Authors

  • Ozodbek Odiljonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.115348

Keywords:

Ko‘kyo‘tal erta yosh bolalar bronxopnevmoniya o‘tkir bronxit laringit emlash kalendari Surxondaryo kasallik.

Abstract

Ushbu maqolada respirator-sinsitial virus va ko‘kyo‘tal virusi bilan kasallangan erta yosh bolalarda bronx-o‘pka asoratlari solishtirma tashxisotini Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy poliklinikasida 2023-2024 yillar mobaynida ko‘kyo‘tal bilan kasallangan 50 nafar bemor bolalarda olib borildi.

background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

676

UDK: 616.921.8:616.235-053.36.

KO‘KYO‘TAL BILAN KASALLANGAN ERTA YOSH BOLALARDA BRONX-O‘PKA

ASORATLARI SOLISHTIRMA TASHXISOTI

Odiljonov Ozodbek Odiljonovich

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Davolash ishi 2-kurs 23-16 guruh talabasi

ORCID ID 0009-0004-5765-8548

Email-

odiljonnorkulov0@gmail.com

Annotatsiya

Ushbu maqolada respirator-sinsitial virus va ko‘kyo‘tal virusi bilan kasallangan erta yosh

bolalarda bronx-o‘pka asoratlari solishtirma tashxisotini Surxondaryo viloyati Termiz shahar
markaziy poliklinikasida 2023-2024 yillar mobaynida ko‘kyo‘tal bilan kasallangan 50 nafar

bemor

bolalarda olib borildi.

Ko‘kyo‘tal bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka asoratlaridan, bronxopnevmoniya o‘g‘il

bolalarda 38% va qiz bolalarda esa o‘tkir bronxit 32% tekshiruvdagi barcha bemorlarning 30%
umuman emlanmagan, shulardan 10% emlash yoshiga еtmaganligi aniqlandi.

Kalit so‘zlar.

Ko‘kyo‘tal, erta yosh bolalar, bronxopnevmoniya, o‘tkir bronxit, laringit,

emlash kalendari, Surxondaryo, kasallik.

СРАВНИТЕЛЬНАЯ ДИАГНОСТИКА БРОНХОЛЕГОЧНЫХ ОСЛОЖНЕНИЙ У

ДЕТЕЙ РАННЕГО ВОЗРАСТА, БОЛЬНЫХ КОКЛЮШЕМ

Одилжонов Озодбек Одилжонович

Термезский университет экономики и сервиса

Студент 2-го курса лечебного факультета

ORCID ID 0009-0004-5765-8548

Аннотaтция

В данной статье проведена сравнительная диагностика бронхолегочных осложнений у

детей раннего возраста с респираторно-синцитиальным вирусом и вирусом коклюша в
Центральной поликлинике города Термез Сурхандарьинской области в течение 2023-2024 гг.
у 50 больных детей с коклюшем.

Из бронхолегочных осложнений у детей с коклюшем, бронхопневмония у 38%

мальчиков и острый бронхит у 32% девочек было выявлено, что 30% всех обследованных
пatsiентов вообще не были вакцинированы, из них 10% не достигли возраста вакцинatsiи.

Ключевые слова.

Коклюш, дети раннего возраста, бронхопневмония, острый бронхит,

ларингит, календарь прививок, Сурхандарья, болезнь.

COMPARATIVE DIAGNOSTICS OF BRONCHOPULMONARY COMPLICATIONS IN

EARLY CHILDREN WITH COUGH

Odiljonov Ozodbek Odiljonovich

Termez University of Economics and Service

2nd-year student of Medicine

ORCID ID 0009-0004-5765-8548




background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

677

Abstract

In this article, a comparative diagnosis of bronchopulmonary complications in young children

with respiratory syncytial virus and pertussis virus was conducted in 50 children with pertussis at the
central polyclinic of the city of Termez, Surkhandarya region, during 2023-2024.

Bronchopulmonary complications in children with whooping cough, bronchopneumonia in

38% of boys and acute bronchitis in 32% of girls, 30% of all examined patients were not vaccinated
at all, of which 10% were not vaccinated.

Keywords

Whooping cough, young children, bronchopneumonia, acute bronchitis, laryngitis,

vaccination calendar, Surkhandarya, disease.

Muammoning dolzarbligi:

Ko‘kyo‘tal kasalligi butun dunyoda ko‘krak yoshidagi bolalar

orasida o‘lim holatlarining asosiy sababchilaridan bo‘lib qolmoqda [1-2]. Rivojlangan mamlakatlarda
ko‘kyo‘tal bilan kasallangan bolalarda bronxopnevmoniya asorati taxminan 6% hollarda uchrasa,
ko‘krak yoshidagi va 6 oygacha bo‘lgan bolalarda esa bu asorat darajasi 4 barobar ko‘p kuzatiladi [3-
4-5].

