“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
641
BIOKIMYO FANINI O‘QITISHDA MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING
YECHIMLARI
k.f.d.prof. Eshqurbonov Furqat Bozorovich
1
,
tayanch-doktorant Narzullayev Fazliddin Shuhrat o‘g‘li
1
,
talaba, Narzullayev Nursulton Shuhrat o‘g‘li
2
,
1
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
2
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
narzullaevfazliddin5@gmail.com
Annotatsiya: E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu maqolada bugungi kun uchun zarur
bo‘lgan “Biokimyo” fanini o‘qitishda oliy ta’lim muassasalarida mavjud bo‘lgan muammolar tahlil
qilindi hamda ushbu muammolar doirasida istiqbolli yechimlar taklif etildi. Bundan tashqari
biokimyo fanining asosiy tadqiqot obyekti bo‘lgan birliklardan biri oqsillarning muhim xossalarini
o‘rganish misolida o‘quv jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan bir nechta muammolar misol sifatida
keltirildi va tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar: Biokimyo, oqsillar, metodologiya, oddiy oqsillar, murakkab oqsillar, interfaol
tushunchasi, zamonaviy pedogogik-texnologiya, moddiytexnik baza va boshqalar.
Abstract: This article analyzes the problems in higher education institutions in teaching the
necessary science of biochemistry today and suggests promising solutions to these problems. In
addition, several problems that can be encountered in the study of the study of the essential properties
of proteins, one of the main research units of biochemistry, are given as examples and analyzed.
Key words: The biochemistry, the proteins, the methodology, the simple proteins, the complex
proteins, the concept of interaction, the modern pedagogical-technology, the material-technical base,
and so on.
Анноmaция: В этой статье рассматриваются проблемы, которые существуют в
высших учебных заведениях в области биохимии, и предлагаются перспективные решения в
рамках этих проблем. Кроме того, в качестве основных исследовательских объектов
биохимии были приведены и проанализированы некоторые проблемы, связанные с изучением
важнейших свойств белков в процессе исследования.
Ключевые слова: Биохимия, белки, методология, простые белки, сложные белки,
понятие интерактивности, современные педагогические технологии, материально-
техническая база и так далее.
Kirish.
Barchamizga ma’lumki tirik organizm hayot faoliyatining barcha ko‘rinishlari asosida
hujayralarda biokimyoviy almashinuvlar ketadi. Shuning uchun jismoniy tarbiya institutlarida
biokimyo fanidan bilimga ega bo‘lish bo‘lajak murabbiy va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini
tayyorlashning asosiy bosqichini tashkil etadi. Jismoniy chiniqish va sport mashqlarida biokimyoviy
qonuniyatlarni bilish, sport bilan shug‘ullanish uchun mashq qilish uslublarini va yuqoriroq
samaradorli muhitlarni qidirib topish, sport natijalari hamda yutuqlarini oshirishga imkon beradi.
Biokimyo fanidan bilimga ega bo‘lish fiziologiya, gigiyena, sport tibbiyoti kabi fanlarni
o‘rganishga zamin yaratadi. Biokimyodan olingan bilimlar, shuningdek, jismoniy tarbiya nazariyasini
o‘qitishda va sport fanlari bo‘yicha maxsus kurslar o‘tilishida keng qo‘llaniladi. So‘nggi yillarda
yangi eksperimental dalillarning juda tez yig‘ilishi, bir qator qonuniyatlarning yaratilishi, yangi
konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi biokimyoning rivojlanishida o‘z ifodasini topdi. Bu
jarayon xususiyatlari sport biokimyosiga tegishlidir. Shu bilan birga jismoniy tarbiya institutlarida
biokimyo kursining dasturini doimiy ravishda tahlil qilib, to‘ldirib borish kerak. Ammo nazariy va
eksperimental natijalar, ilmiy maqolalarda va kitoblarda bor materiallarni talabalarga yetkazish juda
qiyin. Shu sababli ham olimlarimiz tomonidan ilm-fanga yaqin yillarda zamonaviy interfaol metodlar
joriy qilinmoqda.
Mavzuga doir adabiyotlar sharhi.
