ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4
38
TALABALARNI KREATIV TADQIQOTCHILIK VA KASBIY
KO‘NIKMALARINI TANQIDIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH
Jo‘rayeva Nargiza Zokir qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali,
o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada talabalarni kreativ tadqiqotchilik va kasbiy ko‘nikmalarini
tanqidiy fikrlash orqali rivojlantirish mazmuni, ta’limning inovatsion texnologiyalari
robototexnika, modellashtirish, konstruksiyalashtirish, dasturlashtirishni o‘rgatishda
tanqidiy fikirlash qobilyatining ahamiyati va uni shakllanish jarayoni to‘g‘risida so‘z
yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
tadqiqotchilik, robototexnika, kasbiy ko‘nikma, tanqidiy fikrlash,
mantiqiy fikrlash, axborotlarni yig‘ish, dispozitsiya.
ABSTRACT
This article discusses the content of developing students' creative research and
professional skills through critical thinking, the importance of innovative thinking
technologies in teaching robotics, modeling, design, programming, critical thinking
skills and the process of its formation
Keywords:
research, robotics, professionalism, critical thinking, logical thinking,
data collection, disposition.
KIRISH
Jahon ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng
foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil hamda barqaror
rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4
39
bormoqda. AQSh, Rossiya, Angliya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlarda,
yuqori texnologik tayyorgarlikka ega raqobatbardosh kadrlar tayyorlash
rivojlanishning asosiy yo‘nalishi sifatida qaralib, ta’limda innovatsiyalarni, shu
jumladan, robototexnika, modellashtirish, konstruksiyalashtirish, dasturlashtirish, 3D-
loyihalashtirish va virtual muhandislikni o‘rgatish yuzasidan nazariy tadqiqotlar olib
borilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O‘zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs
va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini
ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi
maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida STEAM fanlar, tanqidiy fikrlash va
axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining
rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy raqamli
iqtisodiyot talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash muammolari bugungi kun
vazifalaridan biriga aylanmoqda.
Hozirgi kunda maktabdan tashqari ta’lim jarayonida barkamol shaxsni
tarbiyalash, maktabdan tashqari ta’lim faoliyatiga qo‘yilayotgan ijtimoiy buyurtma
ilg‘or xorijiy tajribalar bilan uyg‘unlashtirilmaganligi hamda ta’lim mazmunini
yangilab borish zarurati; zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng
qo‘llash orqali bolalarni individual rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va uslubiy
materiallar, talabalar kasb – hunar tayyorgarligini rivojlantirish yetarli darajada
ta’minlanmaganligi; talabalar egallayotgan bilim va ko‘nikmalarining kasbiy
faoliyatda talab etiladigan ko‘nikma va malakalar darajasiga muvofiq emasligi tadqiq
etilayotgan muammoning dolzarbligini belgilaydi.
Talabalar kasb – hunar tayyorgarligini takomillashtirishda STEAM ta’limni
amaliyotga tadbiq etish orqali talabalar tadqiqotchilik va kasbiy ko‘nikmalarini
rivojlanitirishning inovatsion texnologiyalari keng tadbiq etilmagan bo‘lsada tanqidiy
fikrlashga o‘rgatish zarurligi, talabalar tadqiqotchilik va kasbiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish vostasi siftida qaralmoqda.
Talabalarni tanqidiy fikrlashga o‘ragatish deganda nimalar nazarda tutiladi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4
40
Tanqidiy fikrlash - bu ma’lumotni ob’ektiv tahlil qilish va asosli xulosa chiqarish
qobiliyatini anglatadi. Bu ma’lumotlar, faktlar, kuzatiladigan hodisalar va tadqiqot
natijalari kabi manbalarni baholashni o‘z ichiga oladi.
Tanqidiy fikrlash - bu xulosa chiqarish uchun dalillarni tahlil qilish. Murakkab
mavzular va ob’ektlardagi dalillarni ratsional, skeptik, xolis tahlil qilish yoki
baholashni o‘z ichiga olgan bir nechta turli xil ta’riflardir. Tanqidiy fikrlash - bu
talabani o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi nazorat qilish va
o‘zini rivojlantiridigan fikrlashdir. Bu qat’iy mukammal shartlar va ulardan oqilona
foydalanishni nazarda tutadi. Bu samarali muloqot va muammolarni hal qilish
qobiliyatlari, shuningdek, mahalliy egotsentrizmni va sotsiotsentrizmni yengish
majburiyatini oladi.