Ko‘kyo‘tal infeksiyasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va hayotining birinchi oylaridagi bolalar

uchun eng xavfli hisoblanadi [6-7], agar ular onaning seronegativligi tufayli transplatsentar ona
antitanachalarini olmagan bo‘lsa.

Erta yoshdagi bolalarda, shu jumladan hayotining birinchi yilida og‘ir, silliq bo‘lmagan

kechish va salbiy oqibat xavfi bo‘lgan eng keng tarqalgan yuqumli kasalliklar ko‘kyo‘tal va
respirator-sinsitial virusli infeksiya (RS-infeksiya) bo‘lib, ko‘pincha ko‘kyo‘talga o‘xshash sindrom
bilan kechadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda erta yoshdagi bolalar orasida ko‘kyo‘tal
infeksiyasidan o‘lim 23% ga yetadi [1].

So‘nggi 10-yil ichida rivojlangan mamlakatlarda bolalarni emlash bilan butunlay qamrab olish

yuqori bo‘lishiga qaramay, ko‘kyo‘tal bilan kasallanish vaqti-vaqti bilan ko‘tarilish va o‘lim holatlari
uchrashligi saqlanib qolgan. AQShda so‘nggi 60-yil ichida ko‘kyo‘tal bilan kasallanishning eng
yuqori darajasi 2012-yilda qayd etilgan (48 277 ta kasallik holati, ulardan 20 tasi o‘lim bilan tugagan)
[8].

Fransiyada ko‘kyo‘tal hayotning dastlabki uch oyidagi bolalarda o‘lim ko‘rsatkichlari

bo‘yicha bakterial infeksiyalar orasida yetakchilik qilgan [9].

Respirator-sinsitial virus va ko‘kyo‘tal bilan kasallanish erta yoshdagi bolalarda, ayniqsa ikki

yoshgacha bo‘lgan bolalarda bronxit, bronxiolit va pnevmoniyaning isbotlangan asosiy etiologik
sababidir [10].

Respirator-sinsitial virus (RSV) etiologiyali pnevmoniya rivojlanayotgan mamlakatlarda

bezgakdan keyin bolalar o‘limining ikkinchi eng ko‘p uchraydigan sababchisidir [11].

300 dan ortiq olib borilgan tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, 2015-yilda RS-infeksiya (RS-infeksiya;

Respirator-sinsitial virus) 3,2 million bemorlarni kasalxonaga yotqizishga va dastlabki besh yil ichida
118 000 bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi [12].

Respirator-sinsitial virusning klinik ko‘rinishlari yoshga ham bog‘liq bo‘ladi: 1 yoshgacha

bo‘lgan bolalarda 63% hollarda obstruktiv bronxit va 12% da bronxiolit holatlar qayd etilgan. 2
yoshdan 5 yoshgacha ko‘kyo‘tal kasalliklarida asosan pnevmoniya kuzatiladi [13].

Shuni ta’kidlash kerakki Pulmonologlar, aynan respirator-sinsitial virus va rinoviruslar

bronxial astma rivojlanishining qo‘zg‘atuvchilari deb hisoblaydilar, rekonvalessentlar ko‘kyo‘tal
kasalligi shakllanishi mumkin. Bunda bronxlarning giperreaktivligi, yo‘talning uzoq vaqt saqlanib
qolishiga yordam beradi va keyinchalik davom etishini talab qiladi [14].

Shu boisdan Respirator-sinsitial virus va ko‘kyo‘tal kasalligida mavjud bo‘lgan

morfofunksional o‘zgarishlar va uning asoratlari: bronxit, bronxiolit, pnevmoniya va uning
korreksiya qilishda yangicha yondoshuv hamda bolalarning jismoniy rivojlanishini ko‘rsatib
beruvchi nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligi ko‘rsatkichlarni kompleks o‘rganish mavzuning
dolzarbligini ko‘rsatmoqda.


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

678

Tadqiqot maqsadi:

Respirator-sinsitial virus va ko‘kyo‘tal bilan kasallangan erta yosh

bolalarda bronx-o‘pka asoratlari solishtirma tashxisotini baholashdan iborat.

