Mualliflar

  • Moxinora Raximova
    Andijon davlat pedagogika institi
  • Sohidaxon Mamatova
    Andijon davlat pedagogika institi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.101853

Kalit so‘zlar:

ta’lim-tarbiya shakllari pedagogik amaliyot chet el pedagogikasi o’quv predmetlari

Annotasiya

Ushbu maqolada   insoniyat tomonidan yaratilgan  xilma-xil maktablarni, ta‘lim-tarbiya shakllari va metodlari  va pedagogik amaliyotlar haqida yoritilgan.Shu bilan bir qatorda rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi , e’tirof qilingan haqiqatdir .Shu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab ehtiyojni iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Ta’lim tizimining oldidagi vazifalaridan biri- mustaqil o’zbekistonning xozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruxi bilan takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogika an’analari bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilgor jixatlarni o’zlashtirish, yangi - yangi samarali o’quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jaxon davlat standartlari darajasiga olib chiqishdir.


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

358

JAHON MAMLAKATLARI TA’LIMI TARAQQIYOTINING AYRIM MASALALARI

Andijon davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi

Raximova Moxinora Xoshimjanovna

Boshlangich ta’lim yo’nalishi

2-bosqich talabasi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15356671

Mamatova Sohidaxon Isomiddin qizi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada insoniyat tomonidan yaratilgan xilma-xil maktablarni,

ta‘lim-tarbiya shakllari va metodlari va pedagogik amaliyotlar haqida yoritilgan.Shu bilan bir qatorda
rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy
jarayon ekanligi , e’tirof qilingan haqiqatdir .Shu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab ehtiyojni
iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Ta’lim
tizimining oldidagi vazifalaridan biri- mustaqil o’zbekistonning xozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruxi
bilan takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogika an’analari bilan boyitish, chet el
pedagogikasidagi ilgor jixatlarni o’zlashtirish, yangi - yangi samarali o’quv predmetlarini ta’lim
tarkibiga kiritish bilan jaxon davlat standartlari darajasiga olib chiqishdir.

Kalit so’zlar:

ta’lim-tarbiya shakllari,pedagogik amaliyot, chet el pedagogikasi,o’quv

predmetlari

Аннотатция

:

В

данной

статье

описаны

различные

школы

,

созданные

человечеством

,

формы

и

методы

обучения

,

педагогическая

практика

.

Кроме

того

,

общепризнанным

фактом

является

то

,

что

образование

в

развитых

зарубежных

странах

представляет

собой

социальный

процесс

,

активно

влияющий

на

внутреннюю

политику

страны

.

Благодаря

этому

объёмы

средств

,

выделяемых

на

экономическое

обеспечение

школ

в

зарубежных

странах

,

из

года

в

год

увеличиваются

.

Важнейшей

задачей

народного

образования

нашей

республики

сегодня

является

совершенствование

действующей

системы

образования

независимого

Узбекистана

в

духе

независимости

,

обогащение

ее

нашими

классическими

педагогическими

традициями

.

Ключевые

слова

:

формы

обучения

,

педагогическая

практика

,

зарубежная

педагогика

,

учебные

предметы

.

Annotation

: This article describes various schools created by mankind, forms and methods

of teaching, and pedagogical practice. In addition, it is a generally accepted fact that education in
developed foreign countries is a social process that actively influences the domestic policy of the
country. Due to this, the amount of funds allocated for the economic provision of schools in foreign
countries is increasing from year to year.

Keywords

: forms of education, pedagogical practice, foreign pedagogy, academic subjects.

Pedagogika tarixi fanidan ma‘lumki, insoniyat o’z ijtimoiy taraqqiyoti jarayonida xilma-xil

maktablarni, ta‘lim-tarbiya shakllari va metodlarini yaratdi va pedagogik amaliyot sinovidan
o’tkazdi. O’tmishda, asosan, diniy ta‘lim-tarbiyaga asoslangan maktablar ustivor bo’lganligini
bilamiz.

Qadimgi Iroq va Misrdagi ilk maktablar, qadimgi Gretsiya maktablarida diniy ta‘lim-tarbiya,

jismoniy tarbiyaga yetakchi o’rin berilgan. Ammo, keyinchalik ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini diniy
maktablar qondirolmay qoldi.SHuning uchun Yevropada uyg’onish davri ma‘rifatparvar- allomalari
dunyoviy maktab nazariyasini targ’ib eta boshladilar.

