1089
SURXON VOHASINING TURMUSH TARZI,
TARIXIY MADANIYATI VA O‘ZIGA XOSLIGI
Naimov Muzafar O‘rinovich,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professori v.b.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Surxon vohasining turmush tarzi, tarixiy
madaniyatining o‘ziga xosligi, betakror san’ati, marosimlari, urf-odatlari ilmiy asosda
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
urf-odat, an’ana, marosim, e’tiqod, baxshi, ohang, cholg‘u,
repertuar, terma, milliy qadriyat, aytim, elat, taqvim, etnografiya, folklor.
Аннотация.
В данной статье отмечается быт образа жизни, своеобразые
исторические культуры, обряды, обычаи и неповторимые искусство Сурханского
оазиса.
Ключевые слова:
обычай, традиция, обряд, верование, дар, мелодия,
инструмент, репертуар, терма, национальная ценность, поговорка, народ,
календарь, этнография, фольклор.
Annotation.
This article notes the way of life, unique historical cultures, rituals,
customs and unique art of the Surkhan oasis.
Key words:
custom, tradition, rite, belief, gift, melody, instrument, repertoire,
terma, national value, saying, people, calendar, ethnography, folklore.
Surxondaryo viloyati respublikamizning janubida joylashgan o‘lkadir. Uning
etnografiyasi olis tarixga va xilma-xil el-elatlar rishtasiga borib taqaladi. “Baqtriya,
Kushon kabi ko‘hna davlatlar tarixi, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Zartepa qal’asi singari
noyob yodgorliklar bu yerda qadim zamonlarda ham yuksak taraqqiyot mavjud
bo‘lganini isbotlaydi” - deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev [1.1,-277].
1
“Dalvarzintepa ko‘p yillar mobaynida miloddan oldingi
Kushonlar davlatining poytaxti, Tarmita, ya’ni ko‘hna Termiz esa Zardo‘shtiylar
1
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.: O‘zbekiston, 2017. 277-b
1090
davlatining bosh shahri bo‘lgani, uning nomi “Avesto”da ham tilga olinishi buning
yana bir tasdig‘idir. Voha hududidagi Xolchayon shahri xarobalari, Sopollitepa,
Fayoztepa, Sulton Saodat maqbaralari majmui, Qirqqiz qal’asi, Zartepa qo‘rg‘oni,
Jarqo‘rg‘on minorasi kabi o‘nlab obidalar bu yerda juda olis zamonlardayoq yuksak
taraqqiyot mavjud bo‘lganidan dalolat beradi”, - deb ta’kidlagan edi O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov
2
.
Qadimgi madaniyat yodgorliklari orasida Sherobod tumani Zarautsoydagi
ibtidoiy suratlar alohida o‘rin tutadi. Bu suratlar qariyb 10-15 ming yoshga kirgan
bo‘lib, unda yovvoyi buqalarni ovlash jarayoni tasvirlangan bo‘lib, rasmda yugurib
ketayotgan buqalar, ular izidan quvib borayotgan ovchi va itlar ko‘rinadi. Hech
mubolag‘asiz aytish mumkinki, tasviriy san’at yodgorliklari ajdodlarimizning badiiy
tafakkuri serqirraligini ko‘rsatuvchi g‘oyat qimmatli tarixiy faktlar hisoblanadi
3
.
Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy sohalarda ro‘y bergan chuqur
o‘zgarishlar diniy-mifologik e’tiqodlar rivojida ham o‘z ifodasini topgan.
“Otashparastlik, hayvonlarni muqaddaslashtirish (totemizm), marhumlar ruhini
ilohiylashtirish (animizm) kabi urf-odatlar, dehqonchilik bilan bog‘liq turli marosim va
toat-ibodatlar kelib chiqqan. O‘sha davrda quyoshga, yerga sig‘inish odatlari ham keng
rasm bo‘lgan”
4
.
Vohadagi qadimiy madaniyat o‘choqlaridan yana biri Dalvarzintepa hisoblanadi.
