Mualliflar

  • Maftunaxon Esonova
    Andijon davlat universiteti Folklorshunoslik va dialektologiya mutaxassisligi 1-kurs magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.101877

Kalit so‘zlar:

motiv tabu taqiq syujet kompozitsiya poetik vazifa poetika badiiy talqin

Annotasiya

Mazkur maqolada o’zbek xalq ertaklaridagi taqiq motivining poetik vazifalari yoritildi. Ushbu vazifa o’zbek xalq ertaklarini tahlil qilish, ertaklar kompozitsiyasidagi taqiq motivi badiiy talqinlarini yoritish orqali amalga oshirildi


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

229

Esonova Maftunaxon

Andijon davlat universiteti Folklorshunoslik va dialektologiya mutaxassisligi

1-kurs magistri

Uzbekistan

Esonovamaftuna13@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o’zbek xalq ertaklaridagi taqiq motivining poetik vazifalari yoritildi.

Ushbu vazifa o’zbek xalq ertaklarini tahlil qilish, ertaklar kompozitsiyasidagi taqiq motivi badiiy

talqinlarini yoritish orqali amalga oshirildi.

Kalit so‘zlar:

motiv,tabu, taqiq, syujet, kompozitsiya, poetik vazifa, poetika, badiiy talqin.

Аннотация:

В статье рассматриваются поэтические функции мотива запрета в узбекских

народных сказках. Эта задача была решена путем анализа узбекских народных сказок и выделения

художественных интерпретаций мотива табу в композиции сказок.

Ключевые слова:

сказка, мотив, табу, запрет, сюжет, композиция, поэтическая задача,

поэтика, художественная интерпретация.

Abstract:

This article sheds light on the poetic functions of the taboo motif in Uzbek folk tales. This

task was carried out by analyzing Uzbek folk tales and highlighting the artistic interpretations of the taboo

motif in the composition of fairy tales.

Keywords:

tale, motif, taboo, taboo, plot, composition, poetic function, poetics, artistic

interpretation.

Language:

Uzbek

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi:

https://universaljurnal.uz

O’ZBEK XALQ ERTAKLARIDA TAQIQ MOTIVI

O’ZBEK XALQ ERTAKLARIDA TAQIQ MOTIVI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5

Published: 28.05.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

2

30

Citation:

Esonova , M. (2025). THE MOTIVE OF THE TAQIQ IN UZBEKISTAN FOLK TALES.

Universal

International

Scientific

Journal,

2(5),

229–234.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2257

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Kirish.
Xalq og’zaki ijodida ertak janri ham

turli tomonlardan o’rganilib, tahlil etilgan.
Ammo biz tahlilga tortgan mavzu hali
atroflicha o’rganilmagan hamda folklor
asarlarini tadqiq etishda yanada aniqlikka
erishish uchun taqiq motivi alohida mavzu
sifatida chuqurroq tahlil etilishi zarur. O’zbek
xalq ertaklarida taqiq motivi juda ko’p
uchrovchi motivlardan biri va u ayrim ertak
turlari uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Misol
uchun kumulyativ ertaklarni olsak, kumulyativ
ertaklar boshqa ertaklardan zanjirsimon
kompozitsiyasi bilan farq qilsa, bu zanjirli
kompozitsiyani aksar ertaklarda taqiq motivi
yuzaga keltirgan. Yuqoridagi sabablarga
asoslanib, ayta olamizki, folklor asarlarini,
xususan, ertak janrini o’rganishda taqiq motivi
tahlili dolzarb masalalardan biridir.

Adabiyotlar tahlili.
Jahon folklorshunosligida ertak janrini

turli qirralarini Ya.Grimm, V.Grimm.
A.A.Arne, S.Tompson, V. Propplar o’rganib,
tahlil etishgan. O’zbek folklorshunosligida esa
K.Imomov,

M.Sodiqova,

T.Rhmonov,

O.Safarov,

M.Afzalov,

B.