Tekshrish usullari va materiallari:

Tadqiqot Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy

poliklinikasida 2023-2024 yillar mobaynida ko‘kyo‘tal bilan kasallangan Erta bolalik (1-3 yosh)
bo‘lgan 50 nafar bolalarda retrospektiv tahlil asosida o‘tkazildi. Tadqiqotda bemor shikoyatlari,
epidemiologik anamnez ma’lumotlari, hayot anamnezi, kasallikning rivojlanish tarixi va laborator –
instrumental (umumiy qon tahlili va rentgenologik) tekshiruvlar asos qilib olindi. Barcha 50 nafar
ko‘kyo‘tal bilan kasallangan bolalar yoshi bo‘yicha taqsimlashda quyidagi guruhlar asos qilib olindi.
1 yosh bolalar 1- guruhni, 2 yosh bolalar 2- guruhni, 3 yosh bolalar 3- guruhni tashkil qildi.

1- jadval

Guruhlarda bemor bolalarning yoshi haqida ma’lumot.

Yoshi

Qiz bolalar

N=20

O’g’ilbolalar

N=30

Jami N=50

M

%

M

%

M

%

1 yosh

9

18

11

22

20

40

2 yosh

7

14

13

26

20

40

3 yosh

4

8

6

12

10

20

Tadqiqot natijalari:

Ko‘kyo‘talning asoratlari, odatda, kasallikning og‘ir shakllari bilan

kasallangan bolalarda rivojlandi.

Kasallikning o‘z vaqtida aniqlanishi, to‘g‘ri davolash, bemorning yoshi, kasallikning og‘irlik

darajasi va yondosh kasalliklarning mavjudligi ko‘kyo‘tal kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikdan
so‘ng bir umrlik turg‘un immunitet shakllanadi.

Kuzatuvga olgan bemorlarimizda ko‘kyo‘tal kasalligi bolalarda mavjud kalendar bo‘yicha

ko‘kyo‘talga qarshi emlanganlik darajasini o‘rgangamizda,

2-jadval

Bemorlarda bronx- o‘pka asoratlari bilan asoratlangan ko‘kyo‘talli bolalarda jins

buyicha emlanganlik darajasi taqsimlanishi


Belgilari

Qiz bolalar

N=20

O’g’ilbolalar

N=30

Abs.

%

Abs.

%

Emlanmagan

6

12

9

18

AKDS-1

13

26

18

36

AKDS-2

15

30

22

44

AKDS-3

6

12

9

18

Emlash

oraliqlarining

buzilishi bo‘lganlar

9

18

14

28


Kuzatuvimizda bo‘lgan O‘g‘il bolalarda bronx-o‘pka asoratlari o‘z navbatida onasining

so‘zidan bemor shikoyatlari, kasallik klinik belgilari, obektiv va instrumental tekshiruv natijalari
asosida kichik guruxlarga bo‘lindi va quyidagicha o‘rganildi: bronxopnevmoniya 18 nafar (36%)
bemorlarda, o‘tkir bronxit 16 nafar (32%) bemorlarda, laringit 6 nafar (12%) va bronxit+laringit 9
nafar (18%);

Qiz bolalarda esa bronx-o‘pka asoratlari kichik guruhlarga bo‘lib o‘rganilganda quyidagicha:

bronxopnevmoniya 6 nafar (12%) bemorlarda, o‘tkir bronxit 16 nafar (32%) bemorlarda, laringit 15
nafar (30%) va bronxit+laringit 13 nafar (26%) bemorlarda kuzatildi.

3- jadval


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

679

Bolalarda ko‘kyo‘talning bronx-o‘pka asoratlari nafas tizimi kasalliklar kesimida tahlili

Belgilari

1 yosh

N=20

2 yosh

N=20

3 yosh

N=10

Jami

N=50

Abs.

%

Abs.

%

Abs.

%

Abs.

%

Bronxopnevmoniya

9

45

8

40

3

30

20

40

O‘tkir bronxit

4

20

6

30

5

50

15

30

Laringit

2

10

2

10

0

0

4

8

Bronxit+laringit

5

25

4

20

2

20

11

22


Ushbu ko‘kyo‘tal bo‘lgan bolalarda instrumental tekshiruvlardan ko‘krak qafasi

rentgenografiyasi o‘tkazganida o‘pkadagi rentgenologik o‘zgarishlar (o‘pka ildizini simmetrik
kengayishi, o‘pka soyasi tinikligini oshishi, atelektaz) 40% bemor bolalarda pnevmoniya ko‘rsatdi.

1-diagramma

Bronx- o‘pka asoratlari rivojlangan bolalarda rengenologik ko‘rsatkichlar

Xulosa.

Ko‘kyo‘tal

bilan

kasallangan

bolalarda

bronx-o‘pka

asoratlaridan,

bronxopnevmoniya O‘g‘ilbolalarda 38% va Qiz bolalarda esa o‘tkir bronxit 32% tekshiruvdagi
bemorlarning 30% umuman emlanmagan, shulardan 10% emlash yoshiga еtmaganligi aniqlandi.