Dalvarzin I-VII asrlarda Kushon saltanatining poytaxti bo‘lgan. Buyuk ipak yo‘li ham
shu shahar orqali o‘tgan. Kushon madaniyati jahon tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Yozma
manbalar va arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, O‘rta Osiyo xalqlari bilan
hindlar o‘rtasida azaldan o‘zaro iqtisodiy, madaniy aloqalar kuchli bo‘lgan. Kushon
imperiyasida bundan 2500 yil avval Hindistonda vujudga kelgan yakkaxudolik dini –
buddizm (buddaviylik) hukmron bo‘lgan. Buddizm Surxon vohasiga milodning
boshlarida tarqaladi. Bu yerda buddizm diniy-falsafiy qarashlaridan tashqari
hindlarning ko‘pgina dunyoviy bilimlari - ilmi nujum, jug‘rofiya, tibbiyot, tilshunoslik,
musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’ati ham keng yoyildi
5
.
2
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon hayot – pirovard maqsadimiz. - T.: O‘zbekiston, 2000. 247-b.
3
Javliev T. An’analar - hayot sabog‘i. - T.: O‘zbekiston, 1992. 6-b.
4
Javliev T. Ko‘rsatilgan asar. 7-b.
5
Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. История искусства Узбекистана. – М., 1965. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И.
1091
Amudaryo sohilidan topilgan Ayritom frizida chiltor va boshqa soz chertayotgan
ayollar va boshqa tasvirlar aks etgan. Mana shu suratning o‘zi ham o‘sha zamon san’ati,
madaniyati, diniy e’tiqodlaridan darak beradi
6
.
O‘rta Osiyoning ko‘hna madaniy markazlaridan biri bo‘lmish Surxondaryo
azaldan san’atkorlar o‘lkasi. Bu yerda qadimdan me’morlar, chevarlar, hunarmand-
ustalar, sozandalar, baxshilar, qiziqchilar ko‘p bo‘lgan. Surxon vohasi aholisining
ko‘proq qismini o‘zbeklar tashkil qiladi. Voha tegishli davlatlar bilan chegaradosh
bo‘lgani uchun chegara hududlarida tojiklar, turkmanlar, afg‘onlar, qozoqlar,
shuningdek, boshqa millat vakillari ham istiqomat qilishadi
7
.
Surxondaryo to‘y-hashamlari, bayram-an’analari, odat-udumlari - g‘oyat rang-
barang va bugun ham o‘zining ilg‘or xalqlar madaniyatlari qatorida shuhrat topib
yashab kelayotgani bilan jozibalidir. Badiiy ijod xalq hayoti yutuqlarining turli janrdagi
o‘ziga xos in’ikosidir. Qadim-qadimdan yerli xalq zavq-shavqi-yu, dard-alamini
termalarda, to‘y-yig‘inlardagi dostonchiligida vasf etgan, ma’rakalarda ifodalagan.
Surxondaryo moziydan sado beruvchi so‘zga boy baxshilari va rang-barang
musiqa cholg‘u (do‘mbira, dutor, g‘ajir nay, sibiziq, cho‘pon nay, chanqovuz, surnay,
metar, doira, dapp, nay shuvilloq)lari, xalq qo‘shiqlari va o‘yin-raqslari bilan tanilgan
vohadir. Surxon musiqa cholg‘ulari tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Arxeolog
olimlar tomonidan olib borilgan qazilma ishlar chog‘ida topilgan manbalar bu vohada
qadimdan musiqa cholg‘ulari bo‘lganligiga asos bo‘la oladi
8
.
Musiqa cholg‘ulari repertuari rang-barang va bir-birini takrorlamaydigan
chiroyli ohangli kuylardan iboratdir:
Shingala, Poyga, Dollama, Mavrigi, Chappaqars,
Chorqars, Ko‘cha bog‘i, Duchava, Sinaxiroj, Chorlov Boysuncha, Qadimiy Iroq,
Chanqovuz kuy (Kuyov
keldi, Kelin ketdi)lari, Kelmadi, Do‘mbira kuyi, Baxshi kuy,
Qo‘ng‘irotcha, Qo‘ylarni yig‘ish, Qo‘ylarni sudrash, Sarvinoz, G‘aribnoma, Cho‘pon
Очерки истории Средней Азии. Древность и средневековье. – М., 1982.
6
Вызго Т. Музыкальные инструменты Средней Азии. - М., 1980. - 191 с. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И.
История искусства Узбекистана. - М., 1965; Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки истории Средней Азии.