Sarimsoqov,

X.Egamov, Sh.Nazarova, G.Mashrapovalar
o’zbek xalq ertaklari, ularning turlari va
motivlar tizimini atroflicha o’rgangan. Aynan
ertaklarda taqiq motivini yuzaga chiqishi
uchun yetakchi motivlardan biri sinov
motivini

Sh.Nazarova

“O’zbek

xalq

ertaklarida sinov-shart motivi” nomli ilmiy
ishida yoritib bergan bo’lsa, safar motivini

G.Mashrapova “Ozbek xalq ertaklarida safar
motivi” nomli ilmiy ishida ushbu motivni
monografik planda o’rgangan. Yuqoridagi
ilmiy ishlardao’zbek xalq ertaklaridagi taqiq
motivi haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi,
ammo taqiq motivining genezisi, ertak
syujetini shakllantirishdagi poetik vazifalari
monografik planda o’rganilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada qiyosiy-tipologik metod

va struktural tahlil metodlaridan foydalanilgan
holda o’zbek xalq ertaklaridagi taqiq motivi
tahlil qilindi hamda bir qancha ertaklar
misolida taqiq motivining ertakdagi o’rni va
vazifasi yoritildi.

Tahlillar va natijalar.
Ma’lumki folklorda ertak atamasi keng

qo’llaniladi. “Ertak”-epik turning janrlaridan
biri bo’lib, xalq og’zaki badiiy ijodining eng
qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katta-
kichiklar uchun ham birdek qiziqarli bo’lgan
janrdir. Ular juda uzoq o’tmishda ibtidoiy
ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi,
qadimiy, urf-odatlari, marosimlari asosida
paydo bo’lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning
maishiy turmushi va eng oliyjanob insoniy
fazilatlari haqidagi orzu-o’ylari xayoliy va
hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi.
Hamda ertak syujeti murakkab, turli xil
an’anaviy motivlar tizimidan tashkil topadi.
Uning asosida qabilaviy e’tiqod, magiya, tabu,
bilan bog’liq urf-odatlar; anemizm, totemizm,
fetishizm, kabi e’tiqodiy qarashlar feodal
jamoa,

matriarxat,

feodal-patriarxat


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

2

31

munosabat, qonun - qoidalarga aloqador voqea
va hodisalar yotadi.

Dastlab ertaklardagi taqiq motivini tahlil

qilishdan oldin motiv tushunchasiga to’xtalib
o’tsak. “Motiv juda ko’p fanlar, jumladan,
psixologiya, adabiyot, musiqa, tasviriy san’at,
biologiya kabi sohalarning tadqiqot obyekti
sifatida o’rganilgan. Ularning har birida
motivga yaxlit kompozitsiya (syujet)ning eng
kichik, ajralmas, shu bilan birga takroriylik va
ketma-ketlik qonuniyatlariga bo’ysunadigan
zaruriy uzvi sifatida qaraladi. Mavjud
lug’atlarda ushbu atama ko’p ma’noli ekanligi
qayd etilib, lug’aviy ma’nosi esa fransuzcha
“kuy”, “ohang” lotincha (yoki yunoncha)
“harakatlanmoq” so’zlaridan kelib chiqib
izohlanadi.”

“Adabiyotshunoslik

terminlarining

ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati”da motivga
shunday ta’rif berilgan “...motiv termini xalq
o’gzaki ijodida, xususan, doston, ertak kabi
katta epik janrlarni o’rganishda ishlatiladi.
Masalan, qahramonning g’ayritabiiy tug’ilish
motivi, personajning ovga yoki safarga chiqish
motivi, uning qahramonlik uyqusiga ketishi
motivi va h.k.”

Akademik

A.N.Veselovskiy

fikriga

ko’ra “syujet motivlar majmuasidan iborat,
muayyan motiv bir necha xil syujet tarkibida
qatnasha oladi.”

Taqiq motivi folklorshunoslikda ayrim

ilmiy ishlarda tilga olingan, ammo atroflicha
o’rganilmagan.

