarning izohi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da, sohaga doir

darslik va o‘quv qo‘llanmalarida berilgan. Ammo, o‘zbek tili tibbiyot sohasiga oid leksemalar
hanuzgacha tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmagan. Qiyosiy-chog‘ishtirma asnoda esa bu sohada
umuman ilmiy izlanishlar o‘tkazilmagan.

Tilshunoslikda ingliz tilidagi tibbiyotga oid terminlarni boshqa biron bir tildagi muqobillari

bilan qiyoslashga bag‘ishlangan maqolalar, xususan olganda ingliz va o‘zbek tillari materiallarida
tayyorlangan risolalar mavjud emas, shu nuqtai nazardan olib qaraganda maqolamiz dolzarb mavzuga
bag‘ishlangan dastlabki maqolalardan biri hisoblanadi.

Tibbiyot terminologiyasi jahon tilshunosligida yuzaga kelishi, madaniy-tarixiy taraqqiyot

bosqichlari aniqlanib, tibbiyot terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari
isbotlangan. Tibbiyot terminlarining ilmiy ahamiyati termin yasash qonuniyatlarini aniqlash va
tushunish, formal strukturaning birlik tomonidan ifoda qilinayotgan mazmunga bog‘liq ravishda
xususiyatlarini o‘rganish, nominatsiyaning terminologik birliklari o‘rtasidagi mavjud aloqalar va


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

510

munosabatlarni o‘rganish terminologiyani tartibga solish va standartlashtirish bugunhi kunda katta
ahamiyatga ega. Shu bois, tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida amaliy darslar, jumladan,
terapevtik, kardiologik va boshqa kasalliklarini o‘rgatishda, universitetlarning filologik fakultetlarida
“Lotin tili va tibbiy terminologiya”, “Leksikologiya”, “Stilistika” kabi fanlar bo‘yicha o‘quv
adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlashda, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini
yozishda, tibbiyotga oid inglizcha-o‘zbekcha izohli va ensiklopedik lug‘atlarni takomillashtirish
bunga yechim bo‘la oladi desak mubolag’a bo‘lmaydi.

Jahonda tibbiyot fanining jadal taraqqiy topishi turli tillarda muloqotga kirishuvchi tibbiyot

mutaxassislari o‘rtasida keng miqyosda ma’lumot almashinish ehtiyojini yuzaga keltirishi, til va
jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi, bu fenomenlarning muntazam ravishda o‘zgarishlarga uchrashi,
qolaversa, tibbiyot sohasiga yangi tushuncha, terminlar va leksik birliklarning uzlyuksiz bir tildan
ikkinchi bir tilga o‘zlashtirib olinishi natijasida amaliyotda keng qo‘llanilishi tilshunoslik sohasida
dolzarb vazifalardan biri ekanligi hech kimga sir emas.

Terminologiya bo‘yicha sinonimiya lingvistik adabiyotda ma’lum tanqidga uchraydi. Klassik

til sinonimik morfemalarining mavjudligini fransuz tilidagi ijobiy hodisa deb hisoblash lozim, chunki
u ushbu elementlarni ixtisoslashtirishda va ob’ektiv voqelikning predmetlari va hodisalarini
belgilashda ularni differensiatsiya qilishga muvaffaqiyatli yordamlashadi.

Ba’zi bir lotincha va yunoncha sinonimik morfemalar ayrim paytlarda bir-birini

muvaffaqiyatli almashtira oladilar. Substitutsiyaga ham tub morfemalar

(péri-amygdalite -

péritonsillite)

, ham derivatsion morfemalar

(quadriplégie

-

tétraplégie)

misol qilib keltiriladi. Ham

aniqlanuvchi element, ham aniqlovchi element o‘zaro almashinishlari mumkin.

Substitutsiya faqat terminologik leksikada, xususan, otlarda va sifatlarda kuzatiladi. U

so‘zning ma’nosini o‘zgartirish yoki o‘zgartirmaslik bilan bo‘lishi mumkin va ko‘pincha
morfemaning dastlabki etimologik ma’nosining yo‘qolishi bilan birga keladi. Tahlil qilinayotgan
elementlarning qo‘llanilishi sohasida tabaqalanish namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, leksik birliklarni,
agar ularni hosil qiluvchi faqat komponentlarning sinonimikligini hisobga olib, avtomatik tarzda
sinonimik deb tan olish mumkin emas.