Asosan erta bolalik (1-3 yosh) davrida bo‘lgan bolalarda ko‘kyo‘talga qarshi emlash to‘liq
tugallanmaganligi sababli ko‘kyo‘tal kasalligi og‘ir kechadi, ularga alohida terapevtik yondoshish
talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Pramono R.X., S.A. Imtiaz, E. Rodriguez-Villegas. A cough-based algorithm for automatic

diagnosis of pertussis. PLoS One. 2016; 11 (9): e0162128.

2. Cherry, J. D., & R. M. H. Harrison. (2019). Whooping Cough: Epidemiology, Diagnosis,

and Treatment. Clinical Infectious Diseases, 68(3), 472-478.

3. Wang, X., & R. L. Jones. (2020). Pertussis in Adolescents and Adults: Current Perspectives.

Journal of Infection and Public Health, 13(6), 979-986. 2019.06.001.

0%

5%

10%

15%

20%

25%

30%

35%

40%

45%

50%

1-yosh

2-yosh

3-yosh


background image

“TIBBIYOT OLIYGOHLARIDA TABIIY FANLARNI

INTERFAOL USULLARDA O'QITISHNING

MUAMMOLARI VA YECHIMLARI”

680

4. Gordis, L., & E. L. Shaw. (2021). Management of Whooping Cough. Pediatric Clinics of

North America, 68(4), 725-738. 2021.03.005.

5. Crawford, S., & L. P. Johnson. (2018). The Role of Vaccination in Preventing Pertussis.

Vaccine, 36(41), 6119-6125. 2018.07.066.

6. Петрова, М.С. Коклюш у детей раннего возраста / М.С. Петрова [и др.] //

Эпидемиология и инфекционные болезни. – 2012. – № 6. – С. 19–24. DOI: 10.17816/EID40704.

7. Paddock CD, Sanden GN, Cherry JD, et al. Pathology and pathogenesis of fatal Bordetella

pertussis infection in infants. // Clin Infect Dis. 2008 Aug;47(3):328-38. DOI:10.1086/589753.

8. Cohen S., A. Black, A. Ross [et al.] Updated treatment and prevention guidelines for

pertussis. JAAPA. 2014; 27(1): P. 19—25.

9. Guillot S., G. Descours, Y. Gillet [et al.] Macrolide-resistant Bordetella pertussis infection

in newborn girl, France. Emerg. Infect. Dis. 2012; 18 (6): 966—968.

10. Бабаченко И.В., О.В. Самодова, В.А. Анохин. Клинико-эпидемиологические

особенности респираторно-синцитиальной вирусной инфекции у детей первого года жизни.
Журнал инфектологии. 2018; 10(3): 70 —76.

11. Perk Y., Özdil M. Respiratory syncytial virüs infections in neonates and infants. Turk

Pediatri Ars. 2018; 53(2): 63—70.

12. Shi T., McAllister D.A., O'Brien K.L., et al. Global, regional, and national disease burden

estimates of acute lower respiratory infections due to respiratory syncytial virus in young children in
2015: a systematic review and modelling study. Lancet. 2017; 390: 946—58.

13. Ровный В.Б., Ю.В. Лобзин, И.В. Бабаченко [и др.]. Клинико-эпидемиологические

особенности респираторно-синцитиальной инфекции у детей разного возраста. Журнал
инфектологии. 2013; 5(2): 76—81.

14. Нестерова Ю.В. Клинико-лабораторные особенности коклюша у детей в

современных условиях: Автореф. дисс. ... к.м.н. СПб, 2021: 22.




References

Pramono R.X., S.A. Imtiaz, E. Rodriguez-Villegas. A cough-based algorithm for automatic diagnosis of pertussis. PLoS One. 2016; 11 (9): e0162128.

Cherry, J. D., & R. M. H. Harrison. (2019). Whooping Cough: Epidemiology, Diagnosis, and Treatment. Clinical Infectious Diseases, 68(3), 472-478.

Wang, X., & R. L. Jones. (2020). Pertussis in Adolescents and Adults: Current Perspectives. Journal of Infection and Public Health, 13(6), 979-986. 2019.06.001.

Gordis, L., & E. L. Shaw. (2021). Management of Whooping Cough. Pediatric Clinics of North America, 68(4), 725-738. 2021.03.005.

Crawford, S., & L. P. Johnson. (2018). The Role of Vaccination in Preventing Pertussis. Vaccine, 36(41), 6119-6125. 2018.07.066.