Tanqidiy fikrlash izchiligi va talabalar tafakkurining mantiqiy fikrlashida
tanqidiy fikrlashning bog‘liqligini quyidagi chizmada aks ettirish mumkin.
Dars va darsdan tashqari faoliyat davomida talabalar tamonidan olib boriladigan
mashg‘ulotlar ko‘pincha tadqiqotchilikga yo‘naltirilgan bo‘lib bunda Talabaning
mustaqil harakatlanishda, unga berilayotgan topshiriqlar va ularni yechimini topishda
Talabaning mantiqiy tafakkurini rivojlantirib borish va tanqidiy fikrlashiga yo‘naltirish
doimo muammo bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda zamonaviy dunyoda kasb – hunarga
tayyorlash, o‘rgatish bir tomonlama yondashuv asosida olib borilib bir nechta
Talabaning
mantiqiy
fikrlashi
Mantiqga
asoslangan
tanqidiy
fikrlash
Mantiqiy ketma-
ketlik tarkibi
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4
41
yangidan yangi kasblar hosil qilindi, bularga misol qilib AT mutaxassisi, robotexnika,
mexatronika va muhandislik kasblaridir. Ushbu kasblarni o‘rganishda hamda
murakkab texnologik jarayonlar, operatsiyalarni bajarishda talabalarning dasturlash,
yig‘ish, bajarish, ishga tushirish yoki texnologik ketma-ketlikni uddalay olish
ko‘nikmalarining o‘zi yetarli bo‘lmay balki, tadqiqotchilik ko‘nikmalari ham muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun talabalar tanqidiy fikrlashni muntazam
rivojlantirib borish ta’lab etilmoqda.
MUHOKKAMA VA NATIJALAR
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki ta’lim olish mobaynida talabalarning
ko‘nikma va qobilyatlarni rivojlantirishda aksariyat tadqiqotchilar ko‘nikma yoki
qobiliyatdan tashqari tanqidiy fikrlashni ham tan olishmoqda. Bu esa dispozitsiyalarni
o‘z ichiga oladi. Ushbu tushunchaning kelib chiqishi 1985 yilda olib borilgan tadqiqot
ishlarida tanqidiy fikrlash qobiliyati “bajarish va uddalay olish” qobiliyatidan farq
qilishini tan olingan bo‘lib tanqidiy fikrlash qobiliyati degan tushunchani tasdiqlovchi
empirik dalillar ham paydo bo‘ladi va ajratmalar aslida alohida ob’ektlarga xosligi o‘z
isbotini topgan. Ushbu fikrlar har xil munosabat yoki odatlar sifatida tashlangan.
Facione tanqidiy fikrlash holatlarini quyidagicha belgilaydi "Shaxslarga, voqealarga
yoki sharoitlarga nisbatan bo‘lgan munosabat yoki ularga munosabat bildirish uchun
doimiy paydo bo‘ladigan ichki motivlardir. Tadqiqotchilar shunga o‘xshash
to‘plamlarni aniqlashga harakat qilib tanqidiy fikrlashni vujudga keltiradigan bir necha
sabablar va omillarni asoslagan. Masalan, eng tez-tez takrorlanadigan tanqidiy fikrlash
holatlarini o‘z ichiga oladigan qobiliyat turlari quydagilardir:
•
ochiq fikrlash qobiliyati;
•
adolatli fikrlash qobiliyati;
•
sabab izlashga moyillik qobiliyati;
•
qiziquvchanlik qobiliyati;
•
xabardor bo‘lishni xohlash qobiliyati;
•
moslashuvchanlik qobiliyati;
Bugungi kunda bir necha g‘arb olimlari Facione, Ennis, Baylin va boshqalar
tamonidan tanqidiy tafakkurni aniqlash borasida ko‘plab tadqiqotlar olib borgan
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4
42
bo‘lsada, ko‘pchilik tadqiqotchilar tamonidan tanqidiy fikrlash “ko‘nikmalar va
mulohazalar”ni o‘z ichiga oladi degan fikrga qo‘shilishmoqda. Tanqidiy mulohaza
yuritish nuqtai nazarini uning meyorlarida ko‘rib chiqish kerakmi degan xulosaga
borishmoqda 1990 yilda Amerika faylasuflar uyushmasi (APA) bir murosaga kelish
uchun tanqidiy fikrlaydigan tadqiqotchilar guruhini tuzib kelgusidagi tadqiqot
harakatlariga yordam beradigan tanqidiy fikrlashni aniqlash topshirig‘ini berishgan.
