Authors

  • Jo‘rayeva Nargiza Zokir qizi
    Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali asisstenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.64081

Keywords:

afaziya asimmetriya giterxronlik izomorf va hissiy anglash ikonik belgilar lateratsiya profili.

Abstract

Ushbu maqolada miya yarim sharlari xususiyatlari va maktabgacha 
va boshlang‘ich ta'lim muassasalari o‘quvchilarining kognitiv jarayoni o'rtasidagi 
bog‘liqlikni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar tahlil qilinadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

249

BILISH JARAYONI FAOLLIGI VA NEYROPEDAGOGIK TADQIQOTLAR

TALQINI

Jo‘rayeva Nargiza Zokir qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali asisstenti

jorayevanargizahan@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada miya yarim sharlari xususiyatlari va maktabgacha

va boshlang‘ich ta'lim muassasalari o‘quvchilarining kognitiv jarayoni o'rtasidagi
bog‘liqlikni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar tahlil qilinadi.

Abstract:

This article analyzes researches devoted to studying the connection

between features of the cerebral hemispheres and the cognitive process of pupils of
preschool and primary educational institutions.

Аннотатсия:

В данной статье осуществлён анализ исследований,

посвященных изучению связи особенностей полушарий головного мозга с
познавательным процессом учащихся дошкольных и начальных образовательных
учреждений.

Tayanch so‘zlar:

afaziya, asimmetriya, giterxronlik, izomorf va hissiy anglash,

ikonik belgilar, lateratsiya profili.

Key words:

aphasia, asymmetry, heterochrony, isomorphic and emotional

awareness, iconic signs, lateration profile.

Ключевые слова:

афазия, асимметрия, гетерохрония, изоморфно-

эмоциональная осведомленность, иконические признаки, латерационный профиль.


Sо‘nggi yillarda neyrofanlar – neyropsixologiya, neyrobiologiya, neyroxirurgiya

sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida bosh miya yarimsharlarining еtakchiligi
(dominantligi) turlicha bо‘lgan odamlarda ma’lumotlarni qabul qilish, xotirada saqlash,
tushunish va о‘zlashtirish strategiyalari turlicha ekanligi о‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu
sohadagi nazariy tadqiqotlarning natijalari ta’lim jarayoniga asta-sekinlik bilan tatbiq
etilayotgan bо‘lsa-da, hozirga qadar aniq amaliy va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilmagan.
Shu sababli neyropedagogika sohasidagi mavjud nazariy bilimlarni ta’lim jarayonini
intensivlashtirish, uni samarali tashkil etish hamda boshqarish uchun amaliyotga tatbiq


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

250

etish pedagogika sohasidagi olimlar oldida turgan muhim vazifalardan biri bо‘lib
qolmoqda.

Neyropedagogikaga oid bir qator ilmiy izlanishlarda (V. L. Deglin, T. V.

Chernigovskaya, V. V. Menshutkin, V. A. Moskvin, N. V. Moskvina, N. N. Nikolayenko,
V. V. Ivanov, R. Sperri, Y. D. Xomskaya, I. N. Bragina, T. A. Dobroxotova va boshq.)
bosh miya yarimsharlarining qaysi biri еtakchi bо‘lishi odamlarning xulq-atvori va aqliy
faoliyatlarida aks etishi tadqiq qilingan. Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va
о‘quvchilarga ta’lim berish, ularning ma’lumotlarni qabul qilish va tafakkurining о‘ziga
xos xususiyatlarini aniqlashga G. Y. Vvedenskiy, A. V. Nikolskiy, V. A. Moskvin, V. I.
Golodlarning ilmiy izlanishlari bag‘ishlangan bо‘lsa, chapaqay bolalarni ta’lim
muassasalarida о‘qitishni tashkil etish muammosi G. A. Antyuxin, M. M. Bezrukix, N. N.
Bogdanov, I. A. Makarev, V. A. Moskvin, A. I. Semenovichning tadqiqotlarida о‘z aksini
topgan. Ta’lim jarayonida bolalar nutqining rivojlanishiga bosh miya asimmetriyasi
hamda chap va о‘ng yarimsharlar shikastlanishi oqibatlarining turlicha ta’sir etishi L. S.
Basser, J. E. Bogen, B. T. Vouds, E. Lenneberg va A. Smitlarning izlanishlarida
о‘rganilgan. Tadqiqotchilar faqatgina inson bosh miya yarimsharlari asimmetriyasini
о‘rganish bilan chegaralanmasdan, miya faoliyatining ta’lim jarayoni bilan bog‘liq
bо‘lgan barcha jihatlarini о‘rganishga harakat qilganlar.