Tub va derivatsion morfemalar nutq kommunikatsiyasi jarayonida faoliyat ko‘rsatishning turli

qonuniyatlarini namoyon qiladilar. Tub morfemalar o‘zlari tematik tegishli bo‘lgan kichik tillarda
yuqori chastotali va taqsimlash ko‘rsatkichlariga ega hamda hamma yerda qo‘llaniladigan leksikada
uchrashning bir tekisda emasligi bilan xarakterlanadilar. Bular asosan korrelyativ vazifaning o‘rtacha,
katta va kuchli og‘ishlari zonalariga tegishli bo‘lgan tub substantiv morfemalardir. Ta’kidlash joizki,
tub elementlar keyingi so‘z yasashning asosi, tilning boshqa terminlari va elementlari hamda
morfemalari uchun “tortish markazi” hisoblanadi; ular fransuz tili strukturasini o‘rganishda muhim
ahamiyatga egadirlar.

Lotin va qadimgi yunon tili sinonimik elementlarining so‘z yasash tizimida qo‘llanilishida va

ularni semantik sinflar bo‘yicha taqsimlashda ma’lum tanlov mavjud. Odatda ekvivalentliklarning
bittasiga afzallik beriladi. Sinonimik morfemalarning chastotali va taqsimlash darajalaridagi tahlil
natijasi ushbu hodisa ilmiy tajribamizda 76% hollarda kuzatilishini ochib berishga imkon berdi.
Shunday qilib, til tizimida ham ekstralingvistik, ham intralingvistik, ya’ni tilning ichki qonuniyatlari
bilan bog‘liq morfemalarning aniq belgilangan va tabiiy tanlovi sodir bo‘ladi.

Turli darajalarda lug‘at birliklarining statistik hisobi xulosa chiqarishga imkon beradiki,

maxsus matnga (kichik tilga) chuqurlashib borilgani sayin, lug‘at birliklarining soni kamayib boradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2021 йил 6 май куни «Чет тилларини ўқитиш

тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари» юзасидан видеоселектр йиғилишидаги нутқи

2.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати.5-жилдли. Ўзбек миллий энциклопедияси.

Давлат илмий нашриёти, Тошкент, 2008. - 248 б.

3.

Khazratqulova O.A. //OLIY FILOLOGIK TA’LIMDA MASHQLARI USTIDA

DIDAKTIK ISHLASH MEXANIZMI // МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

511

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА ISSN: 3030-3001 Том 1, Выпуск 3. 93-97 b.

4.

Hazratqulova O.A. Oliy filologik ta'limda o'quv topshiriqlari ustida ishlash bilan

bog'liq muammolar // O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2024, [1/11/1]
ISSN 2181-7324. B.259-261.

5.

Sh.E. Abrayeva. GREEK –LATIN MORPHEMES IN FRENCH MEDICAL TEXTS

AND TERMINOLOGY // XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI. 2021, 53-
55.

References

Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2021 йил 6 май куни «Чет тилларини ўқитиш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари» юзасидан видеоселектр йиғилишидаги нутқи

Ўзбек тилининг изоҳли луғати.5-жилдли. Ўзбек миллий энциклопедияси. Давлат илмий нашриёти, Тошкент, 2008. - 248 б.

Khazratqulova O.A. //OLIY FILOLOGIK TA’LIMDA MASHQLARI USTIDA DIDAKTIK ISHLASH MEXANIZMI // МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ:ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА ISSN: 3030-3001 Том 1, Выпуск 3. 93-97 b.

Hazratqulova O.A. Oliy filologik ta'limda o'quv topshiriqlari ustida ishlash bilan bog'liq muammolar // O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2024, [1/11/1] ISSN 2181-7324. B.259-261.

Sh.E. Abrayeva. GREEK –LATIN MORPHEMES IN FRENCH MEDICAL TEXTS AND TERMINOLOGY // XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI. 2021, 53