ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
109
NERV SISTEMASI TUZILISHI VA UNING VAZIFALARI
Jo‘rayeva Sevinch Choriyevna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali talabasi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolamizda
nerv sistemasi tuzilishi va uning vazifalarini
o‘rganish hamda tahlil qilish bo‘yicha so‘z boradi
Nerv sistemasi organizmni boshqaradi va barcha hujayralar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va
organlar ishini o‘zaro kuchayishini ta'minlaydi. Nerv sistemasi tuzilishi va ichki muhit
ta'sirlarini qabul qiladi va ularga javob beradi. Nerv sistemasiga bog‘liq holda inson kasb-
hunar o‘rganadi, ilm oladi, fikrlaydi, eslab qoladi, quvonchli, qayg‘usi va tuyg‘ularini
ifodalaydi.
Kalit so‘zlar:
odam, nerv sistemasi, bosh miya, orqa miya.
Аннотация:
В статье рассматриваются вопросы изучения и анализа строения
нервной системы и ее функций. Нервная система управляет организмом и
обеспечивает совместную работу всех клеток, а также органов, как напрямую, так
и косвенно. Нервная система воспринимает и реагирует на структуру и воздействие
внутренней среды. В зависимости от нервной системы человек осваивает
профессию, приобретает знания, думает, помнит, выражает радость, грусть и
эмоции.
Ключевые слова:
человек, нервная система, головной мозг, спинной мозг.
Abstract:
This article discusses the study and analysis of the structure and functions
of the nervous system. The nervous system controls the div and ensures the mutual
reinforcement of the work of all cells, directly and indirectly. The structure of the nervous
system perceives and responds to the effects of the internal environment. Depending on
the nervous system, a person learns a profession, acquires knowledge, thinks, remembers,
expresses joy, sadness and emotions.
Keywords:
human, nervous system, brain, spinal cord.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
110
Odam bu — abstract fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak
rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni
oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida
shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga
faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi.
Nerv sistemasi joylashuviga ko‘ra markaziy va periferik nerv sistemasiga ajraladi.
Markaziy bo‘lim bosh va orqa miyadan, periferik bo‘limlardan chiqadigan nervlar va nerv
tugunlaridan iborat. Markaziy va periferik bo‘lim bir-biriga bog‘liq holda ishlaydi. Bosh
miya va orqa miya ham shunday shu kabi bir-biriga bog‘liq holda faoliyat yuritadi.
Nerv sistemasi —
elektr impulslardan foydalangan holda tashqi muhitdan
maʼlumot qabul qiladi, uni qayta ishlaydi va unga javob beradi.
Nerv sistemasi hujayralari —
Neyronlarning oʻziga xos tuzilishi ularga tana
boʻylab elektr impulslarini uzatish va qabul qilish imkonini beradi. Neyrogliya hujayralari
neyronlarni oʻrab, tashqi muhitdan ajratib turadi va ularni himoyalaydi.
1-rasm
Barcha neyronlar odatda tuzilishi jihatidan
hujayra tanasi
,
dendrit
va
akson
lardan
iborat. Ularning bunday tuzilishi neyronlarning oʻzaro aloqasini taʼminlovchi elektr
impulslar, yaʼni
nerv impulslarini
uzatishda muhim ahamiyatga ega.
Neyronlar bajaradigan funksiyasiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Sezgi (sensor) neyronlari
koʻz va quloq singari sezgi organlaridan impulslarni qabul
qiladi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
111
Harakatlantiruvchi (motor) neyronlar
muskul va bezlardan impulslarni qabul qiladi.
Oraliq neyronlar
sezgi va harakatlantiruvchi neyronlar va boshqa oraliq neyronlar
boʻylab impulslarni uzatadi.
Qoʻzgʻalmagan neyronlarda natriy-kaliy nasosi orqali tartibga solinuvchi ionlar
taqsimlanishi holati mavjud. Agar neyron kuchli signalni qabul qilsa, tinchlik potensiali
holatidan chiqib qoʻzgʻalgan holatga oʻtadi va
harakat potensiali
deb ataluvchi elektr
impulsini ishlab chiqaradi. Impuls boshlangandan soʻng, akson boʻylab uning terminal
qismi tomon harakatlanadi.
Nerv sistemasi qismlari
Nerv sistemasi ikki qism:
markaziy nerv sistemasi (MNS)
va
periferik nerv
sistemasi (PNS
)
dan tashkil topgan.
Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan iborat.
Tanaga beriladigan barcha buyruqlar bosh miyada hosil
qilinadi, orqa miya esa bosh miyani tanadagi boshqa
nervlar bilan bogʻlab turadi.
Periferik nerv tizimi ikki qismga boʻlinadi:
Somatik nerv tizimi (SNT)
odam ixtiyoriga bogʻliq
harakatlar, masalan, muskullar harakatini boshqaradi.
Shuningdek, u qoʻl issiq plitaga tegganda undan qoʻlni
tortib olish kabi harakat reflekslarini ham boshqaradi.
Avtonom nerv tizimi (ANT)
odam ixtiyoriga bogʻliq
boʻlmagan harakatlarni boshqaradi va qarama-qarshi
faoliyat koʻrsatuvchi ikki qismga boʻlinadi: simpatik va
parasimpatik nerv sistemasi. Simpatik nerv tizimi
“kurashish yoki qochish” javob reaksiyalarida aktivlashsa,
parasimpatik nerv tizimi tinch holatlarda faol boʻladi.