Izlanishlarda yarimsharlar asimmetriyasining ta’lim jarayoni bilan bevosita

bog‘liqligi hamda turli psixologik tipdagi о‘quvchi-yoshlar guruhlarini testlashtirish
orqali еtakchi yarimsharni aniqlash va tahlil qilish masalalari yoritilgan hamda ta’lim
muammolarini hal etishga umumiy yondashilgan bо‘lib, xotira faoliyati, ma’lumotlarni
qabul qilish va ularni anglash mexanizmlari tadqiq etilgan [1]. Respublikamizda mazkur
sohada ta’lim sifatini oshirish (B. Xo‘jayev) va bolalarni maktabda о‘qishga
tayyorlashning ayrim masalalari (J. G‘ulomov, V. Anvarova) tadqiq etilgan [2]. Yuqorida
nomi keltirilgan olimlar neyropedagogikaga, eng avvalo, maktab о‘quvchilarning
bilimlarni о‘zlashtirishdagi sustligi muammosining еchimi sifatida qaraganlar. Bunda
pedagoglar tomonidan neyropsixologiyaga oid bilimlarning ta’lim jarayonida
qо‘llanilishida, о‘quvchilarning о‘quv materiallari о‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir
kо‘rsatuvchi omillar hamda individual lateratsiya profillari tashxis qilinib yuzaga kelishi
mumkin bо‘lgan muammolarning oldini olinishi nazarda tutilgan.

R. Sperrining fikriga kо‘ra, bilim berish jarayoni о‘quvchilarda, asosan, tahliliy

tafakkur va verbal kо‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bо‘lib, muhim noverbal


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

251

kо‘nikmalarni rivojlantirish masalasi pedagoglarning diqqat markazidan chetda
qolmoqda. Amaliyotda ta’lim jarayonini tashkil etishda о‘quvchi-yoshlar bosh miyasining
о‘ng yarimsharlar imkoniyatlarini еtarlicha faollashtirilmasdan, asosan, chap yarimsharlar
faoliyatiga kо‘proq tayaniladi. Buning oqibatida ta’lim jarayonida faqat chap yarimsharlar
funksiyalarini oddiy yо‘l bilan faollashtirib, ushbu hol о‘ng yarimsharlari funksiyalari
bilan о‘zaro ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltirib chiqaradi, chunki shaxsning bilish
faoliyatini tashkil etishda bosh miya yarimsharlari bir-biri bilan о‘zaro hamkorlikda va
hamjihatlikda faol ishlashi maqsadga muvofiq bо‘lib, ushbu shartning bajarilishi
bolalarga berilayotgan ma’lumotlarning intensiv о‘zlashtirilishini ta’minlashi mumkin
[3].

J. Bogen neyropedagogika sohasidagi izlanishlari natijasida bolalarga bilim

berishda ularning chap yarimsharlarini faollashtirishga asoslangan an’anaviy verbal
о‘qitishning о‘rniga о‘ng yarimsharlarni faollashtirishga yо‘naltirilgan obrazli,
emotsional ta’limni taklif qilgan [4]. Bu an’anaviy ta’lim metodlari asosida о‘qitish turli
qiyinchiliklarga duch kelayotgan ayrim о‘quvchilarning bilimlarni о‘zlashtirishlarini
еngillashtirishi mumkin, biroq neyrofanlar sohasidagi tadqiqotlar natijalarini samarali
qо‘llashga qaratilgan aniq tavsiyalar hozirga qadar ishlab chiqilib amaliyotga joriy
etilmaganligi

ushbu

muammoning

ijobiy

hal

etilishini

sezilarli

darajada

sekinlashtirmoqda. Inson miyasi ma’lumotlarni nafaqat shunchaki eslab qolishi, balki
tushunishi, shu ma’lumotlar asosida “savodli” tafakkur qilishi ham mumkin. Buning
uchun miya insondagi mavjud bilimlarni tafakkur jarayoniga jalb etishi kerak bо‘ladi.