Taqiq

motivini

kelib

chiqishiga nazar solsak, taqiq motivi “tabu”
ya’ni “taqiqlangan harakatlar” asosida kelib
chiqgan va ertak, doston, xalq qo’shiqlari,
inonch aytimlar kabi janrlarda motiv sifatida
qo’llanilgan. Shu o’rinda taqiq motivining
yuzaga kelishiga asos bo’lgan va jahon
folklorshunosligida

keng

va

atroflicha

o’rganilgan

“tabu”

ya’ni

taqiqlangan

harakatlarga to’xtalib o’tamiz. Xususan,

ingiliz olimi Stiven Frezer o’zining “The
Golden Bough” (oltin novda) asarida tabuga
atroflicha to’xtalib o’tgan va u tabuni
quyidagicha ta’riflaydi-“ Tabuda ruh haqidagi
ibtidoiy g’oyalar va uni kutayotgan xavf-
xatarlar muhokama qilinadi. Tabu (taqiq)lar
bir

xalq

yoki

bir

mamlakat

bilan

chegaralanmaydi, turli variantlarda ular butun
dunyoda

uchraydi

va

ularning

omon

qolganlari, biz ko’rganimizdek, zamonaviy
yevropada saqlanib qolgan unga bog’liq
bo’lgan va uning himoyasidan hamma
manfaatdor bo’lgan oliy rahbar (qahramon)
ham himoyaga ko’proq muhtojdir. Shuning
uchun oliy rahbar(qahramon)ning hayoti
yanada rivojlangan ehtiyot choralari va
taqiqlar tizimi bilan himoyalanganini kutish
mumkin.”

Frezerning yuqoridagi fikrlaridan xulosa

qilsak, tabu bu qahramonni himoya qilish
uchun epik homiy tomonidan qo’yiluvchi
taqiqdir. Tabuning ertak, doston va boshqa
janrlardagi ko’rinishi aynan taqiq motividir.
Aynan ertak janri misolida olsak ham tabular
ertaklarda

taqiq

motivi

sifatida

barqarorlashgan. O’zbek xalq dostonlarini
o’rgangan Z. Eshanova ham, “... o’zbek xalq
dostonlari syujet tizimidagi sinov, shart, taqiq,
kabi an’anaviy motivlarning kelib chiqishi
xalqimiz hayoti, yashash tarzi, dunyoqarashi,
ruhiyolami, urf-odatlari va udumlari bilan
uzviy bog’liqdir. Qadimgi rituallar bilan
bog’liq miflarning diffuziyasi dostonlarga
sinov, shart, taqiq, kurash kabi epik motivlar
berdi” deydi. Ularning fikrlariga asoslansak,
miflardagi

tabular

ham

ertak

janriga

diffuziyalanish jarayonida taqiq motivi sifatida
kirgan.

Bundan

tashqari,

taqiq

motivini

S.Tompsonning

“Motivlar

ko’rsatkichi”

asarida ham uchratamiz va bu asarda Tompson
“Taqiq(tabu) motivlari” nomi bilan bir


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

2

32

bo’limni aynan nomlab, taqiq motivi asosidagi
ertak, mif va afsonalar ko’rsatkichini tuzgan.

O’zbek folklorshunosligida taqiq motivi

hali alohida mavzu sifatida o’rganilmagan,
taqiq motivi janr xususiyatlaridan kelib chiqib
topishmoq, ertak, doston, xalq qo’shiqlari,
inonch

aytimlar

kabi

janrlarda

keng

qo’llaniladi. Biz esa quyida taqiq motivini
ertak janri misolida tahlil qilamiz.

O’zbek xalq ertaklarida taqiq motivi

asosan bosh qahramonni himoya qilish uchun
epik homiy tomonidan taqiq qo’yilganida
yuzaga chiqadi hamda safar va sinov motivlari
ham uni yuzaga chiqarishda yetakchi ro’l
o’ynadi. Ertak qahramoni dastlab turli
sabablarga ko’ra safarga chiqadi va safar
davomida turli sinovlarga duch keladi. Aynan
shunday paytda, qahramon sinovlardan o’ta
olishi uchun epik homiy uni turli xavf-
xatarlardan ogohlantirib unga turli taqiqlar
qo’yadi va qahramonga yordam beradi.

