Authors

  • Ravshan Sultonov
    Termiz iqtisodiyot va servis universititeti Tibbiyot kafedrasi katta o‘qtuvchisi PhD
  • Ozodbek Odiljonov
    Tibbiyot fakulteti Davolash ishi 23-16 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.58579

Abstract

Ko‘kyo‘tal kasalligi jahon sog‘liqni saqlash jamiyatining oldidagi jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra 2018 yilda dunyoda 16 million bolalarda ko‘kyo‘tal kasalligi kuzatilgan, ulardan 95% rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan va taxminan 195000 bolada bu kasallik o‘lim bilan yakunlangan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

138

KO‘KYO‘TAL FONIDA BRONX-O‘PKA ASORATLARINI O‘CHRASH

CHASTOTASINI BAHOLASH

Sultonov Ravshan Komiljonovich,

Odiljonov Ozodbek Odiljonovich

Termiz iqtisodiyot va servis universititeti
Tibbiyot kafedrasi katta o‘qtuvchisi PhD

Tibbiyot fakulteti Davolash ishi

23-16 guruh talabasi

email:

odiljonnorkulov0@gmail.com

Muammoning dolzarbligi:

Ko‘kyo‘tal kasalligi jahon sog‘liqni saqlash

jamiyatining oldidagi jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Dunyo sog‘liqni saqlash
tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra 2018 yilda dunyoda 16 million bolalarda ko‘kyo‘tal
kasalligi kuzatilgan, ulardan 95% rivojlangan mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan va
taxminan 195000 bolada bu kasallik o‘lim bilan yakunlangan.

Ko‘kyo‘tal butun dunyoda ko‘krak yoshidagi bolalar ichida monoinfeksiya

sifatida 10,5% holatlarda letal oqibat sababi hisoblanadi.

Emlashni joriy qilinishi ko‘plab mamlakatlarda ko‘kyo‘tal bilan kasallanishni

sezilarli darajada kamaytirdi. 1950-yillarda emlash joriy etilishidan oldin, Angliyada
har yili 100 000 dan ortiq kasallik qayd etilgan. Taqqoslash uchun, 1980 yilda
Angliyada atigi 1471 ta holat qayd etilgan.

Bugungi kunda bolalar o‘limi darajasi 1000 ta tirik tug‘ilgan bolalarda 15,6%

to‘g‘ri kelishiga qaramasdan bolalar tug‘ilishi ko‘rsatkichi juda past, ya’ni 9,1% tashkil
qilmoqda.

Ko‘kyo‘tal kasalligi jaxon miqyosida bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar orasida

o‘lim holatlari ko‘p uchrashligi qayd qilinmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda
ko‘kyo‘tal bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka asoratlari taxminan 6% hollarda
uchrasa, ko‘krak yoshidagi va 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarda esa bu asorat darajasi
4 barobar ko‘p kuzatiladi.
Surhondaryo viloyati va Angor tuman bo‘yicha DSENM ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi
5 yil orasida ko‘kyo‘tal kasalligi fonida bronx-o‘pka asoratlarini o‘chrash chastotasini
baholash tadqiqot ishi olib borildi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

139

Tadqiqot maqsadi:

Ko‘kyo‘tal kasalligi fonida bronx-o‘pka asoratlarini

o‘chrash chastotasini baholashdan iborat.

Tekshiruv usullari va materiallari:

O‘tkazilgan

tadqiqot ishi Surhondaryo

viloyati Angor tuman tibbiyot birlashmasi Yuqumli kasalliklar bo‘limi va Angor tuman
DSENM ma’lumotlari retrospektiv tahlili asosida olib borildi. Yuqumli kasalliklar
bo‘limida 2021-2024 yil II-chorak davomida ko‘kyo‘tal kasalligi fonida bronx-o‘pka
asoratlari ko‘zatilgan 140 nafar yotib davolangan bemor bolalarning kasallik tarixlari
o‘rganildi.

Tadqiqot natijalari:

Bemor bolalar jinsiy tarkibi bo‘yicha o‘rganilganda o‘g‘il

bolalar 74 nafarni (53%), qiz bolalar 66 nafarni (47%) tashkil etdi. Jinsiy tarkibi
bo‘yicha guruhlarda statistik ahamiyatli farqlar kuzatilmadi.

Tadqiqot kuzatuvmizda bo‘lgan ko‘kyo‘tal fonida Bronx-o‘pka asoratlari o‘z

navbatida onasining so‘zidan bemor shikoyatlari, kasallik klinik belgilari, obektiv va
instrumental tekshiruv natijalari asosida quyidagicha o‘rganildi: Bronxopnevmoniya 53
nafar (38%) bemorlarda, o‘tkir bronxit 45 nafar (32%) bemorlarda, laringit 17 nafar
(12%) va bronxit + laringit qushulib kelganda 25 nafar (18%) bemorlarda ko‘zatilgan.

Tadqiqotimizda

ko‘kyo‘tal

fonida

bronx-o‘pka

asoratlari

orasida

bronxopnevmoniya nisbatan yuqori 38% ko‘rsatkichda ekanligi aniqlandi.

1- Diagramma

Ko‘kyo‘talga qarshi emlanish darajasiga bog‘liq ravishda asoratlarning

kuzatilishi

Xulosa:

Ko‘kyo‘tal kasalligi bilan kasallangan bir yoshgacha bolalarda Bronx-

o‘pka asoratlaridan, bronxopnevmoniya va o‘tkir bronxit ko‘p xollarda aniqlandi.

0

10

20

30

40

50

эмланмаган

АКДС

-1

АКДС

-2

АКДС

-3

ларингит+бронхит

ларингит

бронхит

бронхопневмония


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

140

(38%, 32% mos ravishda) tekshiruvdagi bemorlarning 44 % umuman emlanmagan
shulardan 10% emlash yoshiga etmagan chaqaloqlar tashkil qildi.

Asosanbir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘kyo‘talga qarshi emlash to‘liq

tugalanmaganligi sababli ko‘kyo‘tal kasalligi og‘ir kechadi, ularga alohida terapevtik
yondashish talab etiladi.