A. S. Kudryavsev “Savodli” tafakkur deganda qandaydir oddiy, g‘oyaviy ta’sir va

talablarga asoslangan tafakkurni emas, insondagi ilk ma’lumotni yanada shakllantirib,
undagi mavjud bilimlarni oshirishga yо‘naltirilgan individual tafakkurni tushunishimiz
kerak” [5] , – deydi. Neyropedagogika sohasida izlanish olib borgan olimlarning fikridan
kelib chiqib, ta’lim jarayonida bolalarga berilayotgan bilimlarni, bosh miyasidagi
ma’lumotlarni о‘zlashtirish mexanizmlarini hisobga olgan holda, nafaqat xotirada saqlab
qolishlariga, balki tushunishlariga yо‘naltirilishi ularning bilish jarayonini ma’lum
darajada optimallashtirish va faollashtirishga imkon beradi. Tо‘g‘ri, differensial ta’limga
oid tadqiqotlarda amaliy tavsiyalar berilgan bо‘lib, ular motivatsion, operatsion va
natijaviy bosqichlarni о‘z ichiga oladi.
Differensial ta’limning birinchi bosqichida о‘ng yarimshari еtakchi bо‘lgan bolalar uchun
u yoki bu faoliyatning ijtimoiy va amaliy ahamiyatiga urg‘u berilishi kerak bо‘lsa, chap


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

252

yarimsharlari faol bо‘lganlarga, ular uchun bilish jarayoni о‘ziga kо‘proq jalb qilganligi
sababli bilish motivlariga tayanish muhim hisoblanadi. Chap yarimshari еtakchi bо‘lgan
bolalar uchun ikkinchi bosqichdagi asosiy vazifa – nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq
etilishiga urg‘u berish bо‘lib, о‘ng yarimshari еtakchilar uchun berilgan topshiriqning
tо‘g‘ri bajarilishi ustidan nazorat о‘rnatilishidan iborat. Uchinchi bosqichda о‘quvchilar
bilimini aniq baholash vositalari tanlanadi. Bilimlarni baholashda о‘ng yarimshari еtakchi
bо‘lgan bolalarni, о‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish qilishlariga imkon berish maqsadida
og‘zaki sо‘rov, chap yarimsharlari еtakchi bо‘lgan о‘quvchilarning bilimlarini baholashda
esa – yozma ish yoki “yopiq” turdagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiq [6], –
deb hisoblanadi. Tadqiqotlarda yarimsharlar еtakchiligi yorqin namoyon bо‘ladigan
о‘quvchilarning ma’lumotlarni qabul qilishlarini osonlashtirishi mumkin bо‘lgan umumiy
tavsiyalar ishlab chiqilgan bо‘lsa-da, yarimsharlar sinxronizatsiyasini rivojlantirishga
qaratilgan maxsus mashqlar taklif qilinmagan. Amaliyotda bosh miya yarimsharlari
asimmetriyasi tо‘g‘risida, asosan, elektrofiziologik tadqiqotlar natijalariga tayanib fikr
yuritiladi. Yarimsharlar о‘rtasidagi asimmetriya tufayli insondagi juft organlar: kо‘z,
quloq, qо‘l va oyoqlardan biri kо‘p hollarda еtakchi bо‘lishi, ya’ni yaxshiroq kо‘rishi,
eshitishi, kuchli va baquvvatroq bо‘lishi hamda murakkab harakatlarni tezroq va aniqroq
bajara olishi bilan ikkinchisidan farqlanadi. Bundan tashqari, yarimsharlardan birining
еtakchi bо‘lishi individ xotirasining tashkil etilishi bilan uzviy bog‘liq ekanligi
elektrofiziologik tadqiqotlar yordamida aniqlangan[7]. Yarimsharlar asimmetriyasi
shaxsning xulq-atvori va aqliy faoliyatida bosh miya yarimsharlaridan birining еtakchi
bо‘lishi oqibatida yuzaga keladi. Bosh miya yarimsharlari funksional asimmetriyasiga oid
(L. Y. Balonov, V. L. Deglin, Y. D. Xomskoy, N. N. Nikolayenko) ilmiy tadqiqotlarning
natijalariga asosan, inson bosh miyasida olamning ikki xil belgilar modeli mavjud bо‘lib,
shu belgilar yordamida u borliqni anglaydi. Borliq bevosita izomorf, hissiy anglash ikonik
belgilar tizimiga asoslangan bо‘lib, uning mexanizmlari о‘ng yarimsharlarda jamlanadi.
Borliqning tushunchalarda aks etishi esa hissiy tasavvurlarning mantiqiy tahliliga
asoslangan bо‘lib, simvolik belgilar tizimiga tayanadi. Ushbu mexanizmlar inson bosh
miyasining chap yarimsharlarida jamlangan[8] . Boshqacha qilib aytganda, murakkab
kognitiv jarayonlarda har ikkala yarimshar ishtirok etadi, biroq har bir yarimshar bir-
biriga о‘xshamagan о‘z tili va belgilari yordamida ma’lumotlarni qabul qiladi hamda
о‘zlashtiradi. Shu sababli yarimsharlarning har biri borliqni tushunishda, ma’lumotlarni
qabul qilish va о‘zlashtirishda turli belgilar tizimi va turli anglash strategiyalaridan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