Biokimyo biologik ob’ektlarni o‘rganish uchun Organik
kimyo hamda Fizikaviy organik kimyoning uslubiyotini olib kirdi. Natijada hayotiy jarayonlarni aniq
tasavvur qilish va tushinish imkoni paydo bo‘ldi. Organizmda tana haroratida fermentlar ishtirokida
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
642
oson o‘tadigan kimyoviy reaksiyalar, laboratoriya sharoitida odatda qo‘shimcha yuqori harorat va
bosimsiz o‘tmaydi. Fermentlar bajaradigan vazifalarni anglash uchun olimlar qulay va sodda,
ko‘pincha quyi molekulyar modellar yaratadilar va taxmin qilingan reaksiya yo‘nalishini isbotini
laboratoriyada topadilar. Modellash, ya’ni soddalashtirib o‘xshatish – kabi muhim vazifalar
ekanligini A.A.Ibragimov, V.U.Xo‘jayev, O.M.Nazarovlar muallifligida 2016-yil chop etilgan
“Bioorganik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanmasida tariflaganliklarini ushbu qismda ta’kidlab o‘tish
joizdir.
Qolaversa, tirik organizm tarkibiga kiruvchi molekulalar orasida suv molekulalari va qator
organik moddalar ko‘proq bo‘lishi, suv mineral tuzlar va boshqa moddalar uchun erituvchi sifatida
xizmat qilishi, shuningdek, dispersion muhit va organizm hujayra protoplazmasining kolloid holatini
saqlashda muhim rol o‘ynashi kabi muhim jihatlarni hamda organik birikmalarning molekulalari har
xil bo‘lib, ko‘pchiligi juda ham murakkab ekanliklari, ulardan biri tirik hujayra uchun qurilish
materiali bo‘lib xizmat qilsa, boshqasi hujayrani funksional ishlashi uchun energiya bilan ta’minlashi,
uchinchisi esa hujayrada ketadigan kimyoviy reaksiyalarni boshqarishda muhim rol o‘ynshlari
to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlar va tavsiyalar N.A. Raxmatov, T.M. Mahmudov, S.Mirzayevlarni
“Biokimyo” nomli darsligida keltirilgan.
Ushbu maqolani shakllantirishda biokimyo fanini o‘qitishda mavjud muammolar va ularning
yechimlari yuzasidana malga oshirilgan ishlarga Yo.To‘raqulovning “Biokimyo” asari, A.J.Juraev,
A.G.Maxsumovlar muallifligidagi “Bioorganik kimyo” nomli darsligi hamda R.A. Sobirova,
O.A.Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N.Aripovlarning “Biologik kimyo” nomli darsliklaridan
foydalanildi va berilgan tavsiyalar tadqiq qilindi.
Tadqiqot metodologiyasi
.
Ushbu tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ilmiy tadqiqot
metodologiyasida keng qo‘llaniladigan usullardan foydalanildi.
Fundamental tahlilning biokimyo fanini o‘rganishda innovatsion yondashuvlar
tendensiyalarini o‘rganishda umumiylikdan individuallikka va aksincha tartibda deduksion yoki
induksion usullar hamda abstrakt-mantiqiy fikrlash usulidan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida
kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, tahlil qilishda esa sintez va tahlil usullarini keng
foydalanildi.
Tahlil va natijalar. “
Biokimyo fani” umumiy, maxsus yokitanlov fan sifatida o‘rganiladiga
Oliy
ta’lim muassasalari talabalariga oqsillarning tirik tabiatdagi muhim ahamiyatini hisobga olib,
shuningdek, oqsillarning tirik organizm massasining yarmini tashkil etishi va qator ajoyib
xususiyatlarga ega bo‘lishi, oqsil strukturasi va funksiyasini tushunish, biologiya va tibbiyot uchun
muhim muammolarni yechishda asos bo‘lishi, tibbiyot institutlarida biokimyo kursini o‘rganishni –
shu sinf, organik moddalardan boshlashni taqozo etishi ahamiyatlidir.
1-jadval
Oqsillar miqdori, %
Oqsillar miqdori, %
A’zo
va
to‘qimalar
Quruq
vaznga
nisbatan
Tanadagi
oqsilning
umumiy
miqdoridan
A’zo
va
to‘qimalar
Quruq vaznga
nisbatan
Tanadagi
oqsilning
umumiy
miqdoridan
Teri
63
11.5
Buyraklar
72
0.5
Suyaklar(qattiq
to‘qima)
20
18.7
Oshqozon
osti bezi
47
0.1
Tishlar(qattiq
to‘qima)
18
0.1
Hazm qilish
yo‘li
63
1.8
Ko‘ndalang
targ‘il mushak
80
34.7
Yog‘
to‘qimasi
14
6.4
Miya va nerv
to‘qimasi
45
2.0
Qolgan
to‘qimalar:
Jigar
57
3.6
Suyuq
85
1.4
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
643
Yurak
60
0.7
Qattiq
54
14.6
O‘pka
82
3.7
Taloq
84
0.2
Butun tanada
45
100
Yuqorida aks ettirilgan 1-jadvalaga e’tibor beradigan bo‘lsak oqsillarning naqadar muhim
birlik ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Ammo ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalarida ushbu tarkibni aniqlashda muammolar haligacha
muammoligicha qolmoqda. Bunga asosiy sabablrdan biri moddiy-texnik bazaning yetishmasligidir,
ya’ni aynan ushbu tahlillarni amalga oshirish imkonini beruvchi.