2-rasm
Endokrin tizimi
— nerv tizimi singari endokrin tizimi ham tananing
boshqarilishida ishtirok etadi. Elektr signallar oʻrniga endokrin tizimi gormonlar deb
ataluvchi kimyoviy signallardan foydalanadi. Ushbu gormonlar qon oqimi boʻylab
harakatlanib, organ va hujayralarning faoliyatini boshqaradi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
112
3-rasm
Asosiy gormon va bezlar
Gormon
U ishlab chiqariladigan
bez
Ahamiyati
Tiroksin
Qalqonsimon bez
Metabolizmni boshqaradi
Adrenalin
(epinefrin)
Buyragusti bezlari
“Kurashish yoki qochish” javob
reaksiyasida qatnashadi
Kortizol
Buyragusti bezi
“Kurashish yoki qochish” javob
reaksiyasida qatnashadi, metabolizm va
immun sistemasini tartibga solib turadi
Estrogen
Tuxumdonlar
Asosan ayollarning jinsiy rivojlanishida
muhim ahamiyatga ega
Testosteron
Urugʻdonlarda, baʼzan
buyragusti bezi va
tuxumdonlarda
Asosan erkaklar jinsiy rivojlanishida
muhim rol oʻynaydi
Insulin
Oshqozon osti bezi
Qondagi qand miqdori va yogʻlarning
zaxiralanishini nazorat qiladi
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
113
Gormon
U ishlab chiqariladigan
bez
Ahamiyati
Glyukagon
Oshqozon osti bezi
Qondagi qand miqdorini nazorat qiladi
Endokrin tizimining boshqarilishi
Endokrin
tizimi
gomeostazni
taʼminlovchi
manfiy
qaytar
bogʻlanish
mexanizmlari
orqali boshqariladi. Ushbu usul orqali gormonlar konsentratsiyasi va
ularning organ sistemalariga taʼsiri tartibga solinadi.
Masalan,
qondagi
qand
miqdori oshqozon
osti
bezi tomonidan
ishlab
chiqariluvchi insulin va glyukagon gormonlari yordamida boshqariladi.
Agar qonda qand miqdori baland boʻlsa, oshqozon osti bezi insulin gormonini
ishlab chiqaradi. Insulin qondagi glyukoza miqdoriga taʼsir qilib, uning meʼyordan ortib
ketishiga yoʻl qoʻymaydi.
Agar qondagi qand miqdori kamaysa, oshqozon osti bezi glyukagon gormonini
ishlab chiqaradi. Bu gormon taʼsirida glikogen zaxiralari parchalanib, qondagi glyukoza
miqdorini normal darajagacha koʻtaradi.
4
-rasm
Qondagi qand miqdori endokrin tizimi tomonidan ishlab chiqariluvchi insulin va
glyukagon gormonlari taʼsirida manfiy qaytar bogʻlanish mexanizmi orqali boshqariladi.
Koʻp uchraydigan xatolar va notoʻgʻri tushunchalar
Garchi neyronlar nerv tizimidagi eng koʻp uchraydigan hujayralar boʻlsa-da, lekin
yagona nerv hujayralari emas! Aslida neyrogliya hujayralari soni neyronlardan 10 barobar
koʻproq. Neyrogliya hujayralari neyronlarni himoya qiladi va akson atrofidagi miyelin
parda bilan taʼminlaydi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
114
5-rasm
Gormonlar faqat koʻpayish tizimi tarkibiga kirmaydi. Garchi testosteron yoki
estrogen kabi gormonlar koʻpayish sistemasiga aloqador boʻlsa-da, ushbu sistemaga
taalluqli boʻlmagan juda koʻp gormonlar mavjud. Koʻplab gormonlar tanadagi doimiy
funksiyalar, masalan, ochlik yoki uyqu kabilarni boshqaradi.
Garchi nerv tizimi ham, endokrin tizim ham tanamizni boshqarsa-da, ular oʻrtasida
baʼzi fundamental farqlar mavjud. Birinchidan, endokrin tizimi kimyoviy signallardan
(bezlar ishlab chiqaruvchi gormonlar) foyadalansa, nerv tizimi elektr signallaridan (nerv
impulslari) foydalanadi. Nerv tizimi orqali signallarning uzatilishi neyronlar oʻzaro
bogʻlangani sababli juda tez, lekin ularning taʼsiri qisqa vaqt davom etadi. Endokrin
tizimida signallarning uzatilishi nisbatan sekin boʻlib, bunda gormonlar qon oqimi
boʻylab kerakli organga yetkaziladi. Lekin buning taʼsiri uzoq muddatli boʻladi.
XULOSA
Demak, nerv sistemasi inson organizmidagi muhim sistema hisoblanadi. U orqali
inson organizmi o‘zini o‘zi boshqaradi. Va biz nerv sistemasitufayli tashqi va ichki muhit
ta’sirlariga javob qaytaramiz. Nerv sistemasining vazifaviy tarkibiy birligi bu nerv
hujayrasi bo‘lib, u o‘zidan chiqayotgan o‘simtalari bilan birga neyron deb ataladi. Nerv
sistemasi markaziy va periferik bo‘limlardan iborat. Markaziy bo‘limga bosh miya
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-5
115
va orqa miya kiradi. Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo‘lib, u 2 ta
yarimsharlardan iborat. Orqa miya esa umurtqa pog‘onasi nayida joylashgan. Periferik
bo‘lim esam bosh miya va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari vanerv tugunlaridan
iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mavlonov O., Tilalov T., Aminov B. Odam va uning salomatligi darsligi, Toshkent
2019
2. Gadayev A., Mirsharapov U., Odam anatomiyasi, Toshkent 2017
3. Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo‘llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
4. Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
5. Ibodullayev ensiklopediyasi ©
6. https://uz.khanacademy.org/