253

foydalanishi bilan farq qiladi. Asimmetriya esa bosh miya yarimsharlarining murakkab
faoliyatlarini tashkil etishning universal tamoyili bо‘lib, olamni anglash yarimsharlar
tomonidan ikki xil strategiyada amalga oshirilganligi tufayli yuzaga keladi[9] . Endi
yarimsharlar asimmetriyasining rivojlanishi bolaning ulg‘ayishiga bog‘liq ravishda
kechishi yoki bunda yarimsharlar rivojlanishining giterxronligi sodir bо‘lishi masalasiga
to‘xtalamiz. Bolalarning neyropsixologik xususiyatlarini tadqiq etgan olimlar bosh miya
yarimsharlari faoliyatining bola jinsiga bog‘liqligini aniqlagan. Olimlarning
ta’kidlashicha, turli jinsdagi bolalar psixikasidagi farq ular hayotining birinchi yilidanoq
xulq-atvorlarida namoyon bо‘lib, о‘g‘il va qiz bolalarda psixik jarayonlarning borishidagi
farq bosh miya yarimsharlari funksiyalarining birbiridan keskin farq qilishi bilan bog‘liq
bо‘lar ekan. Bunga kattalarning о‘g‘il va qiz bolalarga nisbatan munosabatlari ularning
kichik yoshlaridanoq turlicha bо‘lishida ham о‘z aksini topadi. Kattalarning о‘g‘il
bolalarga nisbatan birmuncha talabchan hamda qiz bolalar bilan yumshoq muomalada
bо‘lishlari, bolalar faoliyatini baholashda esa о‘g‘il bolalar uchun baho mazmunining
muhimligi, qizlar uchun esa emotsional muloqot, ya’ni ularni kim va qanday baholashi
muhim ahamiyatga ega ekanligini misol tariqasida kо‘rsatish mumkin[10]. Bundan
tashqari, kichik yoshdanoq turli jinsdagi bolalarning fiziologik jihatlari ham bir-biridan
farq qiladi, ya’ni qiz bolalarning teri va eshitish organlari о‘g‘il bolalarnikiga qaraganda
yuzaroqda joylashgan bо‘lib nisbatan senzitivligi bilan ajralib tursa, о‘g‘il bolalarning
tо‘laqonli psixik rivojlanishlari uchun kengroq muhit kerakligiga e’tibor qaratish mumkin.
О‘g‘il bola qaysi ishi kattalarga ma’qul emasligi va nima uchun yoqmaganligini bilishga
harakat qilganida uning bosh miyasidagi ayrim qismlari faollashsa, qizlarda har qanday
bahoga emotsional aks ta’sir (reaksiya) sodir bо‘lib, ular bosh miyasining barcha qismlari
faollashadi[11] . L. S. Basserning bolalar nutqini bosh miya asimmetriyasi bilan
bog‘liqligini о‘rganishga qaratilgan nevrologiya sohasidagi tadqiqoti jarayonida, bosh
miyasi shikastlangan ikki yoshgacha bо‘lgan bolalar о‘rganilgan bо‘lib, ularning yarmida
nutq о‘z vaqtida paydo bо‘lganligi aniqlangan. Bolalarning qolgan ikkinchi yarmida esa
nutq paydo bо‘lishi birmuncha kechikkanligi qayd etilgan. Bosh miyasining о‘ng yoki
chap yarimsharlari zararlanishi bilan bog‘liq bо‘lgan e’tiborga loyiq tafovutlar tadqiqot
davomida olim tomonidan kuzatilmaganligi bois, ikki yoshgacha bо‘lgan bolalar
nutqining rivojlanishida bosh miya yarimsharlari asimmetriyasi hali еtarlicha tо‘liq
shakllanmaydi, degan taxmin ilgari surilgan, biroq 2-10 yosh oralig‘ida bosh miyasi
shikastlangan bolalar nutqining rivojlanishida yarimsharlarining qaysi tomoni


