“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
521
TIRIK ORGANIZMLARGA AKTINOMETSITLARNING TA’SIRI VA FOYDALI
JIHATLARI.
Doniyorova Sarvinoz
Dilmurod qizi
Nosirova Nigina Abdialim qizi
Biologiya ta’lim yo‘nalishi
Aslanova Xolida Gafurovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Tel:
+99891-583-53-00
Annotatsiya.
Maqolada tirik organizmlarga Aktinometsitlar (Nurli zamburug‘lar) ning ta’siri,
tuzilishi, foydali jihatlari, ularning uchrash maydonlari, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar haqida
ma‘lumotlar keltirilgan. Aktinometset haqida tushuncha. aktinomikoz kasaligi haqida bir qancha
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar;
aktinometset, aktinomikoz, odam, hayvon va tirik organizm, rivojlanishi,
foydali xususiyati.
Влияние и польза актиномицетов на живые организмы.
Аннотация:
В статье представлена информация о влиянии актиномицетов (светящихся
грибов) на живые организмы, их строении, полезных свойствах, ареалах распространения и
вызываемых ими заболеваниях. Понятие об актиномицетах. Представлены некоторые
сведения об актиномикозе.
Ключевые слова:
актиномицеты, актиномикоз, человек, животные и живые
организмы, развитие, полезные свойства.
The effects and benefits of actinomycetes on living organisms.
Annotation:
The article provides information about the effects of Actinomycetes (luminous
fungi) on living organisms, their structure, beneficial aspects, their areas of occurrence, and the
diseases they cause. The concept of actinomycetes. Some information about the disease
actinomycosis is provided.
Keywords:
actinomycetes, actinomycosis, humans, animals and living organisms,
development, beneficial properties.
Kirish
. Aktinomitsetlar-nurli zamburug‘lar hisoblanib,tuproqda ,suv havzalarida,havoda va
o‘simlik qoldiqlarida tarqalgan bo‘lib ba’zi turlari esa hayvon va odamlarda
(sil,aktinomikoz,difteriya) kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. Bu zamburug‘ tuzilishi
jihatidan bakteriyalar va tuban zamburug‘larga o‘xshaydi. Zamburug‘ning uzunligi 600 nm va undan
uzun bo‘lgan, shoxlangan mitseliy hosil qiladi. Ularning 700ga yaqin turi mavjud.
Aktinomisetlarning uzun shoxlangan mitseliysi diametri 3dan 7mkm gacha (3-15baravar
ko‘p)bo‘lgan zamburug‘lar mitseliysidan juda farq qiladigan ingichka diametrili (0,2-1,2 mikron)
bo‘kalarga ega emas. Ozuqa muhitida aktinometsetlar bekamu baxmal yoki chang qoplama
ko‘rinishdagi substrat mitseliyasi va havo mitseliyasi koloniyasini hosil qiladi.Ular substratdan
nursimon o‘sib chiqqan ingichka ipchalardan iborat.Nursimon zamburug‘ nomi ham shundan kelib
chiqqan. Ipcha shoxlarning uchida sporalar bo‘lib, aktinomitsetlar shu sporalardan ko‘payadi.
Aktinomitsetlar biotexnologiyada alohida o‘rin egallaydi.Ko‘pgina tabiiy antibiotiklar ushbu guruh
mikroorganizmlardan olinadi.Aktinomitsetlarning foydali taraflari ham mavjud bo‘lib,
mikrobiologiya sanoatida antibiotiklar (streptomitsetlar, biomitsin, tetrasiklin, neomitsin, nistatin),
pigmentlar,vitaminlar va boshqalar olinadi.
Aktinomisetlar
shoxlangan hujayralar yoki gifa hosil qiluvchi bakteriyalar tartibi.
Aktinomisetlarga tegishli mikobakteriyalar hisoblanadi.Bu bakteriyalar va zamburug‘lar o‘rtasida
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
522
oraliq pozitsiyani egallagan filamentli dallanadigan gramm- musbat mikroorganizmlarning katta
guruhini birlashtirgan.
Aktinometsetlar insonlarda
aktinomikoz
yuqumli kassaligini keltirib chiqaradi. Bu kassalik
odamlarda kam uchraydi; ko‘pincha hayvonlar (aksari qoramollar) kassalanadi.
Aktinomikoz surunkali infeksiya bo‘lib, asosan anaerob bakteriya-Actinomyces israelli
qo‘zg‘atadi. Actinomyces israelli odatda tish emalida, milklarda, bodomsimonlarda va qin shilliq
qavatida yashaydi. Aktinomikoz bakteriyalari hayot uchun kislorodga muhtoj emas. Yani bu
bakteriyalar anaeroblardir.
Aktinomikoz bilan asosan jag‘ bo‘g‘im sohasi, qorin bo‘shlig‘i a’zolari, shuningdek o‘pka
kasalanadi.