Dunyoviy maktab nazariyasi ilk bor Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida

olg’a surilgan edi. Shuningdek, Pestalotstsi, Robert Ouen (“Yangi Garmoniya”), Iogann Gerbert
(“Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika”, “Psixologiya darsligi”, “Pedagogikaga
doir lektsiyalar ocherki”), Adolf Disterveg (“Nemis muallimlarining muallimi» nomiga sazovor
bo’ldi. “Hamma bolalar uchun ochiq bo’lgan maktab» yaratishni targ’ib etdi”), K.D. Ushinskiy (I va
II o’quv yillari uchun “Ona tili”, milliylik ...) Tolstoy (“Alifbe”, “O’qish kitobi”, “Arifmetika”...)
kabi pedagogika fani darg’alari xam dunyoviy maktab nazariyasini olg’a surgan edilar


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

359

Markaziy Osiyoda dunyoviy maktab nazariyasi ilk bor jadid-marifatparvarlar-Ismoilbek

Gaspirali izdoshlari, Bexbudiy, Shakuriy, Siddiqiy,Avloniy va boshqalar tomonidan olg”a surildi.
Ular maktablar ijtimoiy taraqqiyot bilan ham nafas borishi uchun o`quvchilarga diniy ilmlar bilan bir
qatorda dunyoviy(matematika, fizika, kimyo, geografiya va b..) ilmlarni xam o`rgatishi zarur degan
fikrni targ`ib etdilar.Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi
davrda esa ilmiy-texnika taraqqiyoti , yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish , yosh avlodni kasb-xunarga yo`naltirishda
davlat xizmatini hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish , ta’lim
mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash , ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka
keng yo`l ochish , uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir
.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan

ijtimoiy jarayon ekanligi , e’tirof qilingan haqiqatdir .Shu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab
ehtiyojni iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda .

Yaponlarda masalan « maktab muvaffaqiyatli va farovonlik timsoli»gina bo`lib qolmay , u

insonlarni yaxshilaydi degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.Ta’lim to‘g‘risidagi g‘amxo`rlik
taniqli siyosatchilarning xam xamisha diqqat-markazida bo`lgan. Shuning uchun xam AQShning
sobik prezidenti R.Reyganni , Buyuk Britaniya bosh vaziri M.Techerni , Fransiya prezidenti
F.Melleranlarni maktab islohotlarining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi F.Metteran maktabni
« Jamiyatning harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.

Maktab dasturlarini o‘zgartirish 2 asosiy yo`nalishda : ekstensiv va intensiv yo`l bilan amalga

oshiriladi .

Birinchi xolatda o‘quv muddati uzaytiriladi , o‘quv materiallari hajmli ko`paytiriladi ; ikkinchi

hol esa mutlaqo yangi dastur yaratiladi . Bu o`rinda ikkinchi yo`l , ko`pchilik mutaxassislarning
e’tiroficha maqbul hisoblanadi .

1961- yilda «Bosh Yangi baza» tamoyillari asosida AQSh o`rta maktablarni islohot qilish

boshlangan edi . Buning mohiyati shundaki , ingliz tili va adabiyoti (to`rt yil), matematika (to`rt yil),
tabiiy bilimlar (uch yil) , ijtimoiy fanlar (uch yil) , kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat
besh yo`nalishdagi majburiy ta’lim joriy qilindi .

Har bir yo`nalish o`z navbatida bir necha qismga bo`linadi .Masalan, matematika , algebra ,

trigonometriya , ish yuritish , kompyuter texnikasini qo`llashdan iborat barcha majburiy predmetlar
tarkibiga Yangi kurslar kiritildi . 1985 yildan e’tiboran barcha yuqori bosqich kollejlarning to`qson
foizi shu besh bazali tamoyillar asosidagi dasturlar bilan ish olib bormoqda . Natija : majburiy
tayyorgarlik bo`yicha ta’lim xajmi qisqardi , shu bilan bir qatorda dastur chuqurlashtirilib
o`rganiladigan kurslar hisobiga tig‘izlashtirildi .

XX asrning 80-yillarida majburiy ta’lim xajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi

. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi : ingliz til va adabiyoti , matematika, ijtimoiy bilimlar
bazalari asosida ish olib borilmoqda. Ta’limning boshqa turlari esa ixtisoslashtirish davrigacha
amalga oshiriladigan bo‘ldi .

Amerikadagi ko‘zga ko`ringan « Found Karnegi» pedagogik markazi bu dasturni XIX asr

dasturi deb baholamoqda . O‘quv dasturlarini qayta qurish jarayoni G‘arbiy Yevropa davlatlarida xam
amalga oshirilmoqda . Masalan , Buyuk Britaniyada ta’lim vazirligining tavsiyalariga muvofiq o‘quv
rejasi va dasturini ta’lim muassasalarining o‘zlari belgilaydilar. mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz
o‘quv soatlari o‘qitilishi shart bo`lgan «Yadro» predmetlar : ingliz tili va adabiyoti , matematika, din
darsi, ijtimoiy tarbiyaga ajratiladi . O‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib ,
tanlab olingan predmetlarga (gumanitar , tabiiy , matematik) ajratiladi .

Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqikotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy

muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiya
ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar,
pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalkaro ta’lim markazlari,


background image

SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA

QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil

adpi.uz

universaljurnal.uz

360

masalan, AQSHda xalkaro ta’lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Ko’pchiligining faoliyati
o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 80 — yillardan boshlab Buyuk
Britaniyada xam AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz
tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi.
Qolgan predmetlarni tanlab olish o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. «Yangi dunyo»ning
pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga xam sezilarli ta’sir etayotir. Germaniya
to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet
tillari kiritilgan o’quv dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta
maktab doirasidan chikib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmokda. Yaponiya
maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo’lidan bordi. Lekin shunga karamay,
bu ikki mamlakat o’kuv dasturida bir kator farklar ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’kuv dasturlari
jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir kator yangi maxsus va fakul

ь

tativ

kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musika ta’limi o’quv dasturiga
milliy va jaxon mumtoz musikasini o’rganish xam kiritilgan. SHuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy
rivojlangan davlatlarda 60-80-yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkybiga fizika, ximiya, biologiya,
bazi xollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u
AQSH va Frantsiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’quv
predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Frantsiyada 70-
80-yillarda to’liksiz o’rta maktablar o’kuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga
eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi. Xozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar
o’quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirildi.Frantsiya
maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o’quv soatlari ajratildi.
Maktablarda amalga oshirilayotgan isloxotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib
chiqardi.

Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida xozirgi kunda eng

muxim vazifa - mustaqil o’zbekistonning xozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruxi bilan
takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogika an’analari bilan boyitish, chet el
pedagogikasidagi ilgor jixatlarni o’zlashtirish, yangi - yangi samarali o’quv predmetlarini ta’lim
tarkibiga kiritish bilan jaxon davlat standartlari darajasiga olib chiqishdir. Buning uchun esa bizning
iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlardagi quyidagi ilg’or tajribalarni ta’lim tizimimizda qo’llay
bilishimiz maqsadga muvofiqdir

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Abdullaev Yu.Xorijiy Oliy ta’lim: tajriba va taraqqiyot yo’nalishlari. T.,

“O’zbekiston” 1999 2.Zunnunov A. va boniq.

2.

Pedagogika tarixi. T., «SHarq», 2000.

3.

.Pedagogika tarixi. Maruza matni. Qo’llanma II qism T.,(tuz. S.Nishonova,

B.Hasanova ) TDPU 2002 y

4.

.Hasanboeva O., Hasanboev J., Hamidov H. . Pedagogika tarixi T., «O’qituvchi» 1997

5.

А

.

В

.

Федоров

.

Медиаобразования

и

медиаграмотность

.

Учебное

пособие

.

М

.

2018

г

.

6.

6. Suvi Tyuminen, Sirkku Kotilaynen, Anniina Lundvall., Media va axborot

savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. O‘quv-amaliy qo‘llanma. - Extremum-press,
2017-142.b 8. Yahyo, Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya. Yordamchi o‘quv
qo‘llanma. Movarounnahr, 2016.-672 b

7.

7.B.S.Abdullayeva, Y.Z.Ro‘ziyev, K.V.Ismoilova Mediasavodxonlik va axborot

madaniyati darslik T.: O‘zbekiston, 2024

8.

Komilova X. (2024). Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ilm-fan bilan shug

‘ullanuvchi xotin-qizlarning roli.

News of the NUUz

,

1

(1.2), 113-116.

Bibliografik manbalar

Abdullaev Yu.Xorijiy Oliy ta’lim: tajriba va taraqqiyot yo’nalishlari. T., “O’zbekiston” 1999 2.Zunnunov A. va boniq.

Pedagogika tarixi. T., «SHarq», 2000.

.Pedagogika tarixi. Maruza matni. Qo’llanma II qism T.,(tuz. S.Nishonova, B.Hasanova ) TDPU 2002 y

.Hasanboeva O., Hasanboev J., Hamidov H. . Pedagogika tarixi T., «O’qituvchi» 1997

А.В. Федоров. Медиаобразования и медиаграмотность. Учебное пособие. М. 2018 г.

Suvi Tyuminen, Sirkku Kotilaynen, Anniina Lundvall., Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari. O‘quv-amaliy qo‘llanma. - Extremum-press, 2017-142.b 8. Yahyo, Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya. Yordamchi o‘quv qo‘llanma. Movarounnahr, 2016.-672 b

B.S.Abdullayeva, Y.Z.Ro‘ziyev, K.V.Ismoilova Mediasavodxonlik va axborot madaniyati darslik T.: O‘zbekiston, 2024

Komilova X. (2024). Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ilm-fan bilan shug ‘ullanuvchi xotin-qizlarning roli. News of the NUUz, 1(1.2), 113-116.