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

254

shikastlanganligi bilan bog‘liq bо‘lgan ayrim farqlar mavjudligi aniqlangan, ya’ni chap
yarimsharlari shikastlangan bolalarning 85 foizida nutq buzilish holati – afaziya
kuzatilgan bо‘lsa, о‘ng yarimsharlari shikastlangan bolalarning faqat 45 foizida ushbu
holat qayd etilgan[12].

Afaziya (a + phasis – nutq) bosh miya еtakchi (dominant) yarimshari pо‘stlog‘ining

lokal shikastlanishi oqibatida nutq faoliyatining turli kо‘rinishlaridagi tizimli buzilishidir.
Lateralizatsiyaga oid izlanishlarda inson bosh miyasining chap va о‘ng yarimsharlari
shikastlanishining oqibatlari turlicha ekanligiga qaramasdan, kattalar va о‘smirlarda
afaziya holatining sodir bо‘lish chastotalari о‘zaro farq qilishi aniqlangan. Masalan,
о‘smirlarda afaziya holati о‘ng yarimshar shikastlanganidagiga qaraganda chap
yarimshari shikastlanganida nisbatan kо‘proq sodir bо‘ladi. Tadqiqot natijalari
lateralizatsiya jarayonining bola tili chiqqan davrda boshlanishini, biroq jinsiy еtuklik
davrida tugamasligini kо‘rsatdi. Shu bilan birga, voyaga еtish jarayoni shaxsda yangi tilni
о‘zlashtirish qobiliyatini rivojlantirishning kritik davri bо‘lib, bunda u faqatgina til
muhitida bо‘lishi va shu tilda lahjasiz (aksentsiz) gapirishi еtarli, – deb xulosa
qilinadi[13]. Mazkur xulosani B. T. Vouds va H. L. Teuber quvvatlab, nutqi endigina
shakllanayotgan bolalarda afaziya holati ular bosh miya yarimsharining о‘ng tomoni
emas, balki aynin chap tomoni shikastlanganida kо‘proq sodir bо‘lishini tajriba yо‘li bilan
aniqlagan[14].

A. Smit biron-bir sabab bilan bosh miya yarimsharlari shikastlangan bо‘lsa, uning

funksiyalarining tiklanishi shaxs yoshiga bevosita bog‘liq ekanligini aniqlagan. Bunda
yosh bolalarda о‘ng yarimsharlarni faollashtirish imkoni katta yoshdagilarga qaraganda
еngilroq kechishi aniqlangan[15]. Ta’kidlash joizki, bosh miya yarimsharlari о‘rtasidagi
anatomik va funksional asimmetriyalarning о‘zaro munosabatlari xarakteri hozirga qadar
tо‘liq о‘rganilmagan. Shunday qilib, ta’lim jarayonini tashkil etishda bolalar bosh
miyasining о‘ng yarimsharlari imkoniyatlarini еtarlicha faollashtirilmasdan, chap
yarimsharlar faoliyatiga kо‘proq tayanilishi faqat chap yarimsharlar funksiyalarini
faollashtirib, о‘ng yarimsharlar funksiyalari bilan о‘zaro tafovutli vaziyatlarni yuzaga
keltirib chiqarishi mumkin. Bosh miya yarimsharlarining birbiri bilan о‘zaro hamkorlikda
va hamjihatlikda faol ishlashi esa bola tomonidan uning bilish faoliyatini tashkil etish
maqsadida berilayotgan ma’lumotlarni intensiv о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.

