Authors

  • O‘ral Xushvaqtov
  • Nursultan Baxtibayev
  • Xurshidabonu Artikova
  • Mohinur Toshboyeva
    Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti “Fizika va astronomiya” yo‘nalishi 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115283

Keywords:

qattiq jismlar issiqlik sig‘imi issiqlik o‘tkazuvchanligi fizika ta’limi masalalar yechish metodika maktab.

Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika darslarida qattiq jismlarning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligiga oid masalalarni yechish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Qattiq jismlarning issiqlik xossalarini o‘rganish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada masalalarni yechishda grafik usul, fizik modellashtirish, tajriba asosida yechim topish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

602

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA QATTIQ JISMLARNING ISSIQLIK

SIG‘IMI VA ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIGIGA OID MASALALARNI YECHISH

METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Xushvaqtov O‘ral Norqobilovich

1

, Baxtibayev Nursultan Rashid o‘g‘li

2

, Artikova

Xurshidabonu Numanjon qizi

2

, Toshboyeva Mohinur Baxtiyor qizi

2

1

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti “Fizika va uni o‘qitish

metodikasi” kafedrasi

v.b. dotsenti

2

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti “Fizika va astronomiya”

yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Email:

uralnorqobilovich2501@gmail.com

. Tel: +99899-852-25-01

Annotatsiya.

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika darslarida qattiq

jismlarning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligiga oid masalalarni yechish metodikasini
takomillashtirish masalalari yoritilgan. Qattiq jismlarning issiqlik xossalarini o‘rganish orqali
o‘quvchilarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor
qaratiladi. Maqolada masalalarni yechishda grafik usul, fizik modellashtirish, tajriba asosida yechim
topish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi va fanlararo integratsiyalashgan
masalalar asosida ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar taklif etilgan.

Kalit so‘zlar:

qattiq jismlar, issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, fizika ta’limi,

masalalar yechish, metodika, maktab.


KIRISH

Bugungi kunda fizika fanini o‘qitishda nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan

uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarda fanlararo tahlil qilish va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan, qattiq jismlarning issiqlik xossalariga
oid bilimlar – issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kabi tushunchalar – atrof-muhitdagi fizik
jarayonlarni anglash va ularni amaliyotga tadbiq etishda muhim o‘rin egallaydi.

Fizika darslarida bu mavzuga oid masalalarni yechish o‘quvchilarda nafaqat tushunchalarni

chuqurroq egallash, balki mustaqil fikrlash, kuzatish, tahlil qilish, grafik hamda eksperimental
yondashuvlar orqali yechim topish ko‘nikmalarini ham shakllantiradi. Biroq, amaldagi metodik
yondashuvlar ba’zida o‘quvchilarning mavzuni to‘laqonli tushunishini ta’minlashda yetarli
bo‘lmayapti. Shu sababli, qattiq jismlarning issiqlik xossalariga oid masalalarni yechish metodikasini
takomillashtirish, ta’limda zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullarni joriy etish zaruriyati
tug‘ilmoqda.

Ushbu maqolada aynan shu muammoning ilmiy-metodik jihatlari o‘rganiladi va umumiy o‘rta

ta’lim maktablari sharoitida uni samarali hal qilish yo‘llari taklif etiladi.

Qattiq jismlarning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi kabi fizik xossalari maktab

fizikasida issiqlik hodisalarini tushunishda muhim o‘rin egallaydi. Bu mavzular orqali o‘quvchilar
moddiy muhitlarning ichki tuzilishini, energiyaning modda orqali qanday uzatilishini va turli
materiallarning fizik parametrlariga bog‘liq ravishda har xil temperaturalarda qanday tutishini
o‘rganadilar. Shu bois, mazkur bilimlarni samarali o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarga nafaqat nazariy
tushunchalar, balki ularga mos amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalari ham berilishi zarur.