Taqiq motivi ikki xil bo’ladi: sof taqiq va

shartli taqiq motivi. Sof taqiqning asosiy
xususiyati shundaki, qahramonlar ular haqida
oldindan muayyan bilimga, uning oqibati
haqidagi axborotga ega bo’ladi... Shart-sinov
motivi esa taqiq motivining uzviy davomidir.
Shartlar qahramonning jismoniy kuchini emas,
balki magik kuchini sinash uchun qo’yiladi
hamda taqiq va shart o’rtasida bog’lanish
mavjud. Shart bajarilishi zarur bo’lgan
topshiriq,

shart

bajarilsa,

qahramon

mukofotlanadi,

agar

uddalay

olmasa,

birinchidan, va’da qilingan mukofotdan
mahrum bo’ladi, ikkinchidan, uning o’zi xavf
ostida

qoladi.

Qahramonni

qo’rquvga

soladigan xavf omma ko’z o’ngida kuchga
kiradi, ya’ni omma guvohligida jazoga
tortiladi. Taqiq va shart tabiatiga ko’ra farqli,
ammo taqiqni buzgan ham, shartni bajara
olmagan

ham

sinovdan

o’tolmagan

hisoblanadi; ular sinov motivi doirasida

birlashib, syujetda bir halqa taassurotni beradi,
syujetni

harakatlantirishdaishtirok

eta

boshlaydi.

Yuqoridagi

fikrlarimizni

quyidagi

“Pahlavon Rustam”, “Bulbuligo’yo”,”Bunyod
polvon”, “Kenja botir” ertaklari misolida
yoritib beramiz. “Bunyod polvon” ertagida
bosh qahramonga epik homiysi tomonidan
tushida taqiq qo’yiladi va taqiqni buzmaydi,
murod-maqsadiga yetadi. Quyida ushbu
ertakdan parcha keltiramiz: Bir mahal
Bunyodni uyqu bosib uxlab qolibdi. Tush
ko’rsa, tushida bir odam Bunyodga:

-Ehtiyot bo’lgin, o’rmonda sher yuribdi,-

debdi.

Bunyod darhol uyg’onib ketibdi va

o’rnidan turib o’rmonni ichkarisiga yo’l olibdi.
U keta turib bir daraxt tagida uxlab yotgan
sherni ko’ribdi va yonidan yigirma besh
botmon keladigan gurzisini olib bir na’ra
tortgan ekan, sher uyg’onibdi. Bunyod sher
bilan olishib, gurzisi bilan uni o’ldiribdi-da
terisini shilib olibdi...

Bunyod bilan xotini, ota-onasi va chol-

kampir baxtli hayot kechirishib, murod-
maqsadlariga yetishibdi.

Ammo “Bulbuligo’yo”, “Kenja botir”,

ertaklarida bosh qahramonga uch martadan
taqiq qo’yiladi va bosh qahramon uch marta
taqiqni

buzib,

jazolanadi.

Quyida

“Bulbuligo’yo” ertagi matni orqali fikrimizni
dalillaymiz. “Bulbuligo’yo” ertagida bosh
qahramon Kenja shahzodaga maymun-pari
epik homiy bo’lib yordam beradi va shu
sababli, taqiqlar ham maymun tomonidan
qo’yiladi.

Quyida 1-taqiq buziladi va undan keyin

yangi shart qo’yiladi:

“-Sen aytgan jonivor bulbuligo’yo ekan.

Qafasning tagidan chiqdim. Bu g’orga kirasan.
Teshik og’ziga yetasan. U yerdan saroyga
chiqiladi, askarlar ko’p. Yarim soatcha


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

2

33

kutasan. Askarlar uxlaydi. Shunda qafasga
qo’lingni uzatasan, yopqichni ochmasdan olib
chiqasan. Podsho bilib qolsa, o’n joningdan bir
joningni ham qo’ymaydi, - debdi.

Maymunning so’zini eshitib olgach, yigit

g’orga kiribdi. Posbonlar beshta, o’nta bo’lib,
har yer har yerda uxlab qolibdilar. Shahzoda
g’ordan chiqib:” Otam aytgan yetmish qavat
parda ichidagi jonivor shumi yoki boshqami?”
deb, pardaning bir qavatini ko’taribdi. Qush
chunon sayrabdiki, shahzoda hushini yo’qotib
qo’yibdi, qafas qo’lidan yerga tushibdi. O’ziga
kelib qarasa, ikki yasovul oldida, uchtasi
ketidapodshoning

o’rdasiga

haydab

ketayotganmish”.