Bosh miya yarimsharlarining har ikkalasi murakkab kognitiv jarayonlarda ishtirok

etsa-da, ma’lumotlarni qabul qilish va о‘zlashtirishda turli belgilar tizimi va turli anglash


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

255

strategiyalaridan foydalanadi. Bu esa bosh miya yarimsharlari asimmetriyasini yuzaga
keltiradi. Bolaning xulqatvori va aqliy faoliyati yarimsharlardan qaysi birining еtakchi
bо‘lishiga bog‘liq. Bu esa pedagoglar oldiga boladagi shu о‘ziga xos betakrorlikni hisobga
olgan holda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish vazifasini qо‘yadi. Buning uchun
pedagoglar bola bosh miyasining yarimsharlari о‘rtasidagi asimmetriyani aniqlay olishlari
hamda ma’lumotlarni yarimsharlar tomonidan о‘zlashtirish mexanizmini, uning о‘ziga
xos jihatlarini kо‘ra bilishlari va ta’lim jarayonini tashkil etishda ushbu ma’lumotlardan
samarali foydalanishlari kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Тункун Я. А. Основы нейропедагогики: история, теория и практика.
http://cyberleninka.ru/article/n/osnovy-neyropedagogiki-istoriya-teoriya-i-praktika
2. Ходжаев Б. Х. Нейропедагогик билимлардан фойдаланиш орқали таълим
сифатини ошириш // Узлуксиз таълим сифат ва самарадорлигини оширишнинг
назарий-услубий муаммолари. – Самарқанд, 2010. – Б. 174-175; Ғуломов Ж. Р.,
Анварова В. Ж. Болаларнинг нейропедагогик хусусиятларини инновацион таълим
муҳити шароитида ривожлантириш // Узлуксиз таълим тизимида ҳамкорлик
педагогикаси. – Тошкент, 2014. – Б. 192-193.
3. Sperry R. W. Left brain, right brain. Saturday Review, 1975. August. 9. – Р. 30-33.
http://jfa.arch.metu.edu.tr/archive/0258-5316/1975/cilt01/sayi_2/263-270.pdf
4. Воgеn J. Е. Тhе Оthег Sidе оf thе Вгаin. VII: Sоmе Еduсational Аsресts оf
Неmispheric Sресiаlization, UCLA, Еdicatоr, 17, 24-32 (1975).
5. Кудрявцев А. С. Что значит “грамотно” мыслить // Инновации в образовании. –
Москва, 2003. – № 4. – С. 32-37.
6. Тункун Я. А. Основы нейропедагогики: история, теория и практика.
http://cyberleninka.ru/ article/n/osnovy-neyropedagogiki-istoriya-teoriya-i-praktika
7. Николаенко Н. Н. Современная нейропсихология. – Санкт-Петербург: Речь, 2013.
– С.10.
8. Балонов Л. Я., Деглин В. Л. Слух и речь доминантного и недоминантного
полушарий. – Ленинград: Наука, 1976. – С. 218; Балонов Л. Я. и др. О роли
доминантного и недоминантного полушарий в регуляции эмоциональной
экспрессии. Нейропсихология. – Москва: МГУ, 1984. – С. 183-186.
9. Николаенко Н. Н. Современная нейропсихология. – Санкт-Петербург: Речь, 2013.
– С.18.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

256

10. Бианки В. П., Филиппов Е. Б. Асимметрия мозга и пол. – Санкт-Петербург:
СПбГУ, 1997. – С. 292; Николаенко Н. Н. Современная нейропсихология. – Санкт-
Петербург: Речь, 2013. – С. 172-173; Еремеева В. Д., Хризман Т. П. Мальчики и
девочки – два разных мира. Нейропсихологии – учителям, воспитателям,
родителям, школьным психологам. – Москва: Линка-пресс, 1998. – С. 184.
11. Еремеева В. Д., Хризман Т. П. Мальчики и девочки – два разных мира.
Нейропсихологии – учителям, воспитателям, родителям, школьным психологам. –
Москва: Линка-пресс, 1998. – С. 184. 12. Basser L. S. Hemiplegia of early onsat and
the tacultu of speech with special reference to the effects of hemispherectomy. Brain,
1962. – V. 85. – P. 70-71.
13. Николаенко Н. Н. Современная нейропсихология. – Санкт-Петербург: Речь,
2013. – С.19.
14. Woods B. T., Teuber H. L. Changing patterns of childhood aphasia // annals of
Neurology. 1978. – V. 3. – P. 273-280.
15. Smith A. Nondominant hemispherectomy // Journal of Neurolinguistics. – London,
11/2013. – № 26(6). – P. 594-601.
16. G‘ulomov J. R., Bilish jarayoni faolligi va neyropedagogik tadqiqotlar talqini //
PEDAGOGIKA. – Tashkent, 11/2015. - №15. –Р.29-35.