Masalalarni yechishda o‘quvchilarning bilim saviyasi va tushunish qobiliyatidan kelib chiqib,

bosqichma-bosqich metodik yondashuvlar qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Dastlab sodda, bir
bosqichli hisoblash masalalari bilan boshlanib, keyinchalik murakkab grafik, analitik yoki tajribaga
asoslangan masalalarga o‘tiladi. Masalan, qattiq jismning issiqlik sig‘imini aniqlashda:

Q

=

cm

Δ

T


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

603

tenglamasi asosida issiqlik miqdorini hisoblash, noma’lum kattaliklarni topish, birliklar tizimida
to‘g‘ri ishlash o‘rgatiladi.

Shuningdek, issiqlik o‘tkazuvchanlikka oid masalalarda Fourier qonunidan foydalanish

orqali:

dT

q

k

dx

= −

formulasi asosida materialning issiqlikni qanday tezlikda uzatayotgani tahlil qilinadi. Bu kabi
masalalar orqali o‘quvchilarda fizik formulalardan amaliy foydalanish, berilgan ma’lumotlarni tahlil
qilish va natijalarni mantiqiy izohlash ko‘nikmalari rivojlanadi.

Metodik takomillashtirish doirasida quyidagi yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi:
Grafik usullar: Temperatura va vaqt orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi grafiklardan

foydalanish orqali o‘quvchilarning vizual idroki mustahkamlanadi.

Modellashtirish: Kompyuter dasturlari orqali issiqlik tarqalishini dinamik ravishda namoyish

qilish, ayniqsa, zamonaviy laboratoriya sharoitlari mavjud bo‘lmagan maktablar uchun foydalidir.

Eksperimental masalalar: Oddiy tajribalar asosida masalalarni yechish — masalan, metall va

dielektrik jismlarning bir xil issiqlik ta’sirida turlicha temperatura olishini amalda ko‘rsatish.

Interaktiv metodlar: Guruhli ishlar, o‘zaro savol-javobli muhokamalar, onlayn platformalarda

testlar va simulyatsiyalar orqali bilimni faol o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.

Ushbu metodik yondashuvlar nafaqat bilimni chuqurlashtiradi, balki o‘quvchilarning

qiziqishini oshiradi, ularni mustaqil fikrlash va tahlil qilishga undaydi.

1-masala.

Massasi 0,5 kg bo‘lgan mis jism 20°C dan 80°C gacha qizdirilganda unga 13 kJ issiqlik

berildi. Misning solishtirma issiqlik sig‘imini toping.

Berilgan

Formula

Yechilishi

m

= 0,5

kg

Δ

T

= 80°C−20°C = 60°C

Q

= 13

kJ

= 13000

J

Q = cm

Δ

T

;

Q

c

m

T

=

 

13000

433,3

.

0,5

60

J

J

c

kg

K

kg K

=

=

c – ?

Javob:

c

= 433,3

.

J

kg K

.

2-masala.

Massasi 1 

kg

bo‘lgan temir jism 46000 

J

issiqlik qabul qildi. Agar temirning solishtirma

issiqlik sig‘imi

c

= 460

.

J

kg K

bo‘lsa, jismning temperaturasini toping.

Berilgan

Formula

Yechilishi

c

= 460

J

kg K

Δ

T

= 80°C−20°

m =

1

kg

Q = cm

Δ

T

;

Q

c

m

T

=

 

13000

433,3

.

0,5

60

J

J

c

kg

K

kg K

=

=

c – ?

Javob:

c

= 433,3

.

J

kg K

.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

604

3-masala.

Qalinligi

d

= 0,01

m

bo‘lgan alyuminiy plastinka orqali temperatura farqi 40°C ni tashkil

qiladi. Plastinkaning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti

250

W

k

m K

=

. Issiqlik oqimi

zichligini (q) toping.

Berilgan

Formula

Yechilishi

d

= 0,01

m

205

W

k

m K

=

T

q

k

d

= −

40

205

0,01

q

= −

=

2

205 4000

820000

.

W

m

= −

= −

c – ?