Ushbu muammolarni hal etishga qaratilgan bir qancha mezonlarni quyida tahlil qildik:
- biokimyo fanining o‘quv dasturidagi o‘rni va ahamiyati;
Biokimyo fani tibbiyot, veterinariya, biologiya, agrar va oziq-ovqat sohalarida o‘qitiladigan
asosiy nazariy fanlardan biri hisoblanadi. U hujayradagi kimyoviy jarayonlarni o‘rganish orqali
kasalliklar patogenezini, oziq-ovqat moddalarning parchalanishi va energiyaga aylanishini
tushunishga yordam beradi
- biokimyo fanini o‘qitishda uchraydigan asosiy muammolar;
Murakkab nazariy mazmun – Biokimyo fanining kontseptsiyalari ko‘plab kimyoviy
formulalar, sikllar (Krebs, glikoliz) va molekulyar tuzilmalarni o‘z ichiga oladi, bu esa talabalarda
tushunish qiyinchiliklarini tug‘diradi.
- laboratoriya sharoitlarining yetishmasligi;
Ko‘plab oliy ta’lim muassalarida zamonaviy asbob-uskunalar (spektrofotometr, kromatograf
va boshqalar) yetarli emasligi yana bir bor takrorlanmoqda.
- integratsiyalashmagan yondashuv;
Biokimyo ko‘pincha izolyatsiyalangan tarzda o‘qitiladi, ya'ni klinik, fiziologik yoki
biotexnologik fanlar bilan yetarlicha bog‘lanmaganligini misol qilib keltirishimiz mumkin.
- o‘qituvchilarning zamonaviy metodikalardan yetarli foydalanmasligi;
An’anaviy ma’ruza uslubiga asoslangan darslar talabalarda passivlikni oshirishi mumkinligi
ko‘pchilik tadqiqotlarda isbotlangan. Albatta “Biokimyo” murakkab biologik va kimyoviy
jarayonlarni o‘zida mujassamlashtiradigan fandir. Shu sababli zamonaviy pedogogik
texnologiyalardan foydalanish talabalar uchun manfaatli bo‘ladi.
XULOSA.
Biokimyo fanini o‘qitishdagi muammolar turli omillar – mazmunning murakkabligi, texnik
jihozlarning cheklanganligi va o‘qitish metodikasidagi an’anaviylik bilan bog‘liq. Ularni bartaraf
etish uchun interaktiv yondashuv, vizual vositalar, fanlararo integratsiya va tajriba asosida o‘rgatish
zarur. Adabiyotlarda taklif etilgan metodlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida amaliyotga joriy
etilsa, o‘quv jarayoni sifatini oshirish mumkin.
TAKLIFLAR.
Yuqorida biokimyo fanini o‘qitishda mavjud muammolarning bir qanchasi sanab
o‘tilganligini inobatga olib quyida men bir nechta shaxsiy fikrimni taklif sifatida kiritdim:
1. Laboratoriya ishlarini kuchaytirish – kichik miqyosli, lekin didaktik jihatdan boy
laboratoriya ishlarini tatbiq etish.
2. Fanlararo integratsiya – biokimyoni fiziologiya, farmakologiya va oziq-ovqat texnologiyasi
fanlari bilan bog‘lab o‘qitish.
3. O‘quvchilarda mustaqil tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish – masalan, metabolik
yo‘llarni o‘zlari chizib tahlil qilish, diagnostik yechim topish mashqlari.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Biokimyo: Darslik/N.A. Raxmatov, T.M. Mahmudov, S.Mirzayev; O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlig i. — Т.: «Ta’lim » , 2009. — 528 b.
2. R.A. Sobirova, O.A.Abrorov, F.X. Inoyatova, A.N.Aripovlarning “Biologik kimyo” nomli
darslik. 2006-yil. Toshkent «Yangi asr avlodi».
“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI
INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING
MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”
644
3. A.A.Ibragimov, V.U.Xo‘jayev, O.M.Nazarovlar muallifligida 2016-yil chop etilgan
“Bioorganik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanmasi.
4. Yo.X.To'raqulov. Biokimyo. Toshkent. Oʻzbekiston, 1996.