Quyida 2-taqiq ham buziladi va keyin

yana boshqa shart qo’yiladi:

“-Men malika ravog’ining qoq tagidan

chiqdim. Qo’ng’iroqlarga eski uvadalarni
tiqib, jiringlamaydigan qilib qo’ydim. Malika
qirq kanizak o’rtasida o’tiribdi. Xonada
oltindan yasalgan taxt bor. Taxt ustida bir quti
turibdi. Agar malika uxlamoqchi bo’lsa ana
shu qutining ichiga tushib uxlaydi. Sen avval
qutini ochib qara, malikaning ko’zi ochiq
bo’lsa, uni ol, ko’zi yopiq bo’lsa, tegma,-
debdi.

Shahzoda g’orga kirib, zinadan chiqib,

qirq hujradan o’tib, ravoqqa kirsa, qirq kanizak
o’rtasida bir malikai dilorom o’tirganmish.

Shahzoda andak sabr qilib turibdi. Qizlar

joy-joyiga

o’tirib

uxlay

boshlashibdi.

Shahzoda borib qutini qo’liga olsa, o’n to’rt
kechalik oydek barq urib, malika yotganmish.
Shahzodaning aqli uchib, yuragi jo’sh urib,
“malikaning naqsh olmaday yuzidan bir bo’sa
olay “,deb yaqin borganida, malika ko’zini
ochib:

-Ey odamzod tepamda nima qilib

turibsan?-debdi va kanizaklarini chaqiribdi.

Kanizaklar uyg’onib, shahzodaning

qo’lini orqasiga bog’lab, podsho huzuriga olib
boribdilar.”

Shundan so’ng 3-shart qo’yiladi.
-Men otning oxuri yonidan teshib

chiqdim, hushyor bo’lib, boshingni teshikdan
bir marta ko’rsatasan. Ot bir sayha tortib,
kishnaydi. Jodugar uyqudan turadi, chqiqb
otni urib, yana uyiga kirib yotadi. Boshingni
ikkinchi marta ko’tarasan. Ot yana sayha
tortib, kishnaydi. Jodugar otni urib, qasam
ichadi. Uchinchisida hushyor bo’l; ot
kishnaguncha to’rvadagikishmishni uning
boshiga il: “Ey jonivor, qachongacha, kaltak
yeb yurasan”, deb chaqqonlik bilan otni yechib
ol, egar, yugan, to’qim dema. Jodugar bir
uxlasa qirq kecha-kunduz uxlaydi. Jodugar shu
bugundan boshlab uyquga kirdi,-debdi.

Shahzoda maymunning gapini eshitib

olgach, g’orga kirib, otning oxuri yonidan
chiqibdi. Teshikdan boshini chiqarib qarasa,
otxonaning to’rt burchagida to’rtta oltin qoziq.
To’rtta oltin qoziqqa bog’langan ot turibdi. Ot
shahzodani ko’rib, birdan sayha tortib, kishnab
yuboribdi. Jodugar uyquda yotgan ekan. U
otning kishnashini eshitib, uyg’onib ketibdi.
Og’zidan o’t sochib, otxonaga kiribdi.
Shahzoda ko’rsa, bo’yi minordek, har kifti
chinordek, og’zi g’ordek, burni misli
tandirdek,

badani

filning

badaniga

o’xshaganbir bahaybat narsa emish.

-Ey jonivor, bu yerlarda qush uchsa

qanoti kuyar, odam yursa oyog’i. Bu yerni
Jazirai Olmas deydilar. Odamzodning hidini
oldingmi sen?-deb otga bir qamchi uribdi.
So’ngra xonasiga kirib ketibdi. Shahzoda yana
bir karra boshini chiqaribdi. Ot kishnabdi.
Jodugar qaytib chiqib, qo’lida qamchi:

Ey xarom o’lgur! Odamzodning isini

oldingmi? Yerning ostida, osmonning ustida
bo’lsa ham tutib bir yamlab, bir yutaman,-deb
otga uch qamchi uribdi. Jodugar qaytib