Древность и средневековье. - М., 1982, Стр. 67-68.
7
Javliyev T. An’analar - hayot sabog‘i. - T.: O‘zbekiston, 1992. 41-b.
8
Кароматов Ф.М. Узбекская инструментальная музыка (наследие). - Т.: Изд. им. Н.Гуляма, 1972. Стр. 176.
Вызго Т., 1980; Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки истории Средней Азии. Древность и средневековье. - М.,
1982.
1092
chertish, Ayriliq, Ot chopish
kabi kuylar yakkasoz tarzda talqin etilgan.
Surxondaryo musiqa uslubining muhim qismini dostonchilik an’analari tashkil etib,
baxshichilik san’ati va doston aytish o‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy qadriyati
deb hisoblanadi. Baxshichilik haqida fikr yuritganda, albatta, o‘ziga xos an’nalariga
ega bo‘lgan Sherobod-Boysun dostonchilik maktabining chechan baxshilarini
alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Chunki xalqimizning, hurmatiga sazovor bo‘lib
tanilgan Sherna baxshi Beknazar o‘g‘li, Umar shoir Safar o‘g‘li, “Surxon bulbuli”
deb nom olgan Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li va uning o‘g‘li Xo‘shboq baxshi,
Normurod Shernazar o‘g‘li, Hudoyqul Laqay, Rajab baxshi Normurod o‘g‘li
(Sherobod-Boysun), Muhammad baxshi Berdiqulov (Angor), Shoberdi Boltayev
(Boysun), Abdunazar Poyonov (Boysun-Qumkurg‘on), Boborayim Mamatmurodov
(Denov)lar shu maktabning vakillaridir. “O‘zbekiston xalq baxshisi” Shoberdi
baxshi Boltayevni nafaqat viloyatimizda, balki respublikamiz, hattoki chet ellarda
ham yaxshi bilishadi. Doston ijrochilarini Surxondaryoda
baxshi, shoir va yuz
boshi
(juz boshi), doston termalarini ijrochilarini
termachi
ham deyishadi. O‘nlab
dostonlarni, termalarni yod bilgan baxshilar do‘mbira jo‘rligida “bo‘g‘iq ovoz”
uslubida xalqning kuch-qudrati, orzu-armoni, sevgi-muhabbat, vatanparvarlik,
mehnatsevarlik kabi fazilatlarni jo‘shib kuylashadi. Bunga
“Go‘ro‘g‘li”,
“Ravshan”, “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Avazxon”, “Shirin bilan Shakar”,
“Oyparcha”, “Kelinoy”, “Qoraqum”, “Amir qochdi”, “Oychinor”, “Xondalli”,
“Malla savdogar Shoinshoh”
kabi dostonlarni misol keltirishimiz mumkin
9
.
“Surxondaryo Yaratganning o‘zi go‘zal tabiat bilan siylagan. Oltinsoy, Sangardak,
Sayrob, Darband, Xonjiza, Bobotog‘ kabi go‘zal go‘shalarni bir bor ko‘rgan,
“Alpomish” dostonini baxshilarning o‘zidan eshitgan odam bu diyorga umrbod
maftun bo‘lib qoladi” – deb aytganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
10
.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, qadimdan Surxon vohasi aholisining mehnat
faoliyati hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan bog‘liq kechgan. Shu
sababli yuqorida zikr etilgan mehnat jarayonlari bilan aloqador aytim-qo‘shiqlar va
9
Javliev T. An’analar - hayot sabog‘i. - T.: O‘zbekiston, 1992. 35-36-b.
10
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.: O‘zbekiston, 2017. 277-b.