References

Тункун Я. А. Основы нейропедагогики: история, теория и практика. http://cyberleninka.ru/article/n/osnovy-neyropedagogiki-istoriya-teoriya-i-praktika

Ходжаев Б. Х. Нейропедагогик билимлардан фойдаланиш орқали таълим сифатини ошириш // Узлуксиз таълим сифат ва самарадорлигини оширишнинг назарий-услубий муаммолари. – Самарқанд, 2010. – Б. 174-175; Ғуломов Ж. Р., Анварова В. Ж. Болаларнинг нейропедагогик хусусиятларини инновацион таълим муҳити шароитида ривожлантириш // Узлуксиз таълим тизимида ҳамкорлик педагогикаси. – Тошкент, 2014. – Б. 192-193.

Sperry R. W. Left brain, right brain. Saturday Review, 1975. August. 9. – Р. 30-33. http://jfa.arch.metu.edu.tr/archive/0258-5316/1975/cilt01/sayi_2/263-270.pdf

Воgеn J. Е. Тhе Оthег Sidе оf thе Вгаin. VII: Sоmе Еduсational Аsресts оf Неmispheric Sресiаlization, UCLA, Еdicatоr, 17, 24-32 (1975).

Кудрявцев А. С. Что значит “грамотно” мыслить // Инновации в образовании. – Москва, 2003. – № 4. – С. 32-37.

Тункун Я. А. Основы нейропедагогики: история, теория и практика. http://cyberleninka.ru/ article/n/osnovy-neyropedagogiki-istoriya-teoriya-i-praktika

Николаенко Н. Н. Современная нейропсихология. – Санкт-Петербург: Речь, 2013. – С.10.

Балонов Л. Я., Деглин В. Л. Слух и речь доминантного и недоминантного полушарий. – Ленинград: Наука, 1976. – С. 218; Балонов Л. Я. и др. О роли доминантного и недоминантного полушарий в регуляции эмоциональной экспрессии. Нейропсихология. – Москва: МГУ, 1984. – С. 183-186.

Николаенко Н. Н. Современная нейропсихология. – Санкт-Петербург: Речь, 2013. – С.18.

Бианки В. П., Филиппов Е. Б. Асимметрия мозга и пол. – Санкт-Петербург: СПбГУ, 1997. – С. 292; Николаенко Н. Н. Современная нейропсихология. – Санкт-Петербург: Речь, 2013. – С. 172-173; Еремеева В. Д., Хризман Т. П. Мальчики и девочки – два разных мира. Нейропсихологии – учителям, воспитателям, родителям, школьным психологам. – Москва: Линка-пресс, 1998. – С. 184.

Еремеева В. Д., Хризман Т. П. Мальчики и девочки – два разных мира. Нейропсихологии – учителям, воспитателям, родителям, школьным психологам. – Москва: Линка-пресс, 1998. – С. 184. 12. Basser L. S. Hemiplegia of early onsat and the tacultu of speech with special reference to the effects of hemispherectomy. Brain, 1962. – V. 85. – P. 70-71.

Николаенко Н. Н. Современная нейропсихология. – Санкт-Петербург: Речь, 2013. – С.19.

Woods B. T., Teuber H. L. Changing patterns of childhood aphasia // annals of Neurology. 1978. – V. 3. – P. 273-280.

Smith A. Nondominant hemispherectomy // Journal of Neurolinguistics. – London, 11/2013. – № 26(6). – P. 594-601.

G‘ulomov J. R., Bilish jarayoni faolligi va neyropedagogik tadqiqotlar talqini // PEDAGOGIKA. – Tashkent, 11/2015. - №15. –Р.29-35.