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

2

34

ketgach, shahzoda chaqqonlik bilan chiqib,
otning boshiga to’rvani ilib:

Ey

jonivor,

zolimning

zulmida,

jodugarning ilgida qachongacha kaltagini yeb
yurasan?-deb otning bosh-ko’zini silab-
siypab, egar-yugan, to’qimini olib minibdi.
Otning bo’ynidan quchoqlabdi. Ot bir
silkinibdi. Uning ikki biqinidan qanot paydo X

Yuqorida

keltirib

o’tilgan

“Bulbuligo’yo” ertagi jiddiyroq tahlilni talab
etadi. Negaki, ushbu ertak kumulyativ ertaklar
sirasiga kiradi va kumulyativ ertaklar boshqa
ertaklardan bir qancha xususiyatlari bilan
farqlanib

turadi.

Bu

haqda

Olima

Xolmurodova:

“Kumulyativ

ertaklar

kompozitsiyasida bir harakatning ket-ket va
ko’p bora takrorlanishi muhim o’rin tutadi”-

deydi. Yuqorida biz keltirib o’tgan ertakda
esa, bu takrorlar taqiq motivi orqali yuzaga
chiqadi va aynan taqiq motivi ushbu
kumulyativ ertakning zanjirsimon syujetini
yuzaga keltirgan.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, o’zbek xalq

ertaklaridagi taqiq motivi alohida mavzu
sifatida o’rganilmaganligi sababli uning
monografik planda o’rganilishi, folklorda bir
qancha yangiliklarga asos bo’lib xizmat qiladi.
Ertaklardagi boshqa motivlar bilan uzviy
bog’liq bo’lib, safar, sinov va shart motivlari
bilan bir syujet halqasida keladi. O’zbek xalq
ertaklaridagi taqiq motivini o’rganish ertak
syujeti va kompozitsiyasi haqida aniqroq
xulosalar berish uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “O’zbek tilining izohli lug’ati” A.Madvaliyev tahriri ostida 5jildlik.2-jild.
2. Xotamov N, Sarimsoqov B. “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati”
Toshkent. O’qituvchi 1983-B.191.
3. Veselovskiy A.N. “Istoricheskaya poetika”-L.., 1989.-C.301.
4. Ferzer. “ The Golden bough” London. 1923.
5. Eshanova Z. Q. “O’zbek xalq dostonlarida mifologik obrazlar” O’quv qo’llanma. –
Namangan,2021. B-148.
6. Nazarova Sh. “Xalq dostonlarida shart va sinov motivi” O’zbek tili va adabiyoti, 2015-yil, 5-son.
B-43.
7. O. Xolmurodova “O’zbek kumulyativ ertaklari tavsifi” 2021-yil,3-son Ilmiy,ijtimoiy-
falsafiy,madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy jurnal. B-51.
8. Mashrapova.G.A “O’zbek folklorida safar motivi” Filol.fan.dokt.diss.Toshkent. 2023.
9. “O’zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100jild.19-jild. “Sumbul qush”sehrli ertaklar. G’afur G’ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2021.

Bibliografik manbalar

“O’zbek tilining izohli lug’ati” A.Madvaliyev tahriri ostida 5jildlik.2-jild.

Xotamov N, Sarimsoqov B. “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati” Toshkent. O’qituvchi 1983-B.191.

Veselovskiy A.N. “Istoricheskaya poetika”-L.., 1989.-C.301.

Ferzer. “ The Golden bough” London. 1923.

Eshanova Z. Q. “O’zbek xalq dostonlarida mifologik obrazlar” O’quv qo’llanma. –Namangan,2021. B-148.

Nazarova Sh. “Xalq dostonlarida shart va sinov motivi” O’zbek tili va adabiyoti, 2015-yil, 5-son. B-43.

O. Xolmurodova “O’zbek kumulyativ ertaklari tavsifi” 2021-yil,3-son Ilmiy,ijtimoiy-falsafiy,madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy jurnal. B-51.

Mashrapova.G.A “O’zbek folklorida safar motivi” Filol.fan.dokt.diss.Toshkent. 2023.

“O’zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100jild.19-jild. “Sumbul qush”sehrli ertaklar. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2021.