Javob:

q

= 820000

2

W

m

.

Mustaqil yechish uchun masalalar.

1. 0,2 kg temir jism 25°C dan 75°C gacha qizdirildi. Temirning solishtirma issiqlik sigʻimi c =460

.

J

kg K

Jismga berilgan issiqlik miqdorini toping.

2. 4000 J issiqlik qabul qilgan 0,5 kg alyuminiy jismning temperaturasi nechaga oshgan?

c

= 900

.

J

kg K

3. Massasi 0,25 kg bo‘lgan mis jism 15°C dan 65°C gacha qizdirildi. Issiqlik sig‘imi c = 385

.

J

kg K

Qancha issiqlik kerak bo‘ladi?

4. Issiqlik sig‘imi

c

= 500

J

kg K

bo‘lgan modda 2 kg massaga ega. Temperaturasi 20°C dan 60°C

gacha o‘zgargan. Berilgan issiqlikni toping.
5. 1 kg mis jismga 7700 J issiqlik berilganda temperaturasi 20°C dan nechaga ko‘tariladi?

c

= 385

.

J

kg K

6. Qalinligi 0,02 m bo‘lgan metall plastinka orqali temperatura farqi 25°C bo‘lsa,

k

= 400

W

m K

bo‘lsa, issiqlik oqimi zichligini toping.

7. Agar issiqlik oqimi zichligi q = 20000 

2

W

m

,

k

= 250

W

m K

, plastinka qalinligi d = 0,01 m

bo‘lsa, temperatura farqini toping.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

605

8. Massasi 1 kg bo‘lgan jismning issiqlik sig‘imi 1000 

J

kg K

. Temperatura 10°C dan 70°C gacha

ko‘tarildi. Berilgan issiqlik miqdorini toping.
9. 0,3 kg jismga 7200 J issiqlik berilganda temperatura 40°C ga oshdi. Solishtirma issiqlik sig‘imini
toping.

10. Issiqlik sig‘imi 900 

J

kg K

bo‘lgan jism 30°C temperatura o‘zgarishida 0,4  kg massa bilan

qabul qilgan issiqlikni toping.

Xulosa

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika darslarida qattiq jismlarning issiqlik

sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligiga oid masalalarni yechish metodikasini takomillashtirish
zaruriyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy yondashuvlar bilan bir
qatorda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, grafik va modellashtirish
usullarini tatbiq etish, hamda amaliy tajribalar asosida masala yechish usullarini qo‘llash
o‘quvchilarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.

Metodik taklif etilgan yondashuvlar o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilimlarni, balki mantiqiy

fikrlash, tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish va fanlararo bog‘liqlikni tushunish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Mustaqil masalalar to‘plami esa o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholash va
mustahkamlash imkonini beradi.

Shunday qilib, fizika ta’limida qattiq jismlarning issiqlik xossalariga oid masalalarni yechish

metodikasini takomillashtirish nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning ilmiy
tafakkurini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa fizika faniga bo‘lgan qiziqishni
kuchaytiradi va uni hayotiy jarayonlar bilan bog‘lay olish ko‘nikmasini rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

[1]

Xushvaqtov O‘.N., Fizik praktikum // Darslik. T:. -2024 «Zuxra baraka biznes». 348

b.

[2]

Xushvaqtov O‘.N., Umumiy fizika (Mexanikadan laboratoriya ishlari) // Darslik. UK-

2025. “GlobeEdit”. 188 b.

[3]

Kalandarov E.K, Xushvaqtov O‘.N., Qattiq jismlar fizikasi // O‘quv qo‘llanma. T:. -

2023 «Zuxra baraka biznes». 264 b.

[4]

Xushvaqtov O‘.N., Fizik praktikum // O‘quv qo‘llanma. T:. -2024 «Zuxra baraka

biznes». 172 b.

[5]

Хушвактов У. Н., Физический практикум // Учебное пособие. T:. -2024 «Zuxra

baraka biznes». -c. 220.