Garchi ko‘pchilik mutaxassislar dispozitsiyalar muhim tarkibiy qism ekanligiga
kelishib, ular muayyan harakatlarga qarshi chiqib, bu tanqidiy fikrlash ta’rifi
doirasidagi dispozitsiyalar deb hisoblashgan, ba’zilari shu fikrlarga asoslanib
shunchaki maqtovga sazovor rol o‘ynaydi va bu qarashlarni qo‘llab-quvvatlovchi
boshqalar ham normativ rolga egadir deb hisoblaydi.
Talabalar tadqiqotchilik va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda tanqidiy
fikrlashga o‘rgatishning bir necha shakllari mavjud bo‘lib shulardan muhandislik
to‘garaklarida quydagilarni o‘rgatish mukin:
Axborotlarni yig‘ish:
Ko‘pgina talabalarimiz mutlaqo noto‘g‘ri qarorlar qabul
qilishadi, chunki ular o‘z fikrini to‘g‘ri deb bilishadi. Bunday xatolarga yo‘l qo‘yishiga
sabab ularning kam ma’lumotlarga ega ekanligi yoki aksincha bilimlarni yanada
mustahkamlashga intilmasligidadir. Shuning uchun hozirgi zamonimiz qanchalik tez
rivojlanayotganligini hisobga olgan holda mavjud barcha axborotlarni to‘plab ularni
tahlil qilish.
Kuzatish:
Bu yerda qanchalik talabalarni qiziquvchan bo‘lishligidadir. Har doim
bizning ko‘zimiz ostida bo‘lgan narsalarga e’tibor bermasligimiz va biz ularni
odatdagidek qabul qilganligimizdadir. Bundan tashqari, bu nafaqat ob’ektlar, balki
bizning va boshqalarning xatti-harakati, turli xil istehzoli vaziyatlar va
mexanizimlarning g‘ayrioddiy tuzilishlari bo‘lishi mumkin. Kuzatganimizda, bizning
ichki hisyotimiz bir muncha vaqt sezmasligi va ko‘zlarimiz ko‘rgan narsalarga reaksiya
bildirmasligi.
Adabiyotlar bilan ishlash:
To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun biz mantiqni
o‘rganishingiz kerak. Uning o‘z qonunlari, istisnolari va qarama- qarshiliklari bor,
ammo shunga qaramay, har qanday munozarada fikrimizni isbotlashning ajoyib usuli
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4
43
hisoblanib, boshqa talabalarning bayonotlaridagi nomuvofiqlikni payqashni o‘rganish
va vaziyat imkon bersa ularga munosabat bildirish.
Ratsionalizatsiya:
Bu ong qonunlarini qo‘llashni anglatadi: induksiya,
deduksiya va analogiya. Ushbu vositalardan foydalanib, biz argumentni baholab, uning
kuchli va zaif tomonlarini topishimiz mumkin.
Eslash:
Muntazam ravishda muammoning tafsilotlaridan bir qadam orqaga
qaytib butun jarayonlarni eslash va nimani bilib olganimizga va qanday tajribaga ega
ekanligimizga e’tibor berish.
Ijodkorlik:
Bu bizga nafaqat ijodning mohiyatini tushunishga, balki mashqlar
orqali yanada ijodiy bo‘lishga yordam beradi. TRIZ yoki STEAM kabi metodlardan
foydalanish, ular bizga muammolarga tizimli yondoshishga yordam beradi.
Tasniflash va ketma-ketlik:
Axborotni taxlildan o‘tkazishni o‘rganish uchun
elementlar va g‘oyalarni xususiyatlariga ko‘ra guruhlab va tartiblab chiqish. Aqliy
imkoniyatlardan foydalanish.
Taqqoslash va taxrirlash:
Ikki yoki undan ortiq ob’ektlar, vaziyatlar,
muammolar qanday o‘xshash yoki turli xil ekanligini aniqlashni o‘rganish. Afzalliklar
va kamchiliklarning ro‘yxatini tuzib, so‘ng birini tanlash.