1093
kuylar xalq tomonidan yaratilishiga asos bo‘lgan. Jumladan, chorvachilikka oid
qo‘shiqlarda asosan uy hayvonlarini
sog‘ish, tinchlantirish paytida aytiladigan “Turey-
turey” yoki “Turam” (qo‘y sog‘ilishida), “Churey-churey” (echki), “Xesh-xesh” yoki
“Xo‘sh-xo‘sh” (qoramol), “Cho‘pon qo‘shig‘i”; junni qayta ishlashda “Urmak”, ip
yigirishda “Charh” qo‘shiqlari ham kuylangan. Dehqonchilikka oid qo‘shiqlarga –
“Qo‘sh haydash”, “Yozi”, “Mayda”, “O‘roqchilar qo‘shig‘i”, “Havor”, “Shohiy
naqshband”, “Do‘rsi-do‘rsi”, “Oblo baraka”; hunarmandchilikka – “To‘n tikish”,
“Guppi-guppi”, “Kovushim”, “O‘rugim”, “Iroqi do‘ppi”, “Oshpaz qo‘shig‘i, “Temirchi
qo‘shig‘i”, “Tuya qadam” kabi qo‘shiqlarni misol keltirishimiz mumkin. Bulardan
tashqari oilaviy marosim, yilnoma-taqvim bilan bog‘liq qo‘shiqlar qatorida qadimgi
e’tiqod va din bilan aloqador “Qaytarma”, “Alas”, “Ko‘ch”, “Kinna”, “Jahr”,
“Mushkulkushod” kabi marosim aytimlari ham keng tarqalgan. Mavsumiy marosim
(birinchi gul, yer haydash, yomg‘ir, shamol, qor chaqirish), ommaviy bayram (Navro‘z,
Darvishona, Mehrgan, Sada), xalq sayil (lola sayli, gul sayli, uzum sayli va b.)lari, xalq
o‘yinlari va tomosha san’ati aytim va kuylari o‘tmishdan bizning davrimizga meros
bo‘lib qoldi. Ayrimlari hozirgi musiqiy amaliyotda o‘rin olgan; ular xalq ijrochilari
tomonidan aytilib, rivoj olib kelmoqda (qo‘shiqlarning kuy-ohangi saqlangan holda
so‘z matnlari o‘zgargan, ayrimlarida qo‘shiq so‘zlari turli ohanglarda kuylanmoqda).
Ko‘hna Termiz shahrining 2500 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi
(1999), Boysun madaniy muhiti “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi”
deb tan olinishi (2001), YuNESKO hamkorligida tog‘li Boysunda “Boysun bahori”
Ochiq folklor festivalining (2002-2006,2022) o‘tkazilishi bu diyorning tarixi va
an’anaviy madaniyati yuksakligidan dalolat beradi.
XULOSA
Surxon vohasining turmush tarzi, tarixiy madaniyati va an’analarining o‘ziga
xosligini chuqur o’rganish, targ’ib qilish orqali kelajagimiz bo’lmish yoshlar qalbiga
ma’naviyatimizga, tariximizga nisbatan hurmat hissini o’yg’otish, vatanparvarlik,
bag’rikenglik, sadoqat kabi tuy’g’ularini singdirishdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
1094
quramiz. - T.: O‘zbekiston, 2017. 277-b.
2.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon hayot – pirovard
maqsadimiz. - T.: O‘zbekiston, 2000. 247-b.
3. Javliyev T. An’analar - hayot sabog‘i. - T.: O‘zbekiston, 1992. 6-b.
4. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. История искусства Узбекистана. - М.,
1965.
5. Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки истории Средней Азии.
Древность и средневековье. - М., 1982.
6. Вызго Т. Музыкальные инструменты Средней Азии. - М., 1980. - 191 с.
7. Кароматов Ф.М. Узбекская инструментальная музыка (наследие). - Т.:
Изд. им. Н.Гуляма, 1972. Стр. 176. Вызго Т., 1980.
8. Naimov, M. (2022). Surxondaryo folklor-etnografik. Xalq havaskorlik”
jamoalari”. Toshkent.
9. Muzaffar, O. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
MUSIQA MASHG ‘ULOTLARIDA BOLALARGA FOLKLOR QO ‘SHIQLARNI O
‘RGATISH. Oriental Art and Culture, 5(1), 204-207.
10. Urinovich, N. M. (2022). Uzbek traditional songs (the XX century is on the
example of the southern Uzbekistan oasis). Asian Journal of Research in Social
Sciences and Humanities, 12(1), 318-321.
11. Ravshanova, D. (2022). KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA
BOSHLANGʻICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI OʻQITISHNING
PEDAGOGIK
MEXANIZMLARINI
TAKOMILLASHTIRISH.
Евразийский
журнал социальных наук, философии и культуры, 2(13), 110-112.