Aktinomikoz paydo bo‘lgan joning tagi qattiq tortib, berchlashadi va madda yig‘ib, bir qancha
vaqtdan keyin yoriladi; bunda yaradan yopishqoq yiring oqib chiqadi; shu yiringda ko‘pincha
aktinometsetlar bo‘ladi. Yara bitib ketganidan keyin chandiq bo‘lib qoladi. Aktinomikoz vaqtida
davolanmasa. U badanning boshqa joylariga ham tarqalib ketishi mumkin. Aktinomikoz teri
yiringlashining patologik jarayoni bo‘lib yaralar, oqmalar va xoppozlar bilan namoyon bo‘ladi.Bu
kasalik bolalar va kattalarda uchraydi. O‘g‘il bolalar bu kasalikdan ko‘proq azoblanadi.
Aktinomikoz simptomlari
Aktinomikozni bir necha formasi bor. Hammasi abssess chaqiradi.
Qorin formasi.
Aktinomiset bakteriyalari ichakni, odatda appendiks yonida, shuningdek, qorin bo‘shlig‘ining
shilliq qavatini zararlaydi.
Ko‘p uchraydigan simptomlari: surunkali qorin og‘rig‘I, isitma, qusish, diariya yoki ich
qotishi,ko‘p vazn yo‘qotish.
Qorin bo‘shlig‘I va teri o‘rtasida, shuningdek ichak va boshqa organlar orasida oqmalar paydo
bo‘lishi mumkin.
Ko‘krak formasi.
Bu forma ko‘krak qafasida rivojlanadi.Bemorni surunkali ko‘krak og‘rig‘i va isitma bezovta
qiladi. Vazn yo‘qotish, yo‘talish va bazida balg‘am chiqarish bezovta qiladi. Infeksiya, asosan,
og‘zidan bakteriyalarni o‘z ichiga olgan suyuqlikni nafas yo‘liga o‘tib ketishi natijasida kelib
chiqadi.
Ko‘rak formasida abssess o‘pkada yiring paydo bo‘ladi.
Aktinomikoz
diagnostikasi.
Shifokorlar odatda simptomlari bo‘lgan odamlarda
aktinomikozni shubha qilishadi.Bunday holda , u Actinomyces israelii mavjudligini aniqlash uchun
balg‘am yoki to‘qima namunalarni ekib ko‘rishga tayinlaydi. Teridan na’muna olish uchun teriga
nina kiritadi.Ko‘pincha shifokor infeksiyalangan joyga ignani to‘g‘ri sanchish uchun kompyuter
tomografiyasini ishlatadi.Bazan namuna olish uchun jaroxlik muolajasi ham qiladi.
Balg‘am , yiring yoki to‘qima namunasida bakteriyalarni aniqlash tashxisini tasdiqlaydi.
Absessning soni o‘lchami va aniq lokalizatsiyani aniqlash uchun bazida rentgenologik
tekshiruvlar o‘tkazadi.
Xulosa. Aktinomikozni davolash uchun
Absessda igna bilan (odatda teri orqali kiritiladi) yoki
jarrohlik yo‘li bilan tashqariga yo‘l ochiladi. Yuqori dozali antibiotiklar qabul qilish.Pensillin va
tetraseklin kabi antibiotiklarni kamida 2oy davomida olish kerak.Absessni yo‘qolganligini tekshirish
uchun magnet –rezonans tomografiya (MRT) dan foydalanish mumkin.
Aktinomikoz
erta tashxisi
va tegishli davolash bilan ko‘pchilik to‘liq tuzalib ketadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Емцев В.Т, Мishutsin E.Н. Мikrobiologiya. М.:DROFA. 2006
2.Гусев М.В., Минеева Л.А. Mikrobiologiya. М.:АKADEMA. 2008
3.Boyko А.L. Ekologiya virusov rasteniy. Учебное пособие для вузов. Киев: Высшая
школа. 1990.
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
523
4.Mirxamidova R., Vaxabov А.Х., Davronov К., Tursunboyeva G.S. Mikrobiologiya va
biotexnologiya asoslari. Toshkent: Ilm Ziyo. 2014.
5.Rasulova Т.Х., Magbulova Н.А. Руководство к лабораторным работам по
микробиологии.Т.:2015
6.Vaxobov А.Х, Jo‘rayeva U.М. Практические и лабораторные занятие по вирусологии
Т.: Университет. 2015
7.Jo‘rayeva U.М., Magbulova N.А., Mikrobiologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlariga
qo‘llanma. Т. Universitet 2017.
8. Fayziyev V.B., Vahobov A.H., Jo’rayev U.M. “Tuproq mikrobiologiyasi” Toshkent – 2019
9. Joan L. Slonczewski Microbiology: An Evolving Science. New York, United States:
Internet manzillari
1.
2.
3.