Sabab va oqibatni tahlil qilish:
Qizig‘i shundaki, ko‘p Talabalar sabab va
oqibatni ajrata olmaydilar. Shuning uchun, bizning birinchi qadamimiz sabab va
natijani aniqlash qobiliyati bo‘ladi. Ba’zida sabab va ta’sir bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi
mumkin - demak, biz biror narsani hisobga olmagan bo‘lishimiz mumkin.
Sintez:
Oldindan kutilmagan natijaga erishish uchun turli xil ma’lumotlarni
to‘plash va ularni birlashtirish.
Baholash:
Muammoning ikki yoki undan ko‘p yechimini topishni o‘rganish va
qaysi biri yaxshiroq ekanligini baholash.
Bashoratlash:
Bu talabalarni bezovta qilmaydigan murakkab jarayon. Ular
“tahlil qilish” ga bir necha soniya vaqt sarflaydilar va kelajakka asoslanib qaror qabul
qiladilar. Bunday qilmaslik, ma’lumotlarni diqqat bilan yig‘ish va tahlil qilish orqali
ilmiy yechimlarni to‘plash. Albatta, minglab omillar mavjud bo‘lib barchasini hisobga
olishimiz mumkin.
Ustuvorlik:
Vaqtni boshqarishni o‘rganish, nima uchun vaqtimizni sarflashimiz
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4
44
va nimaga sarflanishini tushunib olish. Unutmaslik kerakki, foydasiz narsaga sarflangan
vaqt ishning samaradorligini yo‘qotish mumkin.
XULOSA
Ushbu ko‘nikma odatda umumlashtiruvchi va yakuniy hisoblanadi. Biz aniq
nimani tushunganimizni, qanday tajriba orttirganimizni, qanday xulosalar
chiqarganimizni va bularning barchasini umumlashtirishni bilishimiz kerakligini
o‘rganish.
Katta ehtimol bilan talabalar ushbu ko‘nikmalarni bir vaqtning o‘zida o‘zlashtira
olmaydi. Biroq, biz bularni yaxshiroq qaror qabul qilish va jasorat bilan harakat qilish
uchun ularni umumlashtirishimiz mumkin. Har bir o‘zlashtirilgan ko‘nikma
Talabalarning fikrlash tarzini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin.
Fikrlashning turli xil usullari mavjud, ammo ularning hech biri muammolarni
tanqidiy fikrlash kabi hal qilishda samarali emas. Uning yordami bilan biz hissiy ongni
va hissiyot darajasini ko‘tarishimiz, shuningdek, kognitiv buzilishlar va
egotsentrizmning oldini olishimiz mumkin.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Xalq ta’limi
tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4467-sonli qarori.
2.
Tolipov O‘.Q. Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko‘nikma va
malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari: Ped. fan. dokt. ... diss. –
Toshkent: 2004. – 314 b.
3.
Facione, P. A. (2000). The disposition toward critical thinking: Its character,
measurement, and relationship to critical thinking skill. Informal Logic, 20(1), 61-84.
4.
Facione, Peter A., 1990 a, Critical Thinking: A Statement of Expert Consensus for
Purposes of Educational Assessment and Instruction, Research Findings and
Recommendations Prepared for the Committee on Pre-College Philosophy of the
American Philosophical Association, ERIC Document ED315423.
5.
Adams, C.A. (2013), Sustainability reporting and performance management in
universities: Challenges and benefits. Sustainability Accounting, Management and
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4
45
Policy Journal Vol 4 Iss 3, pp. 384-392
6.
Hauser, S.M. (2000), “Education, ability, and civic engagement in the contemporary,
United States. Social Sciences Results, Vol. 29 No 4, pp.556-582
7.
Pardabaev J.E. ““STEAM” - Education as an innovative approach to the development
of vocational training for students” // European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences. Vol. 8 No. 3, 2020. ISSN 2056-5852
8.
Xamidov, J.A. (2021). O‘quvchilarni kreativ tadqiqotchilik va kasbiy ko‘nikmalarini
tanqidiy
fikrlash
orqali
rivojlantirish.
Academic
research
in
educational
sciences
,
2
(12), 922-928.
9.
Jo‘rayeva Nargiza Zokir qizi, Bilish jarayoni faolligi va neyropedagogik tadqiqotlar
talqini. (2025).
Journal of Universal Science Research
,
3
(`1), 249-256.