[6]

Xushvaqtov N., Xushvaqtov O‘.N., Kalandarov E.K, Rajabov T.E., Normengliyev

O.N., Jalolov S.E. Fizika // O‘quv qo‘llanma. T:. -2025 "LAVITA PRINT". 488 b.

[7]

Xushvaqtov O‘.N., Mexanikadan laboratoriya ishlari to‘plami // O‘quv qo‘llanma. T:.

-2024 «Zuxra baraka biznes». 238 b.

[8]

Хушвактов У. Н., Сборник лабораторных работ по Механике // Учебное

пособие. T:. -2024 «Zuxra baraka biznes». -c. 144.

[9]

Xushvaqtov N., Barotov M.U., Normengliyev O.N., Xo‘janov F.X., Optika // O‘quv

qo‘llanma. UK -2024. GlobeEdit nashriyoti. 104 b.

[10]

Xushvaqtov N., Jalolov S.E., Atom fizikasi // O‘quv qo‘llanma. UK -2024. GlobeEdit

nashriyoti. 120 b.

[11]

Xushvaqtov Oʻ.N., Xushvaqtov N., Barotov M.U., Tursynbayev A.Z., Optika // O‘quv

qo‘llanma. T:. -2025 "LAVITA PRINT". 176 b.

[12]

Xushvaqtov O‘.N., Umumiy fizikadan laboratoriya ishlari to‘plami (Mexanika) //

Uslubiy qo‘llanma. -T:. -2024 «Zuxra baraka biznes» nashriyoti. 128 b.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

606

[13]

Xushvaqtov O‘.N., Umumiy fizikadan laboratoriya ishlari to‘plami (Molekulyar fizika

va termodinamika) // Uslubiy qo‘llanma. -T:. -2024 «Zuxra baraka biznes» nashriyoti. 112 b.

[14]

Xushvaqtov O‘.N., Umumiy fizikadan laboratoriya ishlari to‘plami (Mexanika) //

Uslubiy qo‘llanma. -T:. -2024 «Zuxra baraka biznes» nashriyoti. 128 b.

[15]

[16]

Xushvaqtov N., Barotov M.U., Normengliyev O.N., Xo‘janov F.X., Optika // Uslubiy

qo‘llanma. T:. -2025 «Zuxra baraka biznes» nashriyoti. 104 b.

[17]

Xushvaqtov N., Jalolov S.E., Atom fizikasi // Uslubiy qo‘llanma. T:. -2025 «Zuxra

baraka biznes» nashriyoti. 140 b.

[18]

Хушвактов У. Н., Сборник лабораторных работ по общей физике

(Молекулярная физика и термодинамика)» // Методическое пособие. T:. -2024 «Zuxra baraka
biznes». -c. 124.

[19]

Хушвактов У. Н., Сборник лабораторных работ по общей физике (Механике) //

Методическое пособие. T:. -2024 «Zuxra baraka biznes». -c. 128.

References

Xushvaqtov O‘.N., Fizik praktikum // Darslik. T:. -2024 «Zuxra baraka biznes». 348 b.

Xushvaqtov O‘.N., Umumiy fizika (Mexanikadan laboratoriya ishlari) // Darslik. UK 2025. “GlobeEdit”. 188 b.

Kalandarov E.K, Xushvaqtov O‘.N., Qattiq jismlar fizikasi // O‘quv qo‘llanma. T:. 2023 «Zuxra baraka biznes». 264 b.

Xushvaqtov O‘.N., Fizik praktikum // O‘quv qo‘llanma. T:. -2024 «Zuxra baraka biznes». 172 b.

Хушвактов У. Н., Физический практикум // Учебное пособие. T:. -2024 «Zuxra baraka biznes». -c. 220.

Xushvaqtov N., Xushvaqtov O‘.N., Kalandarov E.K, Rajabov T.E., Normengliyev O.N., Jalolov S.E. Fizika // O‘quv qo‘llanma. T:. -2025 "LAVITA PRINT". 488 b.